Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.79K subscribers
3.83K photos
622 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Yod ichishni qachon boshlaysiz?

O‘zbekiston hududi tuprog‘ida, yer osti va ichimlik suvida yod miqdori kamligi sababli aholi o‘rtasida yod tanqisligi boshqa hududlarga nisbatan yetakchilik qiladi. Qisqasi, bizning hudud endemik buqoq zonasi ҳисобланади. Тупроқ va suvdagi yod miqdorini kamligi o‘simliklar tarkibida ham o‘z aksini topadi.

Yod — qalqonsimon bez gormonlarini asosi hisoblanadi. Uning yetishmasligi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Organizmda yod tanqisligi belgilari:
• doimiy charchoq hissi
• immunitetni pastligi
• tanada shishlar paydo bo‘lishi
• menstrual siklni buzilishi
• anemiya
• sababsiz semirish
• gipotoniya (qon bosim pastligi)
• intellekt va qabul qilishni susayib ketishi, diqqatni jamlay olmaslik
• bepushtlik, impotensiya

Yod tanqisligini bartaraf qilishni 3 ta yo‘li bor:
1. Yod preparatlarini ichish. Bu eng maqbul yo‘li hisoblanadi.
2. Yod elementiga boy mahsulotlar: dengiz mahsulotlari, dengiz balig‘i, dengiz karami va o‘tlarini ko‘p-ko‘p iste’mol qilish. Bu qimmatroq va yod preparatlarichalik effekt bermaydi.
3. Faqat yodlangan tuzlardan foydalanish.

📌 yod tanqisligi bilan og‘rigan bemorlarga yodni folat kislota va selen bilan qabul qilish yuqori samara beradi.

@endocrinoo
👍2🔥1
Ona qornidagi homila tashqi muhitdagi ovozlarni eshitadimi?

🔷 Rivojlanishning 5-6 haftasida homilada bosh miya shakllanadi, 8-10 haftada esa eshitish analizatorlari paydo bo‘ladi. Dastlab, homila ona organizmidagi yurak urishi, tomirlardagi qon harakatini eshitadi. 12-16 haftadan boshlab barcha ovozlarni eshita boshlaydi.

🔶 Homiladorlikning 24 haftasidan boshlab, homila onasini va onasi bilan ko‘p muloqot qiluvchi insonlarning ovozlarini taniy boshlaydi. Shu bois tug‘ilgan chaqaloq ko‘plab tovushlar orasidan ota-onasining ovozini ajrata oladi. Ona homiladorlik vaqtida eshitishga odatlangan musiqalar tug‘ilgan chaqaloqqa tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, chunki chaqaloq homiladorlik xotirasi bilan dunyoga keladi.

@endocrinoo
👍3🔥1😁1
Homiladorlikning nechanchi haftasidan KALSIY qabul qilish kerak?

Homiladorlikda har bir daqiqa ahamiyatli boʻladi. Buning sababi bola tinimsiz rivojlanishda boʻladi. Ushbu davrda bola rivojlanish uchun barcha vitamin va minerallarni, qurilish materiali hisoblangan oqsil moddalarini ona organizmidan oladi. Shu sababli ushbu davrda ona sogʻlom boʻlishi, turli kasalliklar yuqtirmasligi, toʻgʻri ovqatlanishi juda muhim hisoblanadi.

☑️ Ushbu holatlarni hisobga olib shifokorlar tomonidan homiladorlik davrida turli tavsiyalar beriladi. Kalsiy preparatlarini qabul qilish qancha erta boshlansa, shuncha foydali hisoblanadi. Chunki birinchi uch oylikda homila suyak toʻqimalarining rivojlanishi kuzatiladi.

🧀 Homiladorlik davrida faqatgina kalsiy preparatlariga ishonib qolmasdan, ovqat ratsioniga ham kalsiyga boy mahsulotlarni kiritish lozim. Sut mahsulotlari, qatiq, tvorog, pishloq, tuxum, dukkaklilar va dengiz mahsulotlari kalsiyga boy hisoblanadi.

@endocrinoo
👍1🔥1👏1
Obstruktiv uyqu apnoesi sindromi — uyqu vaqtida nafas yetishmasligi.
(Pikvik sindromi)

Bu sindrom hayot uchun xavfli hisoblanadi. Bu soatiga 15 martadan ortiq 10 soniyadan ko‘proq davom etadigan nafas olishdagi pauzadir. Sindrom ko‘pincha tana massasi indeksi (TMI) 30 dan ortiq bo‘lgan bemorlarda uchraydi.

Semirib ketishdan aziyat chekuvchilar orasida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, uning tarqalishi 50 dan 98% gacha.

Bu holat yurak-qon tomir asoratlari, shu jumladan insult va erta o‘lim xavfini oshiradi.

Ortiqcha vazndan qutulish uyqu apnoesi muammosini hal qilishga yordam beradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, hatto tana vaznining 10% ga kamayishi ushbu sindromdan to‘liq qutulishga yordam beradi.

@endocrinoo
1👍1🔥1👏1
Tildagi ta'm retseptorlari

👅Sut emizuvchilarda ta'm kurtaklari [atrof-muhitning kimyoviy tarkibini sezadigan hujayralar] til, qattiq tanglay, farenks va epiglottisda joylashgan.

👅 Odam tilida 9000 ga yaqin ta'm bilish retseptorlari mavjud.
Bitta hujayra inson sezadigan besh ta'mning faqat bittasini (sho'r, shirin, achchiq, nordon, umami) idrok etishga qodir.

👅 Ta'm sezgilari ishlashi uchun eng yaxshi harorat selsiy bo'yicha 24 daraja, shuning uchun bu haroratda ovqatning ta'mi eng kuchli bo'ladi.

@endocrinoo
👍21
O‘t pufagi dimlanishining belgilari qanday?


- Ovqatlangandan so‘ng o‘ng qovurg‘a ostida og‘riq bo‘lishi,
- Ko‘ngil aynishi,
- Nahorda og‘iz bo‘shlig‘ida taxirlik sezilishi,
- Holsizlikdir.

Agar bunga e’tibor qilinmasa, toshlar paydo bo‘ladi, tez-tez qaytalanuvchi surunkali toshli xoletsistit, o‘t pufagi istisqosi va o‘smasiga olib kelishi mumkin, natijada o‘t qopi olib tashlanadi.

@endocrinoo
👍21💯1
Lipoma qanday kasallik?


Ko‘pincha semirishga moyil insonlar tanasida, asosan sonlar va bilaklarda yog‘ bo‘laklari to‘planadi. Organizm uni kattalashib ketmasligi uchun maxsus fibroz qopchaga o‘rab qo‘yadi. Qo‘l bilan ushlaganda, harakatchan va og‘riqsiz aniqlanuvchi ushbu hosilani Lipoma deb ataymiz.

Bu mutlaqo bezarar va xavfsiz bo‘lib, jarrohlik usulda bilan olib tashlanadi. Xavotir olishga o‘rin yo‘q. Ba’zida o‘zidan-o‘zi so‘rilib ketishi ham mumkin.

Ammo bez og‘riqli va harakati cheklangan bo‘lsa, darhol onkologga ko‘rsatgan ma’qul.

@endocrinoo
👍1👏1
Nega isitmada koʻtarilgan termometr koʻrsatkichi(simob) oʻz xolicha ortga qaytmaydi? 🤔

☝️ Gap uning yana kolbaga tushishiga imkon bermaydigan kapillyar haqida ketmoqda.

📍 Tibbiy termometrda xona termometridan farqli o'laroq, o'lchash trubkasi simobli kolbadan eng nozik kapillyar orqali ajratiladi. Simob qizdirilganda kengayishi natijasida paydo bo'lgan bosim orqali u orqali suriladi. U kolbaga qaytolmaydi, chunki nayda teskari yo'nalishda harakat qiladigan bosim yo'q. Bu tana bilan aloqani to'xtatgandan keyin ham termometr ko'rsatkichlarini saqlashga imkon beradi. Yangi o'lchov uchun naychadagi simob chayqatiladi va kapillyar orqali kolbaga suriladi.

Eng qiziqarli va kerakli tibbiy maʼlumotlar barchasi bizda
Kanalga aʼzo boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing

@endocrinoo
👍3👏1💯1
Osteoporoz

Suyak to'qimalarining zichligi pasayadigan holat boʻlib, uning mo'rtligi va patologik yoriqlarga moyilligi paydo bo'lishi bilan harakterlanadi.

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
👍1🔥1😢1
49 yoshli bemor, 7 yildan beri qandli diabet bilan hasta. 6 oy oldin ko'rish yomonlashganini seza boshlagan. 😲

📌 Diabetik retinopatiya diabetning eng og'ir asoratlaridan biri bo'lib, ko'z olmasining to'r pardasi tomirlariga ta'sir qiladi, diabet bilan og'rigan bemorlarning 90 foizida kuzatiladi.

Ko'rishning buzilishi qandli diabetda nogironlikka olib keluvchi eng koʻp sabablaridan biridir.

📍Qandli diabet bilan og'rigan bemorlarda ko'rlik ushbu kasallikdan aziyat chekadigan odamlarga qaraganda 25 marta tez-tez uchraydi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing 📲

@endocrinoo
👏2🤔1
Gidrotoraks - plevra boʻshligʻida suyuqlik to'planishi.

☝️ Plevra bo'shlig'ida g'ayritabiiy darajada ko'p miqdorda suyuqlik to'planishining asosiy sababi qon aylanishining bir yoki ikkala doirasida gidrostatik bosimning oshishi hisoblanadi.

@endocrinoo
1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayol immun tizimining ayol organlari ichidagi erkak spermatozoidiga qanday hujum qilishi.

Bu bepushtlikka olib kelishi jarayonining animatsiyasi.

@endocrinoo
👍1💯1
Chipslarning zarari

Gidrogenlangan yog‘lar va ko‘p miqdordagi tuz tanaga katta zarar yetkazadi va qon tomirlarda "yomon" xolesterin to‘planishiga olib keladi.

Chipslarda kanserogen modda — glitsidamid bo‘lib, bu saratonni keltirib chiqarishi mumkin.

Bundan tashqari:
• Qandli diabet rivojlanish xavfini oshiradi
• Qonda xolesterin miqdorini oshiradi
• Metabolizmni buzadi
• Erkaklarda testosteron darajasini pasaytiradi
• Gastrit, oshqozon yarasi rivojlanish ehtimolini oshiradi

@endocrinoo
👍2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👶🏻Chaqaloqlarda soʻrish reflekisi u homilalik davridayoq shakllanadi. Homilalik vaqtida u qoʻllarini soʻrib bu reflekisni rivojlantiradi. Tugʻulganda esa bu refleks ularga emish uchun kerak boʻladi.
🤱🏻Shuning uchun yangi tugʻilgan chaqaloqni ona koʻkragiga tutilsa u shu zahotiyoq emishni boshlaydi.

@endocrinoo
👍2🥰1
🛡Londondagi harbiy kasalxona. 1918-yil.

Biz e'tibor qilmasakda, bizga sanoqsiz ne'matlar berilgan, shukr qilaylik!

@endocrinoo
👍21
🍬Insulin va insulinrezistentlik🍬

Insulin -oshkozon osti bezi gormoni bulib,kondagi kandni xujayra ichiga olib kiradi.
Xujayraning insulinga sezuvchan retseptorlari bunga yordam beradi.
Insulinrezistentlikda-insulinga sezuvchan retseptorlar faoliyati buziladi va insulin xujayra ichiga kira olmasdan,konda kupayib ketadi. Xujayra esa och koladi. Kondagi kupayib ketgan insulinni organizmimiz yog zaxirasi sifatida korinda yoki glikogen zaxirasi sifatida jigar va mushaklarda tuplaydi.

Insulinrezistentlik belgilari-
-Ortikcha vazn(abdominal tipda)
-Bel aylanasining 80 sm dan ortik bulishi
-Vazn tashlash yoki vazn yigishda kiyinchiliklar
-teri burmalarining tukarishi(tirsak,tizza bo'g'imlari,qo'ltiq osti burmalari)
-terida papillomalar,qizil nuqtalarning paydo bo'lishi
-Terida yorilishlar
-tez charchash,uyquchanlik(ayniqsa ovqatdan keyin)
-soch to'kilishi
-tez-tez siyish
-shirinlikka kuchli tortish
-xayzning buzilish
-polikistoz tuxumdonlar

Sizda bu belgilar bormi???

@endocrinoo
👍3
🔷Qondagi qand miqdorini tekshirishdan oldin , nimalarni bilish kerak

▶️Tashxisdan 24 soat oldin spirtli ichimliklarni ichmang.

▶️Tahlildan oldin 8 soat davomida ovqat qabul qilmagan bo'lishingiz zarur.

▶️Qon berishdan oldin tishlaringizni yuvmang, chunki tish pastasida og'izning shilliq qavati orqali so'rilishi mumkin bo'lgan shakar bo'lishi mumkin. Xuddi shu sababga ko'ra, saqichni chaynash kerak emas.

▶️Analiz topshirishdan oldin iloji boricha 1 - 2 kun shirinlik iste'mol qilmang.

▶️Iloji boricha analizni ertalab topshiring .

@endocrinoo
👏3👍2🔥1
Ikki narsa og'ir ko'nglimga asli,
Ikki narsa uchun yo'q menda bardosh:
Biri - dushmanimning shodon qah-qahasi,
Biri - do'st ko'zida miltillagan yosh.

© Asqad Muxtor

@endocrinoo
9
Жума

Кўзлар боқса ғамгин, ўйчан,
Юрсак ҳамки дил сарпойчан,
Олти кун кўнгил хотиржам
Жуманинг ҳаловатидан.

Қиш авжи ҳам порлар баҳор,
Дилларга тўлмишдир виқор:
Айтинг, яна не улуғвор
Жуманинг ибодатидан?!

Ҳаёт бир кун бас, йўқмишдир --
Охир кунга йўлиқмишдир.
Қуёш ҳамки терс чиқмишдир
Жуманинг ҳароратидан.

Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo
5👍1