Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Hindistonlik olimlar 2-tur diabet va muhim mikroelementlar yetishmasligi o'rtasidagi kuchli bog'liqlikni ko'rsatadigan tadqiqot natijalarini taqdim etdilar.

52,5 ming bemorning ma'lumotlarini tahlil qilish jarayonida diabetga chalinganlarning deyarli yarmi (45%) ma'lum mikroelementlarning yetishmasligidan aziyat chekishi aniqlandi.

Asosiy yetishmovchilik temir tanqisligi (28%) boʻldi.

Tahlil shuni ko'rsatdiki, diabetga chalingan ayollar (49%) erkaklarga (43%) qaraganda mikronutrientlarning yetishmasligiga ko'proq moyil.

Eng ko'p tarqalgan D vitamini yetishmovchiligi (61%), magniy (42%) va B12 vitamini (22%) yetishmasligi.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
2👍1
#hazil_time

Bir ayol dugonasiga telefonda noliyapti: "Juda charchadim, ortiq chidolmayman, kamsityapti, bosim qilyapti, jonimga tegdi hammasi".

Dugonasi aytmoqda: " Shartta voz kech, chidama, majburmassan. Seni qadringga yetsin, shunda biladi. Er deb o‘lib ketasanmi".

Shunda noligan ayol: "Erim emas, ishxonadagi boshlig‘imizni aytyapman".

Maslahat bergan dugonasining ovozi birdan o‘zgarib:
"Shundaymi, unda shoshma, sabr qil, yaxshi bo‘lib ketadi, kuchli bo‘l. Hammada boshida shunday bo‘ladi ".

© Imom Hamid

@endocrinoo
😁15
Ogʻir kamqonlik belgisi bu aslida

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Yoshlikda ayniqsa koʻplarimiz kesak yeganmiz. Shuningdek benzin, kraska hidlari yoqishi, mel yoki qogʻoz va shu kabi mumkin boʻlmagan mahsulotlarni yeyishga boʻlgan yuqori istak fanda picha chlorotica deyiladi. Ogʻir kamqonlik belgisi hisoblanadi. Davolash tezkor ravishda boshlash haqida signal aslida

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
3🔥1
#homiladorlik da qoʻllaniladigan elevit pronatal dori vositasi haqida

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Barcha ayollar tugʻilajak farzandi sogʻlom, benuqson boʻlishini xoxlaydi. Bu yoʻlda ayolga sogʻlom ovqatlanish, kasalliklarga chalinmaslik, kerakli vitamin va minerallar zarur boʻladi.

Shulardan biri aynan elevit pronataldir.

Koʻplab vitaminlarni saqlaydi ( Rasmdan koʻrishingiz mumkin )

Agar sizda kamqonlik mavjud boʻlsa qoʻshimcha temir preparatlari qabul qilishingiz zarur. Tarkibida yod saqlanmaganligi uchun uni alohida ichasiz. Shuningdek 12 haftalikkacha foli kislotani ham alohida qoʻshimcha sifatida ichsangiz albatta faqat foydali boʻladi

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
1🔥1
🥑 Avakado diabetga chalinganlar uchun ajoyib taomdir

▪️U past glikemik indeksga ega, qonda qand miqdorini oshirmaydi va insulin sezgirligini yaxshilaydigan sog'lom yog'larga boy.

Yuqori tolali tarkib uglevodlarning so'rilishini sekinlashtiradi, qonda glukoza ko'tarilishini oldini oladi va E , C vitaminlari kabi antioksidantlar hujayralarni yallig'lanish va shikastlanishdan himoya qiladi.

▪️Avokado ham metabolizmni normallashtirishga yordam beradi, bu diabet uchun ayniqsa muhimdir.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
3👍1
Ajoyib sher

@endocrinoo
😁18👍31
Ayollardagi 2 hil semizlik haqida

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Nega ayollar dastlab son soxadan semiradi va nega yosh oʻtishi bilan qorin soxadan semirish ham kuchayadi?

1⃣Sababi ayollik gormoni estrogen bilan bogʻliq. Estrogen yogʻni son va dumba soxaga yoʻnaltiradi. Bu reproduktiv tomondan ham foydali boʻlib homiladorlik va emizikli davr uchun zahira boʻladi.

Menopauzadan soʻng estrogen kamayadi va ayollar ham qorin soxadan semiradi (erkaklar kabi)

2⃣Keyingi sababi Lipoprotein lipaza (LPL) yani yogʻni hujayraga kirituvchi ferment hisoblanadi.
Ayollarda son-dumba soxada LPL faolligi yuqori. Qayerda LPL koʻp boʻlsa oʻsha yerda yogʻ yigʻiladi.

👉Ozish uchun tavsiyalar👈

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

Guruh:
👍61😁1
Normal vazn va semizlik oʻrtasida bepushtlik havfi qanday farq qiladi?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Erkaklarda semizlik bilan normal tana vazniga ega erkaklar o‘rtasida bepushtlik xavfi farq qiladi va ilmiy tadqiqotlar buni statistik tarzda ko‘rsatgan.

Quyida eng muhim ma’lumotlar:

1⃣
Ortiqcha vazn va semizlik erkaklarda bepushtlik yoki subfertilitet (cheklangan urug‘lantirish qobiliyati) xavfini oshiradi.

Masalan:
Ortiqcha vaznga ega erkaklarda: bepushtlik xavfi ~ 1.2 barobar ko‘proq;
Semizligi bor erkaklarda: bepushtlik xavfi ~ 1.36 barobar ko‘proq bo‘lgan

📌 Ya’ni oddiy qilib aytganda:
👉 Normal vaznga ega erkaklarga nisbatan, semiz erkaklarda bepushtlik yoki urug‘lantirish muammolari xavfi taxminan 20–36% yuqoriroq

2⃣
Sperma parametrlaridagi farqlar

Normal vazndagi erkaklarga nisbatan semiz erkaklarda spermatozoid harakatliligi va morfologiyasi ko‘proq buzilishi (astenospermiya va teratospermiya) kuzatilgan

Shu bilan birga semiz erkaklar urug‘ sifatining pastligi holatlariga nisbatan (oligospermiya/azospermiya) ham yuqoriroq ehtimollikka ega deb topilgan.

Bu spermatozoid parametrlarining yomonlashishi bepushtlik xavfini oshiradi, chunki sperma sifati past bo‘lsa urug‘lanish ehtimoli kamayadi.

👉 Bepushtlikka yechim bu yerda👈

👉Ozishning yechimi bu yerda👈

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

Guruh:
👍21
Kelinglar aziz kanal va guruh aʼzolari shuncha qilinayotgan mehnat koʻproq odamga yetib borishi uchun TEKIN BIR ISH QILSAK

Yuqorida tashlangan 4 ta postdan bittasini (hohlasangiz hammasini) oʻzingizda mavjud boʻlgan guruhga yoki yaqin odamingizga yuboring (1 ta boʻlsa ham) ↗️

Shu bilan kanal rivojiga ulkan hissa qoʻshgan boʻlasiz. Xech bir savobni mayda hisoblamang zero bu ulkan manfaat olib kelishi mumkin boʻlgan insonlar bor

Salomat boʻling ❤️
👍1🔥1
#homiladorlik #bepushtlik

Chekuvchi erkakning homilador ayolga zararli tasiri

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Erkak chekar ekan uning yonidagi ayoli passiv chekuvchi xisoblanadi va erkakdan kam boʻlmagan zararlarni qabul qiladi.

Tibbiy faktlar bilan:

Passiv chekish homilador ayollarda 35% ko‘proq muddatidan oldin tug‘ish (preterm birth) xavfini oshiradi.

Homilada kislorod yetishmovchiligi chaqaloqda keyinchalik nafas yetishmovchiligi, past vazn va hatto aqliy rivojlanish sekinlashuviga olib kelishi mumkin.

2022 yildagi Lancet jurnalidagi tadqiqotga ko‘ra, passiv chekish homilador ayollarda 30% ko‘proq spontan abort (tushish) xavfi bilan bog‘liq.
---
Xulosa qilib aytsam:
Agar uyda erkak sigaret cheksa, bu nafaqat homilador ayolga, balki bevosita tug‘ilmagan bolaga ham zarar yetkazadi.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
2🔥1
Homiladorlik diabeti nima?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Gestatsion diabet - homiladorlarning 3-9% qismiga tasir qiladi. Bu ayniqsa 3-trimestrda ortadi.

20 yoshgacha boʻlganlarning 1% qismida boʻlsa, 44 yoshdan keyin bu miqdori 13% gacha ortadi.

Osiyoliklar, amerikan hindulari, mahalliy Avstraliyaliklar, tinch okeani orollarida yashovchilarda moyillik yuqori boʻladi.

90% hollarda homiladorlik diabeti tugʻruqdan soʻng oʻtib ketadi lekin kelajakda qandli diabet 2-tur rivojlanish havfi ortadi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
Homiladorlik diabetida (gestatsion ) tavsiyalar!

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

1. Oz-ozdan va tez-tez ovqatlaning
2. Uglevodlarni cheklang
3. Oqsil isteʼmolini oshiring
4. Oʻsimlik yogʻidan foydalaning
5. Yashil mevalar va salatlar isteʼmol qiling
6. Suyuqlik ichishni koʻpaytiring
7. Mashq qiling
Manba

Oʻylab qaralsa barcha diabetiklar uchun mos keladi bu usul.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👏1
📝Endokrinolog : Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Gipersalivatsiya (ptializm , sialoreya) - doimiy yoki vaqtinchalik xarakterdagi normal yoki patologik holat bo'lib, u soʻlak ishlab chiqarishning ko'payishi bilan tavsiflanadi.

Ikkita tur mavjud:
To'g'ri.Tuprikning kunlik hajmi 2,5 litrdan oshadi.
Yolg'on. So'lak sekretsiyasining hajmi kuniga 2,5 litrdan oshmaydigan normal darajalarga to'g'ri keladi.

Gipersalivatsiyaning asosiy sabablari:

Fiziologik omillar. Soʻlakning ortiqcha sekretsiyasi homiladorlik davrida toksikozda soʻlak bezlarining ishlashi ortishi sababli ba'zida ayol kuniga 5 litrgacha suyuqlikni yo'qotadi. Bundan tashqari, sut tishining chiqishi yoki uning shakllanishi paytida bolalar uchun fiziologik normal hisoblanadimi
Mexanik omillar. Vaqtinchalik protezlarga moslashish jarayonida olinadigan normal reaksiya bo'lishi mumkin. Shuningdek, sigaretalar va boshqalar kabi mexanik omillar soʻlak sekretsiyasi kuchayadi.
Tish kasalliklari. O'rtacha gipersalivatsiya - shilliq qavatning M-xolinergik retseptorlariga tirnash xususiyati beruvchi ta'siri tufayli stomatit va kariesda tez-tez uchraydigan hodisa.
Ovqat hazm qilish tizimining kasalliklari: oshqozon yarasi, pankreatit, xoletsistit kabi kasalliklarning alomatidir.
Ko'p soʻlak oqadigan holatlarga yana sinusit, rinit, adenoidlar (bolalik davrida) ham kiradi. So'lak kechalari, uyqu paytida sodir bo'ladi.
Gelmintik invaziyalar periferik nerv retseptorlarini tirnash xususiyati sababli soʻlak oʻqishini keltirib chiqaradi. Simptom tunda tez-tez uchraydi va kunduzi kamroq uchraydi.
Nevrologik kasalliklar.Parkinson kasalligi, miya shishi, insultdan keyingi holatlar va boshqalar bilan birga keladi. Bunday kasalliklarda so'lak bezlarini tartibga solish markazlari ta'sirlanadi
Endokrin kasalliklar - gormonal disbalans , qalqonsimon bez kasalliklari

Patologiyani rivojlanish xavfini minimallashtirish uchun umumiy profilaktika choralariga rioya qilish kerak:

yuqori sifatli og'iz gigienasi;
har olti oyda bir marta tish shifokoriga tashrif buyurish;
tish va milklarni muntazam professional tozalash;
to'g'ri ovqatlanish, ko'p miqdorda yangi meva va sabzavotlarga boy;
faol hayot tarzi;
yomon odatlardan voz kechish.

Davolash

Keltirib chiqaruvchi sababni bartaraf etish (gelmint, endokrin sababni va boshqalarni...)
M - holinoblokatorlar
Trisiklik antidepressantlar

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
1
Oramizda tabiiy yoʻl bilan isteʼmol qilyapman yodni deydiganlar juda koʻp topiladi.

Endi ushbu jadval orqali ozgina xisob qilgan holda bilib olishingiz mumkinki homilador ayol kunlik yodni tabiiy yoʻl bilan toʻldirishi uchun kuniga 7200 gr (7.2 kg) xurmo yeyishi yoki 11200 gr (11.2 kg) qoʻy goʻshti va yoki 12600 gr (12.6 kg) olma isteʼmol qilishi kerak


Xoʻsh siz shuncha mahsulot isteʼmol qilayapsizmi 1 kunda

Demak 1 dona tabletka orqali yodni keragini qabul qilish osonroq va arzonroq menimcha

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
5
Juma muborak boʻlsin 🌙

@endocrinoo
🔥1
Har bir kilogramm ortiqcha vazn organizmda 22 km yangi qon tomirlar shakllanishiga majbur qiladi.

Bu haqiqatni bilib, nima uchun semirish va yurak kasalliklari doimo yonma-yon borishini tushunish oson. Bizning tanamizdagi tomirlarning ko‘pchiligi katta tomirlar va arteriyalar emas, balki barcha organlarni panjara kabi bog‘laydigan mayda kapillyarlardir. Ular yog‘ to‘qimalarida ham mavjud, shuning uchun uning o‘sishi hujayralarni kislorod bilan oziqlantirish uchun tanani yangi tomirlar paydo qilishga majbur qiladi.

Qon tomirlari qanchalik ko‘p bo‘lsa, yurakka tushadigan yuk shuncha ortadi.

Agar siz ortiqcha vaznni yo‘qotsangiz tana keraksiz bo‘lib qolgan tomirlarni yo‘q qiladi. Shunday qilib, hech bo‘lmaganda ozgina miqdorda ortiqcha vazndan xalos bo‘lish yurak ishini osonlashtiradi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2🔥1
1 kg vazn uchun 22 km qon-tomir xosil boʻladimi, bu juda katta koʻrsatkich deganlar uchun FAKT:
Inson tanasida 95 000 km qon-tomir mavjud

Ozish uchun yozilgan postlarni oʻqing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
Terlashda yoqimsiz hid kelishi nimadan?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Hidli terlash (gipergidroz + gidrozis) — bu terning haddan tashqari ko‘p ajralishi va u bilan birga yoqimsiz hid paydo bo‘lishi holatidir. Bu holat inson hayot sifatiga jiddiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Quyida hidli terlash sabablari, davolash usullari va profilaktikasi haqida to‘liq ma’lumot beraman.

I. HIDLI TERLASH SABABLARI

1. Fiziologik sabablari (normal holatlar)

Issiq iqlim, jismoniy ish yoki sport bilan shug‘ullanish

Stress, hayajon, qo‘rquv

Achchiq, issiq yoki ziravorli ovqatlar

Gormonal o‘zgarishlar (balog‘at yoshi, hayz, menopauza)

2. Patologik sabablari (kasallik bilan bog‘liq)

Gipergidroz: Ter bezlarining ortiqcha faolligi (yog‘li terlash)

Gormonal buzilishlar: Qandli diabet, qalqonsimon bez kasalliklari (gipertireoz)

Neyropsixik buzilishlar: Asabiylik, nevroz, depressiya

Infeksiyalar: Sil, OITS, surunkali infeksiyalar

Genetik moyillik: Oila a'zolarida kuzatilsa, irsiy bo‘lishi mumkin

Baʼzi dorilar: Antidepresantlar, baʼzi antibiotiklar, og‘riq qoldiruvchi dorilar

Ter bezlarining bakterial ifloslanishi: Ayniqsa, qo‘ltiq va oyoq sohalarida

Davomi bor...👇👇👇

@endocrinoo
🔥1
Davomi...☝️☝️☝️

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

HIDLI TERLASHNI DAVOLASH USULLARI

1. Uy sharoitida gigiyena va parvarish

Har kuni dush olish, ayniqsa ter ajraladigan joylarni (qo‘ltiq, oyoq, qorin osti)

Yengil, tabiiy matoli kiyimlar kiyish (paxta, zig‘ir)

Sintetik kiyimlardan saqlanish

Antibakterial sovun va gel ishlatish

2. Dezodorant va antiperspirantlar

Antiperspirantlar ter bezlarini vaqtincha toraytirib, ter ajralishini kamaytiradi (aluminiy tuzlari asosida)

Antibakterial dezodorantlar yoqimsiz hidni keltirib chiqaruvchi bakteriyalarni yo‘q qiladi

3. Tabiiy vositalar

Olma sirkasi: Qo‘ltiq yoki oyoqqa surtib quritish

Limon: Bakteriyalarga qarshi xususiyatga ega

Choy daraxti moyi: Antiseptik ta’siri bor

Adaçay (shalfey) choyi: Ichilsa ham, surtib qo‘llansa ham foyda beradi

4. Dorivor davolash

Ter ajralishini kamaytiruvchi dorilar: antixolinergiklar (faqat shifokor tavsiyasi bilan!)

Bakterial infektsiyalar bo‘lsa — antibiotiklar (tashxis asosida)

Gormon muvozanatini tekshirish va davolash (endokrinologga murojaat qilish zarur)

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
1🔥1
#klinik_vaziyat

Bazan bunaqasi ham boʻladi.

Odatda qalqonsimon bez tugunlari yoʻq boʻlib ketishi kam uchraydi. Davolashdan maqsad tugunni kattalashishini oldini olish va 50% gacha boʻlsada kichraytirish.

Bu bemorimda esa 7 mm lik tugun yoʻq boʻlib ketgan. Har gal 1ta uzist koʻrishini tavsiya qilaman. Sababi oʻsha uzist, oʻsha koʻz, oʻsha aparat bilan aniqlik yaxshi boʻladi va avvalgi holatiga nisbatan taqqoslash ham boʻladi.

Hozirda bemorda tugunlar yoʻq, qalqonsimon bezda qon aylanishi meyorda (tireoidit yoʻqolgan)

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👏3🔥1