Forwarded from Endokrinolog maslahati 📄✍️
Qandli diabet
1- tipi: Me’da osti bezidagi (insulin ishlab chiqaradigan) betta-hujayralarni immun tizim tomonidan zararlanishi natijasida normal insulin ishlab chiqarilmasligi. Bu tipi odatda tugʻma boʻladi va qandli diabet bilan ogʻriganlarni oʻrtacha 5% ini tashkil qiladi.
2- tipi: Insulinga nisbatan nishon hujayralarni sezgirligini pasayishi sababli yuzaga keladi. Oddiy qilib aytganda, insulin gormoni qonda yetarli miqdorda lekin a’zolarni (hujayralarni) unga nisbatan sezgirligi pasayadi. (Insulinrezistentlik)
1-tipida insulinni oʻzidagi muammo sababli kasallik paydo boʻlsa, 2-tipida gormonda muammo yoʻq, lekin nishon hujayralarini insulinga sezgirligini yoʻqolishi sababli kasallik rivojlanadi.
Qandli diabet 2–tipi ХХИ asr vabosi nomini olgan.
@endocrinoo

👍3🔥1😢1💯1
Forwarded from Endokrinolog maslahati 📄✍️
Qandli diabet
(Davomi)
Taomlanganimizda yeguliklar hazm qilish tizimiga tushadi va parchalanadi. Uglevodlardan polisaxarid va disaxaridlar monosaxarid — glyukozagacha parchalanadi va qonga soʻriladi. Qonga soʻrilgan glyukoza insulin gormoni ishtirokida ishchi a’zo hujayralariga kiradi va "yoqilgʻi" (energiya) vazifasini bajaradi.
Ushbu murakkab jarayonni imkon qadar rasmda soddaroq qilib tushuntirishga harakat qildim. E’tibor bering, hujayra darvozasini qulfi (retseptor) bor, insulin esa kalit vazifasini bajaradi. Kalit qulfga tushsa darvoza ochiladi va glyukoza hujayra ichiga kiradi.
Qandli diabet 1–tipi (rasmda ⚡ qizil belgili) aynan beta-hujayralardagi muammo sababli rivojlansa (muammo kalitda 🔑).
Qandli diabet 2–tipida (rasmda ⚡ yashil belgili) muammo qulfda 🔓 (retseptor) boʻladi. Kalit (insulin) bor lekin qulf (retseptor) buzilgan. Bunda glyukoza hujayra ichiga kira olmaydi, natijada qonda glyukoza miqdori ortadi (giperglikemiya).

👍2🔥1👏1💯1
Forwarded from Endokrinolog maslahati 📄✍️
Bu yurak semizlik, qandli diabet va yurak yetishmovchiligidan aziyat chekkan 27 yoshli erkakka tegishli edi. O'limidan avval uning vazni 192 kg edi💔
@endocrinoo
@endocrinoo
💯4❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Ikkinchi poy»
Misr kino festivalida ushbu 4:26 daqiqalik film yilning eng yaxshi qisqa metrajli kino filmi deb topilgan. Marhamat tomosha qiling, afsuslanmaysiz.
Inson xolis niyat bilan biror narsani istasa, albatta, yaratganning o‘zi unga yetkazadi. Faqat buni biroz sabr bilan kutish hamda chindildan ishonish kifoya.

👍4
Yosh bolalari bor ayollar va homiladorlar uchun tavsiya va zaruriy maʼlumot
Bolalarning virusli kasalliklar, gripp, qizamiq, qizilcha,tepki,koksaki virusi bilan kasallanishi , homilador ayolning ham kasallanishi bolalarda Qandli diabet 1-turi paydo boʻlish ehtimolligini oshiradi
Qandli diabet 1-turi deyarli nasliyligi past xisoblanadi
Yani ota ona Diabet bilan ogʻrisa ham bolada paydo boʻlish ehtimoli kam
Lekin ona homiladorlik davrida qizilcha bilan kasallansa tugʻilgan bolada 10 yil ichida qandli diabet paydo boʻlish ehtimoli 25% . Bu katta koʻrsatkich.
Oʻzingizni va farzandingizni asrang aziz ayollar
Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

👍2
Qandli diabetga chalingan insonlarga shifokorlar tomonidan qonda qandni 10 dan past holatda "ushlab yurish" zarurligi aytiladi
Buning sababi esa oddiy.
Qonda glukoza 10 dan oshgan siydik orqali glukoza ajrala boshlaydi (buyrak boʻsagʻasi)
Bu yomon signal xisoblanadi.
Yani endi sizga buyrak bilan bogʻliq muammolar boshlanishi yoki boshlangan boʻlishi mumkin ( diabetik nefropatiya)
Sogʻligingizni asrang va shifokor koʻrsatmasiga amal qiling
Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
@endocrinoo
Buning sababi esa oddiy.
Qonda glukoza 10 dan oshgan siydik orqali glukoza ajrala boshlaydi (buyrak boʻsagʻasi)
Bu yomon signal xisoblanadi.
Yani endi sizga buyrak bilan bogʻliq muammolar boshlanishi yoki boshlangan boʻlishi mumkin ( diabetik nefropatiya)
Sogʻligingizni asrang va shifokor koʻrsatmasiga amal qiling
Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
@endocrinoo
👍2
⚡️Ayollardagi siydik tuta olmaslik endi yechimsiz emas.
40-45 yoshlardan so‘ng uchraydigan yoqimsiz xolatga yechim paydo bo‘ldi. Aksariyat, vrachlar ushbu xolatni tinchlantiruvchilar va siydik pufagi mushagini yaxshilovchilar bilan besamar davolashar edi.
👉 Yaqindan boshlab O‘zbekistonda fillerlar ( gialuron) yordamida siydik pufagini ushlab turuvchi mushaklar ( detruzor) orqasiga ukol qilish yo‘li bilan muammoga yechim qilish paydo bo‘ldi.
Bu holatga o‘z ko‘zim bilan guvox bo‘lmaguncha ishonmas edim. Toshkent va Andijonda o‘tkazilgan mazkur amaliyotni asosan kosmetik ginekologlar amalga oshirishlari mumkin.
Yaqindan boshlab, mazkur texnika sir asrorlarini o‘rgatuvchi kurs ham tashkil qilinadi. Albatta, bu ginekolog va urologlarimiz uchun.
👉 Endigi navbat yosh bolalardagi eneruz ( tungi siydik tuta olmaslik) xolatini yechimiga. Tez orada uning ham yechimi topilsa ne ajab.
Yaqinlarga ham ulashamiz.

👍4❤1
Oyoq va qo‘llar muzlaydimi? Qalqonsimon bezda muammo bo‘lishi mumkin.
Gipotiroidizm juda keng tarqalgan kasallik bo‘lib, dastlabki bosqichlarda deyarli belgi bermaydi.
Tez charchoq, shishlarga moyillik, vazn ortishi, ich qotishi, quruq teri, qo‘l va oyoqlarni muzlashi metabolizm uchun muhim bo‘lgan gormonlar yetishmasligining dastlabki belgilaridan biridir.
Ko‘pincha gipotiroidizm qalqonsimon bezning autoimmun zararlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

👍6
✅ 2 tur qandli diabetda klinik remissiya.
(Buni ba’zilar diabetdan tuzalish yoki kasallikni to'xtatib qo'yish deb ataydilar)
Klinik remissiya bu diabetli odam qand miqdorini pasaytiruvchi dori vositasi qabul qilmasa ham, qondagi qand miqdorining meyoriy ko‘rsatkichlarda bo‘lishidir.
Bu holatda dori vositalari qabul qilinmasada to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollikka rioya qilinadi.
Agar siz klinik remissiyaga erishmoqchi bo‘lsangiz albatta davolovchi shifokoringiz tavsiyalarini oling.

Oʻtkir glomerulonefrit
Klinikasi
-Qon bosimi ortishi
-shish (yuz soxasida va butun tanada)
-proteinuriya(siydikda oqsil boʻlishi)
-gematuriya ( siydikda qon boʻlishi)
@endocrinoo
Klinikasi
-Qon bosimi ortishi
-shish (yuz soxasida va butun tanada)
-proteinuriya(siydikda oqsil boʻlishi)
-gematuriya ( siydikda qon boʻlishi)
@endocrinoo
👍1👏1
Semizlik qandli diabet 2-turi rivojlanish havfini oshiradi
📌Agar siz 1-darajali semizlik bilan xasta boʻlsangiz Diabet rivojlanishi 3 barobar
📌Agar 2-darajali semizlik mavjud boʻlsa 5 barobar
📌3-darajali semizlikda esa 10 barobar qandli diabetga chalinish ehtimoli ortadi
Shunday ekan semirishdan saqlaning, sogʻlom turmush tarziga rioya qiling
Semizlik darajalari haqida bu yerda batafsil☝️☝️☝️
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Kanalga aʼzo boʻling
@endocrinoo
📌Agar siz 1-darajali semizlik bilan xasta boʻlsangiz Diabet rivojlanishi 3 barobar
📌Agar 2-darajali semizlik mavjud boʻlsa 5 barobar
📌3-darajali semizlikda esa 10 barobar qandli diabetga chalinish ehtimoli ortadi
Shunday ekan semirishdan saqlaning, sogʻlom turmush tarziga rioya qiling
Semizlik darajalari haqida bu yerda batafsil☝️☝️☝️
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Kanalga aʼzo boʻling
@endocrinoo
👍2
Qandli diabet bilan kasallangan insonlar albatta jismoniy mehnat qilishi zarur.
Chunki jismoniy mehnat huddi insulindek tasir qiladi va sizning qondagi glukozangiz meʼyorda boʻlishi uchun juda muhim.
Qanday holatlarda jismoniy mehnat cheklanadi 👇👇👇
• Qonda glukoza past boʻlganda 3.5 dan
• Qonda glukoza yuqori boʻlganda 15 dan
• insulin qabul qilgandan soʻng ovqatlangungacha boʻlgan oraliqda
• Qonda glukoza normal boʻlgan taqdirda ham agar bemor oʻzini yomon xis qilganda

Nega menga shifokor insulinga oʻtishni buyuryapti???
Hozirda koʻplab diabetik bemorlar insulinga oʻtishni juda vahima bilan qabul qiladi , insulin soʻngi chora deb biladi
Aslidachi aslida qanday?
Hozir shu haqida batafsil
Insulin qachon buyuriladi
* 1-tur qandli diabet bemorlar
* Homiladorlik diabeti bilan hastalangan insonlar ( agar parxez bilan kompensatsiyaga erishib boʻlmasa
* 2-tur diabetik bemorlar agar peroral qand pasaytiruvchi dorilar naf bermaganda
* Qoʻshimcha surunkali kasalliklar mavjud boʻlganda masalan Miokard infarkti, Insult
* Operatsiya zarurati boʻlganda
* Kuchli vazn yoʻqotishlarda ( ozib ketishda )
* Qandli diabetning oʻtkir asoratlari paydo boʻlganda - Giperglikemik , gipoglikemik , giperosmolyar , giperlaktatsidemik , giperatsid komalarda
* Yiringli xirurgik kasalliklarda
Bir narsani yaxshi tushunib olish zarur insulin bu sizda kam boʻlgan yoki umuman yoʻq boʻlgan insulinni tashqaridan kiritishdir.
Undan qoʻrqish sizda diabetning asoratlarini paydo qilishi mumkin.
Maʼlumotni yaqinlarga ulashing

💯2❤1👍1
#asorat
“DIABЕTIK TO‘PIQ” SINDROMI
Diabetik to‘piq sindromi qandli diabetning eng og‘ir asoratlaridan biri xisoblanadi.
To‘piqlarga nerv tolalarining yemirilishi, sezgilarning susayib ketishi natijalarida, arteriya tomirlarining torayib ketishi (atereoskleroz) natijasida to‘piqqa qon kelishning buzilishi, to‘piq suyaklari deformatsiyasi, tirnoqlar yemirilishi natijasida to‘piqlarda rivojlanadigan yiringli jarayonlar, to‘piq qorasoni (gangrena), trofik yaralari, ya’ni yiringli septik jarayonlarga diabetik to‘piq sindromi deyiladi.
Diabetik to‘piq sindromi 3 xil formasi mavjud:
1. Neyropatik shakli - 70%
2. Neyroishemik shakli – 20 %
3. Ishemik shakli – 10 %
Diabetik to‘piq sindromining keng tarqalgan klassifikatsiyasidan biri bu Vagner klassifikatsiyasidir:
O – stadiya – teri butun, yara yo‘q, to‘piq terisida giperkeratozlar (chiziqlar) barmoqlar deformatsiyasi, qadoqlar xosil bo‘lishi, tirnoqlar deformitsiyasi rivojlangan.
I stadiya – to‘piq terisida yuzaki defekt,eroziya, yoriqlar.
II stadiya – chuqur yara, teri va teri osti kletchatka paylar, bo‘g‘inlargacha kirib borgan.
III stadiya – chuqur yara, suyaklar shikastlanishi bilan.
IV stadiya – chegaralangan gangerena (qorason) barmoqlarda.
V stadiya- tarqalgan gangrena.
Diabetik to‘piq sindromining neyropatik shaklda, to‘piq nervlari faoliyati buzilishi, sezgilar yo‘qolishi natijasida bemorlarda shikastlanishlar yuzaga keladi. Issiqdan kuyish, poyabzal mixlarning sanchilishi, poyabzaldagi yot jismlar, tor oyoq kiyim kiyganda to‘piq terisining shikastlanishi, giperkeratoz va qadaqlar ostida trofik yaralar paydo bo‘lishi, to‘piqda yiring chaqiruvchi mikroorganizimlarning shikastlangan teri soxasidan kirib, yiringli jarayonlar: flegmona, abssess,panaritsiylar va osteomiyelitlar (suyak yiringlashi)ni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Davolash
Qandagi qand miqdorini normallashtirishga erishish( qandli diabetni korreksiyasi).
Diabetik neyropatiyani davolash.
To‘piqda qon aylanishni ya’ni makro va mikrotsirkulyatsiyani yaxshilash.
Kamqonlikni baxolash
Ayniqsa muxim!
to‘piqni faoliyatiga dam berish (razgruzka).
Jaroxat bitkazishni tezlashtiruvchi dori vositalarini qo‘llash
profilaktikasi:
- qonda qandni normallashtirish.
- Regulyar tekshiruvdan o‘tib turish.
- Kunda oyoqlarni ko‘rib, nazoratdan o‘tkazish.
- To‘piqlarda sezgilarni aniqlab turish (bir yilda 2-4 marta)
oyoqlarni parvarish qilishning asosiy qoidalari.
- Xar kuni to‘piqni iliq suvda yuvish, yumshoq sochiq bilan artish.
- Muguzlangan (giperkaratoz) teri uchastkalarini pemza yordamida yoki maxsus pilka (metall emas) tozalab turing.
- Yuvgandan so‘ng oyoqlar uchun maxsus krem surting (“Inadin”, “Balzamed”, “Balzamed-neo”, “Alisa”). Barmoqlar orasiga surtish kerak emas.
- Tirnoqlarni extiyotlik bilan oling, to‘g‘ri kesib oling, burchaklari qolsin so‘ng pilka bilan tekislang.
- Kunda paypoqlarni almashtiring.
- Oyoqlarni isitish uchun grelka,baklashka yoki isitish asboblardan foydalanmang (pechka,sandal) chunki oyoqni kuydirasiz. Junli paypoq va matolar yordamida isiting.
- Keng va qulay poyabzal kiying.
- Kunda poyabzalni ko‘rib chiqing yot jisimlar, burmalar bo‘lsa olib tashlang.

👍4👏2
Immunitet uchun uchta asosiy moddalar
✔️ Rux ( sink )
Bir vaqtning o'zida inson immunitet tizimining barcha qismlariga ta'sir qiladi. U interferon ishlab chiqarishni oshiradi, hujayradagi virus tarqalishini oldini oladi va limfotsitlarni yo'q qilishdan himoya qiladi.
✔️Vitamin D
Tug'ma immunitetni mustahkamlaydi, mikroblar, bakteriyalar va viruslar kabi patogen organizmlarni yo'q qiladigan antimikrobiyal peptidlarni faollashtiradi. D vitamini hujayra immunitetini mustahkamlaydi, o'pka faoliyatini qo'llab-quvvatlaydi, viruslar keltirib chiqaradigan yallig'lanish reaktsiyasini kamaytiradi.
✔️C vitamini
Viruslarga qarshi kurashadigan birinchilardan bo'lgan interferon oqsillarini ishlab chiqarishni kuchaytiradi. Yallig'lanishga qarshi xususiyatlarga ega.

👍2👏1
Kerakli malumotlar:
👉 Diabetning eng yaxshi yechimlaridan biri ertalabki nonushtada sekin xazm bo‘luvchi uglevodlar qabul qilishdir. Nonushtani o‘tkazib yuborgan inson - sog‘lig‘iga bitta xavfni ko‘paytiribdi.
👉 Yosh qizlarning teri turgorligi yaxshi bo‘lganligi tufayli 20+ yoshdan boshlabgina yuzini parvarish qilishga ruxsat bergan sa’qul. Ximikatlar sog‘lom terini ayanchli axvolga olib kelishi mumkin.
👉 O‘zicha shamollaganda antibiotik qabul qiladiganlar ikkita zararni yuzaga keltiradi. Birinchidan kasallik sababi viruslar bo‘lsa antibotik foydasiz. Ikkinchidan virusli kasallik paytida battar immun tizimini kuchsizlantirib, butunlay yangi ikkinchi kasallikni qo‘zg‘ab yuborish mumkin.
👉Eng ko‘p kasallikka uchraydigan va xavfi katta bo‘g‘im bu tizza bo‘g‘imidir. Tana vaznini oshishi va tanaga nouyg‘un yuklama berish tufayli menisklarga ziyon beriladi.
👉 Munosabatlarda oddiygina bir biri bilan gaplashib olmaslik tufayli oilalarda doimiy stress xukmron bo‘ladi. Baxtsizlik esa jiddiy kasalliklarning ibtidosidir.

❤1👍1🔥1💯1