Forwarded from Endokrinolog maslahati 📄✍️
#Maslahat
Tushlik va kechki ovqat orasida 6–8 soat vaqt bor. Bu vaqt oraligʻida koʻpchilik ochqab qoladi. Albatta, kechki taomgacha sabr qilgan yaxshi, lekin ba’zida shu sabrimiz sustkashlikka yoʻl qoʻyadi va odatimizga koʻra oʻtirib, shirinliklar bilan choy ichamiz. Oddiygina mana shu odat — oyiga ortiqcha 2–5 kg gacha tana vazni yigʻilishiga olib kelishi mumkin!
Tavsiya: tushlik va kechki ovqat oraligʻida mabodo ochlik hissi sizni yengisa: bir siqim turli xil yongʻoqlar, pista, kungaboqar pistasi (koni foyda) yoki biror-bir meva yeb oling. Shunda, sogʻlom ovqatlanish qoidasiga amal qilgan boʻlasiz!
@endocrinoo

👍9
Qandli diabetli kishilar yoki ularning yaqinlari tomonidan:
Diabetning qaysi turi xavfli?
degan savol ko'p beriladi.
Aslida bu xavf deganda nimani tushinishimizga bogʻliq. Mening fikrimcha xavfni qandli diabetning turlariga qarab emas, balki uni qanchalik nazorat qilishimizga qarab ajratishimiz kerak.
Ularni kuyidagicha tariflash mumkin:
1⃣ Nazorat qilingan qandli diabet.
Bunda odam doimo qand miqdorini o'lchab boradi va meyorida ushlab yuradi. Doktor tavsiyalariga rioya qiladi, shu bilan birga o'zi xam izlanadi. Bunday odamlar diabet bo'lsada sogʻlom xayot kechiradi.
Taniqli diabetolog Djoslin aytganidek o'zini nazorat qilib boradigan diabetli odam, diabeti yo'q odamlardan ko'ra ko'proq va sog'lomroq yashaydi.
2⃣ Nazorat qilinmagan qandli diabet.
Bu xolatda odam o'z sogʻligʻini nazorat qilmaydi. Qand miqdorini o'lchamaydi. Aksar xollarda "Baland chiqsa kayfiyatim tushadi" degan vajni ko'rsatadi. Aslida qand miqdori baland chiqsa uning sababini topib shuni bartaraf qilish orqali qand miqdorini meyoriga keltirish mumkinku. Qandli diabetni "muloyim qotil" deb xam atashadi. Agar diabet nazorat qilinmasa u o'z asoratlarini kursatadi.
❗️Dunyoda ko'rlikka olib keluvchi eng ko'p sabab bu nazorat qilinmagan qandli diabet.
❗️Dunyoda buyrak yetishmovchiligiga olib keluvchi eng ko'p sabab bu nazorat qilinmagan qandli diabet.
❗️Dunyoda oyoq amputatsiyasi (olib tashlanishi) ga olib keluvchi eng ko'p sabab bu nazorat qilinmagan qandli diabet.
Xulosa o'zingizdan...
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

💯3😢1
Semizlik qanday xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi?
Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, ortiqcha vazn va semizlik noto‘g‘ri ovqatlanish hamda kam harakatlik oqibatida yuzaga keladi.
Ushbu holat quyidagi kasalliklarning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga sabab bo‘ladi:
🩺 metabolik sindrom
💉 qandli diabet
🫀yurak-qon tomir kasalliklari,
🫁 nafas olishi tizimi xastaliklari,
🔎 jigar va o‘t qopi kasalliklari,
🧑🏻🦼suyak-bo‘g‘im xastaliklari,
💊 gormonal buzilishlar,
📌 podagra kasalligi,
🔬onkologik xastaliklar.

🔥3👍1
Forwarded from Endokrinolog maslahati 📄✍️
📍40 yoshdan keyin ayollarga kerak bo'ladigan vitamin va minerallar
✅Kalsiy
Tanadagi barcha kalsiyning 99 foizi suyaklarda to'planib, ularning zichligi va mustahkamligini taʻminlaydi. O'rta hayotda reproduktiv gormon esterogen darajasining pasayishi bilan kalsiyning so'rilishi kamayadi. Yana bir muammo shundaki, ayollar ko'pincha kalsiyga boy oziq-ovqatlarni, masalan, sut mahsulotlari, bargli ko'katlar isteʻmol qilmaydilar.
✅ D vitamini
Bu vitamin tanangizga oziq-ovqatdan kalsiyni olish va ishlatish uchun kerak. Shuningdek, u himoya immunitet jarayonlarida ishtirok etadi. Bu modda quyosh nuri tushganda tanangiz ishlab chiqaradigan yagona vitaminlar.

👍5
Forwarded from Endokrinolog maslahati 📄✍️
❗️Oq nonning zarari❗️
❌Qon shakar darajasini oshirish. Yuqori glisemik indeks bu oziq-ovqat glyukozani tezda chiqarib yuborishi mumkinligini anglatadi, bu esa shakar darajasining keskin oshishiga olib keladi. Shuning uchun diabetga chalinganlar uchun kontrendikedir.
❌ Semirib ketish. Boshqa turlardan ko'ra ko'proq kaloriya bo'lmasa-da, tarkibida shakar darajasini oshirishi mumkin bo'lgan tozalangan uglevodlar mavjud. Natijada, tanada yog 'birikmalarida mavjud bo'lgan ortiqcha glyukoza to'planadi. Shu sababli, vazn ortadi.
❌ Kayfiyat o'zgarib turadi. Ushbu mahsulot, ayniqsa 50 yoshdan oshgan ayollarda depressiyaga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, ratsionda oq nonning mavjudligi kayfiyatning o'zgarishi va charchoqni keltirib chiqaradi.

👍3❤1
Qandli diabetda parxez uchun tavsiyalar
Dori vositasi tasir qilishi uchun albatta parxez boʻlishi shart
@endocrinoo
Dori vositasi tasir qilishi uchun albatta parxez boʻlishi shart
@endocrinoo
💯2👏1
Forwarded from Endokrinolog maslahati 📄✍️
📣 Semirganing sari xar xil xazillar avj oladi.
Shunaqa tarozi boʻlsa - siz qaysi xayvon boʻlardingiz? 😁
@endocrinoo
Shunaqa tarozi boʻlsa - siz qaysi xayvon boʻlardingiz? 😁
@endocrinoo
😁4👍1
Rossiyalik tabib, zaxarli bo‘qoqni baqa bilan davolamoqda.
Uning fikricha, shu paytgacha 500 ga yaqin odamni bo‘yniga baqa qo‘yib tuzatib yuborgan. Baqa zaxarli bo‘qoqni zaxarini so‘rib oladi deb ishontirmoqda tabib.
Maxalliy vrachlar esa bu g‘irt axmoqlikdan boshqa narsa emas deyishmoqda.
Kasal odam hamma narsadan najot izlashi rost gap.
Qoʻpolroq bir misol aytsam sizlarga
Qishloqda avvallari mollar bo'g'oz( 2 qat) boʻlmasa baqa yedirilgan
Sababi esa oddiy baqada yod miqdori koʻp va yetarli yod kirishi sababli 2 qat boʻlish hollari kuzatilgan
Insonda ham qalqonsimon bez susayishi sababli homilador boʻlish juda mushkul sababi jinsiy gormonlar kamayib ketishi
Bu tabib esa yodni boshqacha usulda kiritib davo boʻladi demoqchi nazarimda

👍5😁3
⚡️Qandli diabetning yashirin belgilari
Qandli diabet asr vabosi. Xozirgi to‘qchilik zamonida bu kasallik bilan to‘qnashish oson. Shu sabab ayrim yashirin va xushyor torttiradigan belgilarini bilib qo‘yish zarar qilmaydi.
👉 Uyqu oldidan stakanda suv yoki sovuq choy olib borib qo‘yish odati. Bu odat paydo bo‘lishiga ko‘pincha chanqab uyg‘onish yoki og‘iz qurib ketishi sabab bo‘lishi mumkin. Bu ham yashirin belgi
👉 Ko‘p kichik hojatga chiqish. Qondagi qand organizmdagi suvni o‘ziga biriktirib olib chiqib ketadi.
👉 Uyqu oldidan kuchli ochlik. To‘ymasangiz uxlolmaysiz. Sababi aynan mana shu vaqtda xujayra ichiga ovqat yetishmagani yaqqol seziladi.
✍Shu belgilar paydo bo‘lsa, darxol endokrinolog shifokorga uchrang.
Qandli diabetning ikkinchi turi jilovlash mumkin bo‘lgan kasallikdir.

👍4
Siz tez-tez yuvinasiz, lekin bo'yningiz, qo'ltiqlaringiz, chanoqlaringiz va ko'kraklaringiz ostidagi qora dog'lar hali ham yo'qolmaydimi?
Balki sizning gormonlaringiz normal emasdir?!
@endocrinoo
Balki sizning gormonlaringiz normal emasdir?!
@endocrinoo
👍3
Sochingiz kuchli toʻkilyaptimi? Ayollarda soch to'kilishida asosan erkaklik gormonlari sababchi boʻladi.
Agar erkak gormonlari juda zararli bo'lsa, nima uchun ayollarga kerak? Tushunarsiz?
Endokrinolog buni tushuntirishi mumkin

Qandli diabet kasalligi haqida xalq orasida keng tarqalgan noto‘g‘ri tushunchalar
1.«Qandli diabet qo‘rquvdan kelib chiqadi», «Qandli diabet boylarning kasalligi»...
Qandli diabet kasalligining ikkita turi mavjud. 1-tur qandli diabet autoimmun kasallik. Qolaversa, uning kelib chiqishida pankreatotrop (oshqozon osti bezida yashashga moyil) virusli infeksiyalar (gepatit, parotit, qizilcha, qizamiq va boshqalar) ning ham muhim o‘rni bor. 2-tur qandli diabetning kelib chiqishida asosan kamharakatlik, yengil hazm bo‘luvchi ulevodlarga boy mahsulotlarni, hayvon yog‘i mahsulotlarini surunkali tarzda, ko‘p va ortiqcha miqdorda iste'mol qilib yurish va buning ortidan organizmda (asosan qorinda) yig‘iladigan ortiqcha miqdordagi yog‘ to‘qimasining shakllanishi muhim ahamiyatga ega.
2.Qondagi qand tahlili ilk marta baland chiqqanda qayta tahlil uchun parhez qilib qon topshirish kerak…
Parhez buyurilganda qondagi qand miqdori oldingi holatiga nisbatan sezilarli darajada kamayadi va bu bilan uglevodlar almashinuvining xaqiqiy holatiga baho berib bo‘lmaydi. Qandli diabet kasalligiga shubha qilinayotgan bemor aniq tashxis qo‘yilguncha odatdagidek ovqatlanishi shart.
3.Qandli diabet bilan og‘riydigan bemor 6 oyda statsionar sharoitda davolanib turishi kerak…
Qandli diabet kasalligining davosi asosan 4ta tarkibiy qismdan iborat: parhez, qand pasaytiruvchi vosita, jismoniy faollikni oshirish, qandli diabet kasalligi haqida o‘rganish.
Bemor bu rejimga har kuni qat'iy rioya qilishi kerak. Qondagi qand miqdori sutka davomida doimo to‘liq me'yorida yursagina qandli diabetning asoratlarini oldini olish yoki kechiktirish mumkin. Aks holda, 6 oy tugul har oyda 10 kun statsionarda davolanib yurgan taqdirda ham diabetning asoratlarini oldini olish imkonsiz. Har 6 oyda 10 kun statsionar sharoitda davolanish kerakligi haqida biron bir endokrinologiya yoki diabetologiyaga oid adabiyotlarda ko‘rsatilgan emas.
4.Grechkani qatiqqa aralashtirib yeyish qand kasalligi uchun yaxshi davo bo‘ladi…
Grechka bor yo‘g‘i oddiy ozuqa mahsuloti, xolos. Qatiq ham. Shunchaki, ularning tarkibida uglevodlar miqdori kamroq va shuning uchun ular qondagi qand miqdorini unchalik oshirmaydi.
5.Ko‘k olma qondagi qand miqdorini oshirmaydi…
Olmaning ta'mi uning tarkibidagi organik kislotalar miqdoriga bog‘liq. Qand miqdori esa uning rangiga emas, hajmi va yetilish darajasiga bog‘liqdir.
6.Toza asalni yesa bo‘ladi, chunki uning yarmi fruktozadan iborat, shuning uchun u qand o‘rnini bosuvchi hisoblanadi va qondagi qand miqdorini oshirmaydi…
Asal taxminan teng nisbatdagi fruktoza va glyukozadan iborat. Iste'moldagi shakar (saxaroza) ham fruktoza va glyukoza qoldiqlaridan tashkil topgan. Asalning qondagi qand miqdorini oshirish xususiyati xuddi shakarniki kabidir.
7.Insulin kasallikning oxirgi bosqichida buyuriladi…
1-tur qandli diabetda organizm qisqa vaqt ichida insulin ishlab chiqarish salohiyatini yo‘qotadi. Ya'ni, insulin ishlab chiqaruvchi hujayralar qisqa muddat ichida nobud bo‘ladi. Bunda organizmga tashqaridan insulin kiritib turishdan boshqa choraning o‘zi yo‘q.
2-tur qandli diabetda dastlab kasallik aniqlangan paytdan boshlab (og‘ir hamroh kasalliklar bo‘lmasa) qand miqdorini tushiruvchi tabletkalar buyuriladi.
Bunday bemorlarga og‘ir hamroh kasalliklar (yurak ishemik kasalligi, bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi, sil, og‘ir jarohatlar, pnevmoniya va boshqa o‘tkir holatlar) qo‘shilsa, qand tushiruvchi tabletkalarning sutkalik maksimal miqdori buyurilganda ham qondagi qand miqdori me'yoriga kelmasa yoki jarrohlik muolajalari vaqtida hamda undan oldin va keyin (ma'lum muddat davomida) insulin preparati buyuriladi.
8.Shirinliklarni ovqatlanish ratsionidan to‘liq chiqarib yuborish mumkin emas, chunki glyukoza miya oziqlanishi uchun zarur…
Miya hujayralari haqiqatan ham glyukoza bilan oziqlanadi, lekin qandli diabet kasalligi bilan og‘riydigan bemorning qonida qand o‘zi shundoq ham baland bo‘lsa, unga qo‘shimcha glyukoza berishdan ma'no yo‘q.

Xulosa qilib aytganda, qandli diabet kasalligi haqida bilishni istagan odam malakali mutaxassisdan ma'lumot olishi zarur. Qolaversa, yuqoridagi kabi biron bir asosga ega bo‘lmagan ma'lumotlarni tarqatish qandli diabet kasalligi bilan og‘riydigan bemorlarga faqat va faqat zarar keltiradi xolos.
Murodjon JO‘RAYEV,
Farg‘ona viloyati vrach-endokrinologi, oliy toifali shifokor
Maqola 2019.12.21 sanada kun.uz da elon qilingan
@endocrinoo
Murodjon JO‘RAYEV,
Farg‘ona viloyati vrach-endokrinologi, oliy toifali shifokor
Maqola 2019.12.21 sanada kun.uz da elon qilingan
@endocrinoo
👍9
Forwarded from Endokrinolog maslahati 📄✍️
🟡 Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 30 yil ichida dunyoda semiz odamlar soni uch baravar oshgan
🔸Ortiqcha vazn va semizlik
• metabolik sindrom
• qandli diabet
• yurak-ishemik, miokard infarkti
• insult, gipertoniya
• surunkali vena qon-tomirlarining yetishmovchiligi
• xolesistit va o‘t-tosh xastaligi
• artritlar hamda onkologik kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
Davolanish uchun esa endokrinologga murojaat qiling
@endocrinoo
🔸Ortiqcha vazn va semizlik
• metabolik sindrom
• qandli diabet
• yurak-ishemik, miokard infarkti
• insult, gipertoniya
• surunkali vena qon-tomirlarining yetishmovchiligi
• xolesistit va o‘t-tosh xastaligi
• artritlar hamda onkologik kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
Davolanish uchun esa endokrinologga murojaat qiling
@endocrinoo
👍3
Forwarded from Endokrinolog maslahati 📄✍️
🆘 Qand miqdori normada nechchi bo'lishi kerak❓
Bu xolatda siz quyidagilardan qaysi birini soʻrayotganingizni aniqlab oling:
❓Savol:
Sogʻlom odamda qand miqdori nechchi boʻlishi kerak?
✅ Javob:
Nahorgi och qoringa 6.0 mmol/l dan kam boʻlishi kerak
Ovqatdan 2 soatdan keyin 7.8 mmol/l dan kam boʻlishi kerak.
❓Savol:
Qandli diabet tashxisini qoʻyish uchun qondagi qand miqdori nechchi boʻlishi kerak?
✅ Javob:
Nahorgi och qoringa 7.0 mmol/l dan yuqori boʻlishi kerak
Ovqatdan 2 soatdan keyin 11.1 mmol/l dan yuqori boʻlishi kerak.
❓Savol:
Qandli diabeti bor odamlarda qondagi qand miqdori nechchi boʻlishi kerak?
(Bu yerda asoratlar rivojlanmasligi uchun maqsadli koʻrsatkichlar soʻralmoqda)
✅ Javob:
Nahorgi och qoringa 7.0 mmol/l dan past boʻlishi kerak
Ovqatdan 2 soatdan keyin 10.0 mmol/l dan past boʻlishi kerak.

Mahsulotlarda qancha miqdorda shakar mavjud???
Ushbu rasm orqali buni bilib oling
1dona shakar boʻlagi 5 gr ga teng!
Maʼlumotni boshqalarga ham ulashing
@endocrinoo
Ushbu rasm orqali buni bilib oling
1dona shakar boʻlagi 5 gr ga teng!
Maʼlumotni boshqalarga ham ulashing
@endocrinoo
👍4
📍Ozishga yordam beradigan ichimliklar
✅ Ko‘k choy - organizmda moddalar almashinuvini tezlashtirishga va buning natijasida yog‘larni eritishga imkon beruvchi flavonidlar va kofeinga boy.
✅ Pomidor sharbati. Ushbu ichimlikdan kuniga bir stakandan iste’mol qilish uni iste’mol qilmaganlarga nisbatan bel qismida 50 foizdan ko‘proq yog‘dan forig‘ bo‘lishga olib келади.
✅ Olma sirkasi. U moddalar almashinuvini faollashtiradi va to‘plangan yog‘dan energiya manbai sifatida foydalanadi.

👍2💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📍Gipoglikemik koma - qandli diabetda ogʻir asoratlarga olib keladi!
♻️Gipoglikemik koma - bosh miyada oʻtkir energiya tanqisligi va qonda glyukoza darajasining keskin kamayishi oqibatida rivojlanuvchi koma hisoblanadi.
🎥 Batafsil videoda tomosha qiling

📍Xurmoning organizm uchun foydali xususiyatlari
♻️ Kuniga atigi 4 ta xurmo immunitet hamda suyaklarni mustahkamlash va qon bosimini normallashtirishga yordam beradi.
♻️ Xurmo ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, temir darajasini oshiradi, yurak sogʻligʻini yaxshilaydi va allergiyani yengillashtiradi.
Endokrinolog maslaxati- kanaliga aʼzo boʻling

ADNEKSIT
📍Adneksit (salpingoofarit) – bachadon naylari va tuxumdonning yalligʻlanishi.
✅ Kasallikni turli patogen mikroblar – stafilokokk, streptokokk va boshqa qoʻzgʻatadi. Mikroblar bachadon ortiqlari (tuxumdon va bachadon naylari)ga abort, tugʻruq, jinsiy aloqa vaqtida, turli infeksion kasalliklar (sil, angina, ichki a’zolarning yalligʻlanishi)da esa boshqa a’zo va toʻqimalardan qon va limfa tomirlari orqali oʻtadi.
✅ Sovqotish, oʻta toliqish, ruhiy iztirob, orastalik qoidalarining buzilishi kasallikning avj olishiga imkon beradi.
✅ Oʻtkir va surunkali adneksit farq qilinadi.
📍 Oʻtkir adneksitda qorinning pastki va quymich sohasida ogʻriq, koʻngil aynishi, qusish, harorat koʻtarilishi kuzatiladi. Kasallik ogʻir kechganda bemorning umumiy ahvoli ogʻirlashadi.
📍Surunkali adneksitda tez-tez qaytalanib turadi. Bachadon naylari yalligʻlanishi natijasida ular chandiqlanib, toʻsilib qoladi, bu esa bachadondan tashqari homiladorlik yoki bepushtlikka sabab boladi.
Kanalga aʼzo boʻling