Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Terlashda yoqimsiz hid kelishi nimadan?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Hidli terlash (gipergidroz + gidrozis) — bu terning haddan tashqari ko‘p ajralishi va u bilan birga yoqimsiz hid paydo bo‘lishi holatidir. Bu holat inson hayot sifatiga jiddiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Quyida hidli terlash sabablari, davolash usullari va profilaktikasi haqida to‘liq ma’lumot beraman.

I. HIDLI TERLASH SABABLARI

1. Fiziologik sabablari (normal holatlar)

Issiq iqlim, jismoniy ish yoki sport bilan shug‘ullanish

Stress, hayajon, qo‘rquv

Achchiq, issiq yoki ziravorli ovqatlar

Gormonal o‘zgarishlar (balog‘at yoshi, hayz, menopauza)

2. Patologik sabablari (kasallik bilan bog‘liq)

Gipergidroz: Ter bezlarining ortiqcha faolligi (yog‘li terlash)

Gormonal buzilishlar: Qandli diabet, qalqonsimon bez kasalliklari (gipertireoz)

Neyropsixik buzilishlar: Asabiylik, nevroz, depressiya

Infeksiyalar: Sil, OITS, surunkali infeksiyalar

Genetik moyillik: Oila a'zolarida kuzatilsa, irsiy bo‘lishi mumkin

Baʼzi dorilar: Antidepresantlar, baʼzi antibiotiklar, og‘riq qoldiruvchi dorilar

Ter bezlarining bakterial ifloslanishi: Ayniqsa, qo‘ltiq va oyoq sohalarida

Davomi bor...👇👇👇

@endocrinoo
🔥1
Davomi...☝️☝️☝️

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

HIDLI TERLASHNI DAVOLASH USULLARI

1. Uy sharoitida gigiyena va parvarish

Har kuni dush olish, ayniqsa ter ajraladigan joylarni (qo‘ltiq, oyoq, qorin osti)

Yengil, tabiiy matoli kiyimlar kiyish (paxta, zig‘ir)

Sintetik kiyimlardan saqlanish

Antibakterial sovun va gel ishlatish

2. Dezodorant va antiperspirantlar

Antiperspirantlar ter bezlarini vaqtincha toraytirib, ter ajralishini kamaytiradi (aluminiy tuzlari asosida)

Antibakterial dezodorantlar yoqimsiz hidni keltirib chiqaruvchi bakteriyalarni yo‘q qiladi

3. Tabiiy vositalar

Olma sirkasi: Qo‘ltiq yoki oyoqqa surtib quritish

Limon: Bakteriyalarga qarshi xususiyatga ega

Choy daraxti moyi: Antiseptik ta’siri bor

Adaçay (shalfey) choyi: Ichilsa ham, surtib qo‘llansa ham foyda beradi

4. Dorivor davolash

Ter ajralishini kamaytiruvchi dorilar: antixolinergiklar (faqat shifokor tavsiyasi bilan!)

Bakterial infektsiyalar bo‘lsa — antibiotiklar (tashxis asosida)

Gormon muvozanatini tekshirish va davolash (endokrinologga murojaat qilish zarur)

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
1🔥1
#klinik_vaziyat

Bazan bunaqasi ham boʻladi.

Odatda qalqonsimon bez tugunlari yoʻq boʻlib ketishi kam uchraydi. Davolashdan maqsad tugunni kattalashishini oldini olish va 50% gacha boʻlsada kichraytirish.

Bu bemorimda esa 7 mm lik tugun yoʻq boʻlib ketgan. Har gal 1ta uzist koʻrishini tavsiya qilaman. Sababi oʻsha uzist, oʻsha koʻz, oʻsha aparat bilan aniqlik yaxshi boʻladi va avvalgi holatiga nisbatan taqqoslash ham boʻladi.

Hozirda bemorda tugunlar yoʻq, qalqonsimon bezda qon aylanishi meyorda (tireoidit yoʻqolgan)

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👏3🔥1
Suyaklar aslida teshikchali

Agar suyakka mikroskop ostida qaralsa, ular teshikchali shokoladga o‘xshaydi. Bir tomondan, butun tuzilma suyakka mustahkamlik berardi, ammo hammasi shunchalik oddiy emas.

Suyaklardagi bo‘shliqlar ularning vaznini yengillashtiradi. Suyaklar organizmdagi eng zich tuzilmalaridan biri bo‘lib, ularning vazni ancha katta. Agar suyaklarda bo‘shliqlar bo‘lmaganda, ularning vazni 3-4 barobar ko‘proq bo‘lardi.

Teshikchalar elastiklikni ta’minlaydi. Mustahkamlik har doim mo‘rtlik bilan chegaralangan. Bo‘shliqlarning mavjudligi suyakka yoriq hosil qilmasdan egilish imkonini beradi.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

Guruh
👍61🔥1
Tibbiyot qachon rivojlanadi?

Konsertga emas leksiyaga shunday yigʻilsak

@endocrinoo
7🔥1
#hazil_time

Haqiqat ham shunday

@endocrinoo
😁14💯1
📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Neyrotransmitterlar tanangizning kimyoviy xabarchilaridir.
Ular bir nerv hujayrasidan boshqasiga, mushak yoki bez hujayrasiga xabarlarni yetkazadilar

Neyrotransmitterlarga misollar:
°Dofamin
°Adrenalin
°Noradrenalin
°Asetilxolin
°Endorfin
°Enkefalin
°Gaba

💥Ular quyidagi funktsiyalarni boshqaradi:
•Yurak urishi va qon bosimi
•Nafas olish
•Mushaklar harakati
•Fikrlar, xotira, o'rganish va his-tuyg'ular
•Uyqu, davolanish va qarish
•Stressga javob
•Gormonlarni boshqarish
•Ovqat hazm qilish, ochlik va chanqoqlik hissi
•Sezgilar (ko'rgan, eshitgan, his qilgan, tegingan va ta'm bilgan narsalaringiz) ga javob

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

Guruh:
❤‍🔥11👍1🔥1
#afsona

Uy non zararli ekanini aytganizdan beri novvoy non yeyapman doktor.

@endocrinoo
😁15🔥1
Laron sindromi nima?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Laron sindromi - autosoma resessiv tipda oʻtuvchi nasliy kasallik.

Patogenezi:
Somatotrop (oʻsish) gormoni qonda yetarlicha va koʻp lekin oʻsish orqada qolgan. Sababi STGga nisbatan rezistentlik mavjud boʻladi.

IFR-1 esa qonda kamaygan yoki normada boʻladi.

🌄Klinikasida:
Pakanalik
👨‍🦰 119-142 sm
👩‍🦰 108-136 sm
Qoʻl - oyoqlar ingichka
Semizlik (qorin soxada)
Jinsiy orqada qolgan
"Qoʻgʻirchoq yuz"
Muskul xolsizligi

🩸Diagnostika:
STG
IFR-1

💊Davolash:
IFR-1 (MEKASERMIN)

👉Oʻsishda tavsiyalar bu yerda👈

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

Guruh:
🔥2
❗️🦠 O‘zbekistonda qizamiq avj olmoqda

JSST O‘zbekistonda qizamiq kasalligi holatlari ko‘payganini ma’lum qildi. Virus 2019 yildan beri faol tarqalmoqda — asosiy sabab emlashdan bosh tortishdir. Qizamiq havo orqali yuqadi va eng yuqumli kasalliklardan biri hisoblanadi.

Bu «yengil kasallik» emas. Qizamiq o‘pka yallig‘lanishi, miya zararlanishi, eshitish qobiliyati yo‘qolishi va hatto o‘limga olib kelishi mumkin. Eng katta xavf guruhida — emlanmagan bolalar, homilador ayollar va immuniteti zaif bo‘lgan shaxslar bor.

❗️"Unutmang 1-tur qandli diabet kelib chiqishida aynan shu kabi viruslar asosiy faktor boʻlib hizmat qiladi"❗️

@endocrinoo

Guruh:
🔥2
#afsona

Saxrda guruch mumkinmas deganizga devzira guruchda qilyapmiz oshni

@endocrinoo
😁10👍1
1️⃣ Bo‘yinda og‘riq
2️⃣ Qo‘lga tarqaluvchi og‘riq + uvishish
3️⃣ Mushak kuchi va reflekslar pasayishi

Ushbu klassik triada boʻyin grijasi(churrasi)ga hos belgilardir.

Sizda ham ushbu belgilar boʻlsa nevropatolog va neyroxirurgga murojaat qiling.

@endocrinoo

Guruh:
👍32
Gipofizda 3 hil turdagi hujayralar boʻlib ular oʻzidan gormon sintezlaydi

1⃣Eozinofil (asidofil) hujayra
Somatotrop, Prolaktin sintezlaydi

2⃣Bazofil hujayra
AKTG, TTG, LG, FSG sintezlaydi

3⃣Hromofob hujayra
Odatda gormon sintezlamaydi

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

Guruh:
👍51
#hazil_time

Kitob va real hayot...

@endocrinoo
🔥42
Yanvar ketib borar yo'qlik qa'riga,
Umr to'xtab qolgan - vaqt o'tar notinch.
Sinib, sinaverib o'lmagan, ammo -
Qishning quyoshiday so'niq bir ilinj.

Azizam, bu yurtda qish ham qish emas,
Yanvar oxirlaydi, seningsiz tag'in.
Fevral umid berar, kelmog'ing chinday,
Demakki, bahorga yaqinmiz, yaqin...

©️ Dadaxon Muhammadiy

@endocrinoo
❤‍🔥6🔥2👍1
Afsonaviy ong 👽

Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

1. Tumandan koʻra shaharga bora qoldim yaxshi vrachlar bor deb

2. Tumandan koʻra sentrga bordim analizi aniq chiqadi deb

3. Shahardagi vrach yozgan dorilarni olyapman, siz yozganlarizi omadim

4. Biz tumanda yotib davolanmemiz, sharahga boramiz doim.

5. U vrachni yoshi , katta yaxshi biladi.

Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😁3👍1
Bugun tumanda ishlagan shifokor ertaga viloyat markazida paydo boʻlishi uni 1 kunda vunderkindga aylanganini anglatmaydi.

Tumanda hususiy klinikalar harid qilgan yangi aparaturalar (masalan ixla laborator uskunasi) davlat tashkilotlarida hamon foydalanib kelinayotgan har qanday aparaturalardan 99% aniqroq maʼlumot beradi.

Davlat shifoxonasida bepulga yozilgan retseptni qadrini huddi shu dorilarni hususiy klinikalarga kirib qayta yozdirib olganlardan soʻrang.

Shaharda yotib davolanishda ustunliklar bor albatta. Yashash uchun optimal sharoit yaratilganligi, yaxshi laboratoriyalar mavjudligi, tibbiy madaniyat ham ortib borishi.

Yoshi katta shifokor... Bu katta mavzu bu haqida yozsam kunlar sarflashim mumkin. Oʻz ustida ishlagan yuqori tajribali shifokor bu tengsiz shifokor. Ammo institut davridan beri kitob ochmaydigan, yangiliklar bilan qiziqmaydigan ularni qabul qilishni xohlamaydigan qariyadan institutning qaysidir bosqich talabasi ustunroq.

🖊Barcha fikrlar shaxsiy.
Qoʻshilmaslik imkoningiz bor, ahir har qanday fikr yashab qolishga haqli.
📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍7🔥61
​​💊Magniy 300 dan ortiq fermentlarning shakllanishida muhim rol o'ynaydi. Energiya, elektrolitlar almashinuvida, hujayra o'sishi regulyasiyasida ishtirok etadi. Mushak tolalarining bo'shashishiga yordam beradi.

👨‍👩‍👦‍👦Aholining 25-30 foizi esa oziq-ovqatdan yetarlicha magniy olmaydi!

‼️Keling, magniy etishmovchiligi belgilarini ajratib ko'rsatishdan boshlaylik:

1️⃣ depressiya
2️⃣ holsizlik, zaiflik, charcoq holati
3️⃣ hayzdan oldingi sindrom, asabiylashish
4️⃣ ich qotishi
5️⃣ paresteziya (qo'l-oyoqlarda sanchiqli ogriqlar), tremor (qo'l-oyoqlarning titrashi)
6️⃣ sovuq oyoq va qollar, oyoq yoki tizza qartirashlari
7️⃣ yurak-qon tomir kasalliklari va boshqa kasalliklar (tromboz, giperlipidemiya, yurak ishemik kasalligi, semizlik va boshqalar).

👩🏻‍⚕️Katta yoshdagi odamning tanasida taxminan 24 gramm magniy mavjud bo'lib, uning 67% skeletda, 31% hujayra ichida (skelet mushaklarida) va faqat 1-2% hujayradan tashqarida (qon plazmasida) mavjud.

🧬Natijada qon tahlilida topilgan darajalar faqat hujayradan tashqari bo'shliqdagi magniyni aks ettiradi va tanadagi haqiqiy magniy zahiralarini ifodalamaydi!

‼️Shuning uchun magniy tanqisligi diagnostikasida nafaqat laboratoriya standartlarini, balki klinik ko'rinishlarini ham hisobga olish kerak!

❤️ Sog'ligingizni ehtiyot qiling 💚

 @endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍41