⚡️Eng zararli maxsulot bu shakar.
Shakar ixtiro qilinganiga 200 yilcha bo‘ldi. Bungacha bizning oshqozon osti bezimiz, tashqaridan kirgan glyukozani o‘zlashtirish va taqsimlash uchun yetarli miqdorda insulin ishlab chiqarib bera olgan. Masalan, olma tarkibidi 10 foiz shakar bor deylik. Ana shu shakarni eplab joylashtirib bergan.
Ammo shakar ixtiro qilingach, endi 100 foizli glyukoza fruktoza bo‘lganligi tufayli oshqozon osti bezi bunga ko‘nika olmayapti. Bu o‘ta qorong‘ulikdan birdan yorug‘likka chiqqan odamni eslatadi. Yorug‘likdan ko‘zi qamashib ko‘r bo‘lib qolishi xech gap emas.
Shakar - bu tabiiy maxsulot emas va buning miqdori xozirgi kunda o‘ta ko‘p. Shirinliklar, soklar, gazli ichimliklar va boshqa maxsulotlar ichi to‘la g‘ij-g‘ij shakar.
Men va boshqa doktorlar shakarni narkotiklardan ko‘ra xavfliroq deb xisoblaymiz. Sababi bu yumshoq narkotik organizmni asta sekin o‘ziga bog‘lab olib, oxir oqibat o‘ldiradi.
Extiyot bo‘ling- Shakar!
@endocrinoo

👍9
Parxez
2-tur qandli diabet bemorlar uchun ovqatlanish svetofori
🟢 Isteʼmol qilish mumkin
🟡 Chegaralangan miqdorda isteʼmol qilish mumkin
🔴 Isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi

👍4
Suratdagi bu odam 70 yoshda.
Uning yuzi juda g'ayrioddiy ko'rinadi, chunki so'nggi 30 yil davomida u yuk mashinasini boshqargan va yuzining chap tomoni doimo quyosh nuriga duchor bo'lgan.
Kasb kasalligi deyiladi bunga.
Yaqinlarga ham ulashing 📤

👍3
Bolalarni basketbol to‘garagiga bering
🏀Farzandingizni basketbolchi qilmasangiz ham bir muddat basketbol bilan shug'ullanishini ta'minlang. Bu orqali bolalarni bo‘yi o‘sadi, umurtqa pogʻonasi to‘g‘ri shakllanadi. Shuningdek, har qanday jismoniy faollik sog‘lom bola uchun ziyon qilmaydi.

👍5
Gemoglobinni qanday qilib tez ko'tarish mumkin?
Bu postda qisqa vaqt ichida gemoglobinni ko'taruvchi mahsulotlarni keltirib o'taman.
✓ NAʻMATAK (shipovnik) damlamasiga asal qo'shib ichish. Naʻmatak 100 g miqdorini 1 litr idishga damlanadi va kun davomida ichiladi.
✓ Quruq mevalar temir moddasiga juda boy. Rekordsmeni — PISTA. Hech bo'lmasa har kuni 4–6 ta turshak yoki boshqa quruq mevalardan isteʻmol qilib turish kerak.
✓ GRЕCHKA — temir moddasiga juda boy!
✓ Meva va rezavorlarni to'q yashil va qizil ranglilari temirga boy bo'ladi. Rekordsmenlari — XURMO, ANOR
✓ Bulardan tashqari qora ikra, dukkaklilar, yormalar, plombir, qizil go'sht temir moddasiga boy mahsulotlar hisoblanadi.
🖼️ Rasmda tarkibida ko'p miqdorda temir moddasi saqlovchi mahsulotlar (100 g da qancha temir borligi) ko'rsatilgan.
Hozirda statistika boʻyicha 90% ziyod insonda KAMQONLIK mavjud🩸
Ushbu postni imkon qadar koʻproq insonlarga yuboring
📱📲
@endocrinoo
@endokrinolog_maslaxatii

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Antiqa tajriba. Kelajakka qadam
🇬🇧 Londonda yashovchi jarroh zamonaviy texnologiya nimaga qodirligini ko‘rsatish uchun Kaliforniyada 5G yordamida banan ustida masofadan operatsiya o‘tkazdi.Natija esa yomon emas 👍

👍2👏1
Arqonda sakrang
🔸15 daqiqa arqondan sakrash 60 daqiqa yugurishga teng. Muntazam arqonda sakrash bilan shug'ullansangiz, sizda yog‘ to‘planishi kamayadi.
🫀Bundan tashqari arqonda sakrash yurak mushaklari uchun foydali bo‘lib, qon bosimi va nafas ritmini normallashtiradi, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi

👍4👏2🎉1
Sochingiz to’kilyaptimi? Unda chekishni tashlang )
🔹Sigaret tutunida 5000 dan ortiq zaharli va kanserogen kimyoviy moddalar va og'ir metallar mavjud. Qatronlar, xrom, mishyak, qo'rg'oshin, kadmiy, formaldegid, dioksin, benzol, nitrozaminlar va hokazo.
🔹Ular soch follikulasidagi DNKga zarar yetkazadi, follikulaning yallig'lanishini keltirib chiqaradi va estrogenning o'sishni rag'batlantiruvchi ta'sirini bloklaydi.
🔹Bundan tashqari, soch ildizining qon bilan ta'minlanishi yomonlashadi va natijada soch to'kilishi sodir bo'ladi. Tabiiyki, agar siz chekishni tashlasangiz, sochingizning holati sezilarli darajada yaxshilanishi mumkin.

Oyoq-qo‘lingiz ko‘p muzlaydimi? Bu kasallik asorati bo‘lishi mumkin
Insonning oyoq va qo‘llari ko‘pincha muzdek turishiga qator sabablar bo‘lishi mumkin.
Anemiya
Organizmda qizil qon tanachalari (eritrotsitlar) yetishmaganda anemiya yoki kamqonlik yuzaga keladi. Sabablar turlicha bo‘lishi mumkin, eritrotsitlar yetishmovchiligi esa birdek namoyon bo‘ladi - charchoq, holsizlik, bosh aylanishi, nafas qisishi va doimiy muzlash, ayniqsa, oyoq va qo‘llarning muzlashi.
Gipotireoz
Gipotireoz – qalqonsimon bez funksiyasining pasayishi, bunda gormon ishlab chiqarish kamayadi. Doimiy muzlash - qalqonsimon bez faoliyatidagi kamchiliklarga ishora qiladi. Kerakli miqdordagi gormonsiz metabolizm sekinlashadi va tana "issiqlik"ni tejay boshlaydi. Gipotireozning boshqa odatiy belgilari - sochlarning oqarishi, terining quruqlashishi va charchoq, ich kotishi.
Reyno fenomeni
Shunday holatlar bo‘ladiki, oyoq-qo‘llarning qon tomirlari past harorat yoki stressga kuchli reaksiya namoyon qiladi. Odatda bir necha daqiqadan bir soatgacha davom etuvchi xuruj vaqtida qon tomirlari torayadi, buning natijasida qon ta’minoti buziladi. Bu barmoqlarning muzlashiga va qotib qolishiga olib keladi, ular oq yoki ko‘k tusga kirishi ham mumkin. Qon ta’minoti qayta tiklanganda ular hatto og‘rishi ham mumkin.
Buyraklar kasalligi
Buyraklar organizmdan mahsulotlarni chiqarishga doir funksiyasini yaxshi uddalay olmasa, zararli moddalar xavfli darajagacha to‘planib qolishi mumkin. Bu tana haroratini pasaytirishi va yana boshqa muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
II turdagi diabet
Diabetik nevropatiya deb ataluvchi diabet kerakli darajada nazorat qilinmasa, asab to‘qimalariga doimiy hujum muzlash, qotib qolishgacha olib kelishi mumkin, ba’zan esa qo‘l va oyoqlar og‘riydi. Diabetik nevropatiya sekin-asta rivojlanadi va bemor hatto uzoq vaqtgacha buni bilmasligi ham mumkin.
Periferik arteriyalar kasalliklari
Shifokorlar odatda bu kasalliklarni aterskleroz – yog‘ qatlamlarining rivojlanishi belgisi sifatida qayd etishadi, bu kasallik oyoqning periferik arteriyalarini toraytiradi. Agar bir oyoq ikkinchisidan sovuqroq bo‘lsa va ayniqsa, u uvishsa yoki zaiflashsa, bu kasallik belgisi bo‘lishi mumkin.
Asab anoreksiyasi
Bu kaloriyalarning keskin kamayishiga va haddan tashqari ozishga olib keluvchi ovqatlanish tizimining buzilishi. Organizmda yog‘ning yo‘qligi doimiy sovqotishga olib kelishi mumkin, bu ayniqsa oyoq va qo‘llarda yaqqol seziladi. Bunday holat hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin.
Periferik neyropatiya
Periferik neyropatiya — periferik asablar buzilishining namoyon bo‘lishi. Bu alohida kasallik emas, organizmning eng uzun asab tolalarida muayyan patalogik jarayonni aks ettiruvchi belgilar kompleksi. Neyropatiya boshqa belgilar bilan bir qatorda oyoqlar muzlashi bilan ham namoyon bo‘ladi, aslida esa ular issiq bo‘ladi.
B12 vitamini yetishmasligi
B12 vitamini organizmga eritrotsitlarni ishlab chiqarish uchun kerak va uning tanqisligi anemiyaga, ya’ni ularning soni kamayishiga olib kelishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, insonning muzlashiga olib keladi. B12 vitamini tovuq go‘shti, tuxum, baliq va ba’zi don mahsulotlarida bo‘ladi.
Shuni inobatga olish kerakki, ba’zan hatto to‘g‘ri ovqatlanishda ham bu vitamin o‘zlashtirilmasligi mumkin – bunga kasallik yoki dorilarni qabul qilish sabab bo‘ladi.
Temir moddasi yetishmovchiligi
Organizmda temir moddasining kamligi – doimiy muzlashning eng ko‘p uchrovchi sabablaridan biri. Bu modda kislorodni to‘qimalarga yetkazish va bog‘lash jarayonlarida ishtirok etadi. Temir moddasining yetishmasligi yana shunisi bilan ham xavfliki, bunda qalqonsimon bez bo‘shashib qoladi va natijada gipotireoz yuzaga keladi.
Gipopituitarizm
Gipofiz tomonidan gormon ishlab chiqarishning pasayishi yoki to‘liq to‘xtashi bilan bog‘liq kasallik shu murakkab so‘z bilan qayd etiladi. Insonning muzlashga moyil bo‘lishi buning odatiy belgilaridan biri hisoblanadi, bu kasallikda tana haroratini issiq ushlab turish qiyin.

👍4👏1
Uyqusizlik
Metabolizm uyqusizlikdan aziyat chekadi, tana harorati pasayadi, qon aylanishi sekinlashadi – inson doim muzlayveradi.

👍2
Qabziyatda Inulin
Inulin — bu eng mashhur prebiotiklardan biri bo‘lib, mikrobiomani yaxshilaydi va ich qotishini oldini oladi. U ko‘plab o‘simliklar tarkibida mavjud bo‘lib, yuqori konsentratsiyalarda u faqat bir necha o‘simliklarda bo‘ladi, jumladan:
- Piyoz, sarimsoq
- Sachratqi (sikoriy)
- Momoqaymoq (oduvanchik)
- Topinambur
- Sarsabil (sparja)
- Banan
Bundan tashqari, tarkibida inulin yuqori bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish suyaklarni mustahkamlaydi, (sababi kalsiyni so‘rilishini yaxshilaydi) va qondagi triglitseridlar miqdorini pasaytirib, yurak xastaliklari xavfini kamaytiradi.
Inulinni dorixonalardan ham topish mumkin!

👍2❤1
Nega afrikalik bolalarning qorni katta bo‘ladi?
Bu holat fanda "kvashiorkor" kasalligi deb ataladi.
🔸Afrikalik bolalar ona sutidan ajratilgandan so‘ng oqsil va aminokislotaga boy mahsulotlarni deyarli iste'mol qilmaydilar. Albatta bu qashshoqlik tufayli...
🔸Odatda ular uglevodlarni (ildizlar) iste'mol qilishadi. Natijada protein yetishmovchiligining og‘ir turi kvashiorkor kelib chiqadi va bunda o‘lim ko‘rsatkichi yuqori.
Shuning oʻzi shukr qilish uchun yetarli

👏2
Nonushta uchun eng foydali mahsulotlar
🔸Tuxum. Tuxum mashhur nonushta taomi bo‘lib, u to‘yimli va sifatli proteinni o‘z ichiga oladi. 2-toifa diabet va yurak-qon tomir kasalliklariga moyilligi bo‘lgan insonlar tuxum iste’mol qilish va uglevod iste’molini kamaytirish orqali qondagi xolesterin miqdorini normallashtirishi mumkin.
🔸Yong‘oq. Hayvon mahsulotlarini iste’mol qilmaydiganlar uchun yong‘oqlar yetarli protein o‘zlashtirishning manbayi bo‘la oladi. Shuningdek, yong‘oqlar kaliy, magniy va antioksidantlarga boy.
🔸Rezavor mevalar. Qulupnay, malina va boshqa rezavor mevalarning kaloriyasi past, tolalarga boy va ular yallig‘lanishga qarshi antioksidantlarni o‘z ichiga oladi.
🔸Tvorog. Tvorog A va B guruh vitaminlari, shuningdek, kalsiyga boy taom hisoblanadi. Faqat ko‘p miqdorda shakar qo‘shmaslik tavsiya etiladi.

Ginekomastiya - erkaklarda koʻkrak bezining kattalashishi.
Sababi esa testosteron va esterogen nisbati buzilishi. Yani testosteron kamayib , esterogen ortishi
2 hil turi bor :
- Fiziologik
- Patologik
Rivojlanishi 3 bosqichda boʻladi
- Florid - boshlangʻich (4 oygacha boʻlganda )
- Oraliq ( 4 oydan 1 yilgacha)
- Fibroz ( 1 yildan ortiq davom etgan)
Florid turida davolash sababli jarayon ortga qaytadi.
Fibroz turida jarayon ortga qaytmas xisoblanadi.
Fiziologik holatlari quyidagilar:
- chaqaloqlik davrida
- pubertat ( 12-15 yoshda)
- qarilikda (testosteron miqdori kamayishi sababli )
Ushbu fiziologik holatlardan boshqa holatlarda bu holat patologik yani kasallik deb baholanadi va davolash talab qiladi
Davolash endokrinolog yordamida boʻladi.
Kanaldagi malumotlarni o'zgartirishsiz yaqinlarga ham ulashing.
Biz siz uchun mehnat qilamiz.

👍3👏1
Temirga boy mahsulotlar
100 g mahsulotga nisbatan:
- pista 60 mg
- jigar: molniki 7 mg, tovuqniki 3 mg
- ismaloq 13,51 mg
- yasmiq 11,8 mg
- noʻxat 6,8-9,4 mg
- grechka 8,3 mg
- arpa yormalari 7,4 mg
- joʻxori uni 5,5 mg
- bugʻdoy 5,4 mg
- yeryongʻoq 5 mg
- keshyu 3,8 mg
- makkajoʻxori 3,7 mg
- qaragʻay yongʻoqlari 3 mg.
Kundalik temirga boʻlgan ehtiyoj:
♂️ erkaklar uchun — 10 mg
♀️ ayollar uchun — 18 mg
@endocrinoo
100 g mahsulotga nisbatan:
- pista 60 mg
- jigar: molniki 7 mg, tovuqniki 3 mg
- ismaloq 13,51 mg
- yasmiq 11,8 mg
- noʻxat 6,8-9,4 mg
- grechka 8,3 mg
- arpa yormalari 7,4 mg
- joʻxori uni 5,5 mg
- bugʻdoy 5,4 mg
- yeryongʻoq 5 mg
- keshyu 3,8 mg
- makkajoʻxori 3,7 mg
- qaragʻay yongʻoqlari 3 mg.
Kundalik temirga boʻlgan ehtiyoj:
♂️ erkaklar uchun — 10 mg
♀️ ayollar uchun — 18 mg
@endocrinoo
👍2