Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Qalqonsimon bezga zararli bo'lgan ichimliklar

❗️barcha shirin ichimliklar;
❗️alkogolning barcha turlari;
❗️alkogolsiz “energetik ichimliklar”
❗️kuchli qaynatilgan choy.

Avvalroq zararli taʼsir qiluvchi tiosianatlar haqida ham yozgan edim.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍51
📝Endokrinolog : Fayzullayev Jahongir

Berr simptomi-tirsaklar va tizzalar sohasidagi nosimmetrik qorayish (giperpigmentatsiya) va terining quruqlashishi.("iflos" tirsaklar va tizzalar simptomi bilan sinonimdir).

Epidermisning haddan tashqari keratinizatsiyasi va qalinlashishi tufayli paydo bo'ladi. Ta'sir qilingan joy teginish uchun qo'pol va yoriqlar paydo bo'lishi mumkin.

Ta'sirli hududlardagi teri iflos kulrang rangga ega.

Quyidagi kasalliklarda kelib chiqadi:
Gipotireoz (qalqonsimon bez kasalligi)
Qandli diabet
Meda ichak yoʻli kasalliklari
Zamburugʻli kasalliklar
Teri kasalliklari ( atopik dermatit , ixtioz , sklerodermiya )

Shuningdek
A,D,E,C vitaminlar kamligi
Mavsumiy faktorlar : harorat ortishi , qalin qattiq kiyimlar kiyish ,
Mexanik sabab : doimiy oʻtirib ishlash ( tirsakni ishqalanishi )

Diagnostika:

UTT qalqonsimon bez
Endokrinolog koʻrigi
Dermatolog koʻrigi
Gastroenterolog koʻrigi

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍21👏1
Covid-19 qandli diabetga sabab boʻlishi isbotlandi

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Kilya ismli shifokor Sars-cov-2 sababli 19-yoshli Finne Gnadtda qandli diabet 1-turi kelib chiqqanini isbotladi.

Bemorda insulinga bogʻliq diabet(1-tur) kelib chiqdi lekin uning qonida otoantikorlar aniqlanmadi.

Xozirda sabab sifatida kovid-19 sabab qilib koʻrsatilmoqda lekin toʻliq hulosa qilishga hali ekanini ham aytishmoqda

Manba: Naked Sciense

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
1
Endilikda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzganlik BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shu kungacha mazkur huquqbuzarlik uchun BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima belgilangan edi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yoki ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 200 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.

Ilgari bu jarimaning eng kam miqdori BHMning 100 baravarini tashkil etishi belgilangan edi.

@endocrinoo
1
Ozgʻin-semiz bular kimlar?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Skinny fat - sarkopenik semizlik ( ozgʻin semiz) bu tashqi tarafdan normal koʻringan insonning aslida semiz ekanligi.
Hozirda tana vazn indeksiga koʻra semizlikka tashxis qoʻyiladi. Bu usulning kamchiligi esa sizda boʻy va vazn xisobga olinadi holos. Rasmdan ham koʻrinadiki ikkala bolada ham vazn bir hil lekin biri tashqi tarafdan semizdek. Tanadagi muskul va yogʻ nisbati va foizini bilmas ekansiz ozgʻin koʻringan hammani normal vaznda deb qabul qilasiz.

Sarkopenik semizlikda muskul miqdori va kuchi pasayadi. Yogʻ miqdori esa ortadi: erkaklarda tananing 25% qismidan, ayollarda 35% qismidan ortishi.

65 yoshdan soʻng erkaklarda 10%, ayollarda 14% sarkopenik semizlik uchraydi.

Kelib chiqish sabablari
•Hayot tarzi( notoʻgʻri ovqatlanish, kam harakatlik)
Vitamin D yetishmasligi
•Nevrologik buzilish (parez,paralich)
•Uzoq vaqt bir joyda yotish

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👏21🔥1
Potensiyani yaxshilaydigan mahsulotlar ro'yxati

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Avvalo, oqsil va vitaminlarga boy ovqatlarga e'tibor berishni tavsiya etaman.

O'z sog'lig'i haqida qayg'uradigan erkakning ratsionida quyidagi mahsulotlar bo'lishi kerak:

1️⃣ Dengiz mahsulotlari.
2️⃣ Bug'langan daryo baliqlari.
3️⃣ Tovuq va mol go'shti.
4️⃣ Kam yog'li fermentlangan sut mahsulotlari.
5️⃣ Sabzavotlar va mevalar.
6️⃣ Shakar o'rniga asal.
7️⃣ Yalpizli choy.
8️⃣ Yong'oq.

Reproduktiv tizimning sog'lig'iga qo'shimcha ravishda, bunday parhez yurak va ichaklarning faoliyatini yaxshilaydi, tana va miyani sergak holatda ushlaydi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
1👍1
Halqimizda katta vaznli chaqaloq dunyoga kelsa qo'chqordek oʻgʻil yoki pahlavon qiz tugʻildi deb hursand boʻlish holati kuzatiladi.
Hursandchilik oʻz yoʻliga lekin bu boshqa tarafdan signal ham xisoblanadi.
Yani 4kgdan ortiq tugʻilgan bolalarni va onalarni qandli diabetga skrining qilib turish zarur sababi esa quyidagicha:
Homila 9-12 haftagacha meda osti bezi faoliyat olib bormaydi yani endigina rivojlanishda boʻladi. Bu vaqtda ona shirinliklar, glukozaga boy maxsulotlar isteʼmoli bolaga ham glukozani yoʻldosh orqali oʻtishiga sabab boʻladi. Afsuski onaning insulini bolaga oʻtmaydi.
Natijada bolada glukoza xisobiga azolar kattalashishi , gipertrofiya rivojlanadi.
Glukozaning toksik taʼsiri ostida bolada letsitin sintezi yetishmasligi kelib chiqadi va tugʻilgan bolada respirator distress sindromi ham kelib chiqish ehtimoli yuqori boʻladi.

Yuqoridagi suratda☝️ barchasi koʻrsatilgan
Glukoza , keton tanachalar onadan bolaga oson oʻtadi, insulin esa yõq

Kanalga aʼzo boʻling
Yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
🔥3👏3
Davomi☝️☝️☝️....
Keyinchalik onada qandli diabet paydo boʻlish ehtimolligi esa 25%ga ortadi( jsst statistikasi )

Ps. Insulinning vazifasi glukozani hujayraga kiritishdir.

Respirator distress sindromi esa o'pkalar oʻz vazifasini toʻliq bajara olmaydi , bolada asfiksiya( nafas yetishmasligi ) kuzatiladi. Surfaktant - oʻpkaning alveolalari kengashini taminlovchi modda yetishmasligi paydo boʻladi natijada oʻpka toʻliq kengayib qisqara olmaydi.

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥2👏21
#asorat

Qandli diabetda polineyropatiya va angiopatiya sababli kelib chiqishi mumkin boʻlgan asoratga qarshi chora tadbirlar

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

•Vanna qilishda 40C° dan issiq suv ishlatmang
•Qattiq oyoq kiyim kiymang
•Paypoqlar rezinkasi qismasligi zarur
•Chekish va zararli odatlardan voz keching
•Yalangoyoq yurmang

•Oyoqlarni koʻzgu yordamida ost qismiga ham etibor bering
•Oyoq mashqlari qoʻllang
•Tozaligiga etibor bering

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
1🔥1
#hazil_time

Mendan nega aynan shifokor bo'lganimni koʻp soʻrashadi.

Sababi esa oddiy, shunchaki erkin boʻlishni xoxlagim uchun.
Xoxlasam ertalap 6 da ishga boraman, xoxlasam 12 da qaytaman ishdan(kechasi), bazan bormasligim ham mumkin (uyga).

Eng zoʻr joyi yakshanba ham ishlashim mumkin.


@endocrinoo
😁196🔥1
Osteoporoz va Qandli diabet

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Osteoporoz suyak xosil boʻlishidan parchalanishining ustunligi boʻlib bu holat diabetda bir necha barobar yuqori boʻladi.

1-tur diabeti bor odamlarda sogʻlom odamga nisbatan osteoporoz 6.9 barobar koʻp uchraydi.
2-tur diabetda esa 1.4 barobar koʻp.

Diabetda giperglikemiya va oksidlovchi stress sababli suyak matritsasida buzilishlar kechadi. Egiluvchanligi kamayadi. Yengil harakat natijasida ham sinish boʻlishi mumkin boʻladi.

1-tur diabetda osteoblastlar faoliyati buzilishi ortadi, suyak shakllanishi buziladi. Bunga doimiy insulin yetishmasligi, insulinga oʻxshash oʻsish omili va sklerostin konsentratsiyasi oshishi sabab boʻladi.

2-tur diabetda suyak shakllanishi yaxshi boʻlsa ham tabiiy yangilanishi sekin boʻladi. Natijada suyak teshiklari ortadi , moʻrtligi kuchayadi.

Davolash Endokrinolog va travmatolog bilan.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
4👏2
Semizlikni asosiy sababi alimentar

Sizda vazn bormi demak sizda insulin yuqori

Lekin bunaqa 40 va 100 lar endi oʻta daxshatli natijada

Aslida Homa indeksiga solinsa 15 ham bazan koʻp (normasi 3-25 )

@endocrinoo
2🔥1👏1
#hazil_time

Oʻsha choyni tasir mexanizmi mana shu koʻk skoch kabi

@endocrinoo
😁131🔥1
Erkaklik gormoni testosteron qanday vazifalarni bajaradi?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir (@endocrinoo)

Oqsil sintezini kuchaytirib muskul massasini oshiradi
Suyak hosil boʻlishida qatnashadi
Lipoliz (yogʻlar erishini) kuchaytiradi
Eritropoez(qon hosil boʻlishi)mi oshiradi
Qon hosil boʻlishida qatnashadi
Hotira va anglash qobiliyatini meyorlashtiradi
Insulinrezistentlikni kamaytiradi

Jinsiy tasirlari:
Spermatogenezni aktivlaydi
Ovoz yoʻgʻonlashuvi
Soqol va tuklar chiqishini oshiradi
Balogʻatga yetish va jinsiy farqlanishni taminlaydi
Erkaklik harakteri shakllanadi

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
2👍1👏1
Qalqonsimon bezni operatsiya qilganda yuzaga keluvchi asoratlardan biri OVOZ BOʻGʻILISHI

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Statistikaga koʻra qalqonsimon bezda oʻtkazilgan operatsiyalar natijasida 0.2 - 2 % holatda ovozda oʻzgarish kuzatiladi.

Buning sababi nervus recurrensga shikast yetishidir. Shu sababli ham hirurgdan kuchli ogohlik talab qilinadi.

Odatda bunaqa asorat 1 oylarda oʻtib ketishi kerak. Tuzalish boʻlmaganda ovoz terapiyasi oʻtkaziladi.

6- 12 oyda oʻtib ketmasa va davolash samara bermasa operativ usulda davolanadi. Bunda laringeal reinnervatsiya amalga oshiriladi.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
🧕Glukometrda o'lchagandim saxrim 18 chiqdi. Endi uni 2 ga boʻlarkanman
👨‍⚕Kim aytdi?
🧕Endokrinologim...

Sizda ham shunaqa boʻlganmi, hurmatli diabetiklar?

Nega glukometr toʻgʻri oʻlchaydi:
📟Sababi hozirgi zamonaviy glukometrlarning deyarli hammasi plazma ekvivalentiga kalibrovka qilingan

📈📉Glukometr qancha hato qiladi?
🩸Qachon natija hato chiqishi mumkin?
🔬Qachon taxlilni laboratoriya bilan taqqoslab koʻrish kerak?
Chiqqan natijani boʻlish kerakmi?

Shu kabi savollar rasmda keltirilgan ☝️

@endocrinoo

Guruh:
👍21