Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Suyak hosil boʻlishi va rezorbsiyasi

Osteoklast - bu suyakni rezorbsiya (soʻrilishi - yemirilishi) qiluvchi hujayralar boʻlib meduza shaklida.

Osteoblast - yangi suyak hosil qiluvchi hujayralardir.

30-40 yoshgacha bu 2 hujayralar muvozanatda boʻlsa, keyinchalik osteoklastlar ustunligi boshlanadi

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😁1
Osteoporozda kimlar havf guruhiga kiradi?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

•Ayollar
•Yoshi 65 dan kattalar
•Yevropoid irqidagilar
•Gipogonadizm
•Erta menopauza
•Oilaviy anamnezda osteoporoz mavjudligi yoki sinishlar mavjudligi

•TVI <20 yoki vazni 57kgdan kamligi
•Chekish
•Kalsiy yetishmasligi
•Vitamin D yetishmasligi
•Kam harakatlik
•Alkogol

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Suyak massasi "pik"i qachon ?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Suyak massasi erkaklarda 30-40 yoshlarda maksimalga chiqadi shundan keyin sekinlik bilan pastlab boradi. Yani suyak zichligi kamayadi osteoporoz havfi orta boshlaydi

Suyak massasi ayollarda 30-40 yosh orasida maksimalga yetadi lekin menopauza sababli tezkor ravishda kamaya boshlaydi. Ayollarda osteoporoz koʻp uchrashi, sinishlar yuqoriligi sababi ham shunda.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Dastlab 30-40 yoshgacha suyak hosil boʻlishi va rezorbsiyasi (yemirilishi yoki massasi kamayishi) teng holatda muvozanatda boʻlsa. Keyinchalik rezorbsiyasi ustunlik qila boshlaydi

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
Quyoshdan vitamin D qabul qilish haqida.

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Yoz oylarida quyosh orqali terida D vitamini xosil boʻlishi uchun ertalab yangi chiqqan quyoshda yuz va qoʻllar ochiq holatda yani tananing 25% qismi ochiq boʻlgan holda 15 daqiqa turilsa 1000 XB vitamin D hosil boʻlishi mumkin.

Quyoshdan himoya qiluvchi kremlar va qoramtir teri vitamin D hosil boʻlishini kamaytiradi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5
#afsona

Oʻzi yozku , issiqku deb vitamin D ni toʻxtatib qoʻyganmiz.

@endocrinoo
👍43
Endokrinolog maslahati 📄✍️
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh 17.02.2022 kanal yaratilgan kun Bismillah biz boshladik
Kanal yaratilganiga ham 4 yil boʻlibdi. Vaqt oqar daryo, undan mazmunli foydalana olsak yutgan boʻlamiz.

Siz kanalda qachondan beri borsiz?

Savolga javobni pastdagi savolnoma orqali belgilang
4
👍6❤‍🔥31
Jinsiy aʼzolardagi qichishish va buyrak zararlanishi qanday bogʻliq.

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Rasmga etibor berib yozilgan malumotni oʻqisangiz osonroq tushunasiz.

Qonda glukoza miqdori 10 ga yetganda (bazilarda 8 yoki 9 ga) buyrak boʻsagʻasiga yetish deyiladi va buyrak mayda qon tomirlari zararlanadi (glukozaning toksik tasiri)

Glomerulada olib keluvchi qon tomirda bosim ortadi (qon bosimi mexanizmi shu yerda) natijada mayda qon tomirlarda jarohatlar kuzatiladi. Qonda aylanib yurgan glukoza esa birlamchi siydik tarkibidan ikkilamchi siydikka ham oʻtadi (normada siydikda glukoza boʻlmaydi).

Siydik tarkibida glukoza boʻlgach bu siydik bakteriya va zamburugʻlar uchun ajoyib yashash muhitiga aylanadi. Aynan ular tashqi siydik chiqaruv yoʻllarida qichishishlar paydo qiladi.

Koʻplab ayollar qichishishni davolash uchun borgan ginekologi orqali qandli diabetni aniqlaydi.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
6👍2
Qandli diabetda parxez qanday boʻladi?
Saqlab qoʻyishli rasm

@endocrinoo
3👍1
Kortizol - testosteronning dushmani!

Kortizol - bu metabolizmga ta'sir qiluvchi steroid gormoni. Kortizol adrenal korteksda ishlab chiqariladi. Kortizol ko'plab metabolik jarayonlarda ishtirok etadi va stress ta'sirini tartibga soladi. Natijada testosteron miqdorida buzilishlar kuzatiladi

Shunday qilib, yuqori kortizol darajasi uzoq davom etgan stressni ko'rsatishi mumkin. Ortiqcha vaznli, jigar sirrozi va qandli diabet bilan og'rigan odamlarda kortizol ko'payishi mumkin.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
4
Qalqonsimon bez oʻsmalari turlari

@endocrinoo
👍2
Ikkilamchi yani boshqa kasallik yoki dorilar sababli kelib chiqqan osteoporoz haqida

Osteoporozga sabab boʻluvchi endokrin kasalliklar:

•Tireotoksikoz
•Giperparatireoz
•Gipogonadizm
•Kushing sindromi
•Qandli diabet

@endocrinoo
3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Afsuski hamkasbim haq.

Pul deb izlanganingiz sari tibbiy yangiliklarga intilish, tibbiy kitoblar oʻqish, bemorni mukammal davolashga intilish, uni toʻliq xis qilish kamayib va tugab boradi

Bu gaplarim kitob oʻqimay qolganlarga bahona boʻlmasligi kerak. Aslo oʻqishdan va intilishdan toʻxtamang aziz hamkasbim

@endocrinoo
👍6❤‍🔥3🔥21
Qalqonsimon bezning medulyar karsinomasi haqida

@endocrinoo
1
Ozishda ommalashib borayotgan SEMAGLUTID tarkibli vositalarning tasir mehanizmi haqida

@endocrinoo