Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
619 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
1️⃣ Bo‘yinda og‘riq
2️⃣ Qo‘lga tarqaluvchi og‘riq + uvishish
3️⃣ Mushak kuchi va reflekslar pasayishi

Ushbu klassik triada boʻyin grijasi(churrasi)ga hos belgilardir.

Sizda ham ushbu belgilar boʻlsa nevropatolog va neyroxirurgga murojaat qiling.

@endocrinoo

Guruh:
👍32
Gipofizda 3 hil turdagi hujayralar boʻlib ular oʻzidan gormon sintezlaydi

1⃣Eozinofil (asidofil) hujayra
Somatotrop, Prolaktin sintezlaydi

2⃣Bazofil hujayra
AKTG, TTG, LG, FSG sintezlaydi

3⃣Hromofob hujayra
Odatda gormon sintezlamaydi

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

Guruh:
👍51
#hazil_time

Kitob va real hayot...

@endocrinoo
🔥42
Yanvar ketib borar yo'qlik qa'riga,
Umr to'xtab qolgan - vaqt o'tar notinch.
Sinib, sinaverib o'lmagan, ammo -
Qishning quyoshiday so'niq bir ilinj.

Azizam, bu yurtda qish ham qish emas,
Yanvar oxirlaydi, seningsiz tag'in.
Fevral umid berar, kelmog'ing chinday,
Demakki, bahorga yaqinmiz, yaqin...

©️ Dadaxon Muhammadiy

@endocrinoo
❤‍🔥6🔥2👍1
Afsonaviy ong 👽

Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

1. Tumandan koʻra shaharga bora qoldim yaxshi vrachlar bor deb

2. Tumandan koʻra sentrga bordim analizi aniq chiqadi deb

3. Shahardagi vrach yozgan dorilarni olyapman, siz yozganlarizi omadim

4. Biz tumanda yotib davolanmemiz, sharahga boramiz doim.

5. U vrachni yoshi , katta yaxshi biladi.

Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😁3👍1
Bugun tumanda ishlagan shifokor ertaga viloyat markazida paydo boʻlishi uni 1 kunda vunderkindga aylanganini anglatmaydi.

Tumanda hususiy klinikalar harid qilgan yangi aparaturalar (masalan ixla laborator uskunasi) davlat tashkilotlarida hamon foydalanib kelinayotgan har qanday aparaturalardan 99% aniqroq maʼlumot beradi.

Davlat shifoxonasida bepulga yozilgan retseptni qadrini huddi shu dorilarni hususiy klinikalarga kirib qayta yozdirib olganlardan soʻrang.

Shaharda yotib davolanishda ustunliklar bor albatta. Yashash uchun optimal sharoit yaratilganligi, yaxshi laboratoriyalar mavjudligi, tibbiy madaniyat ham ortib borishi.

Yoshi katta shifokor... Bu katta mavzu bu haqida yozsam kunlar sarflashim mumkin. Oʻz ustida ishlagan yuqori tajribali shifokor bu tengsiz shifokor. Ammo institut davridan beri kitob ochmaydigan, yangiliklar bilan qiziqmaydigan ularni qabul qilishni xohlamaydigan qariyadan institutning qaysidir bosqich talabasi ustunroq.

🖊Barcha fikrlar shaxsiy.
Qoʻshilmaslik imkoningiz bor, ahir har qanday fikr yashab qolishga haqli.
📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍7🔥61
​​💊Magniy 300 dan ortiq fermentlarning shakllanishida muhim rol o'ynaydi. Energiya, elektrolitlar almashinuvida, hujayra o'sishi regulyasiyasida ishtirok etadi. Mushak tolalarining bo'shashishiga yordam beradi.

👨‍👩‍👦‍👦Aholining 25-30 foizi esa oziq-ovqatdan yetarlicha magniy olmaydi!

‼️Keling, magniy etishmovchiligi belgilarini ajratib ko'rsatishdan boshlaylik:

1️⃣ depressiya
2️⃣ holsizlik, zaiflik, charcoq holati
3️⃣ hayzdan oldingi sindrom, asabiylashish
4️⃣ ich qotishi
5️⃣ paresteziya (qo'l-oyoqlarda sanchiqli ogriqlar), tremor (qo'l-oyoqlarning titrashi)
6️⃣ sovuq oyoq va qollar, oyoq yoki tizza qartirashlari
7️⃣ yurak-qon tomir kasalliklari va boshqa kasalliklar (tromboz, giperlipidemiya, yurak ishemik kasalligi, semizlik va boshqalar).

👩🏻‍⚕️Katta yoshdagi odamning tanasida taxminan 24 gramm magniy mavjud bo'lib, uning 67% skeletda, 31% hujayra ichida (skelet mushaklarida) va faqat 1-2% hujayradan tashqarida (qon plazmasida) mavjud.

🧬Natijada qon tahlilida topilgan darajalar faqat hujayradan tashqari bo'shliqdagi magniyni aks ettiradi va tanadagi haqiqiy magniy zahiralarini ifodalamaydi!

‼️Shuning uchun magniy tanqisligi diagnostikasida nafaqat laboratoriya standartlarini, balki klinik ko'rinishlarini ham hisobga olish kerak!

❤️ Sog'ligingizni ehtiyot qiling 💚

 @endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍41
📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Tuxumdon kistasi - bu suyuqlik tarkibi bilan to'ldirilgan pedunkulyar bo'shliq bo'lib, sekretsiya to'planishi tufayli kattalashib boradi.
Tuxumdon kistalari (follikulyar, sariq tana, endometrioid va boshqalar) va supraovarian kistalar (paraovarian) mavjud.
Ko'pincha simptomsiz bo'lib, qorinning pastki qismida noqulaylik va og'riq, hayz davrining buzilishi va dizurik buzilishlar (quviqning siqilishi tufayli) bilan namoyon bo'lishi mumkin.
Bu kista poyasining buralishi, kapsulaning yorilishi bilan murakkablashib o'tkir qorin va peritonit paydo bolishiga olib kelishi mumkin.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍21
#hazil_time

Maktabda o'qib yurgan paytlarim Jismoniy tarbiya va Mehnat fani o'qituvchilari urushib ketgandi. Jismoniy tarbiya o'qituvchimiz baquvvat, kuchli bokschi edi. Lekin bolg'a baribir bolg'ada...

@endocrinoo
😁13👏2
😁141💯1
Ozishda eng muhim jihatlardan biri bu tarelka qoidasiga amal qilish hisoblanadi.

Bunda tarelkani 100% deb olsak

50% qismi meva-sabzavotlar
25% qismi goʻsht, baliq mahsulotlari
25% qismi uglevodlar tashkil qilishi kerak.

Admin tavsiyasi
Bu eng effektiv usul hisoblanadi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5🔥2
Thyroglossal duct cyst

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Soʻngi 10 kunda 2 nafar ( 10 va 17 yosh ) bemorimda bir hil holat kuzatildi. Yani bemorda bir necha kun ichida huddiki qalqonsimon bez kattalashuvi kabi shish bilan murojaat qildi.

UTT ga koʻra 2 lasida ham qalqonsimon bezda emas uning old qismida kista koʻrildi.

Embrion davrida mavjud boʻladigan til osti - qalqonsimon bez yoʻli bolalik davrida yopilib ketishi kerak. Agar bu yoʻl ochiq qolsa va bu soxaga infeksiya tushsa kista hosil qiladi. Aynan 1-bemor 1 hafta avval kuchli holatda nafas yoʻli muammosiga uchragan edi.

Gormon taxlillar hammasi yaxshi ekanini koʻrsatdi.

1 oylik davolash muolajasi yozdim(garchi davolash operativ boʻlsa ham 1-bemorda 1 haftadayoq yaxshi natija koʻrilgan). Qani kuzatamiz davomini.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍52
Gipotireoz da qanday simptomlar kuzatilishi haqida poster

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
4
Qalqonsimon bez kasalliklarida diagnostika qanday amalga oshirilishi haqida poster

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
#hazil_time

Tez yordamchilar uchun bunisi ham😂

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😁4
Ey do'st! Ko'rmasmisanki, chaqaloq dunyoga kelgan vaqtda hirsi sababli qo'llari bir narsani ushlaganday yopiq bo'ladi. Dunyodan ketayotganda esa, kaftlari bo'shligidan ochiqdir. Chunki hirs bilan orzu qilingan narsa qo'ldan chiqqan. O'lim yetarli nasihatchidir, o'lim yetarli voizdir.

© Tohir Malik ("Ayovsiz ilon" kitobidan)

@endocrinoo
🔥73💯3👍1
Ksantelazma - qovoq terisidagi sariq rangli hosilalar. Tanada lipid almashinuvi buzilishi, xolesterin miqdorining ortib ketishi oqibatida kelib chiqadi. Ko'pincha ayollarda uchraydi.

@endocrinoo
4👍1