Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.79K subscribers
3.83K photos
622 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
PETRUSHKA KO‘ZLAR SALOMATLIGI UCHUN FOYDALI

Bu o‘simlikdan ko‘zlar uchun turli niqoblarni tayyorlash mumkin.

Buning uchun 2 choyqoshiq smetana 1 choyqoshiq maydalangan petrushka o‘simligi bilan aralashtirilib, qovoq va ko‘z ostidagi xaltachali joylarga surtiladi. 20-25 daqiqa davomida qoldiriladi. So‘ngra iliq suv bilan yuviladi.

Petrushkaning ildizi go‘shtqiymalagichdan o‘tkaziladi. Bo‘tqa holidagi ushbu massa ko‘z ostiga qo‘yiladi. 15-20 daqiqa qoldiriladi. So‘ngra iliq suv bilan yuviladi.
Yuqorida keltirilgan ikkala niqob ham qovoq shishishi va ko‘z osti xaltachasini bartaraf qilishga yordam beradi

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo
👍3
Assalomu alaykum tibbiyot hodimlari bayrami bugun ekanini shu kanaldan oʻqiyotgan erta turar halqim😁

@endocrinoo
4🎉3
Bayram muborak
Sogʻlik salomatlik hamisha hamrohingiz boʻlsin.
Yuzingizdan kulgu tabassum arimasin.
Dardni bergan Robbimiz shifoga bizni sababchi qilganidan bahtiyormiz

Kuningiz hayrli oʻtsin🎉🎉🎉🎉

@endocrinoo
🎉4👏2
Luqmoni Hakimdan meros bu soha,
Mustahkam sog‘liqqa asos bu soha.
Zarurat bo‘lsa shoh - gado duch bo‘lar,
Barchaga arkoni ixlos bu soha.
Eng zarur chog‘larda eng darkorlarim,
Noyob kasb sohibi - shifokorlarim!
🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉

@endocrinoo
5
Barcha muammolarning yechimi ertadan soʻzidir😁

Assalomu alaykum hayrli tong

@endocrinoo
💯2🤔1
#dolzarbhazil

Amaldor chekka qishloqqa sayyor qabulga boribdi.
— Qanday ehtiyoj, muammolaringiz boʻlsa, hukumatimiz hal qilib beradi, — debdi.
— Bizda ikkita katta muammo bor, — debdi qishloq oqsoqoli. — Avvalo, bizda shifoxona boru, shifokor yoʻq.

Amaldor shartta mobil telefonidan qoʻngʻiroq qilib, 1-2 daqiqa gaplashibdi.
— Bu masalani gaplashib hal qildim. Shifokor ertagayoq shu yerda boʻladi. Endi ikkinchi ehtiyojingizni ayting-chi?
— Qishlogʻimizda mobil aloqa mutlaqo ishlamaydi.

@endocrinoo
😁7
Bilasizmi, tarixdagi eng birinchi dorixona Horun ar-Rashid qoʻl ostida 1200-yil oldin Abbosiylar davlati vaqtida, Iroqda, Bagʻdod muzofotida bino qilingan. Oʻsha vaqtda Bagʻdod madaniyat va hazoraning ramzi hisoblangan. Odamlar Sharqu gʻarbdan undagi ilm, yangilik va rivojlanishlardan bahramand boʻlish, oʻzlashtirish uchun kelardilar.

@endocrinoo
👍5
🟡 Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 30 yil ichida dunyoda semiz odamlar soni uch baravar oshgan

🔸Ortiqcha vazn va semizlik
• metabolik sindrom
• qandli diabet
• yurak-ishemik, miokard infarkti
• insult, gipertoniya
• surunkali vena qon-tomirlarining yetishmovchiligi
• xolesistit va o‘t-tosh xastaligi
• artritlar hamda onkologik kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

Davolanish uchun esa endokrinologga murojaat qiling

@endocrinoo
👍2👏2
Uxlashga oʻz vaqtida yotib ortiqcha tana vaznidan xalos boʻling!

Kech uxlashga odatlanganlar odatda koʻp kaloriya qabul qiladi. Koʻpincha bu holat kech soat 8 dan keyin koʻp yeb qoʻyish bilan bogʻliq. Kam uxlash oddiy uglevodlar iste’molini koʻpaytiradi, bu esa yogʻ yigʻilishiga olib keladi.

32 yoshdan 49 yoshgacha 10 ming kishi ishtirok etgan tadqiqotda ma’lum boʻldiki, sutkasiga 7 soatdan kam uxlaydiganlar semirishga moyil boʻlar ekan.


@endocrinoo
👍3👏2💯1
Bir yoshgacha boʻlgan bolalarga berish mumkin boʻlmagan mahsulotlar

🔶 Shakar
Meva-sabzavot tarkibidagi shakarni zarari yoʻq, lekin oʻzini toʻgʻridan-toʻgʻri berib boʻlmaydi.

🔶 Qoʻziqorin
Murakkab aminokislotlarga boy hamda xitin moddasi bor, bu esa bolalarda hali toʻliq rivojlanib ulgurmagan ovqat hazm qilish tizimiga ogʻirlik qiladi.

🔶 Xom hayvon mahsulotlari
Goʻsht, baliq, tuxum, ikra — parazitar kasalliklar bilan kasallanishi mumkin.

🔶 Sigir suti
Ovqat allergiyasi va ichaklarda yalligʻlanish kasalligini chaqiradi

❗️Yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
👍3💯1
📍Epileptik xuruj yuz berganda yordam koʻrsatishni oʻrganamiz!


Bemor yonboshlatib yotqizing va oyoqlarini ochib unga toza havo kelishini taʼminlang!

Atrofdagilardan tez yordamga murojaat qilishlarini soʻrang!

Yon tomoniga oʻtirib boshining tagiga yumshoqroq narsa qoʻying!

⛔️Ogʻziga barmoq, qoshiq yoki boshqa qattiq narsalar tiqmang!

Ogʻzidan chiqayotgan qon aralash koʻpikni sochiqcha bilan artib turing!

⛔️Bemor boshini aslo tepa tarafga qaratmang va sunʼiy nafas berishga urinmang!

⛔️Tepa tarafga qaratilsa qusuv massalari nafas yoʻlini toʻsib qoʻyadi va bemor ahvoli ogʻirlashadi!

⛔️Bemorni bir joydan ikkinchi joyga koʻchirishga harakat qilmang!

⛔️Yuziga suv sepish, novshadil spirti hidlatish, suv ichirish mumkin emas!

⛔️Oyoq qoʻllarini majburlab ushlamang va turgʻizishga harakat qilmang!

🚨Eslatma - xuruj 3-5 daqiqa davom etadi va bemor oʻziga keladi yoki uyquga ketadi.

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo
👍5🔥2
Dolzarb...

Te
z yordam chaqirdingizmi?
Eslatib o'taman: Karate boʻyicha qora belbogʻ sohibiman ‼️😁

@endocrinoo
😁5
🔶Tvorog bo'lsa , kalsiy tabletkalari kerakmas !

Har kuni kalsiyga ega bo'lishning oson yo'li. Tadqiqotlardan maʻlum bo'lishicha, yog'i kam 150 gr tvorog tarkibida bu mineralning kundalik tavsiya etilgan meʻyori bor. Bundan tashqari, u ichaklar mikroflorasi faoliyatini yaxshilaydi.

♻️Tvorog kalsiyga eng boy maxsulot xisoblanadi .

@endocrinoo
👍4
Nima uchun antibiotiklarni apelsin sharbati va sut bilan qabul qilish mumkin emas?

💊Hammasi dorilarning samaradorligiga bog'liq.
Apelsin, greyfurt, olma, ananas va boshqa sharbatlar antibiotiklarni qisman yo'q qilishi, shuningdek, preparatning so'rilish tezligini o'zgartirishi mumkin.

💊So'rilish tezligi sut va sut mahsulotlariga ham ta'sir qiladi. Ular antibiotiklar bilan yuvilmasligi kerak, shuningdek, tabletkalarni olganidan keyin uch soat ichida iste'mol qilinishi kerak.

💊Tabletkalarni ichish uchun eng yaxshi variant xona haroratida suvdir.

@endocrinoo
👍21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ultratovush tekshiruvi toshlar bilan to'lgan o't pufagi.

@endocrinoo
👍31👏1
⚡️Leykoz - oq qon davosiz emas.

🔝Oxirgi yillardagi tibbiy yutuqlar xisobiga oq qon kasalligini davolanish ehtimoli 95 foizga qadar ko‘tarilgan.

🔝Avvallari bu ko‘rsatkich 15-20 foiz bo‘lgan. Ya’ni 100 tadan 80 ta bemor halok bo‘lardi. Endi esa 100 tadan 95 ta bemorni asrab qolish imkoniyati mavjud.

🔝Ammo hamma gap qimmat dorilarda qolmoqda. Hozircha leykozni davolash nihoyatda qimmat jarayonligicha qolmoqda. Qimmat bo‘lsa ham davosi borligi quvonarli hol. Ayrim kasalliklarga hanuzgacha pulni ahamiyati yo‘q.

🔝Tez orada qimmat dorilarning arzon djeneriklari chiqadi va O‘zbekistonga xam yetib keladi. Ana shunda yuqoridagi ko‘rsatkichlarga biz xam erishamiz.

@endocrinoo
💯3😁1
🔹Yaxshi ko‘rgan kishimiz kasal bo‘lsa, sinov deymiz. Yomon ko‘rganimiz xastalansa, jazo.

🔹Allohning qadarini xohishingizga ko‘ra taqsimlashdan ehtiyot bo‘ling!

"Olim, odam va olam" (Mubashshir Ahmad)

@endocrinoo
3👍1🤔1