Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.79K subscribers
3.83K photos
622 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Qatiqli grechkani organizmga qanday foydalari bor?

✓ Immunitetni oshiradi
✓ Shishlarni ketkazadi
✓ Tanadan toksinlarni chiqarib tashlaydi
✓ Yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilaydi
✓ Metabolizmni yaxshilaydi
✓ Soch va teri holatini yaxshilaydi
✓ Qabziyatni oldini oladi va davolaydi
✓ Qoningizni koʻpaytiradi
✓ Ozdiradi

Biz bilan barchasi oson. Maʼlumotni yaqinlaringiz bilan ulashing‼️‼️

@endocrinoo
👍3
Homiladorlikning nechanchi haftasidan KALSIY qabul qilish kerak?

Homiladorlikda har bir daqiqa ahamiyatli boʻladi. Buning sababi bola tinimsiz rivojlanishda boʻladi. Ushbu davrda bola rivojlanish uchun barcha vitamin va minerallarni, qurilish materiali hisoblangan oqsil moddalarini ona organizmidan oladi. Shu sababli ushbu davrda ona sogʻlom boʻlishi, turli kasalliklar yuqtirmasligi, toʻgʻri ovqatlanishi juda muhim hisoblanadi.

☑️ Ushbu holatlarni hisobga olib shifokorlar tomonidan homiladorlik davrida turli tavsiyalar beriladi. Kalsiy preparatlarini qabul qilish qancha erta boshlansa, shuncha foydali hisoblanadi. Chunki birinchi uch oylikda homila suyak toʻqimalarining rivojlanishi kuzatiladi.

🧀 Homiladorlik davrida faqatgina kalsiy preparatlariga ishonib qolmasdan, ovqat ratsioniga ham kalsiyga boy mahsulotlarni kiritish lozim. Sut mahsulotlari, qatiq, tvorog, pishloq, tuxum, dukkaklilar va dengiz mahsulotlari kalsiyga boy hisoblanadi.

@endocrinoo
👍2
⚡️Bachadon miomasida operatsiyasiz davo effektlimi?

Ayollar orasida mashxur boʻlgan ushbu xastalikni garmonal vositalar bilan davolashning kichik shartlari bor:

- mioma oʻlchami 2-3 smdan kichik boʻlishi kerak;

-bemorning operatsiyadan oʻta qoʻrqishi;

- menopauza yoshining katta kichikligi.

➡️ Miomada ishlatiluvchi garmonlar mioma oʻsishini sekinlashtirishi, toʻxtatishi va orqaga qaytishini ta’minlaydi.

Ammo shuni yodda tutish kerakki, bu usul har doim ham samarali emas.

@endocrinoo
👍2
💉Bolalar gripp vaksinasi(inflyuvak)ni necha yoshdan olsa bo‘ladi?

☑️14 yoshdan katta bolalarga -
0,5 ml(bitta doza) bir marta
☑️3 yoshdan 14 yoshgacha -
0,5 ml bir marta
☑️6 oylikdan 3 yoshgacha -
0,25 ml bir marta.
☑️6 oylikdan kichik bolalarni
onasiga olish tavsiya etiladi. Hosil bo‘lgan gumoral immunitet, ona suti orqali bolaga o‘tadi.

📌Oldin gripp bilan kasallanmagan va vaksinatsiya qilinmagan bolalarga 4 hafta oralig‘ida 2 marta qilinadi.
Preparat himoya effekti inyeksiyadan so‘ng 14 kunda namoyon bo‘ladi. Davomiyligi 6-12 oy.


📌Vaksinani yaroqlik muddati bir yil. Qutisiga “2022-2023 sezon” uchun deb yozilganini xarid qiling.

📌Vaksinatsiya paytida bola mutlaqo sog‘lom bo‘lishi kerak. Shuning uchun muolajani vrach Pediatr bilan maslahatshib keyin amalga oshiring.

@endocrinoo
👍3
📣Prostataga velosipedda uchish foydali deb oʻylaydiganlar xaq emas.

Velosipedda koʻp uchish xattoki prostata rakiga olib boradi deb davo qilguvchilar yoʻq emas. Velosipedda yurish prostata bezi adenomasi yoki prostatitga chalinmasdan avval foydali. Ammo dimlangan ( zastoy) prostatitda velosiped uchish jiddiy zarar beradi.

Ot minish xam prostatitga chalinmasdan avval kichik chanoq boʻshliqlari a’zolari kasalliklari uchun foydali.

Ot minish bilan davolanish Ippoterapiya deyiladi.

@endocrinoo
👍2
Tepdimmi qorningizni to'qqiz oy,
Yuzingizdan ketdimi yo chiroy?
Yo'qmidi bag'ringizda menga joy,
Nega bunday qildingiz, Onajon?!


@endocrinoo
2🤔2🔥1
Buyrakning doʻstlari

Toʻgʻri ovqatlanish;
Tozza ichimlik suvi;
Jismoniy aktivlik;
Muntazam tibbiy koʻrikdan oʻtish.

Buyrakning dushmanlari

Notoʻgʻri ovqatlanish;
Zararli odatlar;
Qon bosimi koʻtarlishi;
Qandli diabet;
Jismoniy aktivlik kamayishi;
Dori va BADlarning zararli ta’sirlari.


@endocrinoo
👍3
"Aqlli bemor"

1) Shifokorga borishdan oldin o'sha sohani "eng zo'ri"ni oldiga boradi!
Va 5-6 soat navbat kutib qaytib chiqadida qo'lida 2-3 tagina dori yozilgan retsep varog'ini olib chiqadi. Va bu yaxshi emas ekan deydi.

2)So'ngra boshqa shifokorga boradi, u esa retsep varog'ini ikki tomonini ham to'ldirib beradi. Va U yana bu ham shifokor yaxshi emas ekan deydi,

3) Yana boshqa shifokorlarga boradi, xullas kech kirib "gastrol safari" tugasa hafsalasiz holda Dorixonaga kirib bari retseplarni ko'rsatadi. Va Dorixonachi o'zi retsep tuzib beradi, kamiga Shifokor yaxshi retsep yozmaganini ham ro'kach qilib qo'yadi. Dorixonachi "aqllida" ko'o'p o'qigan.

10 ta shifokorga kirib oxiri aptekachidan dori olib ketishadi🤦‍♂.
Shunday bemorlar juda ko'p...


@endocrinoo
😁5👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kanaldagi malumotlarni imkon qadar yaqinlaringizga ulashing

Biz siz uchun harakatdamiz
Tibbiy bilimingizni biz bilan yuksaklarga yetkazing

@endocrinoo
🔥21👍1
🚶🚶‍♀Piyoda yurishning juda ko'p foydali tomonlari bor. 2-tur qandli diabetda xar kuni 10 ming qadam piyoda yurish qand miqdorini tushiradi

Tekshirib ko'rish uchun qondagi qand miqdoringizni o'lchab keyin yurib keling va yana kand mikdoringizni tekshiring. Farqni o'z ko'zlaringiz bilan ko'rasiz.

❗️Agar yurishni endi boshlagan bo'lsangiz tanangizni zo'riqtirmasdan, asta sekinlik bilan qadamlarni ko'paytirib boring.

❗️Albatta yurishdan oldin u‌zingizga kulay oyok kiyim tanlang

@endocrinoo
👍2
Tvorog va kalsiy

🔸Tvorogda kalsiy yaxshi so'rilishi uchun muhim bo‘lgan D3 vitaminlari, magniy va fosfor bor.

🔸Uni yong'oq bilan qo‘shib yeyilsa, kalsiyning so'rilishi yanada yaxshilanadi. Tvorog iste'mol qilish uchun eng mos vaqt - kunning birinchi yarmi, ertalab.


@endocrinoo
👍2
Progeriya kam uchraydigan genetik kasallik bo'lib, tananing erta qarishiga olib keladi.

• Kasallik holatida organizmning qarish jarayoni taxminan 8-10 marta tezlashadi, ya'ni bola har yili 10-15 yilga qariydi.

• Kasallik belgilari odatda 2-3 yoshda aniqlanadi: bolaning o'sishi to'xtaydi, sochlar to'liq tushadi, suyak kasalliklari paydo bo'ladi, terining yamoqli pigmentatsiyasi, kesilgan iyagi, tumshug'i shaklidagi burun, ajinlar terisi.

• 10-12 yoshga kelib, bola qariyalarga xos bo'lgan kasalliklar tufayli vafot etadi (ko'pincha katarakt, glaukoma, ateroskleroz)

Suratdagi bolakay taxminan 8-10 yoshlar atrofida


@endocrinoo
👍4
❗️Olimlar qandli diabetni uning ilk alomatlari paydo bo'lishidan avval aniqlash yo'lini topdi

Shveysariyaning Jeneva universiteti olimlari qandli diabetni kasallikning ilk belgilari paydo bo'lishidan avval aniqlash imkonini beruvchi molekulani topdi.

Bilamizki, yallig'lanish diabet rivojlanishida asosiy rol o'ynaydi. Jumladan, oshqozon osti bezining yog'ga to'lib qolishi va zararlanishi insulin ishlab chiqaruvchi beta-hujayralar faoliyatini o'zgartiradi hamda ularning kamroq gormon ishlab chiqarishiga sabab bo'ladi.

Qisqa qilib aytganda, beta-hujayralar zararlanishi ushbu kasallikning belgisi hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, tadqiqotchilar sunʻiy intellekt va molekulyar biologiya usullari yordamida tajriba o'tkazdi.

Natijada minglab molekulalar orasidan aynan oshqozon osti bezi beta hujayralari shikastlanishini eng yaqqol ifodalovchi turi aniqlandi. Bu 1,5-angidroglyusitola (1,5-AGG) molekulasi bo'lib, tanada uning kamayishi beta-hujayralar tanqisligidan dalolat beradi.

Dastlab jonivorlarda muvaffaqiyatli o'tkazilgan tajriba navbatdagi bosqichda odamlarda sinab ko'rildi. Bu jarayonda qandli diabetga chalingan va sog'lom insonlarning 1,5-angidroglyusitola miqdori solishtirildi.

— Qandli diabet bilan kasallanganlarda 1,5-AGG darajasi sezilarli miqdorda pasayishiga ishonch hosil qildik, — deydi tadqiqot bosh muallifi Sesiliya Ximenes-Sanches. — Bu xastalikning dastlabki belgilari boshlanishidan oldin ham kuzatilishi qayd etildi.

‼️Ushbu kashfiyot qandli diabet profilaktikasiga doir qulay va arzon usullarni ishlab chiqishga yordam berishi mumkin. Chunki 1,5-AGG darajasini oddiy qon tekshiruvi yordamida osongina aniqlasa bo'ladi.

@endocrinoo
👍4
Бир киши 48 йил аввалги бошланғич синф ўқитувчисини хиёбонда кўриб қолиб, хижолатлик билан ёнига бориб: "Устоз, мени танидингизми?" деди.
— Йўқ, таниёлмадим,- деди кекса муаллим.
— Мен бошланғич синфдаги ўқувчингиз фалончи бўламан. Устоз, синфдош ўртоғимизнинг соати йўқолганди. Мен олгандим. Сиз "ҳамма жойидан турсин ва қўлларини тахтага тирасин, тинтув қиламан" дедингиз. Мен уялдим ва қаттиқ қўрқдим. Сиз ва ўртоқларимнинг юзига қандай қарайман, деб ўйлаганим сари баданимдан муздай тер қуйиларди. Шу пайт сиз яна бир буйруқ бердингиз: "Энди ҳамма кўзларини юмсин!"
Сафнинг ўртароқларида эдим. Тинтув навбати менга келди. Соатни индамай чўнтагимдан олдингиз ва тинтувни сафдаги сўнги болагача излаштирдингиз. Кейин бизни ўрнимизга ўтқазиб, менга ҳам, бошқаларга ҳам ҳеч нарса демасдан соатни эгасига қайтардингиз.

Улғайганим сари бу ишингиз қалбимда каттариб бораверди. Устоз, мен ҳозир олтмиш ёшдаман. Бу ҳаётдаги энг катта сабоқни ўша куни сиздан олгандим. Ҳар гал эслаганимда бир сесканиб кетардим ва ўзимни сиздан қолган марҳамат ва бағрикенглик бағрида ҳис этардим. Ўзингдан, виждонингдан уялиб яшаш азоб, ундан-да даҳшатли азоб эса уялаётганингни бошқалар ҳам билиши, уларни ҳар кўрганингда хижолат бўлишинг ундан ҳам даҳшатли азоб.

Устоз, сиз менга ҳаммадан уялиб яшаш азобини раво кўрмадингиз. Бу азобни ҳис қилганимда унута олармидим, билмайман тўғриси. Лекин мени уялтирмаганингизни ҳеч қачон унутмадим, устоз!

Кекса ўқитувчи ўриндиқда ёнма-ён ўтирган собиқ ўқувчисига ўгирилиб қаради:
— У воқеани эртаси куниёқ унутиб юборгандим. Ҳозир сен айтанганингда эсладим.
Сизларга кўзларингизни юминг деганимда мен ҳам кўзларимни юмгандим. Шу ёшдаги ҳар бир бола қўл уриши мумкин бўлган янглишга қўл урган ўқувчимга нисбатан кўнглимда ёмон ўй тушмасин дегандим. У сенмидинг? Билмасдим...


1-октябр устоз ва мураббийлар куни
🌸🌼

@endocrinoo
👍4👏1
⚡️Eng zararli maxsulot bu shakar.

Shakar ixtiro qilinganiga 200 yilcha bo‘ldi. Bungacha bizning oshqozon osti bezimiz, tashqaridan kirgan glyukozani o‘zlashtirish va taqsimlash uchun yetarli miqdorda insulin ishlab chiqarib bera olgan. Masalan, olma tarkibidi 10 foiz shakar bor deylik. Ana shu shakarni eplab joylashtirib bergan.

Ammo shakar ixtiro qilingach, endi 100 foizli glyukoza fruktoza bo‘lganligi tufayli oshqozon osti bezi bunga ko‘nika olmayapti. Bu o‘ta qorong‘ulikdan birdan yorug‘likka chiqqan odamni eslatadi. Yorug‘likdan ko‘zi qamashib ko‘r bo‘lib qolishi xech gap emas.

Shakar - bu tabiiy maxsulot emas va buning miqdori xozirgi kunda o‘ta ko‘p. Shirinliklar, soklar, gazli ichimliklar va boshqa maxsulotlar ichi to‘la g‘ij-g‘ij shakar.

Men va boshqa doktorlar shakarni narkotiklardan ko‘ra xavfliroq deb xisoblaymiz. Sababi bu yumshoq narkotik organizmni asta sekin o‘ziga bog‘lab olib, oxir oqibat o‘ldiradi.

Extiyot bo‘ling- Shakar!

@endocrinoo
👍9
Parxez

2-tur qandli diabet bemorlar uchun ovqatlanish svetofori

🟢 Isteʼmol qilish mumkin
🟡 Chegaralangan miqdorda isteʼmol qilish mumkin
🔴 Isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi

@endocrinoo
👍4
Suratdagi bu odam 70 yoshda.

Uning yuzi juda g'ayrioddiy ko'rinadi, chunki so'nggi 30 yil davomida u yuk mashinasini boshqargan va yuzining chap tomoni doimo quyosh nuriga duchor bo'lgan.‌‌

Kasb kasalligi deyiladi bunga.
Yaqinlarga ham ulashing 📤

@endocrinoo
👍3