RIEIATM
239 subscribers
60 photos
30 videos
38 links
Akademik Yo. To’raqulov nomidagi respulika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya imliy-amaliy tibbiyot markazi

Республиканский специализированный научно-практический медицинский центр эндокринологии имени Ю.Х. Туракулова
Download Telegram
🔴 🟦🟦

Соғлиқни сақлаш вазирлигининг навбатдаги Ҳайъат йиғилиши бўлиб ўтмоқда. Уни Соғлиқни сақлаш вазири Асилбек Худаяров олиб боряпти.


➡️ Тадбирда вазир ўринбосарлари, “Соғлиқни сақлаш лойиҳалари маркази” лойиҳа офиси ва вазирлик марказий аппарати ходимлари, Санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги қўмитаси, Давлат тиббий суғуртаси жамғармаси, Фармацевтика тармоғини ривожлантириш агентлиги, Фармацевтика маҳсулотлари хавфсизлиги маркази, Саломатлик ва стратегик ривожланиш институти каби тузилмалар, ихтисослаштирилган марказлар, республика даволаш муассасалари ва пойтахтда жойлашган тиббиёт олий ўқув юртлари раҳбарлари иштирок этмоқда.

💻 Жойлардаги студиялардан Қорақалпоғистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлиги, барча ҳудудий бошқармалар, ихтисослашган марказлар филиаллари, даволаш муассасалари, соҳа олий таълим муассасалари ҳамда туман тиббиёт бирлашмалари масъуллари уланган.

💬 Айни пайтда кун тартибидаги дастлаки масала — аҳолига эндокринологик хизмат кўрсатиш билан боғлиқ муаммолар ва уларни бартараф этиш чоралари юзасидан вазир А.Худаяров маъруза қилмоқда.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати
.

🔵@ssvuz|🔵@ssvmatbuotkotibi|👥Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Markazda navbatdagi haftalik ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda jamoa a’zolari o‘tgan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berib, belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
🗣️Yig‘ilish jarayoni ochiq va samimiy ruhda o‘tib, mavjud muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi. Ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Shuningdek, kelgusi hafta uchun ustuvor yo‘nalishlar ham aniqlashtirildi.


Ishchi yig‘ilishni markaz direktori, professor A. Alimov olib bordi.


В центре состоялось очередное еженедельное рабочее совещание.
🗣️
В ходе встречи сотрудники представили отчёты о проделанной за прошедшую неделю работе, а также обсудили ход выполнения поставленных задач.


Рабочее совещание провёл директор центра, профессор А. Алимов.

📱 https://t.me/endokrinolgy

🕸 http://endomarkaz.uz

📱 https://www.instagram.com/endokrinologiya_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
↗️ Markazimizda tibbiy xizmatlarni zamonaviylashtirish ishlari davom etmoqda.

🇺🇿🇰🇷Shu maqsadda markaz rahbari, professor A. Alimov boshchiligida Janubiy Koreyalik mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda bemorlarni kontaktsiz kuzatish imkonini beruvchi zamonaviy texnologiyalar, xususan “Non-contact Human Care Solution” tizimini joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

🗣️ Mazkur yechim yordamida bemorlarning holatini real vaqt rejimida masofadan nazorat qilish, shuningdek, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish ko’zda tutilgan.


Uchrashuv yakunida tizimni markazda sinovdan o‘tkazish va uni mahalliy sharoitga moslashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

📱 https://t.me/endokrinolgy

🕸 http://endomarkaz.uz

📱 https://www.instagram.com/endokrinologiya_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Endokrinologiya markazida xalqaro akkreditatsiyaga tayyorgarlik doirasida muhim amaliy tashrif bo‘lib o‘tdi.
ACQH xalqaro akkreditatsiya markazi mutaxassislari 7 kun davomida markazda bo‘lib, ambulator va stasionar klinika hamda boshqa bo‘limlarda master-klasslar o‘tkazdilar.

Tashrif davomida har bir bo‘lim uchun jahon standartlariga mos tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha nazariy tushunchalar va amaliy ko‘nikmalar berildi.



В Эндокринологическом центре состоялся важный практический визит в рамках подготовки к международной аккредитации.
Специалисты международного аккредитационного центра ACQH в течение 7 дней работали в центре, проводя мастер-классы в амбулаторных и стационарных клиниках, а также в других подразделениях.

В ходе визита для каждого отделения были представлены теоретические знания и практические навыки по оказанию медицинских услуг в соответствии с международными стандартами.


📱 https://t.me/endokrinolgy

🕸 http://endomarkaz.uz

📱 https://www.instagram.com/endokrinologiya_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Markazimiz hududida obodonlashtirish ishlari doirasida 200 tup Kamilla, 80 dona Arizon kiparisi hamda 2000 tup manzarali bahoriy gullar ekildi.

Mazkur ishlar markaz hududini yanada ko‘rkam bo’lishiga xizmat qiladi.

В рамках работ по благоустройству на территории нашего центра было высажено 200 кустов камелии, 80 саженцев аризонского кипариса, а также 2000 декоративных весенних цветов.

Данные работы направлены на дальнейшее благоустройство и повышение эстетической привлекательности территории центра.

📱 https://t.me/endokrinolgy

🕸 http://endomarkaz.uz

📱 https://www.instagram.com/endokrinologiya_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥2
▶️ Ayni paytda markazimizda Buyuk Britaniyadan tashrif buyurgan yetakchi neyroendokrinolog mutaxassislar ishtirokida yuqori malakali amaliy tibbiy tadbir o‘tkazilmoqda.

➡️Mazkur tadbir doirasida ilgari jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan, biroq klinik holatida yetarli ijobiy dinamika kuzatilmagan bemorlar chuqurlashtirilgan ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Xususan, gipofiz, qalqonsimon bez hamda boshqa neyroendokrin tizim bilan bog‘liq murakkab patologiyalar xalqaro ekspertlar tomonidan qayta baholanmoqda.

Ko‘rik jarayonida zamonaviy diagnostik yondashuvlar asosida bemorlarning holatiga aniqlik kiritilmoqda.

🗣️Har bir bemor uchun individual davolash strategiyasi ishlab chiqilib, zarurat bo‘lganda takroriy jarrohlik, konservativ terapiya yoki uzoq muddatli monitoring bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.


🔴Ushbu hamkorlik nafaqat murakkab klinik holatlarni samarali boshqarish, balki mahalliy mutaxassislar uchun ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va amaliyotga joriy etish imkonini ham yaratmoqda.

📱 https://t.me/endokrinolgy

🕸 http://endomarkaz.uz

📱 https://www.instagram.com/endokrinologiya_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5