Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.8K subscribers
3.83K photos
621 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Qandli diabet jiddiy kasallik emas uning asoratlari jiddiy. Bugun shu haqida yozilgan postlarni jamlab beraman.🖇

Asoratlar_turlari Bolalardagi_turlari

Statistika Tekshirish

Erkak_Ayollarda


🖇BUYRAK_ASORATLARI

Nefropatiya SBK_Gipoglikemiya

SBK_nazariya SBK_Statistika

Diabetik_nefropatiya DN_Bo'sag'a

SBK_Anemiya

BOSH MIYA VA NERV ASORATLARI🧠

Diabetik_ensefalopatiya

Diabetik_polineyropatiya_belgilari

Polineyropatiya_tavsiya. DT_sindrom

Diabetik_töpiq_sababi

DT_Turlari🦶 DPN_Oyoqdagi_yara

Demiyelinizatsiya. Oyoq_massaji🦶

Oyoq_uchun_tavsiya Tavsiya_2

Tavsiya_3 Plakat

🖇OSHQOZON ICHAK ASORATLARI

Gastrointestinal Gastrointestinal_2

🖇KO'Z ASORATLARI 👀

Retinopatiya. Retinopatiya_2

Retinopatiya_3 Kõrlik_statistika

Diabet_tishlar🦷 Diabet_Sil🫁

🖇YURAK ASORATLARI🫀

Diabetik_kardiomiopatiya

Diabetik_kardiomiopatiya💔

Tõsatdan_õlim🖤

🖇QON TOMIR ASORATLARI 🫀

Diabetik_Agiopatiya Angiopatiya_2

🖇TERI ASORATLARI🦠

Bakteriya_zamburuğ Dermopatiya

Yara_Ksantomalar

OG'IR ASORATLAR

Ketoatsidotik_koma

JINSIY ZAIFLIK HOLATLARI🫶

Diabet_erektil_disfunksiya

Testosteron_1 Testosteron_2

Tavsiyaga_mashg'ulotlar

Suzish 🏊 Jismoniy_mashqlar🏋

Sizlar uchun qilingan mehnatni qadrlashni 2 usuli bor
1)Oʻzingiz tavsiyaga amal qiling va sogʻlom boʻling.
2)Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashib ularning sogʻligiga ham yordam bering

#asorat lar haqida esa yozishda davom etaman.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
3
#asorat
Statistika

Endokrinolog : Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo )

2019-yilda diabet sababli oʻlim 1.5 mln nafar boʻldi. Bu insonlarning 48% qismi hali 70 yoshga kirmagan edi.

Shuningdek 460 000 buyrak kasalligidan vafot etganlarning ham oʻlim sababi sifatida diabet koʻrsatilgan.

Qonda qand koʻtarilishi 20% yurak kasalliklarining ham sababi boʻlmoqda.

2000-yildan 2019-yilgacha diabetdan oʻlim koʻrsatkichi 3% ga oshdi.
Oʻrtacha daromadi past mamlakatlarda bu natija 13% ga oshdi.

JSSTning 2023-yilgi sil kasalligi boʻyicha global hisobotiga koʻra, qandli diabet sil kasalligining asosiy omillaridan biri boʻlib, butun dunyo boʻylab 400 000 dan sal kamroq sil epizodlari diabet bilan bogʻliq.
Manba

Maʼlumot jiddiy tortish uchungina yozildi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muskullar qanday ish bajarishi haqida qisqa fakt videoda✏️

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
1👍1
Bolalar semizligi sababli qanday kasalliklar kelib chiqadi.
Barchasi rasmda ☝️☝️☝️

@endocrinoo
2
#homiladorlik da nima uchun yod preparatlari qabul qilinadi!!!!

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo )

📌📌 Agarda yod yetishmasa📌📌

1. Bolada aqliy rivojlanishda orta qolish. Nerv sistemasi shakllanishidagi kamchiliklar yuzaga kelishi mumkin.

2. Homilaning òzidan òzi tushishi yoki muddatdan avval tug'ruq yuzaga kelishi mumkin.

3. Bolada qalqonsimon bez yetishmovchiligi, jizzakilik, tushkunlik, uyquchanlik, xotira yomonlashishi.

4. Homilador ayolda bosh aylanishi, lanjlik, ba'zan yod yetishmasligi kuchli toksikozlarga olib kelishi ham mumkin.


Demak farzandimiz kelajakda yuksak aql egasi bòlishi uchun homilador ayollarimiz shifokor maslahati bilan yod qabul qilishi kerak.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
2
Wolf Chaykov effekti

Yodning ortiqchasini qalqonsimon bez uchun toksik taʼsiridan himoya qilish mexanizmi. Yurtimizda eng katta doza yod homiladorlarga ( 200 mkg ) buyuramiz.

Lekin dengiz va okeanlar ichida joylashgan Yaponiyada kunlik yodga talab 1000 mkg. Yani bizdan 5 barobar yuqori. Yod asosan dengiz oʻtlarida boʻlishini bilamiz.
Koʻp ichib qoʻydim shekilli degan gumoningiz boʻlsa bugundan bas qiling 😉

@endocrinoo
👍2😁1
Tanadagi eng birinchi oʻrinda turuvchi azo

Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Qalqonsimon bez inson organizmida qon bilan taʼminlanishi boʻyicha 1-o'rinda turuvchi azo. Oʻz hajmiga nisbatan 10 barobar koʻp qon bilan taʼminlangan.

Shu sababdan ham bezda operatsiya oʻtkazish zarur boʻlganda ancha jiddiy tayyorgarlik va malakali xirurg talab qilinadi.

@endocrinoo
🔥2
QIMMAT DORILARNING ARZON ANALOGLARI

•Kreon - Pankreatin
•Omez - Omeprazol

•Azimak - Azitroromitsin
•No-shpa - Drotaverin

•Futsis - Flukanazol
•Rotatsef - Seftriakson

• Lioton- Geparin
• Ambrosan - Ambroksol

❗️Yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
Papillomalar nima?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Papillomalar bu yaxshi sifatli hosilalar qatoriga kirib , asosan boʻyin, qoʻltiq osti, qovurgʻa osti, jinsiy azolar soxasida koʻp uchraydi.

Kelib chiqish sabablari:
•Semizlik

•Betartib jinsiy aloqa
•Immun tizimi sustligi
•Virusli infeksiyalar bilan koʻp kasallanish
•Gigiena qoidalarini qoʻpol buzilishi

Davolash har holat sababiga koʻra tanlanadi.
Ozish, virusga qarshi davolanish, gigienaga etibor berish, hirurgik aralashuv, lazerkoagulyatsiya, elektrokoagulyatsiya, kriodestruksiya

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
2🔥2
#hazil_time

6-sinfga biznes reja mavzusida uyga vazifa berilgan ekan

@endocrinoo
😁15🔥3👏1
Farzandli boʻlish ehtimoli yuqori va pastligi sabablari
#bepushtlik

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Farzandli boʻlish ehtimoli yuqori:

• 30 yoshgacha boʻlganlarda
• Anamnezda homiladorlik mavjudlar
• TVI 18 - 29.9 orasida boʻlganda
• Bepushtlik 3 yildan oshmaganlar
• Zararli odatlari (ichish, chekish, narkotik, psixotrop) yoʻqlar
• 2 chashkadan kam kofe ichuvchilar

Farzandli boʻlish ehtimoli past:

• 35 yoshdan oshganlar
• Anamnezda homiladorlik yoʻqlar
• Bepushtlik 3 yildan oshganlar
• TVI 18dan kam va 29.9dan ortiqlar
• Zararli odatlari mavjudlar
• 2 chashkadan koʻp kofe ichuvchilar

*TVI - Tana Vazn Indeksi

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬 Nomi: Yo'qolgan avtobus
📆 Yili: 2025
🔝 Reyting: IMDb: 7.0 KinoPoisk: 6.7

Hali oʻzim koʻrmaganman lekin kino haqida juda koʻp yaxshi tavsiyalarni koʻrganman

@endocrinoo
3
Hayz vaqtida ogʻriq boʻlishi haqida

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Predmenstrual sindrom (PMS) — hayzdan 7–10 kun oldin paydo bo‘lib, hayz boshlanishi bilan kamayadigan yoki yo‘qoladigan psixik, vegetativ va somatik belgilar majmuasi.

PMS belgilarini odatda 4 guruhga bo‘lib o‘rganishadi.

1️⃣ Neyropsixik belgilar
Eng ko‘p uchraydigan belgilar:
✓ Asabiylik
✓ Tez jahli chiqish
✓ Kayfiyat o‘zgarishi
✓ Depressiya
✓ Yig‘loqilik
✓ Uyqusizlik
✓ Charchoq
✓ Konsentratsiya pasayishi

2️⃣ Vegetativ-tomir belgilar
~ Bosh og‘rig‘i
~ Bosh aylanishi
~ Yurak urish tezlashishi
~ Qon bosimi o‘zgarishi
~ Ko‘ngil aynishi
~ Baʼzi ayollarda bu belgilar migren tipida ham bo‘lishi mumkin.

3️⃣ Somatik belgilar
• Ko‘krak bezlarida og‘riq (mastodiniya)
• Qorin dam bo‘lishi
• Tana vazni ortishi
• Mushak va bo‘g‘im og‘rig‘i
• Bel og‘rig‘i
• Holsizlik

4️⃣ Shish (edematoz) belgilar
√ Qo‘l-oyoq shishi
√ Yuz shishi
√ Qorin shishi
√ Tana vazni 1–2 kg ortishi
√ Bu holat suyuqlik ushlanishi bilan bog‘liq.

⚠️Predmenstrual sindromning juda og‘ir turi belgilari:
• kuchli depressiya
• agressivlik
• kuchli bezovtalik
• ijtimoiy faoliyat buzilishi

PMS uchun eng muhim xususiyat:
• belgilar hayzdan oldin paydo bo‘ladi
• hayz boshlanishi bilan yo‘qoladi

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

Guruh:
🔥3
Qalqonsimon bez UTT ( УЗИ ) da shunday koʻrinadi

@endocrinoo
1
📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Menstrual funksiyaning buzilishi — hayz siklining davomiyligi, muntazamligi, qon miqdori yoki hayz ko‘rishning umuman bo‘lmasligi bilan bog‘liq patologik holatlar majmuasi

1⃣AMENOREYA

Birlamchi amenoreya:
15–16 yoshgacha hayz boshlanmasligi

Ikkilamchi amenoreya:
Oldin hayz ko‘rgan ayolda 3–6 oy davomida hayz bo‘lmasligi.

2⃣Hayz siklining ritm buzilishlari

• Polimenoreya
sikl 35 kundan koʻp

• Oligomenoreya
sikl 21 kundan kam

• Opsomenoreya
juda kam keladigan hayz

3️⃣Hayz qon miqdori buzilishlari

• Gipermenoreya
hayz qonining ko‘p kelishi

• Gipomenoreya
qon miqdorining juda kamligi

• Menorragiya
uzoq davom etadigan kuchli qon ketish

4️⃣ Noaniq bachadon qon ketishlari

PALM ( organik sabab )
COEIN ( funksional sabab )

Bu haqida rasmda koʻring ☝️

5️⃣Og‘riq bilan kechuvchi hayz buzilishlari

√Algodismenoreya
Hayz paytida kuchli og‘riq.

Sabablar
• Endometriosis
• Bachadon spazmi
• Yalliğlanish kasalliklari

Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo

Guruh:
3
Diabetik polineyropatiya haqida juda koʻp rasm, video qildim. Bunisi ham ortiqchalik qilmaydi deb oʻyladim

Diabetiklarga ulashing azizlar

@endocrinoo
2
Bahor qiyomatning bugungi rangi

© Xayrulla Hamidov

@endocrinoo
👍3
📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Ikkilamchi gipogonadizm (sekundar gipogonadizm) — bu ayollarda tuxumdonlar aslida sog‘lom bo‘lsa ham, ularni boshqaradigan gipotalamus–gipofiz tizimi yetarli darajada ishlamagani sababli jinsiy gormonlar kamayib ketadigan holatdir.

Bunda asosiy muammo FSG va LG gormonlari yetishmasligi bo‘ladi. Natijada tuxumdonlar estrogen va progesteron ishlab chiqara olmaydi.

🧬Ikkilamchi gipogonadizm sabablari:

🖇Gipotalamus sababli
• Kuchli stress
• Juda ozib ketish (anoreksiya)
• Haddan tashqari sport
• Gipotalamus o‘smalari
• Tug‘ma GnRH yetishmovchiligi (masalan, Kallmann syndrome)

📎Gipofiz sababli
• Gipofiz adenomasi
• Gipofiz operatsiyasi yoki radiatsiya
• Shixan sindromi
• Gipofiz yetishmovchiligi

🩻Klinik belgilari
👩‍🦰Ayollarda quyidagilar kuzatiladi:
✓ Amenoreya yoki oligomenoreya
✓ Bepushtlik
✓ Libido pasayishi
✓ Ko‘krak bezlari kichrayishi
✓ Qin qurishi
✓ Osteoporoz rivojlanishi
✓ Issiq bosishi (estrogen yetishmovchiligi)

🔬Laborator belgilar🩸

FSG - past
LG - past
Estradiol - past
Prolaktin - baʼzan yuqori

Bu holat birlamchi tuxumdon yetishmovchiligidan farq qiladi, chunki u yerda FSG/LG yuqori bo‘ladi.

💊O‘rin bosuvchi terapiya (Hormone Replacement Therapy – HRT)
Agar ayol homiladorlik rejalamasayotgan bo‘lsa, asosiy davolash estrogen progesteron bilan o‘rin bosuvchi terapiya hisoblanadi.

1️⃣ Estrogen preparatlari
Maqsad — organizmga yetishmayotgan estrogenni berish.

Preparatlar:
• Estradiol
• Ethinyl estradiol
• Conjugated estrogens

Berilish shakllari:
tabletka, transdermal plastir, gel

Estrogenning foydasi:
• suyaklarni himoya qiladi
• hayz siklini tiklaydi
• jinsiy funksiyani yaxshilaydi
• yurak-qon tomir himoyasi

2️⃣ Progesteron qo‘shish
Agar bachadon mavjud bo‘lsa progesteron albatta qo‘shiladi, chunki estrogen yolg‘iz berilsa endometriy saratoni xavfi oshadi.

Preparatlar:
• Progesterone
• Medroxyprogesterone acetate
• Didrogesterone

Berilish sxemasi:
Siklik rejim
21 kun estrogen
oxirgi 10–12 kun progesteron

Natijada suniy hayz sikli paydo bo‘ladi.

Agar homiladorlik rejalansa
Bunday holatda oddiy ÕGT emas, balki ovulyatsiyani induksiya qilish kerak bo‘ladi.

Usullar:
1️⃣ Gonadotropin terapiyasi
• Follitropin alfa
• Lutropin alfa

2️⃣ GnRH pompasi
pulsativ Gonadotropin‑releasing hormone beriladi.

Bu usul ayniqsa gipotalamik amenoreyada juda samarali.

💊💉Davolashning asosiy maqsadlari

• Estrogen yetishmovchiligini bartaraf etish
• Hayz siklini tiklash
• Osteoporozni oldini olish
• Yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirish
• Jinsiy hayot sifatini yaxshilash

Muhim klinik qoida
Agar ayol 40 yoshdan oldin gipogonadizm bo‘lsa, estrogen terapiyasi odatda tabiiy menopauza yoshigacha (≈50 yosh) davom ettiriladi

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

Guruh:
4