Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.78K subscribers
3.84K photos
623 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
«DORI-DARMONGA ISHIM TUSHMASIN DESANGIZ...»

Naql qilishlaricha, bir kishi tabibdan soʻradi:
– Dori-darmonga ishim tushmasligi uchun nima qilishim kerak?

Tabib unga dedi:
➥ Behuda dori ichma;
➥ Pishib yetilmagan mevalarni yema;
➥ Ovqatni yaxshilab chayna;
➥ Faqat oʻzingga yoqqan narsalarni yegin;
➥ Ovqatdan keyin sovuq suv ichma;
➥ Qorning toʻq boʻlsa, ustiga ovqat yema;
➥ Kunduzi ovqat yegandan keyin uxlama;
➥ Kechasi ovqatlangandan keyin bir oz toza havoda sayr qil.

@endocrinoo
👍5
Qogʻoz stakanlar sogʻliq uchun nimasi bilan xavfli?

Bitta stakanning ichki qoplamasi 15 daqiqada suvga 25 ming mikroplastik zarrachasini chiqaradi. Har safar choy, qahva yoki issiq shokolad ichganingizda stakanlardan inson tanasiga juda koʻp mikrozarrachalar kiradi.

Bunday idishlar tarkibida palladiy, xrom, kadmiy kabi zaharli ogʻir metall ionlari hamda baʼzi xavfli organik birikmalarni saqlaydi.

@endocrinoo
👍3
Selen (Se) yetishmasligi


Selen elementi — qalqonsimon bez va immun tizimini normal ishlashi uchun muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, u Ye vitamini bilan birgalikda organizmni antioksidant himoya qilish jarayonlarida ishtirok etib, hujayralarni shikastlanishdan himoya qiladi. Uning yetishmasligi ateroskleroz, miokard infarkti, saraton kasalligi xavfini oshiradi, temir va yod yetishmasligi kuzatiladi (selen ularning kofaktori hisoblanadi) odatda autoimmun tireoidit bilan birga kechadi.

✓ Selen tanani ogʻir metallar va mishyakdan himoya qiladi (ularni antagonisti hisoblanadi).

✓ Selen ayniqsa, homiladorlik asoratlarini oldini olish uchun farzand rejalashtirishda erkaklarga kerakli element.

📌 Organizmda yaxshi soʻriladigan formalari: selenometionin va se-metil-L-selenosistein (dorixonalardan soʻrang).

@endocrinoo
👍51
Germaniyadan foto
A
vtomobillar tiqini yuzaga kelgan
Lekin oʻrtada tez tibbiy yordam uchun yoʻlak qoldirib qoʻyilgan,
Gʻalati bu nemislar strechga ham somesanmi , telba teskari qip qo'ymesanmi,mana bizdan oʻrgan tiqilinchda qolishni debdi olis yurtda bir odam😁

@endocrinoo
😁7
Tovuq yoki kurka: qaysi goʻsht foydaliroq?

🐓 Kurka goʻshti tovuq goʻshtidan koʻra sogʻlomroq, chunki u kamroq yogʻ, kaloriya va koʻproq proteinni oʻz ichiga oladi. Ushbu qushning goʻshti B3 vitaminiga boy boʻlib, u qondagi xolesterin darajasini nazorat qilishga yordam beradi va asab tizimining faoliyatini yaxshilaydi.

🦃 Kurkada immunitet tizimini qoʻllab-quvvatlovchi antioksidant boʻlgan selen mavjud.

@endocrinoo
👍6
Tunda ham yeb, ham ozishni xohlaysizmi?

Oʻtkazilgan tadqiqotda, uxlashdan oldin yogʻliligi 5% boʻlgan tvorogli pishloq yeyish, metabolizmni tezlashtirib, ozdiradi. “British Journal of Nutriotion”da yozilishicha, uxlashdan 30 daqiqa oldin oqsilga boy boʻlgan yogʻsiz tvorogli pishloqdan 2 osh qoshiq isteʼmol qilish metabolizmni kuchaytirib, inson salomatligiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Amerikalik olimlar 10 ta 20–30 yosh oraligʻidagi aktiv ayollarga tushlikdan 2 soat keyin va uxlashdan 30 daqiqa oldin 30 grammdan, yogʻliligi 5%li tvorogli pishloqdan yeyishni buyurgan. Ular, ertalabki soat 5–8 oraligʻida uygʻonganida, uxlash vaqtida sarflagan energiyasi, suyuq oqsilli (kazeinli) mahsulot isteʼmol qilganda sarflaydigan energiyaniki bilan bir xil boʻlgan.
“Bu shuni koʻrsatadiki, oqsilga boy quyuq mahsulot, suyuq oqsilli mahsulotga nisbatan organizmni metabolik javobida hech qanday farq qilmaydi” deydi Florida Universiteti, jismoniy mashgʻulotlar va ovqatlanish kafedrasi dotsenti Maykl Ormsbi.

Dietolog Sonal Shax: “Oqsilli mahsulotlar uzoq vaqt toʻqlik hissini berib, ishtahani meʼyorlashtiradi. Shakar va yogʻga boy, masalan, muzqaymoq va ponchiklar oʻrniga bir necha qoshiq tvorog isteʼmol qilish kerak va yogʻligi 5%li tvorogli pishloqni kunning xohlagan vaqtida isteʼmol qilish mumkin” deb taʼkidlaydi.

@endocrinoo
👍3
Trombotsitopenik purpura (Verlgof kasalligi)

Immunitet bilan bog'liq bo'lgan, periferik qondagi trombotsitlar sonining davriy yoki doimiy kamayishi (100 × 10⁹/l dan kam) va qon ketish xavfi oshishi bilan ifodalanadigan kasallik.

@endocrinoo
👍4
Ey, odam farzandi, senga uch narsani ixtiyor qildim,ya'ni oila ahlingni, molu davlatingni va amalingni.
Ammo moling sen o'lib yerdan oyog'ing uzilishi bilan ortingda qoladi. Oyog'ing uydan chiqishi bilan esa oilang ham sandan ajrab qoladi. Keyin qabrda bo'lsan. Qiyomat kunida faqat yahshi amaling foyda beradi. Amaling tuzuk bo'lsa, seni ham tuzatib qo'yadi, agar amaling yomon bo'lsa, seni halok qiluvchi joyga tashlaydi.

Hadisi qudsiydan

Sayyid ul ayyom hajjul masokin juma muborak

@endocrinoo
👍8
RENTGEN - Rentgeno­grafiya
KT - Kompyuter tomografiyasi
MRT - Magnit rezonans tomografiya
MR - Angiogragrafiya
PET - Pozitron emission tomografiya


@endocrinoo
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Turetta sindromi - bu nazoratsiz, tezkor harakatlar, har xil ovozlar va psixoemosional buzilishlar bilan ifodalanadigan markaziy asab tizimi patologiyasi.

Bu haqida film ham ishlangan

@endocrinoo
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Osteoparoz - deyarli hamma uchun muqarrar kasalliklardan biri.

Ertami-kechmi suyaklar mo'rtlashib , sinishga moyil bo'lib qoladi.

Osteoparozda barcha suyaklarni zararlanishi mumkin - umumiy suyak massasi keskin kamayadi.

Ushbu kasallik 60 yoshdan oshgan keksalarda o'zini namayon qiladi (ya'ni, aynan shu davrda osteoporoz tashxisi qo'yiladi).

Osteoporoz og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin: surunkali og'riq, suyak sinishi tufayli uzoq muddatli yotoq rejimiga o'tish.

Suyak massasining eng yuqori darajasi 30 yosh atrofida kuzatiladi. Shuning uchun o'ttiz yoshdan keyin mushaklar tonusini saqlash va jismoniy mashqlar bilan doimiy shug'ullanib, suyak to'qimasi yangilanishini rag'batlantirib turish zarur.

Osteoporoz endokrinologik kasalliklarning deyarli barchasida yakunda kuzatiladi

@endocrinoo
👍4
Dostineks® haqida

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): kabergolin
Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 0,5 mg kabergolin;
yordamchi moddalar: 75,9 mg laktoza, 3,6 mg leysin.

Ta‘rifi: oq, yassi, cho‘zinchoq, bir tomonida o‘yiqchalar bilan ajratilgan «R» va «U» markirovkali va boshqa tomonida «700» soni ustida va ostida qisqa o‘yiqchalari bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: dofamin reseptorlarining agonisti

Farmakokinetikasi

Kabergolin me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, qon plazmasida maksimal konsentrasiyaga 0,5-4 soatdan keyin erishiladi, qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 41-42% ni tashkil qiladi. Kabergolinni buyraklar orqali chiqarilish tezligi bo‘yicha baholanadigan yarim chiqarilish davri sog‘lom ko‘ngillilarda 63-68 soatni va giperprolaktinemiyali pasientlarda 79-115 soatni tashkil qiladi.

Qo‘llanilishi:

Tug‘ruqdan keyin fiziologik laktasiyani oldini olish.
Tug‘ruqdan keyingi laktasiyani susaytirish.
Giperprolaktinemiya bilan bog‘liq bo‘lgan buzilishlarni, shu jumladan amenoreya, oligomenoreya, anovulyasiya, galaktoreyani davolash.
Gipofizning prolaktin sekresiyalovchi adenomalari (mikro- va makroprolaktinomalar), idiopatik giperprolaktinemiya; giperprolaktinemiya bilan birga qo‘shilgan «bo‘sh» turk egari sindromida qo‘llanadi.

Dozalash :
Giperprolaktinemiya bilan bog‘liq buzilishlarni davolash: tavsiya qilinadigan boshlang‘ich doza haftada bir qabulda (0,5 mg li 1 tabletka) yoki ikki qabulda (0,5 mg li 1/2 tabletkadan, masalan, dushanba va payshanba) 0,5 mg ni tashkil qiladi. Haftalik dozani oshirish asta-sekin 0,5 mg ga bir oylik oraliqda, optimal terapevtik samaraga erishguncha o‘tkaziladi. Terapevtik doza odatda haftada 1 mg ni tashkil qiladi, ammo haftada 0,25 mg dan 2 mg gacha o‘zgarishi mumkin. Giperprolaktinemiyali pasientlar uchun maksimal doza haftada 4,5 mg dan oshmasligi kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

❗️kabergolinga yuqori sezuvchanlikda
❗️fibroz o‘zgarishlar yoki anamnezda shunday holatlar bo‘lgan tufayli yurak va nafas funksiyalarini buzilishi
❗️16 yoshdan kichik bolalarda (preparatning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan).
❗️laktozani o‘zlashtiriolmasligi, laktazani tanqisligi, glyukoza-galaktoz malabsorbsiyasi.

@endocrinoo
👍5
Tirnoqlarning zaifligi va soch
toʻkilishi tanada selen yetishmasligi-
ning birinchi belgilari ekanligini bilasizmi?

Selen nima uchun kerak?
1⃣ Selen immunitetni yaxshilaydi. (hozir, bu, ayniqsa, koronavirus, gripp, SARS davrida juda muhim);
2⃣ Qalqonsimon bezning normal ishlashini qoʻllab-quvvatlaydi (yod almashinuvini normallashtiradi);
3⃣ Fermentlar va gormonlar ishlab chiqarishga yordam beradi;
4⃣ Insult, yurak xuruji, artritdan himoya qiladi;
5⃣ Yomon xolesterin darajasini pasaytiradi.

@endocrinoo
👍51
#qiziqarli

Qorongʻuda uxlash kerak!

Yangi oʻtkazilgan izlanishlar natijasi chiroq ostida uxlash semizlik, diabet va gipertoniyaga sabab boʻlishini koʻrsatdi.

Ushbu izlanish natijalariga koʻra yoshi ulugʻ kishilar tungi vaqtda chiroq ostida yoki televizor yorugʻligida uxlashlari ortidan semizlik, yuqori qon bosimi va diabet bilan koʻproq kasallanganlar.

Chunki tunggi chiroq ostida uxlash tanamizning sirkad ritmini oʻzgartirib yuboradi, hamda melatonin sintezini kamaytiradi. Vaqt oʻtishi bilan bu holat moddalar almashinuvi buzilishlariga va yurak kasalliklariga olib keladi.

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo
👍5
Bugundan boshlab endokrinologik kasalliklarda qoʻllaniladigan dori vositalari haqida ham maʼlumotlar joylab boraman

Sizdan esa uni yaqinlarga ulashish qoladi holos

@endocrinoo
👍13
L-Tiroksin 100 haqida

L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi – ta‘sir etuvchi moddasi tireoid gormon levotiroksin bo‘lgan preparatdir. U tabiiy gormon kabi ta‘sirga ega. L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini mavjud bo‘lmagan tireoid gormoni o‘rnini bosish va/yoki qalqonsimon bezga tushadigan yuklamani kamaytirish uchun qabul qilinadi.

Qoʻllanilishi:
qalqonsimon bez gipofunksiyasining barcha shakllarida mavjud bo‘lmagan gormonning o‘rnini bosuvchi sifatida;
bo‘qoqni olib tashlash bo‘yicha o‘tkazilgan jarrohlik operasiyasidan keyin qalqonsimon bez funksiyasini normal bo‘lganida bo‘qoq qaytalanishini (qalqonsimon bezni kattalashishini) oldini olish uchun;
qalqonsimon bez funksiyasi normal bo‘lganida xavfsiz bo‘qoqni davolash uchun;
qalqonsimon bezning ortiqcha funksiyasini tireostatiklar (qalqonsimon bezning ortiqcha funksiyasini susaytiruvchi dori vositalari) bilan davolash fonida metabolizmning normal holatiga erishilganidan keyin yordamchi (qo‘shimcha, birga qo‘llanuvchi) davolash sifatida;
qalqonsimon bezning xavfli o‘smasida, asosan, jarrohlik operasiyasidan keyin, o‘smaning qaytalanishini susaytirish va mavjud bo‘lmagan tireoid gormoni o‘rnini bosish uchun;
qalqonsimon bez funksiyasini tekshirish uchun (qalqonsimon bez supressiyasi bilan o‘tkaziladigan test) qo‘llaniladi.
📌L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi barcha yosh guruhlarida qo‘llaniladi.

Quyidagi hollarda qo‘llash mumkin emas:

❗️natriy levotiroksinga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik
❗️qalqonsimon bezning davolanmagan giperfunksiyasi;
davolanmagan adrenokortikal yetishmovchiligi;
❗️davolanmagan gipofiz yetishmovchiligi, agar u davolashni talab qiladigan adrenokortikal yetishmovchiligiga olib kelgan bo‘lsa;
❗️yaqin orada o‘tkazilgan miokard infarkti;
❗️yurak mushagini o‘tkir yallig‘lanishi (miokardit);
❗️yurak devori barcha qatlamlarini o‘tkir yallig‘lanishi (pankardit).

❗️❗️Homiladorlik mavjud bo‘lganida va qalqonsimon bez giperfunksiyasini davolash uchun dori preparatlari (tireostatiklar) bir vaqtda qabul qilinganida L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qabul qilish mumkin emas

L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini ayniqsa kalsiyga boy bo‘lgan oziq-ovqat (masalan sut va sutli mahsulotlar) bilan qabul qilish mumkin emas, chunki bu levotiroksinning so‘rilishini sezilarli ravishda kamaytirishi mumkin.

Qo‘llash usuli

To‘liq sutkalik dozani ko‘p miqdordagi suyuqlik, imkon qadar bir stakan suv bilan ichish lozim. Preparatni och qoringa, nonushtadan kamida yarim soat oldin qabul qilish lozim.

Preparatni ovqatdan oldin yoki keyin qabul qilgandan ko‘ra och qoringa qabul qilgan afzalroq.

Qo‘llash davomiyligi

Qalqonsimon bez gipofunksiyasida va qalqonsimon bezda uning xavfli o‘smasi yuzasidan o‘tkazilgan jarrohlik aralashuvidan keyin L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati odatda butun umr davomida qabul qilinadi. Xavfsiz bo‘qoqda va bo‘qoqning qaytalanishini oldini olishda bir necha oy yoki yildan to butun umrga qadar davomida qabul qilinadi.

Dozalash haqida rasmdan bilib olishingiz mumkin👇👇👇👇

@endocrinoo
👍42
L-Tiroksinni dozalash

@endocrinoo
👍62
Bilaman, turfadir bu ko'hna olam
Eyfelga chiqmasang, yigʻlama, bolam.
Mevalar ko'rasan sahrosida ham,
Sevmay boʻladimi shunday Vatanni.

Assalomu alaykum hayrli tong
Bugun 18-noyabr Oʻzbekiston respublikasi bayrogʻi qabul qilingan kun

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@endocrinoo
3👏2👍1🔥1
SERRATA © dori vositasi haqida

Tarkibi:
Har bir tabletka o'zida 10 mg serratiopeptidaza moddasini saqlaydi.

Proteolitik ferment. Tayanch harakat a'zolari kasalliklarida qo'llaniladi. Ferment vosita.

Tasir mexanizmi
Serratiopeptidaza patogen boʻlmagan ichak bakteriyasi Serratia E15 olingan boʻlib, proteolitik ferment hisoblanadi. U fibrinolitik, yalligʻlanishga qarshi va shishga qarshi faollikka ega.

Yalligʻlanish jarayonini kamaytirishdan tashqari serratiopeptidaza, yalligʻlangan toʻqimalardan ogʻriq chaqiruvchi aminlarning ajralib chiqishini bloklashi hisobiga ogʻriqni kuchsizlantiradi.
Preparat meʼda orqali oʻzgarmasdan oʻtadi va ichakda soʻriladi. Qon plazmasidagi maksimal konsentratsiyasiga 1 soat mobaynida erishiladi

Qoʻllanilishi
--Yallig'lanishga qarshi va shishga qarshi qabul qilinadi.
-- Og'riq qoldiruvchi ta'sirga ega.
-- Paylarni cho'zilishi va uzilishida qabul qilinadi.
-- Sinishlar va chiqishlarda qabul qilinadi.
-- Operatsiyadan keyingi shishlarni kamaytiradi.
-- Shikastlangan sohani va bitmagan joylarda qon aylanishini tiklaydi.
-- O'tkir yallig'langan dermatozlarda qo'llaniladi.
-- Ayollarda jinsiy a'zolarning va sut bezlarining kasalliklari : ya'ni gematomalar va sut bezlari dimlanishida qo'llaniladi.
-- Mushak va bo'g'im og'rig'ida qo'llaniladi.
-- Yuzaki tromboflebitda qabul qilinadi.
-- Balg'amning ajralishini yaxshilaydi va qovushqoqligini pasaytiradi.
-- Sport bilan shugullangandagi olingan jarohatda , ya'ni paylarni uzilishi , cho'zilishi va suyakning singan va chiqqan holatlarida shishlarni kamaytirish uchun va qon aylanishini yaxshilash uchun qabul qilinadi

Dozalash:💊
Preparat odatda kuniga 3 tabletka qabul qilinadi yoki shifokor ko'rsatmasi bo'yicha qabul qilinadi. Tabletkani ovqatlanish vaqtida yetarlicha suv bilan qabul qilinadi.
Sutkasiga 3 tabletkadan ortiq qabul qilish mumkin emas.

Nojoʻya taʼsirlari
--Anoreksiya ( ishtaha yo'qligi ).
-- Me'da da noqulaylik xissi va diareya kuzatilishi mumkin.
-- Ko'ngil aynish, qusish
-- Teri toshmalari
-- Burundan qon ketishi ( kam xollarda).
-- Qon aralash balg'am kelishi ( juda kam xollarda).

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar:
--Preparatga yuqori allergik reaksiya bo'lganda.
-- Qon ivishini buzilishi yoki qon ketishga moyillik bo'lganda.
-- Jigar va buyrak yetishmovchiligida.
-- Me'da ichak yarasida mumkin emas.
-- Me'dadan qon ketish holatlarida mumkin emas.
-- Qon juda suyuqlashib ketganda ( qonni suyuqlashtiradi).
-- 18 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas

@endocrinoo
👍41🔥1
Glikogenoliz - glikogenning glyukoza-6-fosfatga, keyin esa ba'zi hollarda glyukozaga parchalanishining biokimyoviy jarayoni. U asosan jigar va skelet mushaklarida amalga oshiriladi. Glikogenolizning asosiy vazifasi tanadagi mavjud energiya manbalarini doimiy darajada ushlab turishdir.Glikogenogenezni tartibga solishda ishtirok etadigan eng muhim gormonlar insulin, glyukagon va adrenalindir

@endocrinoo
👍2🔥21
Glyukoneogenez - uglevod bo'lmagan birikmalardan (ayniqsa piruvat) glyukoza hosil bo'lishiga olib keladigan metabolik yo'l.
Bu yo'l ko'plab to'qimalar va organlarning, birinchi navbatda, asab to'qimalarining va qizil qon hujayralarining ishlashi uchun zarur bo'lgan qondagi glyukoza darajasini saqlab turadi.
Bu glikogen etishmovchiligi sharoitida, masalan, uzoq muddatli ro'za tutish yoki og'ir jismoniy mehnatdan keyin glyukozaning muhim manbai bo'lib xizmat qiladi.
Glyukoneogenez Cori siklining (rasmda) muhim qismidir, bundan tashqari, bu jarayon alanin va serin aminokislotalarining dezaminlanishi natijasida hosil bo'lgan piruvatni aylantirish uchun ishlatilishi mumkin.

@endocrinoo
👍21🔥1