Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.78K subscribers
3.83K photos
622 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Qandli diabetning belgilari...
Qonda qand normalari...
Tavsiyalar...

@endocrinoo
👍4
TUG'MA PILORIK STENOZ🔺

🔺Oshqozonni pilorik qismi stenozi - bu yosh bolalarda eng koʻp uchraydigan tugʻma xazm qilish sistemasi kasalligi hisoblanadi.

🔺Ushbu kasallikda oshqozon pilorik qismi muskul hujayralari hipertrofiya va hiperplaziyaga uchraydi va aynan shu soha paspaslab koʻrilganda oval ( zaytun ) shakldagi hosila koʻrinadi .

🔺Pilorik stenozga uchragan bolada oshqozon sohasida peristaltik harakat kuzatiladi va 2 - 6 haftalarda oʻt suyuqligisiz qusadi .

🔺Bu kasallik ona homiladorlikda ma'lum bir antibiotiklar guruhini qabul qilgan boʻlsa ( masalan makrolidlar: azitromitsin , klaritromitsin , eritromitsin ) Aksariyat hollarda oiladagi birinchi oʻgʻil farzandda kuzatiladi .

🔺Diognostikasida oshqozon pilorik qismi chozilib odatdagi holatidan qalinlashgani koʻrinadi .

🔺Davolash: piloromyotomiya - oshqozon pilorik qismidagi ortiqcha massa va muskullar olib tashlanadi .

@endocrinoo
👍5
Sedana yogʻi foydalimi?

⚡️Koʻpchilikni Alxadaya sedana yogʻi kapsulasi xaqida fikr kiziktiradi.

Foydalimi degan savolga xa deb javob berish mumkin. Sababi tabiiy xar narsa toʻgʻri joyiga qoʻyib ishlatilsa foydali boʻladi.

Ammo shifolimi degan narsaga aniq bir narsa deyish qiyin. Masalan olma organizmga foydali, lekin u bilan bosh ogʻrigʻini shifolab boʻlmaydi.

Kimgadir qaysidir kasallikka shifo keltirgan boʻlsa bordir. Ammo tibbiyot dalilni, laborator tekshiruvni yoqtiradi. Tibbiy tarafdan unday tekshiruvlari ham davolovchi faktlari xam yoʻk.
⚡️ eng yoqmagan joyi esa narxi qimmatligidir. 200-250 ming soʻmga sedana yogʻini sotib olmasdim men. Sababi sedana anqoning urugʻimas.

Maxsulot tannarxi nari borsa 25 ming soʻmga boradi. Farmbozorda sedana yogʻi kapsulasini oʻrtacha 45-60 ming soʻmdan topish mumkin.

Qiziq yana bir maʼlumot. Maxsulot Qozogʻistonda ishlab chiqarilgan.

@endocrinoo
👍5
👉 Diabetning eng yaxshi yechimlaridan biri ertalabki nonushtada sekin xazm boʻluvchi uglevodlar qabul qilishdir. Nonushtani oʻtkazib yuborgan inson - sogʻligʻiga bitta xavfni koʻpaytiribdi.

👉 Yosh qizlarning teri turgorligi yaxshi boʻlganligi tufayli 20+ yoshdan boshlabgina yuzini parvarish qilishga ruxsat bergan saʼqul. Ximikatlar sogʻlom terini ayanchli axvolga olib kelishi mumkin.

👉 Oʻzicha shamollaganda antibiotik qabul qiladiganlar ikkita zararni yuzaga keltiradi. Birinchidan kasallik sababi viruslar boʻlsa antibotik foydasiz. Ikkinchidan virusli kasallik paytida battar immun tizimini kuchsizlantirib, butunlay yangi ikkinchi kasallikni qoʻzgʻab yuborish mumkin.

👉Eng koʻp kasallikka uchraydigan va xavfi katta boʻgʻim bu tizza boʻgʻimidir. Tana vaznini oshishi va tanaga nouygʻun yuklama berish tufayli menisklarga ziyon beriladi.

👉 Munosabatlarda oddiygina bir biri bilan gaplashib olmaslik tufayli oilalarda doimiy stress xukmron boʻladi. Baxtsizlik esa jiddiy kasalliklarning ibtidosidir.


@endocrinoo
👍3
animation.gif
287.2 KB
Diabetli bemorlar uchun oyoqlar parvarishidan tafsiyalar:

1) Oyoqlarni har kuni illiq suv bilan yuving.
2) Oyoqlarni doim quruq saqlang, ayniqsa barmoqlar orasini.

3) Terini qurishiga qarshi choralar ko'ring. Oyogingida qurish yoki yorilishlar bo'lsa yog'li, vitamin E, glitserin yoki vazilinli kremlar surib parvarish qiling.
4) Oyoqlardagi qadoqni qurishi, yorilishlarni tekshirib turing.
5) Tirnoqlarni vaqtida oling kalta ham uzun ham bo'lmasin.
6) Paypoqni va oyoq kiyimni o'zingizga mosini yumshog'ini va siqmaydiganini kiying.
7) Oyoq kiyim doim illiq va quruq qulay bo'lsin.
8) Tashqarida oyoq jarohatlanish havfi bor joyda hech qachon oyoqyalang yurmang.

9) Oyoq kiyimni tekshiring unda sizni jarohatlovchi narsa bo'lmasin.

@endocrinoo
👍31
Diabet uchun axamiyatsiz maxsulotlar ru‌yxati:

Maks Effekt
Laktovita
Laminalayf
Lamifaren
Nano
Gano
Koral kalsiy
Progress key
Diabetik forte
Ala diabet
Alxadaya
Tuya suti
Juk znaxar
Echkiemar gushti
Kurbaka
Echki suti
Biolam
Мах Эффеcт
Виталитй Лух
Перфеcто Лух
Kist al-xindi
Doktor More
Turkiston suv
Imulayf
Kontrol diabete
Insudol
Diafon
ФатЗорб
Glyukoferiya

Sodda boʻlmang xar xil sedana va shunga oʻxshash mahsulotlar xech qachon QANDLI DIABETDA foyda bermaydi

Umr va pulingizga achining

Agar shu dorilar naf berganda professor va shifokor , olimlar ilmiy izlanishlar qilib davo izlab yurmagan boʻlardi

Shifokorga soʻnggi pallada borishdan koʻra ertaroq uchrab asoratlarni oldini olgan foydali emasmi

@endocrinoo
💯8🤔21
Har 21 sekundda yangi qandli diabet bilan kasallanish sodir boʻladi
Va ular quyidagi asoratlar bilan og'riydi☝️☝️☝️☝️

Insult - xar 12 daqiqada
Koʻrlik - xar 90 daqiqada
Infarkt - xar 19 daqiqada
Gemodializ - xar 90 daqiqada
Amputatsiya ( azo kesilishi ) - xar 19 daqiqada

Befarq boʻlmang

@endocrinoo
😢5👍1🤔1
BOLANGIZ BOʻYCHAN BOʻLISHINI ISTAYSIZMI?

👨‍👨‍👧‍👦 Farzandingiz oʻgʻilmi-qizmi, kim boʻlishidan qat’i nazar, boʻyi me’yorida oʻssin, desangiz, avvalo, uni sogʻlom ulgʻaytirishga harakat qiling. Buning uchun:

✔️bolani har 3 yoki 6 oyda dispanserizatsiya koʻrigiga olib boring;

✔️boladagi yod tanqisligining oldini oling. Shifokor nazorati ostida bolangizga har doim yod preparatlari berib turing;

✔️farzandingizni hech boʻlmaganda, yiliga bir marotaba endokrinolog va tor mutaxassislar koʻrigidan oʻtkazib turing;

✔️bolalarga balogʻat yoshiga yetguniga qadar koʻproq oqsil berish kerak. Ular goʻdakligidan tuxum, tvorog kabi oqsilga boy mahsulotlar, salatlarni iste’mol qilib borsa, boʻy bilan bogʻliq boʻlgan muammolarga duchor boʻlmaydi;

✔️sport bilan shugʻullanish ham boʻyning oʻsishida muhim rol oʻynaydi. Ayniqsa, turnikda tortilish va suzish bilan shugʻullanish bolaning yaxshi oʻsishiga yordam beradi.

@endocrinoo
👍5
1 tur qandli diabetning uchrash extimolligi foizda %:
#⃣ Qarindoshlarda diabet yo'q - 0,2-0,4%
#⃣ Otada diabet bo'lsa farzandda uchrashi 3,6 - 8,5%
#⃣ Onada diabet bo'lsa farzandda 1,1 - 3,6%
#⃣ Aka uka yoki opa singillardan bittasida bo'lsa shu farzandlar orasida boshqasida uchrashi 4%
#⃣ Aka uka yoki opa singillardan ikkitasida bo'lsa shu farzandlar orasida boshqasida uchrashi 9,5%
#⃣ Ota onaning birida va aka uka yoki opa singillardan bittasida bo'lsa shu farzandlar orasida boshqasida uchrashi 12%
#⃣ Ota onaning ikkalasida xam diabet bo'lsa farzandda uchrashi 34%

📚 I.I. Dedov, M.V.Shestakova.
Saxarny diabet tipa 1. Realii i perspektivy. Moskva 2016 yil


@endocrinoo
💯4👍1
#Maslahat

Tushlik va kechki ovqat orasida 6–8 soat vaqt bor. Bu vaqt oraligʻida koʻpchilik ochqab qoladi. Albatta, kechki taomgacha sabr qilgan yaxshi, lekin ba’zida shu sabrimiz sustkashlikka yoʻl qoʻyadi va odatimizga koʻra oʻtirib, shirinliklar bilan choy ichamiz. Oddiygina mana shu odat — oyiga ortiqcha 2–5 kg gacha tana vazni yigʻilishiga olib kelishi mumkin!

Tavsiya: tushlik va kechki ovqat oraligʻida mabodo ochlik hissi sizni yengisa: bir siqim turli xil yongʻoqlar, pista, kungaboqar pistasi (koni foyda) yoki biror-bir meva yeb oling. Shunda, sogʻlom ovqatlanish qoidasiga amal qilgan boʻlasiz!

@endocrinoo
👍9
Qandli diabetli kishilar yoki ularning yaqinlari tomonidan:

Diabetning qaysi turi xavfli?
degan savol ko'p beriladi.


Aslida bu xavf deganda nimani tushinishimizga bogʻliq. Mening fikrimcha xavfni qandli diabetning turlariga qarab emas, balki uni qanchalik nazorat qilishimizga qarab ajratishimiz kerak.
Ularni kuyidagicha tariflash mumkin:

1⃣ Nazorat qilingan qandli diabet.
Bunda odam doimo qand miqdorini o'lchab boradi va meyorida ushlab yuradi. Doktor tavsiyalariga rioya qiladi, shu bilan birga o'zi xam izlanadi. Bunday odamlar diabet bo'lsada sogʻlom xayot kechiradi.

Taniqli diabetolog Djoslin aytganidek o'zini nazorat qilib boradigan diabetli odam, diabeti yo'q odamlardan ko'ra ko'proq va sog'lomroq yashaydi.

2⃣ Nazorat qilinmagan qandli diabet.
Bu xolatda odam o'z sogʻligʻini nazorat qilmaydi. Qand miqdorini o'lchamaydi. Aksar xollarda "Baland chiqsa kayfiyatim tushadi" degan vajni ko'rsatadi. Aslida qand miqdori baland chiqsa uning sababini topib shuni bartaraf qilish orqali  qand miqdorini meyoriga keltirish mumkinku. Qandli diabetni "muloyim qotil" deb xam atashadi. Agar diabet nazorat qilinmasa u o'z asoratlarini ku‌rsatadi.

❗️Dunyoda ko'rlikka olib keluvchi eng ko'p sabab bu nazorat qilinmagan qandli diabet.

❗️Dunyoda buyrak yetishmovchiligiga olib keluvchi eng ko'p sabab bu nazorat qilinmagan qandli diabet.

❗️Dunyoda oyoq amputatsiyasi (olib tashlanishi) ga olib keluvchi eng ko'p sabab bu nazorat qilinmagan qandli diabet.

Xulosa o'zingizdan...
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
💯3😢1
Semizlik qanday xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi?

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, ortiqcha vazn va semizlik noto‘g‘ri ovqatlanish hamda kam harakatlik oqibatida yuzaga keladi.

Ushbu holat quyidagi kasalliklarning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga sabab bo‘ladi:

🩺 metabolik sindrom
💉 qandli diabet
🫀yurak-qon tomir kasalliklari,
🫁 nafas olishi tizimi xastaliklari,
🔎 jigar va o‘t qopi kasalliklari,
🧑🏻‍🦼suyak-bo‘g‘im xastaliklari,
💊 gormonal buzilishlar,
📌 podagra kasalligi,
🔬onkologik xastaliklar.

@endocrinoo
🔥3👍1
📍40 yoshdan keyin ayollarga kerak bo'ladigan vitamin va minerallar


Kalsiy
Tanadagi barcha kalsiyning 99 foizi suyaklarda to'planib, ularning zichligi va mustahkamligini taʻminlaydi.
O'rta hayotda reproduktiv gormon esterogen darajasining pasayishi bilan kalsiyning so'rilishi kamayadi. Yana bir muammo shundaki, ayollar ko'pincha kalsiyga boy oziq-ovqatlarni, masalan, sut mahsulotlari, bargli ko'katlar isteʻmol qilmaydilar.

D vitamini
Bu vitamin tanangizga oziq-ovqatdan kalsiyni olish va ishlatish uchun kerak
. Shuningdek, u himoya immunitet jarayonlarida ishtirok etadi. Bu modda quyosh nuri tushganda tanangiz ishlab chiqaradigan yagona vitaminlar.

@endocrinoo
👍5
❗️Oq nonning zarari❗️

Qon shakar darajasini oshirish. Yuqori glisemik indeks bu oziq-ovqat glyukozani tezda chiqarib yuborishi mumkinligini anglatadi, bu esa shakar darajasining keskin oshishiga olib keladi. Shuning uchun diabetga chalinganlar uchun kontrendikedir.

Semirib ketish. Boshqa turlardan ko'ra ko'proq kaloriya bo'lmasa-da, tarkibida shakar darajasini oshirishi mumkin bo'lgan tozalangan uglevodlar mavjud. Natijada, tanada yog 'birikmalarida mavjud bo'lgan ortiqcha glyukoza to'planadi. Shu sababli, vazn ortadi.

Kayfiyat o'zgarib turadi. Ushbu mahsulot, ayniqsa 50 yoshdan oshgan ayollarda depressiyaga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, ratsionda oq nonning mavjudligi kayfiyatning o'zgarishi va charchoqni keltirib chiqaradi.‌‌

@endocrinoo
👍31
Qandli diabetda parxez uchun tavsiyalar

Dori vositasi tasir qilishi uchun albatta parxez boʻlishi shart

@endocrinoo
💯2👏1
📣 Semirganing sari xar xil xazillar avj oladi.

Shunaqa tarozi boʻlsa - siz qaysi xayvon boʻlardingiz? 😁

@endocrinoo
😁4👍1
Rossiyalik tabib, zaxarli bo‘qoqni baqa bilan davolamoqda.

Uning fikricha, shu paytgacha 500 ga yaqin odamni bo‘yniga baqa qo‘yib tuzatib yuborgan. Baqa zaxarli bo‘qoqni zaxarini so‘rib oladi deb ishontirmoqda tabib.

Maxalliy vrachlar esa bu g‘irt axmoqlikdan boshqa narsa emas deyishmoqda.

Kasal odam hamma narsadan najot izlashi rost gap.

Qoʻpolroq bir misol aytsam sizlarga
Qishloqda avvallari mollar bo'g'oz( 2 qat) boʻlmasa baqa yedirilgan
Sababi esa oddiy baqada yod miqdori koʻp va yetarli yod kirishi sababli 2 qat boʻlish hollari kuzatilgan

Insonda ham qalqonsimon bez susayishi sababli homilador boʻlish juda mushkul sababi jinsiy gormonlar kamayib ketishi

Bu tabib esa yodni boshqacha usulda kiritib davo boʻladi demoqchi nazarimda

@endocrinoo
👍5😁3
⚡️Qandli diabetning yashirin belgilari

Qandli diabet asr vabosi. Xozirgi to‘qchilik zamonida bu kasallik bilan to‘qnashish oson. Shu sabab ayrim yashirin va xushyor torttiradigan belgilarini bilib qo‘yish zarar qilmaydi.

👉 Uyqu oldidan stakanda suv yoki sovuq choy olib borib qo‘yish odati. Bu odat paydo bo‘lishiga ko‘pincha chanqab uyg‘onish yoki og‘iz qurib ketishi sabab bo‘lishi mumkin. Bu ham yashirin belgi

👉 Ko‘p kichik hojatga chiqish. Qondagi qand organizmdagi suvni o‘ziga biriktirib olib chiqib ketadi.

👉 Uyqu oldidan kuchli ochlik. To‘ymasangiz uxlolmaysiz. Sababi aynan mana shu vaqtda xujayra ichiga ovqat yetishmagani yaqqol seziladi.

Shu belgilar paydo bo‘lsa, darxol endokrinolog shifokorga uchrang.

Qandli diabetning ikkinchi turi jilovlash mumkin bo‘lgan kasallikdir.

@endocrinoo
👍4
Siz tez-tez yuvinasiz, lekin bo'yningiz, qo'ltiqlaringiz, chanoqlaringiz va ko'kraklaringiz ostidagi qora dog'lar hali ham yo'qolmaydimi?
Balki sizning gormonlaringiz normal emasdir?!

@endocrinoo
👍3
Sochingiz kuchli toʻkilyaptimi? Ayollarda soch to'kilishida asosan erkaklik gormonlari sababchi boʻladi.

Agar erkak gormonlari juda zararli bo'lsa, nima uchun ayollarga kerak? Tushunarsiz?
Endokrinolog buni tushuntirishi mumkin

@endocrinoo
👍3
Qandli diabet kasalligi haqida xalq orasida keng tarqalgan noto‘g‘ri tushunchalar

1.«Qandli diabet qo‘rquvdan kelib chiqadi», «Qandli diabet boylarning kasalligi»...

Qandli diabet kasalligining ikkita turi mavjud. 1-tur qandli diabet autoimmun kasallik. Qolaversa, uning kelib chiqishida pankreatotrop (oshqozon osti bezida yashashga moyil) virusli infeksiyalar (gepatit, parotit, qizilcha, qizamiq va boshqalar) ning ham muhim o‘rni bor. 2-tur qandli diabetning kelib chiqishida asosan kamharakatlik, yengil hazm bo‘luvchi ulevodlarga boy mahsulotlarni, hayvon yog‘i mahsulotlarini surunkali tarzda, ko‘p va ortiqcha miqdorda iste'mol qilib yurish va buning ortidan organizmda (asosan qorinda) yig‘iladigan ortiqcha miqdordagi yog‘ to‘qimasining shakllanishi muhim ahamiyatga ega.

2.Qondagi qand tahlili ilk marta baland chiqqanda qayta tahlil uchun parhez qilib qon topshirish kerak…

Parhez buyurilganda qondagi qand miqdori oldingi holatiga nisbatan sezilarli darajada kamayadi va bu bilan uglevodlar almashinuvining xaqiqiy holatiga baho berib bo‘lmaydi. Qandli diabet kasalligiga shubha qilinayotgan bemor aniq tashxis qo‘yilguncha odatdagidek ovqatlanishi shart.

3.Qandli diabet bilan og‘riydigan bemor 6 oyda statsionar sharoitda davolanib turishi kerak…

Qandli diabet kasalligining davosi asosan 4ta tarkibiy qismdan iborat: parhez, qand pasaytiruvchi vosita, jismoniy faollikni oshirish, qandli diabet kasalligi haqida o‘rganish.

Bemor bu rejimga har kuni qat'iy rioya qilishi kerak. Qondagi qand miqdori sutka davomida doimo to‘liq me'yorida yursagina qandli diabetning asoratlarini oldini olish yoki kechiktirish mumkin. Aks holda, 6 oy tugul har oyda 10 kun statsionarda davolanib yurgan taqdirda ham diabetning asoratlarini oldini olish imkonsiz. Har 6 oyda 10 kun statsionar sharoitda davolanish kerakligi haqida biron bir endokrinologiya yoki diabetologiyaga oid adabiyotlarda ko‘rsatilgan emas.

4.Grechkani qatiqqa aralashtirib yeyish qand kasalligi uchun yaxshi davo bo‘ladi…

Grechka bor yo‘g‘i oddiy ozuqa mahsuloti, xolos. Qatiq ham. Shunchaki, ularning tarkibida uglevodlar miqdori kamroq va shuning uchun ular qondagi qand miqdorini unchalik oshirmaydi.

5.Ko‘k olma qondagi qand miqdorini oshirmaydi…

Olmaning ta'mi uning tarkibidagi organik kislotalar miqdoriga bog‘liq. Qand miqdori esa uning rangiga emas, hajmi va yetilish darajasiga bog‘liqdir.

6.Toza asalni yesa bo‘ladi, chunki uning yarmi fruktozadan iborat, shuning uchun u qand o‘rnini bosuvchi hisoblanadi va qondagi qand miqdorini oshirmaydi…

Asal taxminan teng nisbatdagi fruktoza va glyukozadan iborat. Iste'moldagi shakar (saxaroza) ham fruktoza va glyukoza qoldiqlaridan tashkil topgan. Asalning qondagi qand miqdorini oshirish xususiyati xuddi shakarniki kabidir.

7.Insulin kasallikning oxirgi bosqichida buyuriladi…

1-tur qandli diabetda organizm qisqa vaqt ichida insulin ishlab chiqarish salohiyatini yo‘qotadi. Ya'ni, insulin ishlab chiqaruvchi hujayralar qisqa muddat ichida nobud bo‘ladi. Bunda organizmga tashqaridan insulin kiritib turishdan boshqa choraning o‘zi yo‘q.

2-tur qandli diabetda dastlab kasallik aniqlangan paytdan boshlab (og‘ir hamroh kasalliklar bo‘lmasa) qand miqdorini tushiruvchi tabletkalar buyuriladi.

Bunday bemorlarga og‘ir hamroh kasalliklar (yurak ishemik kasalligi, bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi, sil, og‘ir jarohatlar, pnevmoniya va boshqa o‘tkir holatlar) qo‘shilsa, qand tushiruvchi tabletkalarning sutkalik maksimal miqdori buyurilganda ham qondagi qand miqdori me'yoriga kelmasa yoki jarrohlik muolajalari vaqtida hamda undan oldin va keyin (ma'lum muddat davomida) insulin preparati buyuriladi.

8.Shirinliklarni ovqatlanish ratsionidan to‘liq chiqarib yuborish mumkin emas, chunki glyukoza miya oziqlanishi uchun zarur…

Miya hujayralari haqiqatan ham glyukoza bilan oziqlanadi, lekin qandli diabet kasalligi bilan og‘riydigan bemorning qonida qand o‘zi shundoq ham baland bo‘lsa, unga qo‘shimcha glyukoza berishdan ma'no yo‘q.

@endocrinoo
👍9