Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.78K subscribers
3.83K photos
622 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
🛡Londondagi harbiy kasalxona. 1918-yil.

Biz e'tibor qilmasakda, bizga sanoqsiz ne'matlar berilgan, shukr qilaylik!

@endocrinoo
👍21
🍬Insulin va insulinrezistentlik🍬

Insulin -oshkozon osti bezi gormoni bulib,kondagi kandni xujayra ichiga olib kiradi.
Xujayraning insulinga sezuvchan retseptorlari bunga yordam beradi.
Insulinrezistentlikda-insulinga sezuvchan retseptorlar faoliyati buziladi va insulin xujayra ichiga kira olmasdan,konda kupayib ketadi. Xujayra esa och koladi. Kondagi kupayib ketgan insulinni organizmimiz yog zaxirasi sifatida korinda yoki glikogen zaxirasi sifatida jigar va mushaklarda tuplaydi.

Insulinrezistentlik belgilari-
-Ortikcha vazn(abdominal tipda)
-Bel aylanasining 80 sm dan ortik bulishi
-Vazn tashlash yoki vazn yigishda kiyinchiliklar
-teri burmalarining tukarishi(tirsak,tizza bo'g'imlari,qo'ltiq osti burmalari)
-terida papillomalar,qizil nuqtalarning paydo bo'lishi
-Terida yorilishlar
-tez charchash,uyquchanlik(ayniqsa ovqatdan keyin)
-soch to'kilishi
-tez-tez siyish
-shirinlikka kuchli tortish
-xayzning buzilish
-polikistoz tuxumdonlar

Sizda bu belgilar bormi???

@endocrinoo
👍3
🔷Qondagi qand miqdorini tekshirishdan oldin , nimalarni bilish kerak

▶️Tashxisdan 24 soat oldin spirtli ichimliklarni ichmang.

▶️Tahlildan oldin 8 soat davomida ovqat qabul qilmagan bo'lishingiz zarur.

▶️Qon berishdan oldin tishlaringizni yuvmang, chunki tish pastasida og'izning shilliq qavati orqali so'rilishi mumkin bo'lgan shakar bo'lishi mumkin. Xuddi shu sababga ko'ra, saqichni chaynash kerak emas.

▶️Analiz topshirishdan oldin iloji boricha 1 - 2 kun shirinlik iste'mol qilmang.

▶️Iloji boricha analizni ertalab topshiring .

@endocrinoo
👏3👍2🔥1
Ikki narsa og'ir ko'nglimga asli,
Ikki narsa uchun yo'q menda bardosh:
Biri - dushmanimning shodon qah-qahasi,
Biri - do'st ko'zida miltillagan yosh.

© Asqad Muxtor

@endocrinoo
9
Жума

Кўзлар боқса ғамгин, ўйчан,
Юрсак ҳамки дил сарпойчан,
Олти кун кўнгил хотиржам
Жуманинг ҳаловатидан.

Қиш авжи ҳам порлар баҳор,
Дилларга тўлмишдир виқор:
Айтинг, яна не улуғвор
Жуманинг ибодатидан?!

Ҳаёт бир кун бас, йўқмишдир --
Охир кунга йўлиқмишдир.
Қуёш ҳамки терс чиқмишдир
Жуманинг ҳароратидан.

Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo
5👍1
Odam juma kuni yaratildi
Insoniyat juma kuni quyosh gʻarbdan chiqqanda yakunni koʻradi
Bugun quyosh yana sharqdan chiqdi
Hali imkon bor

Sayyid ul ayyom hajjul masokin juma muborak🌙

@endocrinoo
👍7
Bilak(ulna) va tirsak(radius)ning sinishi. 24 yoshli bemor 3-qavatdan qulagan. Ajablanarlisi shundaki, bu yagona jarohat

@endocrinoo
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nega bizga oshqozon osti bezi kerak?

🔅Asosan qonimizdagi shakar miqdorini tartibga solish uchun. Ushbu bez tomonidan chiqariladigan insulin gormoni glyukoza darajasini pasaytiradi. Agar bu sodir bo'lmaganida, barcha odamlar qandli diabet bilan kasallanardi

Ammo oshqozon osti bezi insulinning teskari ta'siriga ega bo'lgan glyukagon gormonini ham ishlab chiqaradi - bu glyukoza darajasini oshiradi.

♻️Shuningdek, bu organ yog'lar, oqsillar va uglevodlarni hazm qiladigan fermentlarni chiqaradi.

@endocrinoo
👍3
🤷🏻‍♀️Homiladorlik davrida bolani emizish mumkinmi?
.
Bu savolaga ko’pchilik🙅🏻‍♀️ “YO’Q” deb javob beradi.

Aslida ham shundaymi?
💁🏻‍♀️Bugun ana shu koʻp tortushuvlarga sabab boʻlgan mavzu haqida☝️
.
🤰🏻Ayol bemavrid homilador bo‘lgach, laktatsiya jarayoni o‘z-o‘zidan to‘xtab qolmaydi. Sut kelishi davom etaveradi. Ammo homilador onaning sutida gormonal o‘zgarishlar tufayli laktoza miqdori kamayadi. Natriy esa orta borib, natijada, ko‘krak sutining ta’mi o‘zgaradi, ya’ni shirin bo‘lmay qoladi. Go‘dakka sutning yangicha mazasi yoqmagach, u emishdan bosh tortadi va injiqlana boshlaydi. Ba'zi hollarda bolaning ichini ham buzilishiga sabab boʻlishi mumkin
.
Qolaversa, laktatsiya jarayonida homilador bo‘lib qolgan ayollarning 70 foizida ko‘krak suti miqdori kamayib ketadi. Lekin bu hamma ayollarda ham kuzatilmaydi. Hammani organizmi har xil. ☝️Shu jumladan bolalarniki ham
.
Shunday onalar borki homiladorlikning oxirigacha bemalol katta farzandini emizib, yangi chaqaloq tug'ilganda ham ikkalovini birgalikda egizaklar singari emizishda davom etaveradi. Bundan homilaga ham katta farzandga ham hech qanday ziyon bo'lmaydi
.
‼️BUNI BILISH MUHIM ☝️
Emizish jarayonida ayol gipofizida oksitotsin moddasi ishlab chiqariladi. Huddi shu modda tugʻruq jarayonida va undan keyin bachadonning qisqarishi uchun hizmat qiladi. Lekin homiladorlikning o'rtacha 20 haftasiga qadar oksitotsin bachadon asab toʻqimalariga taʼsir eta olamaydi, shuning uchun bu darvgacha emizish mumkin. Agar homilador ayol katta farzandini emizishdan chiqarishni istamasa bu haqda ginekologga aytishi va homiladorlik kechishini qat'iy nazoratga olishi darkor. Agar homiladorlik muammolar (homila tushish xavfi, yo'ldosh patologiyalari yoki homiladorlik yakunlanishiga olib keluvchi boshqa noxush faktorlar mavjudligi) kuzatilayotgan bo'lsa, u holda homiladorlikni saqlab qolish maqsadida bolani emizish toʻxtatiladi
.
🙅 Quyidagi holatlarda homilador ayollarga emizish taqiqlanadi:
📍Homilador bo'lib qolgan ayolning yoshi kattaligi
📍Ayolda surunkali kasalliklar mavjudligi
📍Hozirgi va bundan oldingi homiladorlik davrida muammolar yuzaga kelishi;
📍Toksikoz;h
📍Gestoz;
📍Analizlar natijasi normadan tashqarida bo'lishi (masalan, gemoglobin darajasi pastligi homilaga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, emizish esa bu ko'rsatkichni yanada pasaytiradi va boshqalar);
📍Ko'krak uchi sezgirligining oshishi (homilador ayol ko'kraklari juda sezgir bo'lib qoladi, bu emizish davomida og'riq va noqulayliklar keltirishi mumkin);
📌Ko'krak suti mazasining o'zgarishi (ba'zi emizayotgan ayollarda homiladorlikning 2 trimestrdan so'ng ko'krak suti mazasi o'zgarishi kuzatiladi, bunda bolaning o'zi ko'krakdan bosh tortishni boshlaydi)
☝️
Ba'zi shifokorlar homiladorlik yuz bergani aniqlansa, emizishni darhol to'xtatishni tavsiya qiladilar. Bunday qilishga haqiqiy asos borligiga amin bo'lish kerak. Agar bola 1 yoshdan oshgan bo'lsa, u holda shoshilmasdan bolani qiynamay asta sekinlik bilan sutdan ajratish unga ziyon keltrimaydi. Lekin 1 yoshga to'lmagan chaqaloq ko'krak sutiga, onaning mehrga to'la bag'riga jismonan va ruhan juda muhtoj bo'ladi. Shuning uchun homiladorlik yuz bersa, emizishni to'xtatish yoki to'xtatmaslik haqida qaror qabul qilishdan oldin hamma tomonlarni inobatga olib bir xulosaga kelish zarur.

@endocrinoo
👍4
Sochlar toʻkilmasligi uchun!

Cheklash kerak boʻlgan mahsulotlar:

— Shakar. Qonda qand miqdori oshsa insulin gormoni oshadi, bu esa androgenlar hosil boʻlishini tezlashtiradi, bu esa sochlarga salbiy ta’sir koʻrsatadi.
— Baliqni ba’zi turlari. Tunes (yoʻlligidan tashqari), choʻrtan, olabugʻa baliqlari oʻzida simob toʻplaydi. Simobni ozgina dozasi xam soch toʻkilishiga olib keladi.
— Tuz. Organizmda tuzni koʻpligi sochlarni sinuvchan, quruq boʻlishiga va toʻkilishiga sabab boʻladi.

Sochlar uchun foydali mahsulotlar:
— Yogʻli baliq
— Dengiz mahsulotlari
— Yongʻoqlar va pista (semechki)
— Avokado
— Tuxum
— Dengiz karami
— Yashil va bargli sabzavotlar
— Yormalar

@endocrinoo
👍41
Jigarni tozalash, faoliyatini yaxshilash va tiklashni 7 ta oltin qoidasi

1. Jigar ochlikni yaxshi ko‘radi. Tez-tez och qolish yoki haftada 2 kun ro‘za tutish tavsiya qilinadi.
2. Qatiq, zardob, qizil rangli meva va sabzavot soklari jigarni tozalaydi.
3. Har kuni ikki osh qoshiq asal iste’mol qilish kerak, bir qoshiq ertalab, bir qoshiq uxlashdan avval.
4. O‘t haydovchi giyohlardan va rastoropsha damlamalarini ichib turing.
5. Achchiq, sho‘r, alkogol, hayvon yog‘larini iste’molini butunlay cheklash.
6. Mono-to‘yinmagan yog‘larni (zaytun, zig‘ir moylari) ulushini ratsionda ko‘paytirish.
7. Jigar oqsilli a’zo bo‘lganligi sababli oqsilga boy mahsulotlarni (go‘sht, baliq, pishloq, tvorog, tuxum) ko‘p-ko‘p iste’mol qilish — jigar hujayralarini tiklaydi.

@endocrinoo
👍4
OGʻRIQ (APPENDITSITDA)

Savol: Qanaqa ogʻriq appenditsitga ishora qiladi?

✔️ Javob: Qorinning oʻng pastki qismida, kuchsiz boshlanib, vaqt oʻtishi bilan kuchayib boruvchi ogʻriq. 40% hollarda qorinning yuqori qismida boshlanib, keyin oʻng pastki qismga o'tadi. Ogʻriq oʻtib ketmaydi!

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
👍2👏2
Tavsiya

Televizordagi turli xil sedana va shunga oʻxshash moylar, dengiz maxsulotlari, qaysidir hayvonning qaysidir qismidan olingan deb iddao qilinadigan maxsulotlar zamirida faqat biznes yotadi.

Unutmang , xech bir dori yoki shunga tenglashtirilgan narsalar 3 yoki undan ortiq turli sistematik kasallikka davo deyildimi bu YOLGʻON .

Sirli retseptni oʻzi yoʻq.

Uyingizga bepul yetkazib beramiz degan maxsulotlar raqamiga telefon qilganda soʻrangchi shu dori sizni tuzatadimi, deylik shu doridan keyin siz insulin olmasangiz ham boʻladimi. Men bu dorini olgan unga qattiq ixlos qilgan va hamma *kurs davo*sini olgan insonlarni bilaman, ular vaqt va pulga *kuyganini* tan oladi

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Kanalga aʼzo boʻling


@endocrinoo
👍5💯3
Och tanda — sog‘lom aql!

Hadisi sharifda: «Yeru osmon orasidagi jamiki yaxshiliklarning boshi ochlikdandir. Yeru osmon orasidagi barcha fisqu fujur va yomonliklar manbai to‘qlikdandir», deyilgan. Darhaqiqat, kam yeyish sog‘liq garovi, pulu molning isrof bo‘lmasligi, g‘aflatdan qutulish, barcha yaxshiliklar boshi, tanu jonning salomatligi boisidir. Ya’ni kam yemoqning o‘zi shifodir, chunki davoning asli parhezdir.


@endocrinoo
👍4
Vitamin "A" (retinol)

Organizmdagi asosiy vazifalari:
1. Antioksidantlik;
2. Xondroitin sulfat sintezida, suyak va tishlarni shakllanishida, o‘sishida;
3. Tungi ko‘rishni ta’minlovchi asosiy pigment "rodopsin" sintezida;
4. Immun tizimni normal ishlashi va infeksiyalarga qarshi kurashishda;
5. Teri va shilliq qavatlarni yangilanishi va xosil bo‘lishida;
6. Embrionni normal rivojlanishida (agar yetishmasa vazni juda kichik tug‘iladi) va boshqa muhim jaoayonlarda qatnashadi.

Sutkalik ehtiyoj: 900–1000 mkg (3000 XB)

@endocrinoo
👍31
Tuzning kunlik meyor miqdori qancha

♦️Tuz miqdorining kunlik meyori 5 gr tashkil etadi.

♦️Tuzni ko'p istemol qilish buyrak faoliyati uchun ayniqsa zararli shu sababli normada istemol qilish kerak !

🫀Tuzni kam istemol qilish ayniqsa yurak - qon tomir sistemasi kasalliklari uchun foydali.

@endocrinoo
👍2
Raxit kasalligi belgilari ☝️☝️☝️

@endocrinoo
👍2
Endokrinolog maslahati 📄✍️
Semizlikdan qutilish, ozish uchun yozilgan postlarni jamlab bersam 5 maslahat. Bolalar semizligi Tv va semizlik. Keto dieta Retsept. Tavsiya Parxez. Grechka Ozishga_tavsiya. Ozish_formulasi Yarim_porsiya.…
Шавкат Мирзиёев воҳа аҳолисининг қарийб ярмида ортиқча вазн муаммоси борлигидан ташвиш билдирди

Шунингдек, давлат раҳбари Қашқадарё вилояти Китоб туманида замонавий кардиология маркази қуришга топшириқ берган.

Unutmang oʻlimga sabab boʻluvchi eng koʻp kasalliklar etiologiyasi (miokard infarkti, insult, qandli diabet)zamirida semizlik turadi

@endocrinoo
👍3
Gidronefroz

Gidronefroz — siydik passaji buzilishi hissasiga binoan kosacha-jom kompleksining kengayishi sababli rivojlanadigan buyrak to‘qimasining atrofiyasidir. 60 yoshgacha kasallikka ko‘proq ayollar chalinadi, 60 yoshdan keyin esa erkaklar. Bu erkaklarda prostata adenomasi yoki prostata saratoni rivojlanishi bilan bog‘liq.

Nefron va buyrak naylarining atrofiyasi kasallikning yakunidir. Kasallik siydik chiqishi qiyinligi tufayli siydik yo‘llarida bosimning oshishi, filtratsiya funksiyasi zararlanishi va a’zoning qon bilan ta’minlanishi buzilishidan boshlanadi.

@endocrinoo
👍5