Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.79K subscribers
3.83K photos
622 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Bahor qiyomatning bugungi rangi

© Xayrulla Hamidov

@endocrinoo
👍3🔥1
📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Ikkilamchi gipogonadizm (sekundar gipogonadizm) — bu ayollarda tuxumdonlar aslida sog‘lom bo‘lsa ham, ularni boshqaradigan gipotalamus–gipofiz tizimi yetarli darajada ishlamagani sababli jinsiy gormonlar kamayib ketadigan holatdir.

Bunda asosiy muammo FSG va LG gormonlari yetishmasligi bo‘ladi. Natijada tuxumdonlar estrogen va progesteron ishlab chiqara olmaydi.

🧬Ikkilamchi gipogonadizm sabablari:

🖇Gipotalamus sababli
• Kuchli stress
• Juda ozib ketish (anoreksiya)
• Haddan tashqari sport
• Gipotalamus o‘smalari
• Tug‘ma GnRH yetishmovchiligi (masalan, Kallmann syndrome)

📎Gipofiz sababli
• Gipofiz adenomasi
• Gipofiz operatsiyasi yoki radiatsiya
• Shixan sindromi
• Gipofiz yetishmovchiligi

🩻Klinik belgilari
👩‍🦰Ayollarda quyidagilar kuzatiladi:
✓ Amenoreya yoki oligomenoreya
✓ Bepushtlik
✓ Libido pasayishi
✓ Ko‘krak bezlari kichrayishi
✓ Qin qurishi
✓ Osteoporoz rivojlanishi
✓ Issiq bosishi (estrogen yetishmovchiligi)

🔬Laborator belgilar🩸

FSG - past
LG - past
Estradiol - past
Prolaktin - baʼzan yuqori

Bu holat birlamchi tuxumdon yetishmovchiligidan farq qiladi, chunki u yerda FSG/LG yuqori bo‘ladi.

💊O‘rin bosuvchi terapiya (Hormone Replacement Therapy – HRT)
Agar ayol homiladorlik rejalamasayotgan bo‘lsa, asosiy davolash estrogen progesteron bilan o‘rin bosuvchi terapiya hisoblanadi.

1️⃣ Estrogen preparatlari
Maqsad — organizmga yetishmayotgan estrogenni berish.

Preparatlar:
• Estradiol
• Ethinyl estradiol
• Conjugated estrogens

Berilish shakllari:
tabletka, transdermal plastir, gel

Estrogenning foydasi:
• suyaklarni himoya qiladi
• hayz siklini tiklaydi
• jinsiy funksiyani yaxshilaydi
• yurak-qon tomir himoyasi

2️⃣ Progesteron qo‘shish
Agar bachadon mavjud bo‘lsa progesteron albatta qo‘shiladi, chunki estrogen yolg‘iz berilsa endometriy saratoni xavfi oshadi.

Preparatlar:
• Progesterone
• Medroxyprogesterone acetate
• Didrogesterone

Berilish sxemasi:
Siklik rejim
21 kun estrogen
oxirgi 10–12 kun progesteron

Natijada suniy hayz sikli paydo bo‘ladi.

Agar homiladorlik rejalansa
Bunday holatda oddiy ÕGT emas, balki ovulyatsiyani induksiya qilish kerak bo‘ladi.

Usullar:
1️⃣ Gonadotropin terapiyasi
• Follitropin alfa
• Lutropin alfa

2️⃣ GnRH pompasi
pulsativ Gonadotropin‑releasing hormone beriladi.

Bu usul ayniqsa gipotalamik amenoreyada juda samarali.

💊💉Davolashning asosiy maqsadlari

• Estrogen yetishmovchiligini bartaraf etish
• Hayz siklini tiklash
• Osteoporozni oldini olish
• Yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirish
• Jinsiy hayot sifatini yaxshilash

Muhim klinik qoida
Agar ayol 40 yoshdan oldin gipogonadizm bo‘lsa, estrogen terapiyasi odatda tabiiy menopauza yoshigacha (≈50 yosh) davom ettiriladi

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

Guruh:
4🔥1
💡Qadim zamonda aqldan ozgan odamlar bo‘yin shishigi bilan tasvirlangan.

⚠️Qadimgi Rusda bo‘yin shishigi borligi yosh ayolning homiladorligi deb hisoblangan.

"Agar Mona Liza portretiga qarasangiz, tug‘ruqdan keyingi gipotireoz klinikasini ko‘rish mumkin"
Bu 2018-yildagi tadqiqotlarda isbotlangan

Gipotireozda terining sariq bo‘lishi Vitamin A sintezining buzilishi bilan bog‘liq

🫧🫧Mukopolisaxaridlar - glikozaminglikanlar to‘planishi tufayli shish yuzaga keladi

🔊Gipotireozning eng ko‘p uchraydigan simptomi
🔉📢past va qo‘pol ovoz
❤️ bradikardiya
🫀sistolik bosimning pasayishi

Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo

Guruh:
👍5
2004-yilda italiyalik shifokor Vito Franco rasmni tahlil qilib quyidagilarni taklif qilgan:

Chap ko‘z qovog‘i ustida sarg‘ish dog‘ bor — bu ksantelazmaga o‘xshaydi.

Chap qo‘l bilagida kichik bo‘rtma tasvirlangan — bu bilak ksantomasiga o‘xshashi mumkin

Ushbu fikrlar gipotezadir. Yani aniq fakt emas. Sababi rassomning hayoliy surati va rasm chizilgandan buyon 500 yil davomida surat restavratsiya qilib kelingan.

Ksantoma va ksantelazma qondagi yuqori xolesterin sababli kelib chiqishi yana bir bor gipotireozga shubha uygʻotadi😉

@endocrinoo

Guruh:
👍2
#hazil_time

Biz ham bir yashasak maylimi 😂

@endocrinoo
😁9
Qalqonsimon bez kasalliklari bilan bemorlarni XKT (xalqaro kasalliklar tasnifi) (МКБ) 10 boʻyicha tashxislari

@endocrinoo
🔥1
XKT 10 boʻyicha qalqonsimon bez kasalliklari kodlari

Oʻzbekiston 80%, Fargʻona viloyati 78% yod defitsiti zonasida ekanini xisobga olsak endemik buqoq ( E-01 ) juda katta aholida mavjud.

Davolanmagan endemik buqoq esa Gipotireozga ( E-03 ) sabab boʻladi.

Koʻplab aholida ayniqsa ayollarda uchraydigan tugunli buqoq esa E-04 kodi bilan kiritilgan

Agar sizda zaharli buqoq (diffuz toksik buqoq) ( E-05 ) boʻlsa unda yod taqiqlanadi.

Agar sizda tomoq soxada qizarish, shish, isitma, xolsizlik mavjud boʻlsa bu tireoidit ( E-06 ) deyiladi

@endocrinoo
👍2🔥2
Amenoreya haqida

Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Amenoreya bu 3-6 oy davomida hayzning yoʻqligi.

🟢Yolgʻon amenoreya - hayz qoni bor lekin tashqariga chiqmaydi (bachadon,qin, bachadon boʻyni atreziyasi, bachadon yoʻqligi)

🟢Chin amenoreya - 1 lamchi va 2 lamchi boʻladi

1⃣Birlamchi - balogʻat yoshidagi qizda ikkilamchi jinsiy belgilar yoʻq (bor) lekin menarxe yoʻq:

- gonadalar disgeneziyasi
- moyaklar feminizatsiyasi sindromi ( morris sindromi, soxta erkak germafroditizmi)
- tuhumdonlar birlamchi gipofunksiyasi


Gonadalar disgeneziyasi shakllari:
- Shershevskiy Terner
- Yoyilgan shakl
- Aralash shakl
- Sof shakl(Svayer sindromi)

2⃣Ikkilamchi - avval hayz koʻrgan ayolda 6 oy davomida hayz yoʻqligi

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

Guruh:
🔥32
Forwarded from Lider student 🤍👩‍⚕️🧑‍⚕️ (𝓔𝓻𝓰𝓪𝓼𝓱𝓮𝓿𝓪 𝓝𝓪𝓼𝓲𝓫𝓪🦋)
Vaʼda qilingan EKG video darslik jildi 🌟


1. EKG: kirish 🌟
2. EKG tarmoqlari 🌟
1-qism
2-qism
3-qism
3. Normal EKG. Tishlar, intervallar va segmentlar 🌟
1-qism
2-qism
3-qism
3. Normal EKG ritm boshqaruvchisini aniqlash🌟
4. Sinus tuguni avtomatizmi buzilishi. Nomotrop aritmiya🌟
5. Ektopik ritmlar. Geterotrop aritmiya 🌟
6. Ekstrasistoliya🌟
1-qism
2-qism
7. Paroksizmal taxikardiya🩺
1-qism
2-qism
8. Boʻlmacha va qorinchalar qaltirashi va titrashi🩺
9. Qorinchalar erta qoʻzgʻalishi sindromlari 🩺

Kanalni koʻrish va doʻstlarga ulashish uchun ⤵️
https://t.me/liderstudentenn1606 ✈️✈️✈️✈️✈️✈️

Lider student bilan tibbiyotni tezda oʻrganing 💡
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Glikemik indeks haqida maʼlumot

@endocrinoo
1
Hayz sikli buzilishi boʻyicha tasnif

Amenoreya
✓ Davriy buzilishlar
✓ Bachadondan disfunksional qon ketishlar
✓ Algodismenoreya

@endocrinoo