Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.79K subscribers
3.83K photos
622 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Sochingiz kuchli toʻkilyaptimi? Ayollarda soch to'kilishida asosan erkaklik gormonlari sababchi boʻladi.

Agar erkak gormonlari juda zararli bo'lsa, nima uchun ayollarga kerak? Tushunarsiz?
Endokrinolog buni tushuntirishi mumkin

@endocrinoo
👍3
Qandli diabet kasalligi haqida xalq orasida keng tarqalgan noto‘g‘ri tushunchalar

1.«Qandli diabet qo‘rquvdan kelib chiqadi», «Qandli diabet boylarning kasalligi»...

Qandli diabet kasalligining ikkita turi mavjud. 1-tur qandli diabet autoimmun kasallik. Qolaversa, uning kelib chiqishida pankreatotrop (oshqozon osti bezida yashashga moyil) virusli infeksiyalar (gepatit, parotit, qizilcha, qizamiq va boshqalar) ning ham muhim o‘rni bor. 2-tur qandli diabetning kelib chiqishida asosan kamharakatlik, yengil hazm bo‘luvchi ulevodlarga boy mahsulotlarni, hayvon yog‘i mahsulotlarini surunkali tarzda, ko‘p va ortiqcha miqdorda iste'mol qilib yurish va buning ortidan organizmda (asosan qorinda) yig‘iladigan ortiqcha miqdordagi yog‘ to‘qimasining shakllanishi muhim ahamiyatga ega.

2.Qondagi qand tahlili ilk marta baland chiqqanda qayta tahlil uchun parhez qilib qon topshirish kerak…

Parhez buyurilganda qondagi qand miqdori oldingi holatiga nisbatan sezilarli darajada kamayadi va bu bilan uglevodlar almashinuvining xaqiqiy holatiga baho berib bo‘lmaydi. Qandli diabet kasalligiga shubha qilinayotgan bemor aniq tashxis qo‘yilguncha odatdagidek ovqatlanishi shart.

3.Qandli diabet bilan og‘riydigan bemor 6 oyda statsionar sharoitda davolanib turishi kerak…

Qandli diabet kasalligining davosi asosan 4ta tarkibiy qismdan iborat: parhez, qand pasaytiruvchi vosita, jismoniy faollikni oshirish, qandli diabet kasalligi haqida o‘rganish.

Bemor bu rejimga har kuni qat'iy rioya qilishi kerak. Qondagi qand miqdori sutka davomida doimo to‘liq me'yorida yursagina qandli diabetning asoratlarini oldini olish yoki kechiktirish mumkin. Aks holda, 6 oy tugul har oyda 10 kun statsionarda davolanib yurgan taqdirda ham diabetning asoratlarini oldini olish imkonsiz. Har 6 oyda 10 kun statsionar sharoitda davolanish kerakligi haqida biron bir endokrinologiya yoki diabetologiyaga oid adabiyotlarda ko‘rsatilgan emas.

4.Grechkani qatiqqa aralashtirib yeyish qand kasalligi uchun yaxshi davo bo‘ladi…

Grechka bor yo‘g‘i oddiy ozuqa mahsuloti, xolos. Qatiq ham. Shunchaki, ularning tarkibida uglevodlar miqdori kamroq va shuning uchun ular qondagi qand miqdorini unchalik oshirmaydi.

5.Ko‘k olma qondagi qand miqdorini oshirmaydi…

Olmaning ta'mi uning tarkibidagi organik kislotalar miqdoriga bog‘liq. Qand miqdori esa uning rangiga emas, hajmi va yetilish darajasiga bog‘liqdir.

6.Toza asalni yesa bo‘ladi, chunki uning yarmi fruktozadan iborat, shuning uchun u qand o‘rnini bosuvchi hisoblanadi va qondagi qand miqdorini oshirmaydi…

Asal taxminan teng nisbatdagi fruktoza va glyukozadan iborat. Iste'moldagi shakar (saxaroza) ham fruktoza va glyukoza qoldiqlaridan tashkil topgan. Asalning qondagi qand miqdorini oshirish xususiyati xuddi shakarniki kabidir.

7.Insulin kasallikning oxirgi bosqichida buyuriladi…

1-tur qandli diabetda organizm qisqa vaqt ichida insulin ishlab chiqarish salohiyatini yo‘qotadi. Ya'ni, insulin ishlab chiqaruvchi hujayralar qisqa muddat ichida nobud bo‘ladi. Bunda organizmga tashqaridan insulin kiritib turishdan boshqa choraning o‘zi yo‘q.

2-tur qandli diabetda dastlab kasallik aniqlangan paytdan boshlab (og‘ir hamroh kasalliklar bo‘lmasa) qand miqdorini tushiruvchi tabletkalar buyuriladi.

Bunday bemorlarga og‘ir hamroh kasalliklar (yurak ishemik kasalligi, bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi, sil, og‘ir jarohatlar, pnevmoniya va boshqa o‘tkir holatlar) qo‘shilsa, qand tushiruvchi tabletkalarning sutkalik maksimal miqdori buyurilganda ham qondagi qand miqdori me'yoriga kelmasa yoki jarrohlik muolajalari vaqtida hamda undan oldin va keyin (ma'lum muddat davomida) insulin preparati buyuriladi.

8.Shirinliklarni ovqatlanish ratsionidan to‘liq chiqarib yuborish mumkin emas, chunki glyukoza miya oziqlanishi uchun zarur…

Miya hujayralari haqiqatan ham glyukoza bilan oziqlanadi, lekin qandli diabet kasalligi bilan og‘riydigan bemorning qonida qand o‘zi shundoq ham baland bo‘lsa, unga qo‘shimcha glyukoza berishdan ma'no yo‘q.

@endocrinoo
👍9
Xulosa qilib aytganda, qandli diabet kasalligi haqida bilishni istagan odam malakali mutaxassisdan ma'lumot olishi zarur. Qolaversa, yuqoridagi kabi biron bir asosga ega bo‘lmagan ma'lumotlarni tarqatish qandli diabet kasalligi bilan og‘riydigan bemorlarga faqat va faqat zarar keltiradi xolos.

Murodjon JO‘RAYEV,
Farg‘ona viloyati vrach-endokrinologi, oliy toifali shifokor

Maqola 2019.12.21 sanada kun.uz da elon qilingan



@endocrinoo
👍9
🟡 Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 30 yil ichida dunyoda semiz odamlar soni uch baravar oshgan

🔸Ortiqcha vazn va semizlik
• metabolik sindrom
• qandli diabet
• yurak-ishemik, miokard infarkti
• insult, gipertoniya
• surunkali vena qon-tomirlarining yetishmovchiligi
• xolesistit va o‘t-tosh xastaligi
• artritlar hamda onkologik kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

Davolanish uchun esa endokrinologga murojaat qiling

@endocrinoo
👍3
🆘 Qand miqdori normada nechchi bo'lishi kerak

Bu xolatda siz quyidagilardan qaysi birini soʻrayotganingizni aniqlab oling:

Savol:
Sogʻlom odamda qand miqdori nechchi boʻlishi kerak?
Javob:
Nahorgi och qoringa 6.0 mmol/l dan kam boʻlishi kerak
Ovqatdan 2 soatdan keyin 7.8 mmol/l dan kam boʻlishi kerak.

Savol:
Qandli diabet tashxisini qoʻyish uchun qondagi qand miqdori nechchi boʻlishi kerak?

Javob:
Nahorgi och qoringa 7.0 mmol/l dan yuqori boʻlishi kerak
Ovqatdan 2 soatdan keyin 11.1 mmol/l dan yuqori boʻlishi kerak.

Savol:
Qandli diabeti bor odamlarda qondagi qand miqdori nechchi boʻlishi kerak?
(Bu yerda asoratlar rivojlanmasligi uchun maqsadli koʻrsatkichlar soʻralmoqda)
Javob:
Nahorgi och qoringa 7.0 mmol/l dan past boʻlishi kerak
Ovqatdan 2 soatdan keyin 10.0 mmol/l dan past boʻlishi kerak.


@endocrinoo
👍5
Mahsulotlarda qancha miqdorda shakar mavjud???
Ushbu rasm orqali buni bilib oling
1dona shakar boʻlagi 5 gr ga teng!

Maʼlumotni boshqalarga ham ulashing

@endocrinoo
👍4
📍Ozishga yordam beradigan ichimliklar

Ko‘k choy - organizmda moddalar almashinuvini tezlashtirishga va buning natijasida yog‘larni eritishga imkon beruvchi flavonidlar va kofeinga boy.

Pomidor sharbati. Ushbu ichimlikdan kuniga bir stakandan iste’mol qilish uni iste’mol qilmaganlarga nisbatan bel qismida 50 foizdan ko‘proq yog‘dan forig‘ bo‘lishga olib келади. 

Olma sirkasi. U moddalar almashinuvini faollashtiradi va to‘plangan yog‘dan energiya manbai sifatida foydalanadi.

@endocrinoo
👍2💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📍Gipoglikemik koma - qandli diabetda ogʻir asoratlarga olib keladi!


♻️Gipoglikemik koma - bosh miyada oʻtkir energiya tanqisligi va qonda glyukoza darajasining keskin kamayishi oqibatida rivojlanuvchi koma hisoblanadi.

🎥 Batafsil videoda tomosha qiling

@endocrinoo
👍3
📍Xurmoning organizm uchun foydali xususiyatlari

♻️ Kuniga atigi 4 ta xurmo immunitet hamda suyaklarni mustahkamlash va qon bosimini normallashtirishga yordam beradi.

♻️ Xurmo ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, temir darajasini oshiradi, yurak sogʻligʻini yaxshilaydi va allergiyani yengillashtiradi.

Endokrinolog maslaxati- kanaliga aʼzo boʻling

@endocrinoo
👍4
ADNEKSIT

📍Adneksit (salpingoofarit) – bachadon naylari va tuxumdonning yalligʻlanishi.

Kasallikni turli patogen mikroblar – stafilokokk, streptokokk va boshqa qoʻzgʻatadi. Mikroblar bachadon ortiqlari (tuxumdon va bachadon naylari)ga abort, tugʻruq, jinsiy aloqa vaqtida, turli infeksion kasalliklar (sil, angina, ichki a’zolarning yalligʻlanishi)da esa boshqa a’zo va toʻqimalardan qon va limfa tomirlari orqali oʻtadi.

Sovqotish, oʻta toliqish, ruhiy iztirob, orastalik qoidalarining buzilishi kasallikning avj olishiga imkon beradi.

Oʻtkir va surunkali adneksit farq qilinadi.

📍 Oʻtkir adneksitda qorinning pastki va quymich sohasida ogʻriq, koʻngil aynishi, qusish, harorat koʻtarilishi kuzatiladi. Kasallik ogʻir kechganda bemorning umumiy ahvoli ogʻirlashadi.

📍Surunkali adneksitda tez-tez qaytalanib turadi. Bachadon naylari yalligʻlanishi natijasida ular chandiqlanib, toʻsilib qoladi, bu esa bachadondan tashqari homiladorlik yoki bepushtlikka sabab boladi.

Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Inson hayoti va avtomobil tezligi haqida Jamoliddin Bobojonovdan shedevr gaplar

@endocrinoo
👍3🔥1💯1
Qandli diabet

1- tipi: Me’da osti bezidagi (insulin ishlab chiqaradigan) betta-hujayralarni immun tizim tomonidan zararlanishi natijasida normal insulin ishlab chiqarilmasligi. Bu tipi odatda tugʻma boʻladi va qandli diabet bilan ogʻriganlarni oʻrtacha 5% ini tashkil qiladi.

2- tipi: Insulinga nisbatan nishon hujayralarni sezgirligini pasayishi sababli yuzaga keladi. Oddiy qilib aytganda, insulin gormoni qonda yetarli miqdorda lekin a’zolarni (hujayralarni) unga nisbatan sezgirligi pasayadi. (Insulinrezistentlik)

1-tipida insulinni oʻzidagi muammo sababli kasallik paydo boʻlsa, 2-tipida gormonda muammo yoʻq, lekin nishon hujayralarini insulinga sezgirligini yoʻqolishi sababli kasallik rivojlanadi.

Qandli diabet 2–tipi ХХИ asr vabosi nomini olgan.

@endocrinoo
👍3🔥1😢1💯1
Qandli diabet
(Davomi)

Taomlanganimizda yeguliklar hazm qilish tizimiga tushadi va parchalanadi. Uglevodlardan polisaxarid va disaxaridlar monosaxarid — glyukozagacha parchalanadi va qonga soʻriladi. Qonga soʻrilgan glyukoza insulin gormoni ishtirokida ishchi a’zo hujayralariga kiradi va "yoqilgʻi" (energiya) vazifasini bajaradi.

Ushbu murakkab jarayonni imkon qadar rasmda soddaroq qilib tushuntirishga harakat qildim. E’tibor bering, hujayra darvozasini qulfi (retseptor) bor, insulin esa kalit vazifasini bajaradi. Kalit qulfga tushsa darvoza ochiladi va glyukoza hujayra ichiga kiradi.

Qandli diabet 1–tipi (rasmda qizil belgili) aynan beta-hujayralardagi muammo sababli rivojlansa (muammo kalitda 🔑).

Qandli diabet 2–tipida (rasmda yashil belgili) muammo qulfda 🔓 (retseptor) boʻladi. Kalit (insulin) bor lekin qulf (retseptor) buzilgan. Bunda glyukoza hujayra ichiga kira olmaydi, natijada qonda glyukoza miqdori ortadi (giperglikemiya).

@endocrinoo
👍2🔥1👏1💯1
Bu yurak semizlik, qandli diabet va yurak yetishmovchiligidan aziyat chekkan 27 yoshli erkakka tegishli edi. O'limidan avval uning vazni 192 kg edi💔‌‌

@endocrinoo
💯42
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Ikkinchi poy»

Misr kino festivalida ushbu 4:26 daqiqalik film yilning eng yaxshi qisqa metrajli kino filmi deb topilgan. Marhamat tomosha qiling, afsuslanmaysiz.

Inson xolis niyat bilan biror narsani istasa, albatta, yaratganning o‘zi unga yetkazadi. Faqat buni biroz sabr bilan kutish hamda chindildan ishonish kifoya.

@endocrinoo
👍4
Yosh bolalari bor ayollar va homiladorlar uchun tavsiya va zaruriy maʼlumot

Bolalarning virusli kasalliklar, gripp, qizamiq, qizilcha,tepki,koksaki virusi bilan kasallanishi , homilador ayolning ham kasallanishi bolalarda Qandli diabet 1-turi paydo boʻlish ehtimolligini oshiradi

Qandli diabet 1-turi deyarli nasliyligi past xisoblanadi
Yani ota ona Diabet bilan ogʻrisa ham bolada paydo boʻlish ehtimoli kam

Lekin ona homiladorlik davrida qizilcha bilan kasallansa tugʻilgan bolada 10 yil ichida qandli diabet paydo boʻlish ehtimoli 25% . Bu katta koʻrsatkich.

Oʻzingizni va farzandingizni asrang aziz ayollar

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
👍2
Qandli diabetga chalingan insonlarga shifokorlar tomonidan qonda qandni 10 dan past holatda "ushlab yurish" zarurligi aytiladi

Buning sababi esa oddiy.
Qonda glukoza 10 dan oshgan siydik orqali glukoza ajrala boshlaydi (buyrak boʻsagʻasi)
Bu yomon signal xisoblanadi.
Yani endi sizga buyrak bilan bogʻliq muammolar boshlanishi yoki boshlangan boʻlishi mumkin ( diabetik nefropatiya)

Sogʻligingizni asrang va shifokor koʻrsatmasiga amal qiling

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
👍2
⚡️Ayollardagi siydik tuta olmaslik endi yechimsiz emas.

40-45 yoshlardan so‘ng uchraydigan yoqimsiz xolatga yechim paydo bo‘ldi. Aksariyat, vrachlar ushbu xolatni tinchlantiruvchilar va siydik pufagi mushagini yaxshilovchilar bilan besamar davolashar edi.

👉 Yaqindan boshlab O‘zbekistonda fillerlar ( gialuron) yordamida siydik pufagini ushlab turuvchi mushaklar ( detruzor) orqasiga ukol qilish yo‘li bilan muammoga yechim qilish paydo bo‘ldi.

Bu holatga o‘z ko‘zim bilan guvox bo‘lmaguncha ishonmas edim. Toshkent va Andijonda o‘tkazilgan mazkur amaliyotni asosan kosmetik ginekologlar amalga oshirishlari mumkin.

Yaqindan boshlab, mazkur texnika sir asrorlarini o‘rgatuvchi kurs ham tashkil qilinadi. Albatta, bu ginekolog va urologlarimiz uchun.

👉 Endigi navbat yosh bolalardagi eneruz ( tungi siydik tuta olmaslik) xolatini yechimiga. Tez orada uning ham yechimi topilsa ne ajab.

Yaqinlarga ham ulashamiz.

@endocrinoo
👍41
Oyoq va qo‘llar muzlaydimi? Qalqonsimon bezda muammo bo‘lishi mumkin.

Gipotiroidizm juda keng tarqalgan kasallik bo‘lib, dastlabki bosqichlarda deyarli belgi bermaydi.

Tez charchoq, shishlarga moyillik, vazn ortishi, ich qotishi, quruq teri, qo‘l va oyoqlarni muzlashi metabolizm uchun muhim bo‘lgan gormonlar yetishmasligining dastlabki belgilaridan biridir.

Ko‘pincha gipotiroidizm qalqonsimon bezning autoimmun zararlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

@endocrinoo
👍6
Oʻzbek taomlarining non birliklari

@endocrinoo
👍1👏1
Qani goʻzallik , pul , kuch, oila , doʻstlar

@endocrinoo
💯3🔥2