Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Mevalarda qancha shakar bor

@endocrinoo
👍93🔥2👏2
Oʻsmir qizlarda vazn ortishi global muammoga aylanib ulgurdi.

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Hozirda taraqqiyot sabab koʻplab yoshlar ham jismoniy mehnat, harakatdan oʻzlarini cheklashgan.
Yaqin masofaga ham mashinada borish, fast-foodlar, jismoniy mehnat yoʻqligi va yana koʻplab sabablar tasirida bolalar orasida semizlik avj olgan.

Qizlardagi semizlik esa jinsiy shakllanishga ham albatta tasir qiladi.
•Hayz buzilishi
•Oʻzlashtirish sustligi
•Boʻgʻim ogʻriqlari
•Uyqu buzilishi
•Nafas olishda muammolar
•Qon bosimi

Kelajakda esa #bepushtlik kelib chiqishi jiddiy tarzda ortadi. Befarq boʻlmang, xech bir holatni tezda tuzatish imkonsiz.

Vazn indeksini xisoblang

Harakat bugundanmi? Yoki bugun dammi?

Ozish uchun postlar

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍51
Qandli diabetda parxez uchun tavsiyalar

Dori vositasi tasir qilishi uchun albatta parxez boʻlishi shart

@endocrinoo
2👍1
Maxsulotlarning GLIKЕMIK INDЕKSI xaqida gaplashamiz:
GLIKЕMIK INDЕKS - oziq-ovqat maxsulotlari tarkibidagi uglevodlarning qondagi glukoza miqdorini o'zgartiruvchi ko'rsatkich xisoblanadi.
GLIKЕMIK INDЕKSI past boʻlgan maxsulotlar sekin xazm buladi, sekin so'riladi va oqibatda qondagi qand miqdori nisbatan kamroq va sekinroq ko'tariladi. GI 3 turda boʻladi:
1. GI past - < 55;
2. GI o'rtacha - 56-69;
3. GI yuqori - 70+;

GLIKЕMIK INDЕKSI 100 va undan yuqori boʻlgan maxsulotlar:
- oq non - 100;
- maltoza - 105;
- oq guruch - 112;
- kartoshka - 118;
- kukuruz yormasidan iborat quruq nonushta - 132;
- shirinliklar - 105-135;

GLIKЕMIK INDЕKSI past boʻlgan maxsulotlarni iste’mol qilish :
1. Diabetda qand miqdorini me’yorlashtiradi;
2. Tana vaznini ushlab turadi;
3. Xomiladorlik sogʻlom kechadi;
4. yurak sogʻlom boʻladi;
5. Aql faollashadi;
6. Ko'krak raki xavfi kamayadi;
7. Kuzlar salomatligi uchun;

XULOSA qilib aytganda qancha GLIKЕMIK INDЕKSI past boʻlgan maxsulotlarni iste’mol qilsangiz shuncha sogʻlom bo'lasiz 👍☺️

@endocrinoo
1
Oldimga tush deydi, qolmay uyatga,
O'z soyasiga u ergashib yurar.
Egadir antiqa qobiliyatga -
Ko'zguga ham qarab birovni ko'rar.

Yuzlari bilmaydi na jilva, kulgu,
Tegmay o'tar unga mushfiq sabolar.
Qurimay turadi hatto tufugi,
Kutadi - ehtimol qaytarib olar.

© Xayrulla Hamidov

@endocrinoo
👍3
#asorat

Glukoza ⬆️ -- Retinopatiya ⬆️⬆️⬆️

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Yuqori glukoza diabetik retinopatiya xavfini 3 barobar oshiradi

❗️Yangi tadqiqot Angliyadan (BMJ Open, 2025) ko‘rsatdiki:

🔹Qariyalar orasida diabet bilan kasallanganlarda yuqori HbA1c (>6,5%) bo‘lsa, 14 yil ichida diabetik retinopatiya xavfi 31% ni tashkil etdi.

🔹Qandni yaxshi nazorat qilishda esa – atigi 9%.

❗️Ammo bu hammasi emas:

🔹Yuqori HbA1c bilan glaukoma va makulodistrofiya xavfi ham yuqori.
🔹Hatto aniqlanmagan diabet ham makulodistrofiya xavfini 38% va retinopatiya xavfini 23% ga oshiradi, nazorat ostidagi diabetga nisbatan.

⁉️Bu tadqiqotda katarakta va qand darajasi orasida bog‘liqlik aniqlanmadi.

📝Amaliyotdan xulosalar:
🔹Glikemiyani nazorat qilish = diabetik retinopatiya va boshqa ko‘z asoratlari xavfini kamaytirish kaliti.

🔹Diabet bilan kasallangan, ayniqsa qariyalar uchun muntazam oftalmologik ko‘riklar muhim.

🔹Aholida aniqlanmagan diabetni aniqlashni qo‘llab-quvvatlash – oftalmopatiyalarni oldini olishning bir qismi.

👨‍👩‍👧 Tadqiqot English Longitudinal Study of Ageing dan olingan 14 yillik 5600+ kishining ma’lumotlariga asoslangan

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
Juma muborak boʻlsin 🌙
🔥3❤‍🔥1👍1
Temirga boy mahsulotlar

100 g mahsulotga nisbatan:
- pista 60 mg
- jigar: molniki 7 mg, tovuqniki 3 mg
- ismaloq 13,51 mg
- yasmiq 11,8 mg
- noʻxat 6,8-9,4 mg
- grechka 8,3 mg
- arpa yormalari 7,4 mg
- joʻxori uni 5,5 mg
- bugʻdoy 5,4 mg
- yeryongʻoq 5 mg
- keshyu 3,8 mg
- makkajoʻxori 3,7 mg
- qaragʻay yongʻoqlari 3 mg.

Kundalik temirga boʻlgan ehtiyoj:
♂️ erkaklar uchun — 10 mg
♀️ ayollar uchun — 18 mg


@endocrinoo
👍5
Qandli diabetli kishilar yoki ularning yaqinlari tomonidan:

Diabetning qaysi turi xavfli?
degan savol ko'p beriladi.


Aslida bu xavf deganda nimani tushinishimizga bogʻliq. Mening fikrimcha xavfni qandli diabetning turlariga qarab emas, balki uni qanchalik nazorat qilishimizga qarab ajratishimiz kerak.
Ularni kuyidagicha tariflash mumkin:

1⃣ Nazorat qilingan qandli diabet.
Bunda odam doimo qand miqdorini o'lchab boradi va meyorida ushlab yuradi. Doktor tavsiyalariga rioya qiladi, shu bilan birga o'zi xam izlanadi. Bunday odamlar diabet bo'lsada sogʻlom xayot kechiradi.

Taniqli diabetolog Djoslin aytganidek o'zini nazorat qilib boradigan diabetli odam, diabeti yo'q odamlardan ko'ra ko'proq va sog'lomroq yashaydi.

2⃣ Nazorat qilinmagan qandli diabet.
Bu xolatda odam o'z sogʻligʻini nazorat qilmaydi. Qand miqdorini o'lchamaydi. Aksar xollarda "Baland chiqsa kayfiyatim tushadi" degan vajni ko'rsatadi. Aslida qand miqdori baland chiqsa uning sababini topib shuni bartaraf qilish orqali  qand miqdorini meyoriga keltirish mumkinku. Qandli diabetni "muloyim qotil" deb xam atashadi. Agar diabet nazorat qilinmasa u o'z asoratlarini ku‌rsatadi.

❗️Dunyoda ko'rlikka olib keluvchi eng ko'p sabab bu nazorat qilinmagan qandli diabet.

❗️Dunyoda buyrak yetishmovchiligiga olib keluvchi eng ko'p sabab bu nazorat qilinmagan qandli diabet.

❗️Dunyoda oyoq amputatsiyasi (olib tashlanishi) ga olib keluvchi eng ko'p sabab bu nazorat qilinmagan qandli diabet.

Xulosa o'zingizdan...
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
👍5
#hazil_time

Men qon topshirishga bordim. Ammo ular juda ko'p savollar berishdi:
- Kimning qoni?
- Qayerdan oldingiz?
- Nega chelakda?😆

@endocrinoo
😁4
Nega menga shifokor insulinga oʻtishni buyuryapti???

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Hozirda koʻplab diabetik bemorlar insulinga oʻtishni juda vahima bilan qabul qiladi , insulin soʻngi chora deb biladi
Aslidachi aslida qanday?

Hozir shu haqida batafsil

Insulin qachon buyuriladi
* 1-tur qandli diabet bemorlar
* Homiladorlik diabeti bilan hastalangan insonlar ( agar parxez bilan kompensatsiyaga erishib boʻlmasa
* 2-tur diabetik bemorlar agar peroral qand pasaytiruvchi dorilar naf bermaganda
* Qoʻshimcha surunkali kasalliklar mavjud boʻlganda masalan Miokard infarkti, Insult
* Operatsiya zarurati boʻlganda
* Kuchli vazn yoʻqotishlarda ( ozib ketishda )
* Qandli diabetning oʻtkir asoratlari paydo boʻlganda - Giperglikemik , giperosmolyar , giperlaktatsidemik , giperatsid komalarda
* Yiringli xirurgik kasalliklarda

Bir narsani yaxshi tushunib olish zarur insulin bu sizda kam boʻlgan yoki umuman yoʻq boʻlgan insulinni tashqaridan kiritishdir.
Undan qoʻrqish sizda diabetning asoratlarini paydo qilishi mumkin.

Maʼlumotni yaqinlarga ulashing
Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍52
Zaharli buqog'i boʻlgan ayol homilador boʻlsa qanday zararli taʼsirlari bor

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Diffuz toksik buqoq (DTB), ya’ni Basedow-Graves kasalligi — bu qalqonsimon bezning haddan tashqari faollashuvi (gipertireoz) bilan kechadigan autoimmun kasallikdir. Bu holat homilador ayollar va homiladagi bolaga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.

DTBning homilador ayol va tug‘ilajak bola uchun asosiy xavf va zararli ta’sirlari:

Homilador ayol uchun xavflari:

1. Preeklampsiya/Eklampsiya xavfi oshadi:

Qon bosimi ko‘tarilishi, siydikda oqsil paydo bo‘lishi, bosh og‘rig‘i va boshqa xavfli belgilar yuzaga keladi.

2. Yurak faoliyatining buzilishi:

Tez yurak urishi (taxikardiya), yurak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin.

3. Qalqonsimon bezning “krizi” (tirotoksik kriz):

Juda xavfli holat bo‘lib, tana haroratining ko‘tarilishi, hushdan ketish, yurak urishining keskin tezlashuvi bilan kechadi.

4. Homilani yo‘qotish (spontan abort):

Ayniqsa homiladorlikning ilk oylarida xavf oshadi.

Homiladagi bola uchun xavflari:

1. Past tana og‘irligi bilan tug‘ilish (gipotrofiya):

Ona organizmidagi gormonlar ta’sirida bola yetarlicha o‘smasligi mumkin.

2. Erta tug‘ilish xavfi:

37 haftagacha tug‘ilish ehtimoli ortadi.

3. Tug‘ma gipertireoz (yallig‘langan qalqonsimon bez bilan tug‘ilish):

Onaning autoimmun antitanalari (TTG-reseptorga qarshi antitanalar) platsenta orqali o‘tib, bolada qalqonsimon bezning ortiqcha faollashuvini keltirib chiqarishi mumkin.

4. Tug‘ma nuqsonlar (agar dori nazoratsiz qabul qilinsa):

Ayrim antitireoid dorilar (masalan, metimazol) homilada anomaliyalar (masalan, traxeya yoki qorin oldi devori nuqsonlari) chaqirishi mumkin. Shu sababli faqat vrach nazoratida, xavfsiz dozada dori qo‘llanilishi muhim.

5. Neonatal (yangi tug‘ilgan chaqaloqdagi) tirotoksikoz:

Bolada yurak urishining tezligi, og‘ir nafas olish, vazn yo‘qotish, asabiylik bilan kechadi.

Davolash va nazorat:

Homiladorlikda xavfsiz dori vositalari (masalan, propiltiourasil – PTU 1-trimestrda):

2–3-trimestrlarda ba’zida metimazolga o‘tiladi.

Gormon darajasi (TTG, T4) va antitana (TRAb) monitoringi:

Har oyda yoki vrach ko‘rsatmasiga ko‘ra.

Endokrinolog va ginekolog tomonidan muntazam nazorat:

Xavfli asoratlarni erta aniqlash uchun zarur.

Agar siz yoki tanishingiz homiladorlik davomida DTB bilan og‘rigan bo‘lsa, albatta malakali endokrinolog va ginekolog kuzatuvida bo‘lishi zarur. To‘g‘ri davolash orqali asoratlar oldini olish mumkin.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍41
Bir farmon taraldi: "Ey dunyodagi
Jamiki yomonlar, to'planing tezda!"
Aniqki, bironta odam bolasi
Ishtirok etmadi ushbu majlisda.

So'ng farmon taraldi: "Ey dunyodagi
Jamiki yaxshilar, to'planing qani..."
Bu gal ham natija hayratli edi -
Jur'at qilmas edi hech kim borgani...

© Xayrulla Hamidov

@endocrinoo
🔥91
Avval semiradi keyin boʻyiga choʻziladi. Shu rostmi?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Semizlik (yoki ortiqcha vazn) boʻy oʻsishiga ta'sir qilishi mumkin, ayniqsa bolalar va oʻsmirlar orasida. Bu taʼsir bevosita emas, balki bilvosita omillar orqali yuzaga chiqadi. Quyidagi sabablarga koʻra semizlik boʻy oʻsishida orqada qolishga olib kelishi mumkin:

1. Gormonal muvozanat buzilishi

Semizlik gormonlar, ayniqsa insulin, leptin va oʻsish gormoni (growth hormone) muvozanatiga taʼsir qilishi mumkin. Masalan:

Oʻsish gormoni: Semiz bolalarda ushbu gormonning ishlab chiqilishi yoki taʼsiri kamayishi mumkin, bu esa boʻy oʻsishini sekinlashtiradi.

2. Suyaklarning erta yopilishi (pubertal timing)

Ortiqcha vaznli bolalarda jinsiy yetilish erta boshlanishi mumkin. Bu holatda:

Suyak plastinkalari (epifiz) erta yopilib, oʻsish erta toʻxtaydi.

Natijada bola dastlab tezroq oʻsadi, lekin keyinchalik boʻyi kutilganidan pastroq boʻlib qoladi.

3. Harakatsizlik

Semiz bolalar odatda kamroq harakat qiladilar, bu esa mushak-suyak tizimining normal rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi.

4. Ovqatlanish sifati

Ortiqcha kaloriyali, lekin ozuqaviy moddalarga kambagʻal ovqat (masalan, fastfud) suyak va tana oʻsishi uchun zarur vitaminlar (D vitamini, kaltsiy, rux va boshqalar) yetishmasligiga olib keladi.


Xulosa:
Semizlikning oʻzi toʻgʻridan-toʻgʻri boʻy oʻsishini toʻxtatmaydi, lekin u orqali yuzaga keladigan gormonal oʻzgarishlar, suyaklarning erta yopilishi, harakatsizlik va noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli bolaning boʻy oʻsishi orqada qolishi mumkin.

Agar siz yoki yaqinlaringizda shunday holat boʻlsa endokrinologga murojaat qilish foydali boʻladi. Yaxshi parhez va jismoniy faollik koʻplab salbiy taʼsirlarni bartaraf etishi mumkin.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍31👏1