"Aqlli bemor"
1) Shifokorga borishdan oldin o'sha sohani "eng zo'ri"ni oldiga boradi!
Va 5-6 soat navbat kutib qaytib chiqadida qo'lida 2-3 tagina dori yozilgan retsep varog'ini olib chiqadi. Va bu yaxshi emas ekan deydi.
2)So'ngra boshqa shifokorga boradi, u esa retsep varog'ini ikki tomonini ham to'ldirib beradi. Va U yana bu ham shifokor yaxshi emas ekan deydi,
3) Yana boshqa shifokorlarga boradi, xullas kech kirib "gastrol safari" tugasa hafsalasiz holda Dorixonaga kirib bari retseplarni ko'rsatadi. Va Dorixonachi o'zi retsep tuzib beradi, kamiga Shifokor yaxshi retsep yozmaganini ham ro'kach qilib qo'yadi. Dorixonachi "aqllida" ko'o'p o'qigan.
10 ta shifokorga kirib oxiri aptekachidan dori olib ketishadi🤦♂.
Shunday bemorlar juda ko'p...
@endocrinoo

😁5👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kanaldagi malumotlarni imkon qadar yaqinlaringizga ulashing
Biz siz uchun harakatdamiz
Tibbiy bilimingizni biz bilan yuksaklarga yetkazing
@endocrinoo
Biz siz uchun harakatdamiz
Tibbiy bilimingizni biz bilan yuksaklarga yetkazing
@endocrinoo
🔥2❤1👍1
🚶🚶♀Piyoda yurishning juda ko'p foydali tomonlari bor. 2-tur qandli diabetda xar kuni 10 ming qadam piyoda yurish qand miqdorini tushiradi
✅Tekshirib ko'rish uchun qondagi qand miqdoringizni o'lchab keyin yurib keling va yana kand mikdoringizni tekshiring. Farqni o'z ko'zlaringiz bilan ko'rasiz.
❗️Agar yurishni endi boshlagan bo'lsangiz tanangizni zo'riqtirmasdan, asta sekinlik bilan qadamlarni ko'paytirib boring.
❗️Albatta yurishdan oldin uzingizga kulay oyok kiyim tanlang

👍2
Tvorog va kalsiy
🔸Tvorogda kalsiy yaxshi so'rilishi uchun muhim bo‘lgan D3 vitaminlari, magniy va fosfor bor.
🔸Uni yong'oq bilan qo‘shib yeyilsa, kalsiyning so'rilishi yanada yaxshilanadi. Tvorog iste'mol qilish uchun eng mos vaqt - kunning birinchi yarmi, ertalab.

Progeriya kam uchraydigan genetik kasallik bo'lib, tananing erta qarishiga olib keladi.
• Kasallik holatida organizmning qarish jarayoni taxminan 8-10 marta tezlashadi, ya'ni bola har yili 10-15 yilga qariydi.
• Kasallik belgilari odatda 2-3 yoshda aniqlanadi: bolaning o'sishi to'xtaydi, sochlar to'liq tushadi, suyak kasalliklari paydo bo'ladi, terining yamoqli pigmentatsiyasi, kesilgan iyagi, tumshug'i shaklidagi burun, ajinlar terisi.
• 10-12 yoshga kelib, bola qariyalarga xos bo'lgan kasalliklar tufayli vafot etadi (ko'pincha katarakt, glaukoma, ateroskleroz)
Suratdagi bolakay taxminan 8-10 yoshlar atrofida

👍4
❗️Olimlar qandli diabetni uning ilk alomatlari paydo bo'lishidan avval aniqlash yo'lini topdi
Shveysariyaning Jeneva universiteti olimlari qandli diabetni kasallikning ilk belgilari paydo bo'lishidan avval aniqlash imkonini beruvchi molekulani topdi.
Bilamizki, yallig'lanish diabet rivojlanishida asosiy rol o'ynaydi. Jumladan, oshqozon osti bezining yog'ga to'lib qolishi va zararlanishi insulin ishlab chiqaruvchi beta-hujayralar faoliyatini o'zgartiradi hamda ularning kamroq gormon ishlab chiqarishiga sabab bo'ladi.
Qisqa qilib aytganda, beta-hujayralar zararlanishi ushbu kasallikning belgisi hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, tadqiqotchilar sunʻiy intellekt va molekulyar biologiya usullari yordamida tajriba o'tkazdi.
Natijada minglab molekulalar orasidan aynan oshqozon osti bezi beta hujayralari shikastlanishini eng yaqqol ifodalovchi turi aniqlandi. Bu 1,5-angidroglyusitola (1,5-AGG) molekulasi bo'lib, tanada uning kamayishi beta-hujayralar tanqisligidan dalolat beradi.
Dastlab jonivorlarda muvaffaqiyatli o'tkazilgan tajriba navbatdagi bosqichda odamlarda sinab ko'rildi. Bu jarayonda qandli diabetga chalingan va sog'lom insonlarning 1,5-angidroglyusitola miqdori solishtirildi.
— Qandli diabet bilan kasallanganlarda 1,5-AGG darajasi sezilarli miqdorda pasayishiga ishonch hosil qildik, — deydi tadqiqot bosh muallifi Sesiliya Ximenes-Sanches. — Bu xastalikning dastlabki belgilari boshlanishidan oldin ham kuzatilishi qayd etildi.
‼️Ushbu kashfiyot qandli diabet profilaktikasiga doir qulay va arzon usullarni ishlab chiqishga yordam berishi mumkin. Chunki 1,5-AGG darajasini oddiy qon tekshiruvi yordamida osongina aniqlasa bo'ladi.

Бир киши 48 йил аввалги бошланғич синф ўқитувчисини хиёбонда кўриб қолиб, хижолатлик билан ёнига бориб: "Устоз, мени танидингизми?" деди.
— Йўқ, таниёлмадим,- деди кекса муаллим.
— Мен бошланғич синфдаги ўқувчингиз фалончи бўламан. Устоз, синфдош ўртоғимизнинг соати йўқолганди. Мен олгандим. Сиз "ҳамма жойидан турсин ва қўлларини тахтага тирасин, тинтув қиламан" дедингиз. Мен уялдим ва қаттиқ қўрқдим. Сиз ва ўртоқларимнинг юзига қандай қарайман, деб ўйлаганим сари баданимдан муздай тер қуйиларди. Шу пайт сиз яна бир буйруқ бердингиз: "Энди ҳамма кўзларини юмсин!"
Сафнинг ўртароқларида эдим. Тинтув навбати менга келди. Соатни индамай чўнтагимдан олдингиз ва тинтувни сафдаги сўнги болагача излаштирдингиз. Кейин бизни ўрнимизга ўтқазиб, менга ҳам, бошқаларга ҳам ҳеч нарса демасдан соатни эгасига қайтардингиз.
Улғайганим сари бу ишингиз қалбимда каттариб бораверди. Устоз, мен ҳозир олтмиш ёшдаман. Бу ҳаётдаги энг катта сабоқни ўша куни сиздан олгандим. Ҳар гал эслаганимда бир сесканиб кетардим ва ўзимни сиздан қолган марҳамат ва бағрикенглик бағрида ҳис этардим. Ўзингдан, виждонингдан уялиб яшаш азоб, ундан-да даҳшатли азоб эса уялаётганингни бошқалар ҳам билиши, уларни ҳар кўрганингда хижолат бўлишинг ундан ҳам даҳшатли азоб.
Устоз, сиз менга ҳаммадан уялиб яшаш азобини раво кўрмадингиз. Бу азобни ҳис қилганимда унута олармидим, билмайман тўғриси. Лекин мени уялтирмаганингизни ҳеч қачон унутмадим, устоз!
Кекса ўқитувчи ўриндиқда ёнма-ён ўтирган собиқ ўқувчисига ўгирилиб қаради:
— У воқеани эртаси куниёқ унутиб юборгандим. Ҳозир сен айтанганингда эсладим.
Сизларга кўзларингизни юминг деганимда мен ҳам кўзларимни юмгандим. Шу ёшдаги ҳар бир бола қўл уриши мумкин бўлган янглишга қўл урган ўқувчимга нисбатан кўнглимда ёмон ўй тушмасин дегандим. У сенмидинг? Билмасдим...
1-октябр устоз ва мураббийлар куни
🌸🌼

👍4👏1
⚡️Eng zararli maxsulot bu shakar.
Shakar ixtiro qilinganiga 200 yilcha bo‘ldi. Bungacha bizning oshqozon osti bezimiz, tashqaridan kirgan glyukozani o‘zlashtirish va taqsimlash uchun yetarli miqdorda insulin ishlab chiqarib bera olgan. Masalan, olma tarkibidi 10 foiz shakar bor deylik. Ana shu shakarni eplab joylashtirib bergan.
Ammo shakar ixtiro qilingach, endi 100 foizli glyukoza fruktoza bo‘lganligi tufayli oshqozon osti bezi bunga ko‘nika olmayapti. Bu o‘ta qorong‘ulikdan birdan yorug‘likka chiqqan odamni eslatadi. Yorug‘likdan ko‘zi qamashib ko‘r bo‘lib qolishi xech gap emas.
Shakar - bu tabiiy maxsulot emas va buning miqdori xozirgi kunda o‘ta ko‘p. Shirinliklar, soklar, gazli ichimliklar va boshqa maxsulotlar ichi to‘la g‘ij-g‘ij shakar.
Men va boshqa doktorlar shakarni narkotiklardan ko‘ra xavfliroq deb xisoblaymiz. Sababi bu yumshoq narkotik organizmni asta sekin o‘ziga bog‘lab olib, oxir oqibat o‘ldiradi.
Extiyot bo‘ling- Shakar!

👍9
Parxez
2-tur qandli diabet bemorlar uchun ovqatlanish svetofori
🟢 Isteʼmol qilish mumkin
🟡 Chegaralangan miqdorda isteʼmol qilish mumkin
🔴 Isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi

Suratdagi bu odam 70 yoshda.
Uning yuzi juda g'ayrioddiy ko'rinadi, chunki so'nggi 30 yil davomida u yuk mashinasini boshqargan va yuzining chap tomoni doimo quyosh nuriga duchor bo'lgan.
Kasb kasalligi deyiladi bunga.
Yaqinlarga ham ulashing 📤

👍3
Bolalarni basketbol to‘garagiga bering
🏀Farzandingizni basketbolchi qilmasangiz ham bir muddat basketbol bilan shug'ullanishini ta'minlang. Bu orqali bolalarni bo‘yi o‘sadi, umurtqa pogʻonasi to‘g‘ri shakllanadi. Shuningdek, har qanday jismoniy faollik sog‘lom bola uchun ziyon qilmaydi.

👍5
Gemoglobinni qanday qilib tez ko'tarish mumkin?
Bu postda qisqa vaqt ichida gemoglobinni ko'taruvchi mahsulotlarni keltirib o'taman.
✓ NAʻMATAK (shipovnik) damlamasiga asal qo'shib ichish. Naʻmatak 100 g miqdorini 1 litr idishga damlanadi va kun davomida ichiladi.
✓ Quruq mevalar temir moddasiga juda boy. Rekordsmeni — PISTA. Hech bo'lmasa har kuni 4–6 ta turshak yoki boshqa quruq mevalardan isteʻmol qilib turish kerak.
✓ GRЕCHKA — temir moddasiga juda boy!
✓ Meva va rezavorlarni to'q yashil va qizil ranglilari temirga boy bo'ladi. Rekordsmenlari — XURMO, ANOR
✓ Bulardan tashqari qora ikra, dukkaklilar, yormalar, plombir, qizil go'sht temir moddasiga boy mahsulotlar hisoblanadi.
🖼️ Rasmda tarkibida ko'p miqdorda temir moddasi saqlovchi mahsulotlar (100 g da qancha temir borligi) ko'rsatilgan.
Hozirda statistika boʻyicha 90% ziyod insonda KAMQONLIK mavjud🩸
Ushbu postni imkon qadar koʻproq insonlarga yuboring
📱📲
@endocrinoo
@endokrinolog_maslaxatii

Antiqa tajriba. Kelajakka qadam
🇬🇧 Londonda yashovchi jarroh zamonaviy texnologiya nimaga qodirligini ko‘rsatish uchun Kaliforniyada 5G yordamida banan ustida masofadan operatsiya o‘tkazdi.Natija esa yomon emas 👍

👍2👏1
Arqonda sakrang
🔸15 daqiqa arqondan sakrash 60 daqiqa yugurishga teng. Muntazam arqonda sakrash bilan shug'ullansangiz, sizda yog‘ to‘planishi kamayadi.
🫀Bundan tashqari arqonda sakrash yurak mushaklari uchun foydali bo‘lib, qon bosimi va nafas ritmini normallashtiradi, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi

👍4👏2🎉1
Sochingiz to’kilyaptimi? Unda chekishni tashlang )
🔹Sigaret tutunida 5000 dan ortiq zaharli va kanserogen kimyoviy moddalar va og'ir metallar mavjud. Qatronlar, xrom, mishyak, qo'rg'oshin, kadmiy, formaldegid, dioksin, benzol, nitrozaminlar va hokazo.
🔹Ular soch follikulasidagi DNKga zarar yetkazadi, follikulaning yallig'lanishini keltirib chiqaradi va estrogenning o'sishni rag'batlantiruvchi ta'sirini bloklaydi.
🔹Bundan tashqari, soch ildizining qon bilan ta'minlanishi yomonlashadi va natijada soch to'kilishi sodir bo'ladi. Tabiiyki, agar siz chekishni tashlasangiz, sochingizning holati sezilarli darajada yaxshilanishi mumkin.