Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.79K subscribers
3.83K photos
622 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
O‘t pufagi dimlanishining belgilari qanday?


- Ovqatlangandan so‘ng o‘ng qovurg‘a ostida og‘riq bo‘lishi,
- Ko‘ngil aynishi,
- Nahorda og‘iz bo‘shlig‘ida taxirlik sezilishi,
- Holsizlikdir.

Agar bunga e’tibor qilinmasa, toshlar paydo bo‘ladi, tez-tez qaytalanuvchi surunkali toshli xoletsistit, o‘t pufagi istisqosi va o‘smasiga olib kelishi mumkin, natijada o‘t qopi olib tashlanadi.

@endocrinoo
👍21💯1
Lipoma qanday kasallik?


Ko‘pincha semirishga moyil insonlar tanasida, asosan sonlar va bilaklarda yog‘ bo‘laklari to‘planadi. Organizm uni kattalashib ketmasligi uchun maxsus fibroz qopchaga o‘rab qo‘yadi. Qo‘l bilan ushlaganda, harakatchan va og‘riqsiz aniqlanuvchi ushbu hosilani Lipoma deb ataymiz.

Bu mutlaqo bezarar va xavfsiz bo‘lib, jarrohlik usulda bilan olib tashlanadi. Xavotir olishga o‘rin yo‘q. Ba’zida o‘zidan-o‘zi so‘rilib ketishi ham mumkin.

Ammo bez og‘riqli va harakati cheklangan bo‘lsa, darhol onkologga ko‘rsatgan ma’qul.

@endocrinoo
👍1👏1
Nega isitmada koʻtarilgan termometr koʻrsatkichi(simob) oʻz xolicha ortga qaytmaydi? 🤔

☝️ Gap uning yana kolbaga tushishiga imkon bermaydigan kapillyar haqida ketmoqda.

📍 Tibbiy termometrda xona termometridan farqli o'laroq, o'lchash trubkasi simobli kolbadan eng nozik kapillyar orqali ajratiladi. Simob qizdirilganda kengayishi natijasida paydo bo'lgan bosim orqali u orqali suriladi. U kolbaga qaytolmaydi, chunki nayda teskari yo'nalishda harakat qiladigan bosim yo'q. Bu tana bilan aloqani to'xtatgandan keyin ham termometr ko'rsatkichlarini saqlashga imkon beradi. Yangi o'lchov uchun naychadagi simob chayqatiladi va kapillyar orqali kolbaga suriladi.

Eng qiziqarli va kerakli tibbiy maʼlumotlar barchasi bizda
Kanalga aʼzo boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing

@endocrinoo
👍3👏1💯1
Osteoporoz

Suyak to'qimalarining zichligi pasayadigan holat boʻlib, uning mo'rtligi va patologik yoriqlarga moyilligi paydo bo'lishi bilan harakterlanadi.

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
👍1🔥1😢1
49 yoshli bemor, 7 yildan beri qandli diabet bilan hasta. 6 oy oldin ko'rish yomonlashganini seza boshlagan. 😲

📌 Diabetik retinopatiya diabetning eng og'ir asoratlaridan biri bo'lib, ko'z olmasining to'r pardasi tomirlariga ta'sir qiladi, diabet bilan og'rigan bemorlarning 90 foizida kuzatiladi.

Ko'rishning buzilishi qandli diabetda nogironlikka olib keluvchi eng koʻp sabablaridan biridir.

📍Qandli diabet bilan og'rigan bemorlarda ko'rlik ushbu kasallikdan aziyat chekadigan odamlarga qaraganda 25 marta tez-tez uchraydi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing 📲

@endocrinoo
👏2🤔1
Gidrotoraks - plevra boʻshligʻida suyuqlik to'planishi.

☝️ Plevra bo'shlig'ida g'ayritabiiy darajada ko'p miqdorda suyuqlik to'planishining asosiy sababi qon aylanishining bir yoki ikkala doirasida gidrostatik bosimning oshishi hisoblanadi.

@endocrinoo
1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayol immun tizimining ayol organlari ichidagi erkak spermatozoidiga qanday hujum qilishi.

Bu bepushtlikka olib kelishi jarayonining animatsiyasi.

@endocrinoo
👍1💯1
Chipslarning zarari

Gidrogenlangan yog‘lar va ko‘p miqdordagi tuz tanaga katta zarar yetkazadi va qon tomirlarda "yomon" xolesterin to‘planishiga olib keladi.

Chipslarda kanserogen modda — glitsidamid bo‘lib, bu saratonni keltirib chiqarishi mumkin.

Bundan tashqari:
• Qandli diabet rivojlanish xavfini oshiradi
• Qonda xolesterin miqdorini oshiradi
• Metabolizmni buzadi
• Erkaklarda testosteron darajasini pasaytiradi
• Gastrit, oshqozon yarasi rivojlanish ehtimolini oshiradi

@endocrinoo
👍2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👶🏻Chaqaloqlarda soʻrish reflekisi u homilalik davridayoq shakllanadi. Homilalik vaqtida u qoʻllarini soʻrib bu reflekisni rivojlantiradi. Tugʻulganda esa bu refleks ularga emish uchun kerak boʻladi.
🤱🏻Shuning uchun yangi tugʻilgan chaqaloqni ona koʻkragiga tutilsa u shu zahotiyoq emishni boshlaydi.

@endocrinoo
👍2🥰1
🛡Londondagi harbiy kasalxona. 1918-yil.

Biz e'tibor qilmasakda, bizga sanoqsiz ne'matlar berilgan, shukr qilaylik!

@endocrinoo
👍21
🍬Insulin va insulinrezistentlik🍬

Insulin -oshkozon osti bezi gormoni bulib,kondagi kandni xujayra ichiga olib kiradi.
Xujayraning insulinga sezuvchan retseptorlari bunga yordam beradi.
Insulinrezistentlikda-insulinga sezuvchan retseptorlar faoliyati buziladi va insulin xujayra ichiga kira olmasdan,konda kupayib ketadi. Xujayra esa och koladi. Kondagi kupayib ketgan insulinni organizmimiz yog zaxirasi sifatida korinda yoki glikogen zaxirasi sifatida jigar va mushaklarda tuplaydi.

Insulinrezistentlik belgilari-
-Ortikcha vazn(abdominal tipda)
-Bel aylanasining 80 sm dan ortik bulishi
-Vazn tashlash yoki vazn yigishda kiyinchiliklar
-teri burmalarining tukarishi(tirsak,tizza bo'g'imlari,qo'ltiq osti burmalari)
-terida papillomalar,qizil nuqtalarning paydo bo'lishi
-Terida yorilishlar
-tez charchash,uyquchanlik(ayniqsa ovqatdan keyin)
-soch to'kilishi
-tez-tez siyish
-shirinlikka kuchli tortish
-xayzning buzilish
-polikistoz tuxumdonlar

Sizda bu belgilar bormi???

@endocrinoo
👍3
🔷Qondagi qand miqdorini tekshirishdan oldin , nimalarni bilish kerak

▶️Tashxisdan 24 soat oldin spirtli ichimliklarni ichmang.

▶️Tahlildan oldin 8 soat davomida ovqat qabul qilmagan bo'lishingiz zarur.

▶️Qon berishdan oldin tishlaringizni yuvmang, chunki tish pastasida og'izning shilliq qavati orqali so'rilishi mumkin bo'lgan shakar bo'lishi mumkin. Xuddi shu sababga ko'ra, saqichni chaynash kerak emas.

▶️Analiz topshirishdan oldin iloji boricha 1 - 2 kun shirinlik iste'mol qilmang.

▶️Iloji boricha analizni ertalab topshiring .

@endocrinoo
👏3👍2🔥1
Ikki narsa og'ir ko'nglimga asli,
Ikki narsa uchun yo'q menda bardosh:
Biri - dushmanimning shodon qah-qahasi,
Biri - do'st ko'zida miltillagan yosh.

© Asqad Muxtor

@endocrinoo
9
Жума

Кўзлар боқса ғамгин, ўйчан,
Юрсак ҳамки дил сарпойчан,
Олти кун кўнгил хотиржам
Жуманинг ҳаловатидан.

Қиш авжи ҳам порлар баҳор,
Дилларга тўлмишдир виқор:
Айтинг, яна не улуғвор
Жуманинг ибодатидан?!

Ҳаёт бир кун бас, йўқмишдир --
Охир кунга йўлиқмишдир.
Қуёш ҳамки терс чиқмишдир
Жуманинг ҳароратидан.

Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo
5👍1
Odam juma kuni yaratildi
Insoniyat juma kuni quyosh gʻarbdan chiqqanda yakunni koʻradi
Bugun quyosh yana sharqdan chiqdi
Hali imkon bor

Sayyid ul ayyom hajjul masokin juma muborak🌙

@endocrinoo
👍7
Bilak(ulna) va tirsak(radius)ning sinishi. 24 yoshli bemor 3-qavatdan qulagan. Ajablanarlisi shundaki, bu yagona jarohat

@endocrinoo
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nega bizga oshqozon osti bezi kerak?

🔅Asosan qonimizdagi shakar miqdorini tartibga solish uchun. Ushbu bez tomonidan chiqariladigan insulin gormoni glyukoza darajasini pasaytiradi. Agar bu sodir bo'lmaganida, barcha odamlar qandli diabet bilan kasallanardi

Ammo oshqozon osti bezi insulinning teskari ta'siriga ega bo'lgan glyukagon gormonini ham ishlab chiqaradi - bu glyukoza darajasini oshiradi.

♻️Shuningdek, bu organ yog'lar, oqsillar va uglevodlarni hazm qiladigan fermentlarni chiqaradi.

@endocrinoo
👍3
🤷🏻‍♀️Homiladorlik davrida bolani emizish mumkinmi?
.
Bu savolaga ko’pchilik🙅🏻‍♀️ “YO’Q” deb javob beradi.

Aslida ham shundaymi?
💁🏻‍♀️Bugun ana shu koʻp tortushuvlarga sabab boʻlgan mavzu haqida☝️
.
🤰🏻Ayol bemavrid homilador bo‘lgach, laktatsiya jarayoni o‘z-o‘zidan to‘xtab qolmaydi. Sut kelishi davom etaveradi. Ammo homilador onaning sutida gormonal o‘zgarishlar tufayli laktoza miqdori kamayadi. Natriy esa orta borib, natijada, ko‘krak sutining ta’mi o‘zgaradi, ya’ni shirin bo‘lmay qoladi. Go‘dakka sutning yangicha mazasi yoqmagach, u emishdan bosh tortadi va injiqlana boshlaydi. Ba'zi hollarda bolaning ichini ham buzilishiga sabab boʻlishi mumkin
.
Qolaversa, laktatsiya jarayonida homilador bo‘lib qolgan ayollarning 70 foizida ko‘krak suti miqdori kamayib ketadi. Lekin bu hamma ayollarda ham kuzatilmaydi. Hammani organizmi har xil. ☝️Shu jumladan bolalarniki ham
.
Shunday onalar borki homiladorlikning oxirigacha bemalol katta farzandini emizib, yangi chaqaloq tug'ilganda ham ikkalovini birgalikda egizaklar singari emizishda davom etaveradi. Bundan homilaga ham katta farzandga ham hech qanday ziyon bo'lmaydi
.
‼️BUNI BILISH MUHIM ☝️
Emizish jarayonida ayol gipofizida oksitotsin moddasi ishlab chiqariladi. Huddi shu modda tugʻruq jarayonida va undan keyin bachadonning qisqarishi uchun hizmat qiladi. Lekin homiladorlikning o'rtacha 20 haftasiga qadar oksitotsin bachadon asab toʻqimalariga taʼsir eta olamaydi, shuning uchun bu darvgacha emizish mumkin. Agar homilador ayol katta farzandini emizishdan chiqarishni istamasa bu haqda ginekologga aytishi va homiladorlik kechishini qat'iy nazoratga olishi darkor. Agar homiladorlik muammolar (homila tushish xavfi, yo'ldosh patologiyalari yoki homiladorlik yakunlanishiga olib keluvchi boshqa noxush faktorlar mavjudligi) kuzatilayotgan bo'lsa, u holda homiladorlikni saqlab qolish maqsadida bolani emizish toʻxtatiladi
.
🙅 Quyidagi holatlarda homilador ayollarga emizish taqiqlanadi:
📍Homilador bo'lib qolgan ayolning yoshi kattaligi
📍Ayolda surunkali kasalliklar mavjudligi
📍Hozirgi va bundan oldingi homiladorlik davrida muammolar yuzaga kelishi;
📍Toksikoz;h
📍Gestoz;
📍Analizlar natijasi normadan tashqarida bo'lishi (masalan, gemoglobin darajasi pastligi homilaga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, emizish esa bu ko'rsatkichni yanada pasaytiradi va boshqalar);
📍Ko'krak uchi sezgirligining oshishi (homilador ayol ko'kraklari juda sezgir bo'lib qoladi, bu emizish davomida og'riq va noqulayliklar keltirishi mumkin);
📌Ko'krak suti mazasining o'zgarishi (ba'zi emizayotgan ayollarda homiladorlikning 2 trimestrdan so'ng ko'krak suti mazasi o'zgarishi kuzatiladi, bunda bolaning o'zi ko'krakdan bosh tortishni boshlaydi)
☝️
Ba'zi shifokorlar homiladorlik yuz bergani aniqlansa, emizishni darhol to'xtatishni tavsiya qiladilar. Bunday qilishga haqiqiy asos borligiga amin bo'lish kerak. Agar bola 1 yoshdan oshgan bo'lsa, u holda shoshilmasdan bolani qiynamay asta sekinlik bilan sutdan ajratish unga ziyon keltrimaydi. Lekin 1 yoshga to'lmagan chaqaloq ko'krak sutiga, onaning mehrga to'la bag'riga jismonan va ruhan juda muhtoj bo'ladi. Shuning uchun homiladorlik yuz bersa, emizishni to'xtatish yoki to'xtatmaslik haqida qaror qabul qilishdan oldin hamma tomonlarni inobatga olib bir xulosaga kelish zarur.

@endocrinoo
👍4
Sochlar toʻkilmasligi uchun!

Cheklash kerak boʻlgan mahsulotlar:

— Shakar. Qonda qand miqdori oshsa insulin gormoni oshadi, bu esa androgenlar hosil boʻlishini tezlashtiradi, bu esa sochlarga salbiy ta’sir koʻrsatadi.
— Baliqni ba’zi turlari. Tunes (yoʻlligidan tashqari), choʻrtan, olabugʻa baliqlari oʻzida simob toʻplaydi. Simobni ozgina dozasi xam soch toʻkilishiga olib keladi.
— Tuz. Organizmda tuzni koʻpligi sochlarni sinuvchan, quruq boʻlishiga va toʻkilishiga sabab boʻladi.

Sochlar uchun foydali mahsulotlar:
— Yogʻli baliq
— Dengiz mahsulotlari
— Yongʻoqlar va pista (semechki)
— Avokado
— Tuxum
— Dengiz karami
— Yashil va bargli sabzavotlar
— Yormalar

@endocrinoo
👍41