Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
619 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Bolalarda yengil jismoniy mashgʻulot aqliy qobiliyatni anchagina yaxshilaydi

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra 80% bolalar tavsiya etilgan jismoniy mashgʻulotlarni bajarmaydi yani boshqacha aytganda ularda ham kamharakat hayot tarzi mavjud.

Scientific Repost jurnalida eʼlon qilingan maqolada yozilishicha 3.5 daqiqalik yengil jismoniy mashgʻulot bolalarning kognitif funksiyasini anchagina oʻstira oladi.

31 nafar bolada oʻtkazilgan tajribada

🟡Yarim bolalarga
15 daqiqa dam berilgan

🟢Yarim bolalarga esa
10 daqiqa dam + 3.5 daqiqa yengil jismoniy mashgʻulot + 1.5 daqiqa dam koʻrinishida taqsimlangan

Natijada 2-guruhdagi bolalar savollarga javob berishda ancha tezkorlik , aqliy rivojlanishda ham yuqoriroq oʻsish qayd etishgan

Shunday ekan bolalarga ham jismoniy mashqlar zarur ekanini yodda tuting

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

Guruh:
2
#hazil_time

Men doim ishga bor energiyam bilan kirishganman. Masalan mana bunday taqsimot qilaman😁

@endocrinoo
😁7
YOMG‘IR HAQIDA BALLADA

Bulutlar kiftida etdim sayohat,
Osmondan yergacha yo‘lni taradim.
Uchib derazangga yetdim nihoyat,
Men – yomg‘ir!
Qaragin, jonim, qaragin!

Derazangni chertdim – berilib chaldi
Kuzning bayotini ho‘l barmoqlarim.
Kuzak – g‘am yaratar bahaybat cholg‘u,
Gulxanida yondi, voh, oyoqlarim.

Derazangni chertdim. G‘ussalaring mo‘l –
Seni asragaylar dunyodan uzib.
Tashqariga qara, yonoqlari ho‘l –
Oynaga yuz bosmish sog‘ingchning yuzi.

To‘rt devor ichinda mendan mosuvo
Yashaysan bir sirni yurakka yutib:
Mendan yashirinding shift tagiga, o –
Derazaga hayron pardalar tutib.

Tashqariga qara!
Tengman tuproqqa –
Hijron bilan og‘ir bahslarga tushdim.
Samoni unutdim – keldim so‘roqlab –
Qanday osmonlardan pastlarga tushdim!

Meni eshitmaslik mumkinmas...
Oxir
Eshiging ochildi – ko‘rdim ko‘zingni.
Ammo sen junjikib, entikib og‘ir
Soyabon tagiga olding o‘zingni.

Sen meni sevmaysan... Yomg‘irman nochor –
Soyabon sathida bekor urindim.
Goho etagingga yetdim beozor,
Goho etigingga bebaxt surindim.

Sening liboslaring qanday chiroyli,
Ufurar bo‘yningda qanday atirlar:
Borasan – go‘yoki bir go‘zal oyni
Avaylab chulg‘amish harir abrlar.

Yozlik surgunimda – dillarim pora –
Sog‘indim men seni – yuragim taqir.
So‘ra, mayda qolgan maysadan so‘ra –
Men ham yomon yomg‘ir emasdim, axir.

Endi kuz sevgimni soldi qo‘shiqqa,
Hajringda vujudim tobora ravshan...
Manzilga yetasan. Nogoh eshikda
Meni soyabondan silkib tashlaysan.

Seni ostonada quchadi birov.
Gul kabi hidlaydi seni – to‘ymaydi.
Yog‘aman, yog‘aman – ravishim yig‘lov –
Bundan ketay desam sog‘inch qo‘ymaydi.

Ko‘chada izg‘irin bo‘ldi alaming!
Olam – g‘aming to‘la bir baytulxazan.
Derazani tutdi tumanli tanim,
Derazani chertdim:
– Seni sevaman!

Oq uchqun tanimni o‘tdi oralab,
Muzlagan labimga biri qo‘ndi jim:
Taqdir shu kechada yetdi oralab –
Fojea yetishdi chog‘i, sevgilim!

Umrim tugayapti – yo‘qdir daraging,
Sensiz vujudimda qancha toqat bor?
...Tongda derazani ochding. Qarading –
Tashqarida qordir, tashqarida qor....

Usmon Azim

@endocrinoo
3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hazil_time

Bemor reklamadagi diabet choylarini zakas qilib. Kelgunicha ham sabr qilmasdan oʻzi borib olib kelganini aytganda
men:

@endocrinoo
😁43🔥1🥰1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qandli diabet haqida tushuncha berishda davom etaman.

Sizlardan esa shunchaki ushbu maʼlumotni yaqinlarga ulashing deb qolaman. Stiker bosish tekin ekanini ham eslataman 👍❤️🎉

@endocrinoo
👍17🔥125
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
IZHOR

Men senga aytmasdim yaxshi ko‘rishim,
To‘g‘risi, bu so‘zga sig‘masdi haddim.
Yaxshi ko‘rganiga yaxshi ko‘rishin
Aytib qo‘yish shart, deb eshitgan edim.

Aytdim o‘sha so‘zni, qabul qil yo ot,
U sening o‘z ishing, farqi yo‘q menga.
Men uchun muhimi, bir hadis hukmi
Qalbiy izhorimni yetkazdi senga.

@endocrinoo
👍10❤‍🔥3🔥3
Ozish uchun kerakli TOP 5 analizlar

@endocrinoo
6👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qondagi glukozaning ikkinchi sakrashi (oʻsishi ) haqida

Yogʻlar diabetda qanday taʼsir qilishi haqida

@endocrinoo
Semizlikning eng havfli asoratlari ( kasalliklari ) haqida katta post yozdim.

Nega ozish kerak ekanini anglashingiz uchun bu kerak.
Endokrinolog - Fayzullayev Jahongir
@endocrinoo @md_Jahongir
1
Nega semirish eng havfli kasallik?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Hozir sizlarga semizlik sababli kelib chiquvchi eng havfli kasalliklar bilan tanishtiraman.

1) Qandli diabet 2-tur. Semirganingiz sari insulinrezistentlik rivojlanib boradi. Tanani yogʻ egallaydi. Giperglikemiya havf soladi. Yakuni esa barcha qoʻrqadigan qandli diabet.

2) Arterial gipertoniya. Qon bosimi diabetdan koʻra globalroq muammo. Juda koʻp inson qon bosimim yoʻq deydi vaholanki oʻlchanganda aniqlanadi. Semizlik sababli qon tomirlarni holesterin egallaydi. Qon tomirlari qisiladi, qon aylanishi qiyinlashadi, yurak katta bosim bilan ishlaydi. Semirgan sari yangi qon tomirlar hosil boʻladi, ularni qon bilan taʼminlash uchun yana oʻsha yurakka katta yuklama tushadi.

3) Insult. Bosh miyada qon aylanishining oʻtkir buzilishi kelib chiqish sababi ham yuqori qon bosimi va tromblar. Tromb bu qon lahtasi yoki holesterin desak ham boʻladi.

4) Miokard infarkti. Yurakni toj tomirlarida hosil boʻlgan tromb yoki torayma sababli yurakni oʻziga qon kelmay qoʻyadi. Yurak toʻqimalari ozuqasiz qoladi. "Motor" ishlamasa mashinaning goʻzalligi befoyda.

5) Disk grijasi. Vaznimizni koʻtarib turuvchi tayanch bu umurtqamiz hisoblanadi. Yuqori vazn esa umurtqalar orasida qon aylanishi buzilishi, metabolik oʻzgarishlar, umurtqa orasidagi diskning ezilishiga sabab boʻladi. Umurtqa orqasidan chiquvchi nervlar esa ezilish xisobiga ogʻriq beradi.

6) Hazm aʼzolari ishi sustlashishi. Yaqqol misol xolesistit. Semizlik sababli barcha ichki aʼzolarni yogʻ bosadi. Yogʻ sababli ularning harakati sustlashadi. Bu ich qotishi, hazm qiyinligi demakdir.

7) Terlash, xansirash. Vazn sababli organizmning kislorodga boʻlgan talabi ortadi. Bu qoplash uchun esa organizm koʻproq nafas olishga urinadi bu xansirash degani.

8) Oyoqdagi ogʻriqlar. Belda boʻlgani kabi oyoqda ham katta vaznni koʻtarish bilan muammolar paydo boʻladi.

9) Suyak yemirilishi. Osteoporoz semizlik insonlarda bir necha marotaba koʻp uchraydi. Bu gormonlar muvozanat buzilishi bilan bogʻliq.

10) Bepushtlik. Semizlik sababli erkak ham ayol ham #bepushtlik ka mubtalo boʻlishi juda juda koʻp kuzatilmoqda. Erkaklarda testosteron tushishi, ayollarda esa aksincha holat yuzaga keladi.

Mana sizlarga semizlikning eng yomon 10 oqibati. Ertadan boshlayman deyish oʻzini oʻzi aldashdir. Hozir oyoqlaringiz yaxshimi yuring, jismoniy mehnat qiling, qisqa qilganda ozing. Ertaga oyoqlardagi ogʻriq bunga yoʻl qoʻymasligi mumkin.

Post yozish uzoq yillik bilimlar jamlanmasi ekanini unutmang. Yaqinlarga ham ulashing.

Ozishda muammolar boʻlsa aloqaga chiqing. ( @md_Jahongir )

Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
4👍3🔥1
#hazil_time

Har birini bittalab soʻrash kerak...

@endocrinoo
👍4🔥1😁1
❗️Qalqonsimon bez uchun foydali mahsulotlar

🍏Olma. U barcha tana tizimlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, patogen bakteriyalarni o‘ldiradi. Qalqonsimon bez uchun foydasi shuki, bu meva saraton hujayralaridan himoya qilishi bilan qimmatlidir.

🐠Dengiz mahsulotlari. Ularda tanamizning immunitet tizimini rag‘batlantiradigan B12 vitamini va sink mavjud.

🥬 Dengiz o‘tlari. Tarkibida yod va yana 40 ga yaqin vitamin va qalqonsimon bez kasalliklaridan himoya qiluvchi elementlar mavjud.

🧅 Piyoz. Qalqonsimon bez, jigar va yurak uchun foydali.

🫐 Ko‘k mevalar. Qalqonsimon bezdagi gormonal uzilishlarni bartaraf etishga yordam beradi.

🍣 Baliq. Qalqonsimon bezning yaxshi ishlashi uchun zarur bo‘lgan omega-3 yog‘ kislotasiga boy.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍42🔥1
📍Erkaklar gormoni testosteronni qanday ko'paytirish mumkin?


⚠️Testosteron kamligining belgilari!

🔻Depressiya
🔻Impotensiya (Jinsiy moyillik) kamayishi
🔻Semizlik
🔻Feminizasiya (tanadagi tuklarning to'kilishi) va ginekomastiya (sut bezlarining kattalashuvi)
🔻Mushaklar massasini kamayishi
🔻Xotira buzilishi.

Testosteronni uy sharoitida ko'paytiramiz!

💊Rux mikroelementi - testosteron ishlab chiqarish bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liq. U dengiz mahsulotlari, baliq, yong'oq, urug'lar — kungaboqar va qovoq, pishloq, baʻzi sabzavotlarda ko'p bo'ladi.
🧋Qahva isteʻmolini cheklash - muntazam qahva isteʻmol qilish testosteron miqdorini kamaytiradi.
😴 Uxlash - testosteron miqdorini ko'paytirishda kuniga 7-8 soat uxlash tavsiya etiladi.
Quyoshda toblanish - bu usul ham testosteron miqdorini oshiradi

@endocrinoo
👏1
Avval semiradi keyin boʻyiga choʻziladi. Shu rostmi?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Semizlik (yoki ortiqcha vazn) boʻy oʻsishiga ta'sir qilishi mumkin, ayniqsa bolalar va oʻsmirlar orasida. Bu taʼsir bevosita emas, balki bilvosita omillar orqali yuzaga chiqadi. Quyidagi sabablarga koʻra semizlik boʻy oʻsishida orqada qolishga olib kelishi mumkin:

1. Gormonal muvozanat buzilishi

Semizlik gormonlar, ayniqsa insulin, leptin va oʻsish gormoni (growth hormone) muvozanatiga taʼsir qilishi mumkin. Masalan:

Oʻsish gormoni: Semiz bolalarda ushbu gormonning ishlab chiqilishi yoki taʼsiri kamayishi mumkin, bu esa boʻy oʻsishini sekinlashtiradi.

2. Suyaklarning erta yopilishi (pubertal timing)

Ortiqcha vaznli bolalarda jinsiy yetilish erta boshlanishi mumkin. Bu holatda:

Suyak plastinkalari (epifiz) erta yopilib, oʻsish erta toʻxtaydi.

Natijada bola dastlab tezroq oʻsadi, lekin keyinchalik boʻyi kutilganidan pastroq boʻlib qoladi.

3. Harakatsizlik

Semiz bolalar odatda kamroq harakat qiladilar, bu esa mushak-suyak tizimining normal rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi.

4. Ovqatlanish sifati

Ortiqcha kaloriyali, lekin ozuqaviy moddalarga kambagʻal ovqat (masalan, fastfud) suyak va tana oʻsishi uchun zarur vitaminlar (D vitamini, kaltsiy, rux va boshqalar) yetishmasligiga olib keladi.


Xulosa:
Semizlikning oʻzi toʻgʻridan-toʻgʻri boʻy oʻsishini toʻxtatmaydi, lekin u orqali yuzaga keladigan gormonal oʻzgarishlar, suyaklarning erta yopilishi, harakatsizlik va noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli bolaning boʻy oʻsishi orqada qolishi mumkin.

Agar siz yoki yaqinlaringizda shunday holat boʻlsa endokrinologga murojaat qilish foydali boʻladi. Yaxshi parhez va jismoniy faollik koʻplab salbiy taʼsirlarni bartaraf etishi mumkin.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
1🔥1👏1
#dorilar

2-tur qandli diabeti bor bemorlarda ishlatiluvchi dori vositalari taʼsirida kimdadir semizlik kuzatilsa kimdir ozadi. Bu jarayonda dorilar tasir haqida kichik , sodda rasm yasadim.

Agar meda osti bezi insulin ajratishi sust boʻlsa insulindan boshqasi semirtira olmasligi ham mumkin.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1🔥1
Qandli diabet 1-turi mana shunday kechadi ( autoimmun )

@endocrinoo
😁31🔥1
Menda diabet bor roʻza tutsam boʻladimi?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Qandli diabeti borlar ramazon roʻzasi borasida beruvchi eng koʻp savol aynan : Roʻza tutsam boʻladimi? Degan savol albatta.

Javobi esa suratda☝️

Oʻzingizni belgilang va hulosa chiqaring

Maʼlumotni yaqinlaringizga ham ulashing
Ramazoni sharif muborak boʻlsin 🌙

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
2🔥1