Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Homiladorlik diabetida (gestatsion ) tavsiyalar!

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

1. Oz-ozdan va tez-tez ovqatlaning
2. Uglevodlarni cheklang
3. Oqsil isteʼmolini oshiring
4. Oʻsimlik yogʻidan foydalaning
5. Yashil mevalar va salatlar isteʼmol qiling
6. Suyuqlik ichishni koʻpaytiring
7. Mashq qiling
Manba

Oʻylab qaralsa barcha diabetiklar uchun mos keladi bu usul.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👏1
📝Endokrinolog : Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Gipersalivatsiya (ptializm , sialoreya) - doimiy yoki vaqtinchalik xarakterdagi normal yoki patologik holat bo'lib, u soʻlak ishlab chiqarishning ko'payishi bilan tavsiflanadi.

Ikkita tur mavjud:
To'g'ri.Tuprikning kunlik hajmi 2,5 litrdan oshadi.
Yolg'on. So'lak sekretsiyasining hajmi kuniga 2,5 litrdan oshmaydigan normal darajalarga to'g'ri keladi.

Gipersalivatsiyaning asosiy sabablari:

Fiziologik omillar. Soʻlakning ortiqcha sekretsiyasi homiladorlik davrida toksikozda soʻlak bezlarining ishlashi ortishi sababli ba'zida ayol kuniga 5 litrgacha suyuqlikni yo'qotadi. Bundan tashqari, sut tishining chiqishi yoki uning shakllanishi paytida bolalar uchun fiziologik normal hisoblanadimi
Mexanik omillar. Vaqtinchalik protezlarga moslashish jarayonida olinadigan normal reaksiya bo'lishi mumkin. Shuningdek, sigaretalar va boshqalar kabi mexanik omillar soʻlak sekretsiyasi kuchayadi.
Tish kasalliklari. O'rtacha gipersalivatsiya - shilliq qavatning M-xolinergik retseptorlariga tirnash xususiyati beruvchi ta'siri tufayli stomatit va kariesda tez-tez uchraydigan hodisa.
Ovqat hazm qilish tizimining kasalliklari: oshqozon yarasi, pankreatit, xoletsistit kabi kasalliklarning alomatidir.
Ko'p soʻlak oqadigan holatlarga yana sinusit, rinit, adenoidlar (bolalik davrida) ham kiradi. So'lak kechalari, uyqu paytida sodir bo'ladi.
Gelmintik invaziyalar periferik nerv retseptorlarini tirnash xususiyati sababli soʻlak oʻqishini keltirib chiqaradi. Simptom tunda tez-tez uchraydi va kunduzi kamroq uchraydi.
Nevrologik kasalliklar.Parkinson kasalligi, miya shishi, insultdan keyingi holatlar va boshqalar bilan birga keladi. Bunday kasalliklarda so'lak bezlarini tartibga solish markazlari ta'sirlanadi
Endokrin kasalliklar - gormonal disbalans , qalqonsimon bez kasalliklari

Patologiyani rivojlanish xavfini minimallashtirish uchun umumiy profilaktika choralariga rioya qilish kerak:

yuqori sifatli og'iz gigienasi;
har olti oyda bir marta tish shifokoriga tashrif buyurish;
tish va milklarni muntazam professional tozalash;
to'g'ri ovqatlanish, ko'p miqdorda yangi meva va sabzavotlarga boy;
faol hayot tarzi;
yomon odatlardan voz kechish.

Davolash

Keltirib chiqaruvchi sababni bartaraf etish (gelmint, endokrin sababni va boshqalarni...)
M - holinoblokatorlar
Trisiklik antidepressantlar

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
1
Oramizda tabiiy yoʻl bilan isteʼmol qilyapman yodni deydiganlar juda koʻp topiladi.

Endi ushbu jadval orqali ozgina xisob qilgan holda bilib olishingiz mumkinki homilador ayol kunlik yodni tabiiy yoʻl bilan toʻldirishi uchun kuniga 7200 gr (7.2 kg) xurmo yeyishi yoki 11200 gr (11.2 kg) qoʻy goʻshti va yoki 12600 gr (12.6 kg) olma isteʼmol qilishi kerak


Xoʻsh siz shuncha mahsulot isteʼmol qilayapsizmi 1 kunda

Demak 1 dona tabletka orqali yodni keragini qabul qilish osonroq va arzonroq menimcha

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
5
Juma muborak boʻlsin 🌙

@endocrinoo
🔥1
Har bir kilogramm ortiqcha vazn organizmda 22 km yangi qon tomirlar shakllanishiga majbur qiladi.

Bu haqiqatni bilib, nima uchun semirish va yurak kasalliklari doimo yonma-yon borishini tushunish oson. Bizning tanamizdagi tomirlarning ko‘pchiligi katta tomirlar va arteriyalar emas, balki barcha organlarni panjara kabi bog‘laydigan mayda kapillyarlardir. Ular yog‘ to‘qimalarida ham mavjud, shuning uchun uning o‘sishi hujayralarni kislorod bilan oziqlantirish uchun tanani yangi tomirlar paydo qilishga majbur qiladi.

Qon tomirlari qanchalik ko‘p bo‘lsa, yurakka tushadigan yuk shuncha ortadi.

Agar siz ortiqcha vaznni yo‘qotsangiz tana keraksiz bo‘lib qolgan tomirlarni yo‘q qiladi. Shunday qilib, hech bo‘lmaganda ozgina miqdorda ortiqcha vazndan xalos bo‘lish yurak ishini osonlashtiradi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2🔥1
1 kg vazn uchun 22 km qon-tomir xosil boʻladimi, bu juda katta koʻrsatkich deganlar uchun FAKT:
Inson tanasida 95 000 km qon-tomir mavjud

Ozish uchun yozilgan postlarni oʻqing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
Terlashda yoqimsiz hid kelishi nimadan?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Hidli terlash (gipergidroz + gidrozis) — bu terning haddan tashqari ko‘p ajralishi va u bilan birga yoqimsiz hid paydo bo‘lishi holatidir. Bu holat inson hayot sifatiga jiddiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Quyida hidli terlash sabablari, davolash usullari va profilaktikasi haqida to‘liq ma’lumot beraman.

I. HIDLI TERLASH SABABLARI

1. Fiziologik sabablari (normal holatlar)

Issiq iqlim, jismoniy ish yoki sport bilan shug‘ullanish

Stress, hayajon, qo‘rquv

Achchiq, issiq yoki ziravorli ovqatlar

Gormonal o‘zgarishlar (balog‘at yoshi, hayz, menopauza)

2. Patologik sabablari (kasallik bilan bog‘liq)

Gipergidroz: Ter bezlarining ortiqcha faolligi (yog‘li terlash)

Gormonal buzilishlar: Qandli diabet, qalqonsimon bez kasalliklari (gipertireoz)

Neyropsixik buzilishlar: Asabiylik, nevroz, depressiya

Infeksiyalar: Sil, OITS, surunkali infeksiyalar

Genetik moyillik: Oila a'zolarida kuzatilsa, irsiy bo‘lishi mumkin

Baʼzi dorilar: Antidepresantlar, baʼzi antibiotiklar, og‘riq qoldiruvchi dorilar

Ter bezlarining bakterial ifloslanishi: Ayniqsa, qo‘ltiq va oyoq sohalarida

Davomi bor...👇👇👇

@endocrinoo
🔥1
Davomi...☝️☝️☝️

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

HIDLI TERLASHNI DAVOLASH USULLARI

1. Uy sharoitida gigiyena va parvarish

Har kuni dush olish, ayniqsa ter ajraladigan joylarni (qo‘ltiq, oyoq, qorin osti)

Yengil, tabiiy matoli kiyimlar kiyish (paxta, zig‘ir)

Sintetik kiyimlardan saqlanish

Antibakterial sovun va gel ishlatish

2. Dezodorant va antiperspirantlar

Antiperspirantlar ter bezlarini vaqtincha toraytirib, ter ajralishini kamaytiradi (aluminiy tuzlari asosida)

Antibakterial dezodorantlar yoqimsiz hidni keltirib chiqaruvchi bakteriyalarni yo‘q qiladi

3. Tabiiy vositalar

Olma sirkasi: Qo‘ltiq yoki oyoqqa surtib quritish

Limon: Bakteriyalarga qarshi xususiyatga ega

Choy daraxti moyi: Antiseptik ta’siri bor

Adaçay (shalfey) choyi: Ichilsa ham, surtib qo‘llansa ham foyda beradi

4. Dorivor davolash

Ter ajralishini kamaytiruvchi dorilar: antixolinergiklar (faqat shifokor tavsiyasi bilan!)

Bakterial infektsiyalar bo‘lsa — antibiotiklar (tashxis asosida)

Gormon muvozanatini tekshirish va davolash (endokrinologga murojaat qilish zarur)

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
1🔥1
#klinik_vaziyat

Bazan bunaqasi ham boʻladi.

Odatda qalqonsimon bez tugunlari yoʻq boʻlib ketishi kam uchraydi. Davolashdan maqsad tugunni kattalashishini oldini olish va 50% gacha boʻlsada kichraytirish.

Bu bemorimda esa 7 mm lik tugun yoʻq boʻlib ketgan. Har gal 1ta uzist koʻrishini tavsiya qilaman. Sababi oʻsha uzist, oʻsha koʻz, oʻsha aparat bilan aniqlik yaxshi boʻladi va avvalgi holatiga nisbatan taqqoslash ham boʻladi.

Hozirda bemorda tugunlar yoʻq, qalqonsimon bezda qon aylanishi meyorda (tireoidit yoʻqolgan)

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👏3🔥1
Suyaklar aslida teshikchali

Agar suyakka mikroskop ostida qaralsa, ular teshikchali shokoladga o‘xshaydi. Bir tomondan, butun tuzilma suyakka mustahkamlik berardi, ammo hammasi shunchalik oddiy emas.

Suyaklardagi bo‘shliqlar ularning vaznini yengillashtiradi. Suyaklar organizmdagi eng zich tuzilmalaridan biri bo‘lib, ularning vazni ancha katta. Agar suyaklarda bo‘shliqlar bo‘lmaganda, ularning vazni 3-4 barobar ko‘proq bo‘lardi.

Teshikchalar elastiklikni ta’minlaydi. Mustahkamlik har doim mo‘rtlik bilan chegaralangan. Bo‘shliqlarning mavjudligi suyakka yoriq hosil qilmasdan egilish imkonini beradi.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

Guruh
👍61🔥1
Tibbiyot qachon rivojlanadi?

Konsertga emas leksiyaga shunday yigʻilsak

@endocrinoo
7🔥1
#hazil_time

Haqiqat ham shunday

@endocrinoo
😁14💯1
📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Neyrotransmitterlar tanangizning kimyoviy xabarchilaridir.
Ular bir nerv hujayrasidan boshqasiga, mushak yoki bez hujayrasiga xabarlarni yetkazadilar

Neyrotransmitterlarga misollar:
°Dofamin
°Adrenalin
°Noradrenalin
°Asetilxolin
°Endorfin
°Enkefalin
°Gaba

💥Ular quyidagi funktsiyalarni boshqaradi:
•Yurak urishi va qon bosimi
•Nafas olish
•Mushaklar harakati
•Fikrlar, xotira, o'rganish va his-tuyg'ular
•Uyqu, davolanish va qarish
•Stressga javob
•Gormonlarni boshqarish
•Ovqat hazm qilish, ochlik va chanqoqlik hissi
•Sezgilar (ko'rgan, eshitgan, his qilgan, tegingan va ta'm bilgan narsalaringiz) ga javob

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

Guruh:
❤‍🔥11👍1🔥1
#afsona

Uy non zararli ekanini aytganizdan beri novvoy non yeyapman doktor.

@endocrinoo
😁15🔥1
Laron sindromi nima?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Laron sindromi - autosoma resessiv tipda oʻtuvchi nasliy kasallik.

Patogenezi:
Somatotrop (oʻsish) gormoni qonda yetarlicha va koʻp lekin oʻsish orqada qolgan. Sababi STGga nisbatan rezistentlik mavjud boʻladi.

IFR-1 esa qonda kamaygan yoki normada boʻladi.

🌄Klinikasida:
Pakanalik
👨‍🦰 119-142 sm
👩‍🦰 108-136 sm
Qoʻl - oyoqlar ingichka
Semizlik (qorin soxada)
Jinsiy orqada qolgan
"Qoʻgʻirchoq yuz"
Muskul xolsizligi

🩸Diagnostika:
STG
IFR-1

💊Davolash:
IFR-1 (MEKASERMIN)

👉Oʻsishda tavsiyalar bu yerda👈

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

Guruh:
🔥2
❗️🦠 O‘zbekistonda qizamiq avj olmoqda

JSST O‘zbekistonda qizamiq kasalligi holatlari ko‘payganini ma’lum qildi. Virus 2019 yildan beri faol tarqalmoqda — asosiy sabab emlashdan bosh tortishdir. Qizamiq havo orqali yuqadi va eng yuqumli kasalliklardan biri hisoblanadi.

Bu «yengil kasallik» emas. Qizamiq o‘pka yallig‘lanishi, miya zararlanishi, eshitish qobiliyati yo‘qolishi va hatto o‘limga olib kelishi mumkin. Eng katta xavf guruhida — emlanmagan bolalar, homilador ayollar va immuniteti zaif bo‘lgan shaxslar bor.

❗️"Unutmang 1-tur qandli diabet kelib chiqishida aynan shu kabi viruslar asosiy faktor boʻlib hizmat qiladi"❗️

@endocrinoo

Guruh:
🔥2
#afsona

Saxrda guruch mumkinmas deganizga devzira guruchda qilyapmiz oshni

@endocrinoo
😁10👍1
1️⃣ Bo‘yinda og‘riq
2️⃣ Qo‘lga tarqaluvchi og‘riq + uvishish
3️⃣ Mushak kuchi va reflekslar pasayishi

Ushbu klassik triada boʻyin grijasi(churrasi)ga hos belgilardir.

Sizda ham ushbu belgilar boʻlsa nevropatolog va neyroxirurgga murojaat qiling.

@endocrinoo

Guruh:
👍32
Gipofizda 3 hil turdagi hujayralar boʻlib ular oʻzidan gormon sintezlaydi

1⃣Eozinofil (asidofil) hujayra
Somatotrop, Prolaktin sintezlaydi

2⃣Bazofil hujayra
AKTG, TTG, LG, FSG sintezlaydi

3⃣Hromofob hujayra
Odatda gormon sintezlamaydi

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

Guruh:
👍51