Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.79K subscribers
3.83K photos
622 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Aqlli insonlarda miya kasalliklariga chalinish ehtimoli kamroq bo'lar ekan.

Chunki bunday insonlarda miyaning qo'shimcha yog'lar bilan qoplanishi kam kuzatiladi.


Ko'proq kitob o'qiylik azizlar!😉

@endocrinoo
👍6
➡️ Kaxeksiya — ochlik, to'yib yoki yolchitib ovqat yemaslik, moddalar almashinuvining jiddiy buzilishi oqibatida haddan tashqari ozib ketish, cho'pustixon bo'lib qolish.

Sabablari:
— Alimentar distrofiya
— Surunkali zaharlanishlar (margimush, simob va boshqalardan)
— Holdan toydiradigan kasalliklar (sil, rak)
— Ichki sekretsiya kasalliklari
— Ba'zi avitaminozlar.

Belgilari:
— Tana vazni keskin kamayib ketadi
— Darmon quriydi
— Ko'z kirtayadi
— Soch to'kiladi
— Teri burishib qoladi.

Bemorning rangi zahil tortadi, tana harorati va qon bosimi pasayadi, yurak urishi sustlashadi, qonda qand miqdori kamayadi, teri suyakka yopishib qolgandek tuyuladi, ichki a'zolar atrofiyasi kuzatiladi. Ba'zi hollarda badan shishadi, ruhiyat o'zgaradi. Bunday holat ko'proq 20-40 yoshli ayollarda kuzatiladi.


@endocrinoo
👍3
🥚 Bedana tuxumi tovuq tuxumiga nisbatan A, PP, B1, B2 vitaminlari va mineral moddalar tarkibi bo'yicha yuqori ko'rsatkichga egadir.

Yaponiyada bedana tuxumi aholi o'rtasida eng ko'p iste'mol qilinadigan mahsulotlar sirasiga kiradi

@endocrinoo
👍7
Mulohaza uchun

Kimlar shifokorlik qilmasligi kerak!?

1. Hotiningizni dugonasi!
2. Onangizni tanishi!
3. Yoʻldagi taksist!
4. Sartarosh tanishingiz!
19. Ser maslahat doʻstingiz!
39. Aptekachi tanishingiz!
71. Google qidiruv tizimi!
99. Tarmoqli marketing hodimi!
133.Tabiiy vositachi aldoqchilar!
879. Yaqinda shifoxonada davolanib chiqqan tanishingiz!
999. Mahallani bekorchi xotinlari!
1000. Tibbiyot oliygohida tahsil olmagan barcha!


Kamida 9 yil Tibbiyot oliygohida tahsil olgan shifokorni qabuliga kirib, koʻrikdan oʻtib, dori yozdirib chiqib oʻsha dorilarni va qoʻygan tashxisni sartarosh, taksist, aptekachi , hotinini tillafurish dugonasi bilan muhoka qilib, ular bitta dori aytsa shifokor retseptini tashlab , ular aytgan dorini oladiganlarni hech tushunmaymanda.😏


Bu darajada ahmoq boʻlishlikni sababi nima ekan- a ?

Oʻz sogʻligʻingizni oʻqimagan mahallani bekorchi hotinlariga topshirib qoʻymang!

@endocrinoo
👍4😁3👏2
Ushbu preparatlarning barchasini tarkibida Metformin bor ( biguanid- qandli diabet 2-tur dori vositasi )

@endocrinoo
👍3
Jigarning :
-Normal
-Sirroz
-Rak holatdagi koʻrinishi

@endocrinoo
👍5
Qandli diabetning belgilari...
Qonda qand normalari...
Tavsiyalar...

@endocrinoo
👍4
TUG'MA PILORIK STENOZ🔺

🔺Oshqozonni pilorik qismi stenozi - bu yosh bolalarda eng koʻp uchraydigan tugʻma xazm qilish sistemasi kasalligi hisoblanadi.

🔺Ushbu kasallikda oshqozon pilorik qismi muskul hujayralari hipertrofiya va hiperplaziyaga uchraydi va aynan shu soha paspaslab koʻrilganda oval ( zaytun ) shakldagi hosila koʻrinadi .

🔺Pilorik stenozga uchragan bolada oshqozon sohasida peristaltik harakat kuzatiladi va 2 - 6 haftalarda oʻt suyuqligisiz qusadi .

🔺Bu kasallik ona homiladorlikda ma'lum bir antibiotiklar guruhini qabul qilgan boʻlsa ( masalan makrolidlar: azitromitsin , klaritromitsin , eritromitsin ) Aksariyat hollarda oiladagi birinchi oʻgʻil farzandda kuzatiladi .

🔺Diognostikasida oshqozon pilorik qismi chozilib odatdagi holatidan qalinlashgani koʻrinadi .

🔺Davolash: piloromyotomiya - oshqozon pilorik qismidagi ortiqcha massa va muskullar olib tashlanadi .

@endocrinoo
👍5
Sedana yogʻi foydalimi?

⚡️Koʻpchilikni Alxadaya sedana yogʻi kapsulasi xaqida fikr kiziktiradi.

Foydalimi degan savolga xa deb javob berish mumkin. Sababi tabiiy xar narsa toʻgʻri joyiga qoʻyib ishlatilsa foydali boʻladi.

Ammo shifolimi degan narsaga aniq bir narsa deyish qiyin. Masalan olma organizmga foydali, lekin u bilan bosh ogʻrigʻini shifolab boʻlmaydi.

Kimgadir qaysidir kasallikka shifo keltirgan boʻlsa bordir. Ammo tibbiyot dalilni, laborator tekshiruvni yoqtiradi. Tibbiy tarafdan unday tekshiruvlari ham davolovchi faktlari xam yoʻk.
⚡️ eng yoqmagan joyi esa narxi qimmatligidir. 200-250 ming soʻmga sedana yogʻini sotib olmasdim men. Sababi sedana anqoning urugʻimas.

Maxsulot tannarxi nari borsa 25 ming soʻmga boradi. Farmbozorda sedana yogʻi kapsulasini oʻrtacha 45-60 ming soʻmdan topish mumkin.

Qiziq yana bir maʼlumot. Maxsulot Qozogʻistonda ishlab chiqarilgan.

@endocrinoo
👍5
👉 Diabetning eng yaxshi yechimlaridan biri ertalabki nonushtada sekin xazm boʻluvchi uglevodlar qabul qilishdir. Nonushtani oʻtkazib yuborgan inson - sogʻligʻiga bitta xavfni koʻpaytiribdi.

👉 Yosh qizlarning teri turgorligi yaxshi boʻlganligi tufayli 20+ yoshdan boshlabgina yuzini parvarish qilishga ruxsat bergan saʼqul. Ximikatlar sogʻlom terini ayanchli axvolga olib kelishi mumkin.

👉 Oʻzicha shamollaganda antibiotik qabul qiladiganlar ikkita zararni yuzaga keltiradi. Birinchidan kasallik sababi viruslar boʻlsa antibotik foydasiz. Ikkinchidan virusli kasallik paytida battar immun tizimini kuchsizlantirib, butunlay yangi ikkinchi kasallikni qoʻzgʻab yuborish mumkin.

👉Eng koʻp kasallikka uchraydigan va xavfi katta boʻgʻim bu tizza boʻgʻimidir. Tana vaznini oshishi va tanaga nouygʻun yuklama berish tufayli menisklarga ziyon beriladi.

👉 Munosabatlarda oddiygina bir biri bilan gaplashib olmaslik tufayli oilalarda doimiy stress xukmron boʻladi. Baxtsizlik esa jiddiy kasalliklarning ibtidosidir.


@endocrinoo
👍3
animation.gif
287.2 KB
Diabetli bemorlar uchun oyoqlar parvarishidan tafsiyalar:

1) Oyoqlarni har kuni illiq suv bilan yuving.
2) Oyoqlarni doim quruq saqlang, ayniqsa barmoqlar orasini.

3) Terini qurishiga qarshi choralar ko'ring. Oyogingida qurish yoki yorilishlar bo'lsa yog'li, vitamin E, glitserin yoki vazilinli kremlar surib parvarish qiling.
4) Oyoqlardagi qadoqni qurishi, yorilishlarni tekshirib turing.
5) Tirnoqlarni vaqtida oling kalta ham uzun ham bo'lmasin.
6) Paypoqni va oyoq kiyimni o'zingizga mosini yumshog'ini va siqmaydiganini kiying.
7) Oyoq kiyim doim illiq va quruq qulay bo'lsin.
8) Tashqarida oyoq jarohatlanish havfi bor joyda hech qachon oyoqyalang yurmang.

9) Oyoq kiyimni tekshiring unda sizni jarohatlovchi narsa bo'lmasin.

@endocrinoo
👍31
Diabet uchun axamiyatsiz maxsulotlar ru‌yxati:

Maks Effekt
Laktovita
Laminalayf
Lamifaren
Nano
Gano
Koral kalsiy
Progress key
Diabetik forte
Ala diabet
Alxadaya
Tuya suti
Juk znaxar
Echkiemar gushti
Kurbaka
Echki suti
Biolam
Мах Эффеcт
Виталитй Лух
Перфеcто Лух
Kist al-xindi
Doktor More
Turkiston suv
Imulayf
Kontrol diabete
Insudol
Diafon
ФатЗорб
Glyukoferiya

Sodda boʻlmang xar xil sedana va shunga oʻxshash mahsulotlar xech qachon QANDLI DIABETDA foyda bermaydi

Umr va pulingizga achining

Agar shu dorilar naf berganda professor va shifokor , olimlar ilmiy izlanishlar qilib davo izlab yurmagan boʻlardi

Shifokorga soʻnggi pallada borishdan koʻra ertaroq uchrab asoratlarni oldini olgan foydali emasmi

@endocrinoo
💯8🤔21
Har 21 sekundda yangi qandli diabet bilan kasallanish sodir boʻladi
Va ular quyidagi asoratlar bilan og'riydi☝️☝️☝️☝️

Insult - xar 12 daqiqada
Koʻrlik - xar 90 daqiqada
Infarkt - xar 19 daqiqada
Gemodializ - xar 90 daqiqada
Amputatsiya ( azo kesilishi ) - xar 19 daqiqada

Befarq boʻlmang

@endocrinoo
😢5👍1🤔1
BOLANGIZ BOʻYCHAN BOʻLISHINI ISTAYSIZMI?

👨‍👨‍👧‍👦 Farzandingiz oʻgʻilmi-qizmi, kim boʻlishidan qat’i nazar, boʻyi me’yorida oʻssin, desangiz, avvalo, uni sogʻlom ulgʻaytirishga harakat qiling. Buning uchun:

✔️bolani har 3 yoki 6 oyda dispanserizatsiya koʻrigiga olib boring;

✔️boladagi yod tanqisligining oldini oling. Shifokor nazorati ostida bolangizga har doim yod preparatlari berib turing;

✔️farzandingizni hech boʻlmaganda, yiliga bir marotaba endokrinolog va tor mutaxassislar koʻrigidan oʻtkazib turing;

✔️bolalarga balogʻat yoshiga yetguniga qadar koʻproq oqsil berish kerak. Ular goʻdakligidan tuxum, tvorog kabi oqsilga boy mahsulotlar, salatlarni iste’mol qilib borsa, boʻy bilan bogʻliq boʻlgan muammolarga duchor boʻlmaydi;

✔️sport bilan shugʻullanish ham boʻyning oʻsishida muhim rol oʻynaydi. Ayniqsa, turnikda tortilish va suzish bilan shugʻullanish bolaning yaxshi oʻsishiga yordam beradi.

@endocrinoo
👍5
1 tur qandli diabetning uchrash extimolligi foizda %:
#⃣ Qarindoshlarda diabet yo'q - 0,2-0,4%
#⃣ Otada diabet bo'lsa farzandda uchrashi 3,6 - 8,5%
#⃣ Onada diabet bo'lsa farzandda 1,1 - 3,6%
#⃣ Aka uka yoki opa singillardan bittasida bo'lsa shu farzandlar orasida boshqasida uchrashi 4%
#⃣ Aka uka yoki opa singillardan ikkitasida bo'lsa shu farzandlar orasida boshqasida uchrashi 9,5%
#⃣ Ota onaning birida va aka uka yoki opa singillardan bittasida bo'lsa shu farzandlar orasida boshqasida uchrashi 12%
#⃣ Ota onaning ikkalasida xam diabet bo'lsa farzandda uchrashi 34%

📚 I.I. Dedov, M.V.Shestakova.
Saxarny diabet tipa 1. Realii i perspektivy. Moskva 2016 yil


@endocrinoo
💯4👍1
#Maslahat

Tushlik va kechki ovqat orasida 6–8 soat vaqt bor. Bu vaqt oraligʻida koʻpchilik ochqab qoladi. Albatta, kechki taomgacha sabr qilgan yaxshi, lekin ba’zida shu sabrimiz sustkashlikka yoʻl qoʻyadi va odatimizga koʻra oʻtirib, shirinliklar bilan choy ichamiz. Oddiygina mana shu odat — oyiga ortiqcha 2–5 kg gacha tana vazni yigʻilishiga olib kelishi mumkin!

Tavsiya: tushlik va kechki ovqat oraligʻida mabodo ochlik hissi sizni yengisa: bir siqim turli xil yongʻoqlar, pista, kungaboqar pistasi (koni foyda) yoki biror-bir meva yeb oling. Shunda, sogʻlom ovqatlanish qoidasiga amal qilgan boʻlasiz!

@endocrinoo
👍9
Qandli diabetli kishilar yoki ularning yaqinlari tomonidan:

Diabetning qaysi turi xavfli?
degan savol ko'p beriladi.


Aslida bu xavf deganda nimani tushinishimizga bogʻliq. Mening fikrimcha xavfni qandli diabetning turlariga qarab emas, balki uni qanchalik nazorat qilishimizga qarab ajratishimiz kerak.
Ularni kuyidagicha tariflash mumkin:

1⃣ Nazorat qilingan qandli diabet.
Bunda odam doimo qand miqdorini o'lchab boradi va meyorida ushlab yuradi. Doktor tavsiyalariga rioya qiladi, shu bilan birga o'zi xam izlanadi. Bunday odamlar diabet bo'lsada sogʻlom xayot kechiradi.

Taniqli diabetolog Djoslin aytganidek o'zini nazorat qilib boradigan diabetli odam, diabeti yo'q odamlardan ko'ra ko'proq va sog'lomroq yashaydi.

2⃣ Nazorat qilinmagan qandli diabet.
Bu xolatda odam o'z sogʻligʻini nazorat qilmaydi. Qand miqdorini o'lchamaydi. Aksar xollarda "Baland chiqsa kayfiyatim tushadi" degan vajni ko'rsatadi. Aslida qand miqdori baland chiqsa uning sababini topib shuni bartaraf qilish orqali  qand miqdorini meyoriga keltirish mumkinku. Qandli diabetni "muloyim qotil" deb xam atashadi. Agar diabet nazorat qilinmasa u o'z asoratlarini ku‌rsatadi.

❗️Dunyoda ko'rlikka olib keluvchi eng ko'p sabab bu nazorat qilinmagan qandli diabet.

❗️Dunyoda buyrak yetishmovchiligiga olib keluvchi eng ko'p sabab bu nazorat qilinmagan qandli diabet.

❗️Dunyoda oyoq amputatsiyasi (olib tashlanishi) ga olib keluvchi eng ko'p sabab bu nazorat qilinmagan qandli diabet.

Xulosa o'zingizdan...
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
💯3😢1
Semizlik qanday xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi?

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, ortiqcha vazn va semizlik noto‘g‘ri ovqatlanish hamda kam harakatlik oqibatida yuzaga keladi.

Ushbu holat quyidagi kasalliklarning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga sabab bo‘ladi:

🩺 metabolik sindrom
💉 qandli diabet
🫀yurak-qon tomir kasalliklari,
🫁 nafas olishi tizimi xastaliklari,
🔎 jigar va o‘t qopi kasalliklari,
🧑🏻‍🦼suyak-bo‘g‘im xastaliklari,
💊 gormonal buzilishlar,
📌 podagra kasalligi,
🔬onkologik xastaliklar.

@endocrinoo
🔥3👍1
📍40 yoshdan keyin ayollarga kerak bo'ladigan vitamin va minerallar


Kalsiy
Tanadagi barcha kalsiyning 99 foizi suyaklarda to'planib, ularning zichligi va mustahkamligini taʻminlaydi.
O'rta hayotda reproduktiv gormon esterogen darajasining pasayishi bilan kalsiyning so'rilishi kamayadi. Yana bir muammo shundaki, ayollar ko'pincha kalsiyga boy oziq-ovqatlarni, masalan, sut mahsulotlari, bargli ko'katlar isteʻmol qilmaydilar.

D vitamini
Bu vitamin tanangizga oziq-ovqatdan kalsiyni olish va ishlatish uchun kerak
. Shuningdek, u himoya immunitet jarayonlarida ishtirok etadi. Bu modda quyosh nuri tushganda tanangiz ishlab chiqaradigan yagona vitaminlar.

@endocrinoo
👍5
❗️Oq nonning zarari❗️

Qon shakar darajasini oshirish. Yuqori glisemik indeks bu oziq-ovqat glyukozani tezda chiqarib yuborishi mumkinligini anglatadi, bu esa shakar darajasining keskin oshishiga olib keladi. Shuning uchun diabetga chalinganlar uchun kontrendikedir.

Semirib ketish. Boshqa turlardan ko'ra ko'proq kaloriya bo'lmasa-da, tarkibida shakar darajasini oshirishi mumkin bo'lgan tozalangan uglevodlar mavjud. Natijada, tanada yog 'birikmalarida mavjud bo'lgan ortiqcha glyukoza to'planadi. Shu sababli, vazn ortadi.

Kayfiyat o'zgarib turadi. Ushbu mahsulot, ayniqsa 50 yoshdan oshgan ayollarda depressiyaga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, ratsionda oq nonning mavjudligi kayfiyatning o'zgarishi va charchoqni keltirib chiqaradi.‌‌

@endocrinoo
👍31
Qandli diabetda parxez uchun tavsiyalar

Dori vositasi tasir qilishi uchun albatta parxez boʻlishi shart

@endocrinoo
💯2👏1