Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.79K subscribers
3.83K photos
622 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Ozishni oltin sxemasi

O‘z hayot tarzingizni o‘zgartirib, ozmoqchimisiz?

Nimadan boshlash kerak?

1. Maqsad. O‘ylang, aslida bu sizga kerakmi? O‘zingiz, ya’ni sog‘lom bo‘lish uchun ozmoqchimisiz yoki... 

2. Tayyorgarlik. Energetik balans nazariyasini o‘rganing va o‘zingiz sarflaydigan energiyani hisoblab chiqing

3. Qancha kaloriya qabul qilayotganingizni va qancha kaloriya qabul qilish kerakligini bilib oling va shunga qarab ratsion tuzing 

4. Amal qiling! Qayerda bo‘lmang o‘zingiz tuzgan ratsionga amal qiling. Shirinliklardan, hamirli mahsulotlardan, fast-fudlardan tiyiling

5. Tez natijaga erishishga shoshilmang! Sabrli bo‘ling! Har haftada 1 marotaba, ertalab och qoringa tarozida tana vazningizni o‘lchab turing, o‘zgarishni albatta ko‘rasiz!

"Keyingi dushanbadan boshlayman" deganlarga — bugundan boshlasangiz xam bo'ladi ! )

@endocrinoo
😁4👍3
Hayot — bu harakat

Gipodinamiya tushunchasi hozirda keng tarqalmoqda, sababi avvalgidan ko‘ra hayotimiz ancha yengillashdi, inson tomonidan qilinadigan ishlarni texnikalar бажармоқда. 
Gipodinamiya so‘zi: gipo — kam, oz, dinamiya — harakat демакдир. 

E’tibor berganmisiz?
- Uxlayotganimizda — yotamiz
- Ishlayotganimizda — o‘tiramiz
- Ishga ketayotganimizda — transportda o‘tiramiz
- Ovqatlanayotganimizda — o‘tiramiz
- Kitob o‘qiyotganimizda, televizor ko‘rayotganimizda, telefon o‘ynayotganimizda — o‘tiramiz yoki yotamiz
- Hattoki ba’zi jismoniy mashqlarni bajarayotganimizda — yotib yoki o‘tirib bajaramiz.

Ko‘p vaqtimizni harakatsiz o‘tkazamiz. Bu esa organizmda moddalar almashinuvini sekinlashtiradi va natijada semizlik rivojlanishi mumkin.
Tavsiya: ko‘p-ko‘p piyoda yuring, o‘tirib ish bajarsangiz har soatda chigal yozdi mashqlar bajarib turing. Bu semirib ketishdan saqlaydi.

@endocrinoo
👍5
⚡️Bir yil kimyo tеrapiya olgandan so'nggi xolat. Ximiya tеrapiya ziyon dеyuvchilar uchun foto fakt.

Ayrimlar aynan shundan cho'chib, xilma xil tabiblarga borib, vaqtni o'tkazishadi.

🧨Muxim qoida:

Kasallikni vrachlar jilovlay oladigan bosqichda olib borsangiz albatta natija ijobiy bo'ladi!

@endocrinoo
🔥3👏3👍2
Tez yordam mashinasi, 1881 yil

@endocrinoo
👍2
Bu yil ham vaqtida yetib keldi kuz,
Vaqtida sarg'aydi sonsiz yaproqlar.
Bag'ridan uchirdi behuda bir so'z,
Vaqtida tabassum qilgan dudoqlar.

Bu yil ham vaqtida keldi noyabr,
Kech qolib qish o'rnin egallamadi.
Yalang'och daraxtlar ayladi sabr,
Sabrini bemahal tugallamadi.

Garchi ko'ksimizda tuyg'ular tirik,
Qartaygan daraxtdek qayrilayapmiz.
Biz axir vaqtida uchrashgan edik,
Biz nimaga bevaqt ayrilayapmiz?..

© Jo'rabek Ramazon

@endocrinoo
3
Endi begona (Zo'rNavo.Com)(93-400-66-26)
Shoxrux
Yaqin oʻtmishning oʻzbek rep qirolidan yangi tarona

#music_time

@endocrinoo
2👍1
⚡️Sovuq kunlarda bosh kiyim kiyish shart.

👀Trixologlar - soch va tuklar bilan shug'ullanuvchi mutaxasislar. O'zbеkistonda trixologlar juda kam balki barmoq bilan sanarli.
Dunyoning eng mashxur trixologlari sovuq kunlarda bosh kiyim nеga zarurligini izohlashdi.

♻️Xarorat minusga o'tishi bilan boshdagi soch strukturalari o'zgaradi. Soch sovuqqa o'ta ta'sirchan xisoblanib -1 ni -5 day qabul qilar ekan.

⭕️Bosh kiyim kiyilmasa soch ildizidagi qon tomirlar kеskin qisqaradi va qon aylanish kеskin pasayadi. Soch to'kilishi bitta xavf bo'lsa qazg'oq bilan kasallanishi bir taraf bo'ladi.

Bizni sovuqlarda xarorat +5 dan boshlab bosh kiyim zarur. Bolalarga +10 da xam kiygizgan maqul.

@endocrinoo
👍6
⚡️Buqoq davolanishi shart kasalliklardan.

Yod bu organizmda juda ko'p vazifalarni bajaradi. Ulardan eng muximi nеrv tolalari orasidan impulsni o'tkazishdir. Agar yod miqdori noto'g'ri taqsimlansa impuls yo tеzlashib yoki sеkinlashib kеtadi.

Buqoq kattalashsa nafas yoki qizilo'ngach yo'lini to'sib xalaqit qiladi. Insonda nafas еtishmovchilik xissi paydo bo'ladi.

🧨 Aksariyat odamlarda buqoq bilinmaydi. Ammo ayrim bеlgilari borki buqoq borligini bildirib turadi.

-- uyquchanlik yoki bеdorlik
-- tеz sеmirish yoki tеz ozish
-- bo'shashish yoki aksincha ta'sirchanlik ortib kеtishi
-- yo'q joydan asabiylashish
-- xotira, intеlеkt pasayib kеtishi
-- bir xayollilik, bitta fikr miyaga kirib chiqmasligi
-- xayolparastlikni xaddan tashqari ko'payib kеtishi

Buqoqning davosi sifatida aksariyat yod prеparatlari buyuriladi. Davolanishda muxim jixat shuki - uzoq va uzluksiz davolanish kеrak.

@endocrinoo
👍6
Ey, odam farzandi.agar senga ajratib qo'yilgan rizqqa qanoat qilsang, rizqing o'zi keladi va mendan ham maqtov olasan. Bordiyu, bu taqsimga qanoat qilmasang, dunyoni sening ustingga sulton va seni dunyoga xizmatkor qilib qo'yaman. Dunyo uchun cho'ldagi vahshiy hayvonlar kabi yugurasan, ammo senga taqsimlab qo'ygan rizqimdan ortig'i kelmaydi va o'zing ham mening oldimda xijolat bo'lib qolasan.

Sayyid ul ayyom hajjul masokin juma muborak 🌙

@endocrinoo
5🔥4👍2
⚡️Tabobat kuchlimi zamonaviy tibbiyotmi?

Albatta zamonaviy tibbiyot kuchli. Sababi ko‘p pul ajratiladi va tekshiruvlar davlat tomonidan nazorat qilinadi.

Agar tabobat biroz bo‘lsada zamonaviy tibbiyotni o‘rnini bosa olganda tabobati kuchli bo‘lgan Xitoy, Xindistonda tabobat poliknikalari yoki bolnitsalarini davlat ochar edi.

Ammo bu fikr tabobatni yolg‘onchi yoki ta’sirsizligi anglatmaydi. Shunchaki ikkisi taqqoslansa zamonaviy meditsina kuchliroq.

Yana bir omil : Tabobat usullari yangisi bilan almashtirilishi qiyin. Zamonaviy meditsinada esa ta’siri yo‘q dori yoki usul yangi samarali usul chiqishi bilan voz kechiladi.

Yana tanlov o‘zingizda.

@endocrinoo
🔥3
Oilada farzandsizlikka kim sababchi bo‘ladi?


🔹JSST ma’lumotlariga ko‘ra, oiladagi befarzandlikka 50 foiz erkaklar va 50 foiz ayollar sababchi deyiladi. 2019 yilda ifodalash shakli o‘zgardi - 1/3 erkak muammolari, 1/3 ayollardagi muammolar, 1/3 har ikkisidagi muammolar sababli deyila boshlandi.

🔸O‘zini sog‘lom deb hisoblab yurgan erkaklarning taxminan 15 foizining oilasida uylanishdan keyin homiladorlik kuzatilmaydi.

Bir oilada homiladorlik kuzatilmayotgan bo‘lsa, birinchi qadam, birinchi shart – erkak kishini tekshirish; sababi oddiy, tez va arzon yo‘l, agar muammo chiqmasa, keyin ayollar bilan bemalol shug‘ullansa bo‘laveradi.

@endocrinoo
👍4
Tiosianatlar - qalqonsimon bezga yod kirishini kamaytirib , gormonlar biosintezini susaytiradi.

Bunday modda ega meva va sabzavotlar: karam , sholgʻom, turp , loviya.

Elementlardan esa : ftor , mis , kobalt kabilar yod yetishmasligi sharoitida strumogen effektga ekanligi haqida maʼlumotlar bor

Yani sodda qilib aytganda bu mahsulotlar tarkibida yodni soʻrilishiga toʻsqinlik qiluvchilar mavjud.

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo
💯4
Van Uik-Ross-Xennes sindromi.

Katta yoshli ayollarda gipotireozning giperprolaktinemiya bilan birga kelishi.

Gipotireoz belgilari fonida giperprolaktinemiya (hayz davrining buzilishi, bepushtlik,amenoreya yoki galaktoreya) va ikkilamchi tuhumdon polikistozi tufayli alomatlar paydo bo'ladi.
Kasallikda bazan gipofiz adenomasi ham qoʻshiladi


Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo
👏3
Diabetik to'piq sindromi

Bu o'limning sababi. Agar bemor qondagi glyukoza darajasini nazorat qilmasa, qandli diabet juda xavfli kasallikdir.

Diabetik oyoq yaralari diabetning keng tarqalgan asoratidir. Qandli diabetga chalinganlarning 2 dan 10 foizigacha oyoq yarasi kabi asoratlardan aziyat chekadi.
Vahimali surat bilan sizni qo'rqitmoqchi emasman buni koʻrish uchun sizda google mavjud😉

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo
💯3
Boʻgʻim shishi

Ushbu tizza rentgenogrammasida sinovial xondromatozga mos keladigan bo'g'imning old va orqa tomonlarida (strelkalar bilan koʻrsatilgan) bir nechta kalsifikatsiyalangan jismlarni ko'rsatadi.

@endocrinoo
👍3
Sog'lom odamning qoni ( chapda ) va kamqonlik bilan kasallangan ( o'ngda ) bemorning qoni sentrifugadan keyin.

@endocrinoo
👍4
📌 Organizmda bir-birini soʻrilishiga qarshilik qiladigan vitamin va minerallar.

Birinchida turgan keyingilarini soʻrilishiga qarshilik qiladi.

• Temir + Xrom + Mis + Rux
• Kalsiy + Temir
• Kalsiy + Rux
• Xrom + Temir
• Mis + Vitamin “B5”
• Vitamin “S” + Mis
• Vitamin “Ye” + Vitamin “K”
• Vitamin “A” + Vitamin “K”

Organizmda bir-birini soʻrilishini ragʻbatlantiradigan, kuchaytiradigan vitamin va minerallar.

Birinchida turgan keyingilarini soʻrilishini kuchaytiradi.

• Vitamin “B2” + Temir
• Vitamin “C” + Temir
• Vitamin “A” + Temir
• Vitamin “D” + Kalsiy
• Vitamin “E” + Vitamin “A”
• Vitamin “K” + Kalsiy
• Vitamin “B1” + Vitamin “B5”
• Vitamin “B2” + Vitamin “B5”
• Vitamin “B2” + Temir
• Vitamin “B12” + Vitamin “V5”
• Vitamin “V5” + Vitamin “C”
• Vitamin “A” + Temir
• Vitamin “D” + Fosfor
• Vitamin “K” + Vitamin “D” + Magniy + Kalsiy
• Selen + Yod

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo
👏3
Vitamin K2 - yurak salomatligi va osteoporozning oldini olishda foydali

Tomirlarning qattiqlashishini oldini oladi.
- Yurak xuruji xavfini kamaytiradi.

Kaltsiyning tananing noto'g'ri joylariga etib borishini oldini oladi.
"Masalan, toshlarga olib kelishi mumkin bo'lgan buyraklarda yoki yurak kasalligiga olib kelishi mumkin bo'lgan qon tomirlarida."

Qonda glukoza darajasini barqarorlashtirish uchun insulin hosil qiladi.
"Shunday qilib, diabetdan himoya qiladi va semirish bilan bog'liq metabolik muammolarning oldini olishga yordam beradi."

Saraton rivojlanishiga hissa qo'shishi mumkin bo'lgan genlarni bostiradi.
- Shu bilan birga, sog'lom hujayralar rivojlanishiga yordam beruvchi genlarni mustahkamlaydi.

@endocrinoo
👍3
Qalqonsimon bezni tekshirish uchun faqat termometr kerak!

🔹 Termometrni oldin yaxshiroq tayyorlang. Undagi simob 35 darajadan yuqori bo'lmagan haroratda turishi kerak. Uyg'onishingiz bilan darhol termometrni qo'ltig'ingizga qo'ying. U yerda odatdagidan ko'proq qo'yilsin - 10 daqiqa.

🔹 Haroratingiz 36,5 C° dan 36,8 C° gacha bo'lsa, qalqonsimon bezda hammasi yaxshi.

🔹 Agar ertalabki harorat 36,5 C° dan past bo'lsa, demak sizda gipotireoidizm bor. Bu qalqonsimon bezning kerakli darajada faol ishlamasligini anglatadi.

🔹 Agar ertalabki bazal harorat 36,8 C° dan yuqori bo'lsa, demak sizda gipertireoidizm bor. Bu qalqonsimon bezning haddan tashqari faolligi. Ehtimol, tanada qandaydir kuchli yallig'lanish jarayoni mavjuddir

@endocrinoo
👍3
Insulin yuborish soxalari

@endocrinoo
🔥3