Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Bir farmon taraldi: "Ey dunyodagi
Jamiki yomonlar, to'planing tezda!"
Aniqki, bironta odam bolasi
Ishtirok etmadi ushbu majlisda.

So'ng farmon taraldi: "Ey dunyodagi
Jamiki yaxshilar, to'planing qani..."
Bu gal ham natija hayratli edi -
Jur'at qilmas edi hech kim borgani...

© Xayrulla Hamidov

@endocrinoo
🔥91
Avval semiradi keyin boʻyiga choʻziladi. Shu rostmi?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Semizlik (yoki ortiqcha vazn) boʻy oʻsishiga ta'sir qilishi mumkin, ayniqsa bolalar va oʻsmirlar orasida. Bu taʼsir bevosita emas, balki bilvosita omillar orqali yuzaga chiqadi. Quyidagi sabablarga koʻra semizlik boʻy oʻsishida orqada qolishga olib kelishi mumkin:

1. Gormonal muvozanat buzilishi

Semizlik gormonlar, ayniqsa insulin, leptin va oʻsish gormoni (growth hormone) muvozanatiga taʼsir qilishi mumkin. Masalan:

Oʻsish gormoni: Semiz bolalarda ushbu gormonning ishlab chiqilishi yoki taʼsiri kamayishi mumkin, bu esa boʻy oʻsishini sekinlashtiradi.

2. Suyaklarning erta yopilishi (pubertal timing)

Ortiqcha vaznli bolalarda jinsiy yetilish erta boshlanishi mumkin. Bu holatda:

Suyak plastinkalari (epifiz) erta yopilib, oʻsish erta toʻxtaydi.

Natijada bola dastlab tezroq oʻsadi, lekin keyinchalik boʻyi kutilganidan pastroq boʻlib qoladi.

3. Harakatsizlik

Semiz bolalar odatda kamroq harakat qiladilar, bu esa mushak-suyak tizimining normal rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi.

4. Ovqatlanish sifati

Ortiqcha kaloriyali, lekin ozuqaviy moddalarga kambagʻal ovqat (masalan, fastfud) suyak va tana oʻsishi uchun zarur vitaminlar (D vitamini, kaltsiy, rux va boshqalar) yetishmasligiga olib keladi.


Xulosa:
Semizlikning oʻzi toʻgʻridan-toʻgʻri boʻy oʻsishini toʻxtatmaydi, lekin u orqali yuzaga keladigan gormonal oʻzgarishlar, suyaklarning erta yopilishi, harakatsizlik va noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli bolaning boʻy oʻsishi orqada qolishi mumkin.

Agar siz yoki yaqinlaringizda shunday holat boʻlsa endokrinologga murojaat qilish foydali boʻladi. Yaxshi parhez va jismoniy faollik koʻplab salbiy taʼsirlarni bartaraf etishi mumkin.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍31👏1
#tibbiy_fakt

Inson umri davomida 27000 kg ga yaqin oziq-ovqat iste'mol qiladi, bu taxminan 6 ta filning vazniga to'g'ri keladi.

@endocrinoo
👍41🤔1
#afsona

Men semiz emasman, suyagim yoʻgʻon

@endocrinoo
😁152💯2👍1👏1
🟡 400 kg og'irlikdagi erkakning rentgenogrammasi

🔘Ko'rib turganingizdek, uning "suyagi yo‘g‘on" emas.😉


@endocrinoo
😁81
Metforminni qoʻllash boʻyicha koʻrsatmalar

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

📌Qoʻllanishi
Semizlik
Prediabet
Qandli diabet 2-tur
Insulinrezistentlik
Tuhumdon polikistozi

💊Dozalash
Dastlab 500-1000 mg dan 1 yoki 2 mahal ovqatdan soʻng 10 kun.

Agar medada nojoʻya taʼsirlar kuzatilmasa doza oshiriladi.

Kunlik oʻrtacha doza 1500 mg.
2000 mg doza berishda natija avvalgidan yaxshi emasligi isbotlangan.
Kunlik maksimal doza 2550 yani 850 dan 3 mahal

Agar nojoʻya taʼsirlar kuzatilsa metformin tarkibli boshqa doriga oʻtkaziladi.

‼️Nojoʻya taʼsirlari
Koʻngil aynishi, qayt qilish, oshqozon soxada diskomfort, meteorizm, ishtaxa pasayishi, ogʻizda metal tami, vitamin b12 yetishmasligi.

Qonda maksimal konsentratsiyasi 2.5 soat, tasir davomiyligi 6-10 soat

Dori nomiga SR yoki XR qoʻshilsa bu tasiri uzaytirilgan degani

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍42
Grechka va Diabet

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Deyarli diabetiklar grechka juda foydali deb hisoblaydi. Xoʻsh aslida ham shundaymi? Buni bilish uchun yana uning tarkibiga qiziqamiz.

100 gr mahsulotda
- Oqsil 12.6 gr
- Yogʻ 3,3 gr
- Uglevod 57.1 gr
Kaloriyalikligi 330 kkal🔥

Glikemik indeksi 50 atrofida ( qanday shaklda tayyorlashga koʻra oʻzgaradi )

Tarkibidagi minerallar rasmga koʻrsatilgan

Tavsiya: qizarib yetilgan dondan koʻra yashil don sizning diabetingiz uchun nisbatan zararsiz. Grechkani suvga (qatiqqa) 2-3 soatga uyutib qoʻyib isteʼmol qilsangiz boʻladi. Kunlik isteʼmol 100 grdan ortmasa va uni ham oqsil mahsulotlari bilan birga qabul qilsangiz katta havf yoʻq.

#afsona : grechka saxrni tushiradi!
Yoʻq aksincha barcha mahsulotlar kabi koʻtaradi, faqat yuqori darajada emas

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
2👍2🔥1
⚠️Qandli diabetda foydasi uyoqda tursin ancha zararli mahsulot ⚠️

@endocrinoo
🔥21
Hurmatli ayollar, goʻzal opa singillar bayramingiz muborak boʻlsin 🌺🌸

@endocrinoo
17❤‍🔥8🔥3👍1🥰1
Qonimda shamollash bor ekan
#analiz

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Halqimiz orasida (bu asosan shifokor gapidan soʻng paydo boʻluvchi) notoʻgʻri termin va tushuncha mavjud. Bu meni qonimda shamollash bor ekan degan gapdir.

Bu termin Eritrotsit choʻkish tezligi (ECHT🇺🇿 , ESR 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿, СОЭ 🇷🇺) aslida.

ECHT – eritrotsitlar cho‘kish tezligi

Eritrotsitlar cho‘kish tezligi – qon analizida qonning ikki qismga ajralish tezligini ko‘rsatadi, ya’ni plazma (yuqorigi) va shaklli elementlar (pastki). Bu ko‘rsatkich eritrotsitlar, globulinlar va fibrinogenlar miqdoriga bog‘liq. Bu qizil qon tanachalari qancha ko‘p bo‘lsa, ular shuncha sekin cho‘kadi degan ma’noni anglatadi. Globulin va fibrinogen miqdori oshishi esa eritrotsitlar cho‘kish tezligini tezlashtiradi.

Unutmang qonda shamollash kuzatilmaydi. ECHT deyarli barcha kasalliklarda ⬆️ ortadi, sanoqli kasalliklardagina kamayishi kuzatiladi.

ECHT pasayadi:⬇️
•Vakez kasalligi
•Surunkali qon aylanishining
yetishmovchiligi
•Virusli infeksiya.

Norma:
Ayollarda 2-15 mm/ soat
Erkaklarda 2-10 mm/ soat

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
7👍2🔥1
#hazil_time

Hozirgilar yoshlikdan shunday

@endocrinoo
😁111🔥1🥰1
#bepushtlik

Bolasi bepusht boʻlishi ularga ahamiyatsizmi ?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Sizning farzandingiz bor. Farzandingiz ham farzandli boʻlishi adolatdan boʻladi a menimcha. Hozirgi aytmoqchi boʻlgan kasalligim GIPOGONADIZM.

Surat internetdan olindi.
Bunday kasallik bilan bolalarning eng katta muammo bepushtlik xisoblanadi.

Bolada kuzatiladigan belgilar:
1- semizlik
2- jinsiy azo kichikligi
3- oʻqishga layoqatsizlik
4- sport va jismoniy mehnatda sustlik
5- uyquchanlik
6- hotira sustligi
7- ikkilamchi jinsiy belgilar yoʻq (yoki kechikishi)
8- umuman olganda har jabhada bola sustligi

Shu kunga qadar bunday bemorlarda 10 ga yaqinini koʻrdim. Kattalari 13, 17 yoshda edi. Eng qiziq tomoni shu yoshgacha nega ota-onasi bu haqida qaygʻurmaganida. Va bundan ham yomoni kelajagi soʻroq ostida ekanini uzoq vaqt tushuntirishimga qaramay shularda 90% qismi analizlar qilmagani va koʻrikka qayta kelmagani.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥53
Nedir, halovatni yo'qotdim tubdan,
Umr borasida qochdi uquvim.
Jasadim haqida o'ylasam obdon,
Sochim tolasidan ko'proq qo'rquvim.

Ey, meni titratgan ilohiy qasam,
Bas, yetar, orom ham asabga tegar.
Uyg'otgin agarda uxlagan bo'lsam,
O'ldir uyg'oqlim shu bo'lsa agar!

©️Xayrulla Hamidov

@endocrinoo
👍7🔥4❤‍🔥21🥰1