Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Bugun tunda kelarmish Bahor

Derazangdan mo‘ralab asta,
Gul yuzingdan bo‘lib shikasta,
Uzun qishga siltab qo‘lini,
Ham qalbingdan boshlab yo‘lini,
To‘qqiz oyki, yelarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Azizlar bahorga ham yetib keldik alhamdulillah
Barchaga goʻzallik fasli muborak!

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
6👍2❤‍🔥1🥰1
Umr oʻrtasi

Esgan bu ilk bahor shamolimi yo,
Qaydadir adashgan kech kuzning sasi.
Rangi ham , tusi ham noayon dunyo,
Qirqmi yo ellik bu , umr oʻrtasi.

©Abdulla Oripov

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
❤‍🔥1🔥1
FOLIKULA YETILMASLIGI VA YORILMASLIGI (ANOVULYASIYA) NIMA?


Anovulyatsiya – hayz siklining buzilishi oqibatida me’yordagi tuxum hujayra yetilmasligi va follikula yorilmasligidir. Bepushtlikning eng koʻp uchraydigan sabablaridan biri hisoblanadi.

Tibbiyotda fiziologik va patologik anovulyatsiya tushunchasi bor.

📎Fiziologik anovulyatsiyada tabiiy sabablar mavjud. Misol uchun, tugʻruqdan keyingi va emizish davrida ovulyatsiya boʻlmaydi. Undan tashqari jinsiy yetilish davrida va erta klimaks boʻlganda ham shunday holat yuz beradi. Har bir ayolda yilda 1−2 hayz davri an’anaviy follikula yorilishi va tuxum hujayraning chiqishi bilan tugallanmaydi. Bu sogʻlom ayol uchun me’yordagi holat sanaladi. Fiziologik anovulyatsiya 45−50 yoshdan oshgan ayollarda ham kuzatiladi. Biroq reproduktiv yoshdagi ayollarda ovulyatsiyaning muntazam boʻlmasligi – patologik jarayon alomati hisoblanadi.
 
OVULYATSIYA FAOLIYATI BUZILISHINING KECHISH JARAYONI

Tuxumdon gipotalamus va gipofiz tizimi faoliyatiga ta’sir etuvchi steroid gormoni ishlab chiqaradi. U esa oʻz navbatida tuxum hujayraning yetilishi va follikuladan chiqishi uchun zarur boʻlgan LG va FSG gormoni ishlab chiqarilishini muvozanatlaydi. Bu tizim mexanizmining bitta “halqasi” ishdan chiqsa yoki notoʻgʻri ishlasa anovulyatsiya roʻy beradi.

Agar ayol kishida endokrin tizimda muammolar boʻlsa, tuxumdonlarda buyrak usti bezida, qalqonsimon bezda surunkali kasalliklar boʻlsa, modda almashinuvi buzilgan boʻlsa, ovulyatsiya boʻlmaydigan sikllar koʻpayib surunkali hol olishi mumkin. 

Gormonlar muvozanati buzilishiga nazoratsiz dorilar ichish, infeksion kasaliklar, tana vazni oʻzgarishi sabab boʻlishi mumkin.
 
❗️FOLIKULA YETILMASLIGI SABABLARI VA ALOMATLARI

Hayz siklining buzulishiga olib keluvchi asosiy omil ayol reproduktiv faoliyati gormonal boshqaruvida uzilish boʻlishidir. Buning sabablari juda koʻp.

Davolashni tayinlashdan oldin anovulyatsiya sababini aniqlash muhim.

Anovulyatsiyaning koʻp tarqalgan sabablariga quyidagilar kiradi:

📌Tuxumdonlarning polikistoz sindromi;
📌Giperprolaktinemiya;
📌Tuxumdonlarning barvaqt yaroqsizlanishi;
📌Gipofiz va gipotalamus faoliyatida me’yordan chetlashuv;
📌Qalqonsimon bezda yoki buyrakusti bezi poʻst qatlamida funksional oʻzgarishlar (buqoq);
📌Ayrim ginekologik kasalliklar (endometrioz, tuxumdonda xavfli oʻsmalar);
📌Kichik tos a’zolarida surunkali yalligʻlanish va infeksiya;
📌Androgen (erkak jinsiy gormonlari) gormonlar miqdorining me’yordan ortiqligi;
📌Asabiy−ruhiy buzulishlar;
📌Zaharlanishlar;
📌Vitamin yetishmovchiligi yoki oziqlanish xarakteridagi buzilishlar;
📌Reproduktiv tizimdagi turli nuqsonlar;
📌Jinsiy yetilishning kechikishi;
📌Irsiy (genetik) kasalliklar;

📎Ba’zida ravon hayz siklida ham anovulyatsiya alomatlari koʻrinmasdan ham kechishi mumkin. Bunda faqat bepushtlik boʻyicha tekshiruv oʻtkazgandan keyin aniqlanishi mumkin.

‼️Anovulyatsiyaning asosiy alomatlari – davriy ravon boʻlmagan hayz sikllari ( 21 kundan kam yoki 36 kundan koʻp) va bachadondan qon kelishi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
2
Jigarni yog' bosishi — yog'li gepatoz

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo )

Organizmda jigar filtr vazifasini bajaradi, ovqatni energiyaga aylantiradi va qonni tozalaydi. Biz isteʻmol qilayotgan hamma narsa jigar orqali o'tadi. 

Jigarni yog' bosish kasalligi xavf guruhiga quyidagilar kiradi:
Ortiqcha vazn (TVI 25 dan yuqori) Qorinni semirib ketishi xavfli (beliga yog' to'planganda). Bel aylanasi 88 sm dan oshishi mumkin emas!
— Qonda xolesterin yoki trigliseridlar miqdorini oshishi.
Qandli diabet 2–tip. Qonda glyukoza miqdorining 6,1 mmol/l dan yuqori bo'lishi.
— Tez vazn yo'qotish, haddan tashqari qattiq dietalar ham potensial xavfli hisoblanadi. 

Profilaktikasi
Jigar — o'z-o'zini tiklaydigan organ. Kasallikni dastlabki bosqichida to'g'ri taomlanish va turmush tarzini o'zgartirish kifoya. Yog'li jigar kasalligida Keto-dieta mos keladi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍51
#hazil_time

Hamma kasallikka davoda bu 😂

@endocrinoo
💯9
Shoirlar aldaydi bizni jonginam

Ko‘pdan kutgan edim orziqib, mana,
Bulutlar tarqaldi to‘kishib ko‘zyosh.
Xayolim osmonday yorishdi yana,
Yorug‘ kunlarimday porladi quyosh.
Shoshqin daryolarning zangordir labi,
Shamollar o‘ynaydi yiroq-yiroqda.
Yurgil, sayr etaylik, yurgil, malagim,
Dunyo tashvishlari qolsin uzoqda.
Ko‘ryapsanmi, qanday yasharmish olam,
Beparvo go‘dakday jilmayadi jim.
Go‘dagim, bu chiroy qaytmaydi hecham,
Qaytmagani kabi mening yoshligim.
Bugun bosh ustingda yashnagan yaproq
Shovullab to‘kilar erta poyingga.
Bu uchqur yo‘lovchi solmaydi quloq
Sening iltimosing, sening ra’yingga.
Xazonli avgustning biror oqshomi
Uni ko‘rarsanmi tushingda takror?!
Mayliga, o‘zgadir kuzning ilhomi,
Bugun-chi ko‘z tashla, atrofda bahor!
Qani, qo‘lginangni bergin jimgina,
Shu ma’sum yo‘lchiga qo‘yaylik ixlos.
Shoirlar aldaydi bizni, jonginam,
Bahor doim emas, uch oydir, xolos…

© Abdulla Oripov

@endocrinoo
4👍2🔥2❤‍🔥1
Bahor — avitaminoz fasli

Bahor kelib, organizmdagi vitaminlar zaxirasi kamayadi. Ayniqsa suvda eruvchi: C, P, PP, B guruh hamda D vitaminlari tanqisligi sezilib qoladi. Suvda eruvchi vitaminlar tanqisligiga sabab — yetarlicha meva, koʻkat, sabzavotlar yemaslik boʻlsa, D vitamini yetishmasligiga — kunlar qisqarishi, qalin kiyimda boʻlish oqibatida yetarlicha quyosh nurlarini organizmga singimasligi sabab boʻladi.

Oʻzbeklar qadimdan bahor kelishi bilan koʻk somsalar, koʻk chuchvara, koʻk osh, sumalak qilib kelgan va hozirda ham biroz susaygan boʻlsada ushbu an’ana davom ettirilmoqda. Bu ilmiy nuqtayi nazardan muhim an’ana! Aynan mana shunday taomlar organizmni vitaminlarga boʻlgan ehtiyojini qondiradi.

Bahor kelib koʻklardan turli taomlar, sumalak pishirib oʻzingiz va oila a’zolaringiz bilan iste’mol qilishingiz bahorgi avitaminozni yengishda yordam beradi.

Agar yuqoridagi kabi taomlar tayyorlashga imkoniyat boʻlmasa turli xil vitamin komplekslaridan foydalanish mumkin.

@endocrinoo
4
Tuhumdon polikistozida AMG (antimuller gormoni) ortishi kuzatiladi.

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Bilamiz AMG folikula zahirasi haqida maʼlumot beradi.

AMG preantral va kichik antral (2–9 mm) follikulalarning granulosa hujayralaridan ajraladi. Dominant follikulada AMG pasayadi.

Polikistozda mayda folikulalar ortadi shu sabab AMG yuqori boʻladi.

Polikistozda LG va androgenlar ortadi. Androgenlar esa kichik folikulalar akkumulyatsiyasini oshiradi va yana AMG ortadi.

Yuqori AMG esa FSGga tasir qilib uning folikulaga taʼsirini pasaytiradi natijada folikula yetilishi pasayadi natijada yana AMG ortadi.

Hulosa polikistozda AMG yuqori ekani folikulyar rezerv yuqori degani emas!!!

@endocrinoo

Guruh:
2
#analiz

Mochevina (siydikchil) jigarda sintezlanib va parenximatoz organlarning hujayra membranalari va eritrotsitlardan erkin o'tadigan past molekulyar og'irlikdagi birikma.

U glomeruladagi qondan filtrlanadi, ammo uning sezilarli passiv reabsorbsiyasi tubulalarda bo'ladi, ayniqsa siydik oqimi tezligi pasaysa.
Mochevinaning plazmadagi konsentratsiyasi uning sintez tezligiga, glomerular filtratsiya tezligiga (glomerular filtratsiya tezligi) va buyrak perfuziyasi tezligiga bog'liq.

Mochevina kam nisbatda bo'lsada zahar hisoblanadi. Mochevina osmotik faol moddadir, shuning uchun mochevina to'planishi parenximatoz organlarning to'qimalari, miokard, markaziy asab tizimi va teri osti to'qimalarida shish paydo bo'lishiga olib keladi. Plazmadagi mochevina konsentratsiyasi ko'pincha buyrak glomerulyatsiyasi ko'rsatkichi sifatida ishlatiladi, ammo plazmadagi kreatinin kontsentratsiyasini o'lchash yanada aniqroq baho beradi.

Mochevina kontsentratsiyasining oshishi, aniq intoksikatsiya klinik sindromi bilan birga uremiya deyiladi.

 Normada 2,5 - 8,3 mmol / l ni tashkil qiladi.

⬆️ Plazmadagi mochevina miqdorining oshishi:
Renal retensiya azotemiyasi (siydikda mochevina yetarli darajada chiqmasligi, buyrakning chiqarilish funktsiyasi susayishi):
• glomerulonefrit;
• buyrak amiloidozi;
• pielonefrit;
• nefrotoksik dorilarni qabul qilish.
 Buyrakdan tashqari tutilish azotemiyasi: (buyrak gemodinamikasining buzilishi):
• yurak etishmovchiligi;
• qon ketish;
• travma;
• ichak tutilishi;
• kuyish;
• siydik chiqarishining buzilishi;
 Azotemiya (oqsil katabolizmining kuchayishi bilan qonda mochevinani oshishi):
• kaxeksiya;
• leykemiya;
• xavfli o'smalar;
• glyukokortikoidlar va androgenlarni qabul qilish;
• febril sharoitlar;
• jismoniy faollik yuqoriligi;
• tarkibida oqsil miqdori yuqori bo'lgan parhez.

⬇️ Plazmadagi mochevina darajasining pasayishi:
• jigar faoliyati buzilganligi (mochevina sintezi buzilgan);
• fosfor, mishyak bilan zaharlanish;
• homiladorlik;
• akromegaliya;
• malabsorbsiya sindromi;
• dializdan keyingi holat.

@endocrinoo
4👍2🔥1
Eslatma!!!

Qon taxlil olinishi kerak boʻlganlar uchun.
Har qanday qon taxlili (agar u to'q qorin uchun zaruriy boʻlmasa) ertalab och qoringa olinishi zarur. Bunda bemor ogʻizni chayqamasligi , suv yoki choy ichmasligi zarur. Hattoki ayollar lab boʻyogʻi ham bazi gormonlarni aniqligiga taʼsir qiladi. Tish pastasi tarkibidagi ftor qonda oʻzgarishlar chaqiradi. Suv ichish esa hazm trakti ishlashiga sababchi boʻladi.

Jismoniy mehnatni kuchli bajarish , stress , siqilish (jinsiy aloqa) ham taʼsirini oʻtkazadi.

Chekuvchilar chekmasligi , kunlik dori qabul qiluvchilar oʻsha kungi ertalabgi imkoni boʻlsa bir kun avval kechki dorilarni ham qabul qilmasligi zarur.

Yani demoqchi boʻlganim har doim och qoringa analiz qiling.

Taxlil aniqligi yarim diagnoz degani !!!

Kanalda👉 #analiz 👈 xeshtegi ustiga bosib taxlillar bilan tanishib chiqing.

Kanalga aʼzo boʻling.
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing .

@endocrinoo
@endokrinolog_maslaxatii
2👍2💯2🔥1
Senil osteoporoz — 70 yoshdan keyin kuzatiladigan, yoshga bog‘liq suyak massasining kamayishi va mikroarxitekturaning buzilishi bilan kechuvchi II tip osteoporoz.

Bu holatda:
•Kortikal suyak ham
•Trabekulyar suyak ham
zararlanadi.

Asosiy sabablar:
Osteoblast kamayishi
D vitamini kamayishi
Ikkilamchi Giperparatireoz
STG va IGF-1 kamayishi


Asosiy zararlanish:
🦴Son suyagi
🦴Son suyagi boshchasi

🦴Umurtqa tanasi
🦴Bilak suyagi

🩺 Klinik belgilari
•Bo‘y pasayishi
•Qomatning bukilishi (kifoz)
•Orqa og‘rig‘i
•Yengil travmada sinish

🩻Diagnostika
DXA (densitometriya)
T-score ≤ -2.5 → osteoporoz

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

Guruh:
3👍1🔥1
Shundagina natijaga erisha olasiz

@endocrinoo
🔥3👍2🥰1
Bahor o'rtasida gullar to'kildi,
O'rmon uvilladi, qoldi daraxtsiz.
Bahor ikkimizga turlicha keldi -
Sen baxtli bo'lding-u, men bo'ldim baxtsiz...

Qars yopildi eshik.. G'alat nihoya!
Ayo, tushunolmay qoldim, to'g'risi:
Shundoq tugaydimi endi voqea,
Senga jazo yo'qmi, yurak o'g'risi?

© Xayrulla Hamidov

@endocrinoo
🔥9❤‍🔥2👍2👏2💯21🏆1