Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Semizlikni asosiy sababi alimentar

Sizda vazn bormi demak sizda insulin yuqori

Lekin bunaqa 40 va 100 lar endi oʻta daxshatli natijada

Aslida Homa indeksiga solinsa 15 ham bazan koʻp (normasi 3-25 )

@endocrinoo
2🔥1👏1
#hazil_time

Oʻsha choyni tasir mexanizmi mana shu koʻk skoch kabi

@endocrinoo
😁131🔥1
Erkaklik gormoni testosteron qanday vazifalarni bajaradi?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir (@endocrinoo)

Oqsil sintezini kuchaytirib muskul massasini oshiradi
Suyak hosil boʻlishida qatnashadi
Lipoliz (yogʻlar erishini) kuchaytiradi
Eritropoez(qon hosil boʻlishi)mi oshiradi
Qon hosil boʻlishida qatnashadi
Hotira va anglash qobiliyatini meyorlashtiradi
Insulinrezistentlikni kamaytiradi

Jinsiy tasirlari:
Spermatogenezni aktivlaydi
Ovoz yoʻgʻonlashuvi
Soqol va tuklar chiqishini oshiradi
Balogʻatga yetish va jinsiy farqlanishni taminlaydi
Erkaklik harakteri shakllanadi

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
2👍1👏1
Qalqonsimon bezni operatsiya qilganda yuzaga keluvchi asoratlardan biri OVOZ BOʻGʻILISHI

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Statistikaga koʻra qalqonsimon bezda oʻtkazilgan operatsiyalar natijasida 0.2 - 2 % holatda ovozda oʻzgarish kuzatiladi.

Buning sababi nervus recurrensga shikast yetishidir. Shu sababli ham hirurgdan kuchli ogohlik talab qilinadi.

Odatda bunaqa asorat 1 oylarda oʻtib ketishi kerak. Tuzalish boʻlmaganda ovoz terapiyasi oʻtkaziladi.

6- 12 oyda oʻtib ketmasa va davolash samara bermasa operativ usulda davolanadi. Bunda laringeal reinnervatsiya amalga oshiriladi.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
🧕Glukometrda o'lchagandim saxrim 18 chiqdi. Endi uni 2 ga boʻlarkanman
👨‍⚕Kim aytdi?
🧕Endokrinologim...

Sizda ham shunaqa boʻlganmi, hurmatli diabetiklar?

Nega glukometr toʻgʻri oʻlchaydi:
📟Sababi hozirgi zamonaviy glukometrlarning deyarli hammasi plazma ekvivalentiga kalibrovka qilingan

📈📉Glukometr qancha hato qiladi?
🩸Qachon natija hato chiqishi mumkin?
🔬Qachon taxlilni laboratoriya bilan taqqoslab koʻrish kerak?
Chiqqan natijani boʻlish kerakmi?

Shu kabi savollar rasmda keltirilgan ☝️

@endocrinoo

Guruh:
👍21
Ozish uchun foydali odatlar

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥3👍2
Autoimmun kasallik nima?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Autoimmun kasallik – bu immun tizimi o‘z tanasining sog‘lom hujayralarini yot (begona) deb tanib, ularga qarshi hujum qiladigan holatdir. Odatda immun tizimi virus, bakteriya kabi tashqi xavflarga qarshi kurashadi, ammo autoimmun kasalliklarda bu tizimda xatolik yuz beradi.

Autoimmun kasallik qanday rivojlanadi?

Immun tizimi antitanachalar (antibodies) ishlab chiqaradi. Sog‘lom holatda ular virus yoki bakteriyani yo‘q qiladi. Ammo autoimmun holatda immun tizimi:

❗️O‘zining sog‘lom to‘qimalarini begona deb tan oladi

❗️Ularga qarshi antitanachalar ishlab chiqaradi

❗️Shu bilan organizmning o‘z a'zolari va tizimlariga zarar yetkazadi

🟩Autoimmun kasalliklarning sabablari:

To‘liq aniq emas, lekin quyidagilar rol o‘ynashi mumkin:

📌Genetik moyillik (oilaviy tarix)
📌Virus yoki infeksiyalar
📌Gormonal omillar (ayollar erkaklarga qaraganda ko‘proq zarar ko‘radi)
📌Stress va ekologik omillar
📌Ba’zi dorilar yoki kimyoviy moddalarga ta’sir


Ko‘p uchraydigan autoimmun kasalliklar:
⚠️Qandli diabet 1-tur
⚠️Revmatik artrit
⚠️Sistemali qizil yugurik
⚠️Hashimoto tireoiditi
⚠️Diffuz toksik buqoq
⚠️Psoriaz

❇️Umumiy belgilari (hamma kasalliklarda bo‘lmasligi mumkin):

1⃣Surunkali charchoq
2⃣Mushak og‘rig‘i
3⃣Tana haroratining ko‘tarilishi
4⃣Teri toshmalari
5⃣Soch to‘kilishi
6⃣Organlar faoliyatida buzilish

🔬Tashxis qo‘yish:

🩺Klinik ko‘rik (shifokor tomonidan)

🩸Qon tahlillari (ANA testi, CRP, ESR, antitelalar)

🩻UTT, MRT yoki boshqa tekshiruvlar

💊Davolash usullari:

Autoimmun kasalliklar butunlay tuzalmasligi mumkin, lekin simptomlarni nazorat qilish mumkin:

1. Yallig‘lanishga qarshi dorilar (NYQV, steroidlar)

2. Immunosupressorlar – immun tizimini susaytiradi

3. Biologik terapiya – aniqlashtirilgan dori vositalari (ko‘proq revmatik artritda)

4. Simptomatik davolash (og‘riqni kamaytirish, organ funksiyalarini tiklash)


🏃‍♂‍➡️🏃‍♀Hayot tarzi bo‘yicha tavsiyalar:

Sog‘lom ovqatlanish
Stressni kamaytirish
Harakatli turmush tarzi
Uyqu rejimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish
Shifokor nazorati ostida bo‘lish

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
2👍2
#hazil_time

Tepadagi postga hazil misol

@endocrinoo
1
Qalqonsimon bez kistasi nima?

📝Endokrinolog : Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo )

Qalqonsimon bezda (QB) odatda 90% holatda tugunlar yaxshi sifatli boʻladi. Shulardan bir turi bu QB kistasi.

Kelib chiqish sabablari:
--Gormonal disbalans
--Selen va yod yetishmasligi
--Nasliy moyillik
--Ekologiyaning yomon taʼsiri
--Toksik zararli taʼsirlar

Shuningdek: stress, immunitet tushishi,endokrin bezlar patologiyasi, autoimmun jarayon.

Diagnostika:
--Dastlab ultratovush tekshiruvi (UTT) qalqonsimon bez uchun
--Biopsiya - agar tugun oʻlchami 10 mm dan katta boʻlganda zarur tekshiruv
--Gormonlar taxlili : TTG, T4(erkin),T3 AT-TPO

Shuningdek: bronxoskopiya, angiografiya, KT

Davolash: 2 turda olib boriladi
-- Konservativ 💊
Qalqonsimon bez gormonlari, yod, so'rdiruvchi terapiya

-- Hirurgik🔪
Bu usul ham 2 turdan boʻladi:

1- maloinvaziv usulda ingichka maxsus igna orqali kista suyuqligi tortib olinadi

2- qalqonsimon bez boʻlagi olib tashlanadi
Gemitireoidektomiya - qalqonsimon bez 1 boʻlagi olib tashlanadi
Subtotal strumektomiya - qalqonsimon bez 2 boʻlagi ham olib tashlanadi

Qalqonsimon bez olib tashlanganda qalqon oldi bezi ham olib tashlanadi.
Natijada keyinchalik vitamin D va kalsiy ham qoʻshimcha sifatida ichib turiladi.
Agar qalqonsimon bez toʻliq olib tashlangan boʻlsa davomiy qalqonsimon bez gormonlari ichib turiladi ( eutiroks, l-tiroksin, levotiroksin natriy)

Kista haqida avvalgi post

Oʻzingizni professionallarga topshiring

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
#hazil_time

⚠️18+ hazillar ruknidan

@endocrinoo
😁5🤔1
Yod tanqisligini belgilari
Yodni dozalash

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
2
#hazil_time

Hayrli tong 3 metrlar😁

@endocrinoo
😁13
semirtiruvchi TOP 5 maxsulotlar

Semirish uchun nima qilay deydiganlarga yuboramiz

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
1
#hazil_time

Baho evolyutsiyasi 😁

@endocrinoo
😁15
📍Erkaklar gormoni testosteronni qanday ko'paytirish mumkin?


⚠️Testosteron kamligining belgilari!

🔻Depressiya
🔻Impotensiya (Jinsiy moyillik) kamayishi
🔻Semizlik
🔻Feminizasiya (tanadagi tuklarning to'kilishi) va ginekomastiya (sut bezlarining kattalashuvi)
🔻Mushaklar massasini kamayishi
🔻Xotira buzilishi.

Testosteronni uy sharoitida ko'paytiramiz!

💊Rux mikroelementi - testosteron ishlab chiqarish bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liq. U dengiz mahsulotlari, baliq, yong'oq, urug'lar — kungaboqar va qovoq, pishloq, baʻzi sabzavotlarda ko'p bo'ladi.
🧋Qahva isteʻmolini cheklash - muntazam qahva isteʻmol qilish testosteron miqdorini kamaytiradi.
😴 Uxlash - testosteron miqdorini ko'paytirishda kuniga 7-8 soat uxlash tavsiya etiladi.
Quyoshda toblanish - bu usul ham testosteron miqdorini oshiradi

@endocrinoo
Assalomu alaykum kanalimizning aziz kuzatuvchilari

Sizlarga ajoyib tibbiy kanal topib keldim. U yerda siz Endokrinologik kasalliklar haqida maʼlumot olish bilan birga shifokorlar tomonidan bepul onlayn konsultatsiya ham olishingiz mumkin.

🟢Semizlik
🔴Qalqonsimon bez kasalliklari
🟡Soch toʻkilishi
🟠Hayz buzilishi
🔵Bepushtlik
🟣Qandli diabet
⚫️Qandli diabetda parxez
🟡O'sishdan orqada qolish
⚪️Ozgʻinlik va umuman barcha gormonal buzilish holatlariga yuqori malakali shifokor tomonidan malumotlar olishingiz mumkin.

Azo boʻling afsus qilmaysiz

https://t.me/endocrinoo 👈 kanal manzili
#hazil_time

Talaba muammosidan 😁

@endocrinoo
😁6
➡️Onkologiya va Nos chekish

🟠 Dori biznesining eng katta va o‘yinlarga to‘la ulushi aynan Onkologiyani qamrab oladi. Prezidentimiz ham bu haqida : "Onkologiyaga davlat tomonidan dorilar ajratilayotgan bo‘lsada, bemorlar shu dorilarni ko‘chadan 10-15 barobar qimmatga sotib olmoqda" deb yig‘ilishlarida aytdilar.

🟠 O‘zbekiston onkologlari kuni kecha rakka olib keluvchi eng ko‘p omillarni sanab o‘tdilar.

🆘Ular ichida erkaklar chekuvchi Nos ni aloxida takidlab o‘tdilar. Nos tarkibiga kley, kalsiy gidroksid qo‘shilishi va buni uzoq vaqt chekish natijasida erkaklarda onkologik kasalliklar, xususan, og‘iz bo‘shlig‘i, xalqum xiqildoq, qizilo‘ngach va oshqozon raklari ko‘payib ketayotganini ma’lum qildilar.

⚡️ Noskashlar, joningizdan umidingiz bo‘lsa bugunoq bu zaxar zaqqumdan voz keching!

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😁1
#hazil_time

Talabalar sessiya paytida

Kimga yuborishni bilasiza😁
@endocrinoo
😁6
Semirish uchun nima qilay?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo )

Eng avvalo, gastroenterolog shifokor koʻrigidan oʻtib, oshqozon va ichaklarni tekshirtiring.
✔️ Har kuni ichingiz ravon kelib turishini nazorat qiling. Insonning ichi kelmasa ovqat yegisi kelmaydi.
✔️ Uygʻongan zahotingiz bir stakan qaynagan suv iching.
✔️ Har kuni nonushtada sariyogʻli non, sutli shirin choy, tuxum yoki mannali boʻtqalar taomnomangizdan oʻrin olishi kerak.
✔️ Semirish uchun kun davomida kamida 300 gramm non, smetana yoki qaymoq, somsa, osh, yogʻli taomlar, qovun-tarvuz, hoʻl mevalar, turshak yeyishingiz darkor.
✔️ Qizil lavlagili salatlarga yongʻoq, mayiz qoʻshib iste’mol qiling. Imkon qadar koʻproq ovqat yeng.
✔️ Nazarimda, sizni nevroz, ya’ni asabiylashish xastaligi qiynaydi. Asabiylashmang, ana shunda ham semirasiz, ham hayotingiz yanada zavqli boʻladi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5😁2