Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Sochingiz to’kilyaptimi? Unda chekishni tashlang )

🔹Sigaret tutunida 5000 dan ortiq zaharli va kanserogen kimyoviy moddalar va og'ir metallar mavjud. Qatronlar, xrom, mishyak, qo'rg'oshin, kadmiy, formaldegid, dioksin, benzol, nitrozaminlar va hokazo.

🔹Ular soch follikulasidagi DNKga zarar yetkazadi, follikulaning yallig'lanishini keltirib chiqaradi va estrogenning o'sishni rag'batlantiruvchi ta'sirini bloklaydi.

🔹Bundan tashqari, soch ildizining qon bilan ta'minlanishi yomonlashadi va natijada soch to'kilishi sodir bo'ladi. Tabiiyki, agar siz chekishni tashlasangiz, sochingizning holati sezilarli darajada yaxshilanishi mumkin.


@endocrinoo
Pul yetishmovchiligi natijasida yuzaga kelgan stress organizmga yaqinlarning oʻlimi yoki ajralishlardan koʻra yomonroq taʼsir qiladi - ScienceDirect izlanishlari xulosasi

Kam miqdordagi oylik, kreditlar va qarzlar insonning immun hamda nerv tizimlarini ishdan chiqaradi. Bu holatlar hattoki infarkt, migren, uyqusizlik va oʻsma kasalliklarini ham chaqirishi mumkin.

PS: Endi bemorlarni davolashda oyligi yaxshi boʻlgan ish topishniyam buyuramiz shekilli...

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5👏32😁2
#analiz

IFR-1 nima?
(Somatomedin-C)

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

IFR-1 (insulinopodobny faktor rosta) insulinsimon oʻsish omili. 70 ta aminokislotadan iborat 7.6 kDa boʻlgan jigarda oʻsish gormoni taʼsirida sintezlanuvchi modda.
Tasiri: suyakning uzunasiga oʻsishini taʼminlash, shuningdek ichki organlarni ham.
Uning qondagi mavjudligi somatotrop gormonga nisbatan uzoq davom etadi va kun davomida ovqatdan soʻng oʻzgarmaydi. Miqdori yosh ortgan sari ortib boradi. 40 yoshda maksimalga yetadi.

IFR-1 miqdori kamayishi:
Somatostatin miqdori kamayadi
Somatotropin miqdori ortadi

IFR-1 miqdori ortishi:
Somatostatin miqdori ortadi
Somatotropin miqdori kamayadi

Insulin, androgen va estrogenlar IFR-1 miqdorini oshiradi.

Glukokortikoidlar esa IFR-1 miqdorini kamaytiradi.

Tajribalar shuni koʻrsatadiki IFR-1 miqdorini ortishi saraton xavfini oshiradi.
IFR-1 + ERITROPOETIN birgalikda esa insult xavfini kamaytiradi.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
⚡️Magniy B6 (Magne B6) organizm uchun muhim bo‘lgan magniy va vitamin B6 (piridoksin) ni o‘z ichiga oladi. Uning foydalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1. Nerv tizimini qo‘llab-quvvatlash: Magniy va vit B6 nerv impulslarini uzatishda ishtirok etadi, stress va asabiylikni kamaytiradi.

2. Mushaklarning normal ishlashi: Mg mushaklarning to‘g‘ri qisqarishi va bo‘shashishi uchun zarur. Bu mushak spazmlari va kramplarni kamaytiradi.

3. Energiya ishlab chiqarish: Mg va vit B6 uglevodlar, yog‘lar va oqsillarni energiyaga aylantirishda ishtirok etadi, bu esa umumiy energiya darajasini oshiradi.

4. Yurak-qon tomir tizimini qo‘llab-quvvatlash: Mg yurakning normal ritmini saqlashga yordam beradi va qon bosimini nazorat qiladi.

5. Immun tizimini mustahkamlash: Vit B6 immun tizimini qo‘llab-quvvatlaydi va infeksiyalarga qarshi kurashishda yordam beradi.

6. So‘rilishni yaxshilash. Vit B6 magniyning ichaklardan so‘rilishini yaxshilaydi, bu esa magniyning samaraliroq ishlatilishiga yordam beradi.

@endocrinoo
👍6🔥1
KO'NGLIM KO'RKSIZ

Ko'nglim ko'rksiz, kelib ko'rgil, kutaverib...
Kuyib kuyib ketdi ko'ngil, kutaverib.

Kuydirding-ku kuydirmajon kiprikligim,
Ko'ngilginam ko'ngilchangga ko'prikligim.

Kutib-kutib kasaldirman, kelmading-ku,
Kulgichingni ko'rsatmading, kulmading-ku.

Ketdim kuyib ko'yingda ko'p kuyunchagim,
Ko'klamimsan ko'ylaklari kelinchagim.

Ko'zlaringni kulgulari ko'zlarimda,
Keraksizlik kurtaklari kuzlarimda...

Ko'nglim ko'rksiz, kelib ko'rgil, kutaverib...
Kuyib kuyib ketdi ko'ngil, kutaverib...

Sanjar Shams

@endocrinoo
5👏4❤‍🔥2😁2🥰1
#hazil_time

Mediklarga yuboramiz 😁

@endocrinoo
😁15
4
Soch toʻkilishiga qarshi usullar

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

1. Boshda qon aylanishini yaxshilash zarur

2. Zamburugʻ, bakteriyalarga qarshi kurashish kerak

3. Sifatli shampun tanlash kerak

4. Xlorlangan suvdan foydalanmaslik zarur

5. Oqsil mahsulotlar isteʼmolini oshirish kerak

6. Energetiklar ichmang

7. Vitamin komplekslar qabul qiling

8. Qalqonsimon bez ishini meyorlashtirish kerak

9. Mevalar isteʼmol qiling

10. Fast food, shirinliklar va shifokor tavsiyasisiz dorilar qabul qilmang

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
1
🔔 DEMAK BOʻY OʻSISHIGA ALOQADOR UMUMIY HULOSALAR !

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

1⃣ Boʻy oʻsishi hali yakuniga yetgan yoki yetmaganini bilish uchun qoʻl kafti rentgeni qiling. (Bu eng arzon usuli) Oʻsish zonasi 2011-yillarda yopiq chiqayotganini xisobga oling. Bugundan kechiktirmang.

2⃣ Agar oʻsish zonasi ochiq boʻlsa oʻsish gormonlari SOMATOTROP va IFR-1 qonda taxlillari

3⃣ Qon biokimyoviy taxlili ( surunkali jigar yoki buyrak kasalliklari sababli oʻsish gormoni miqdori pasayadi yoki gormonga nisbatan sezgi pasayadi)

4⃣ Ichki organlar ultratovush tekshiruvi ( surunkali ichki organ kasalliklariga shubha boʻlganda oʻtkazilsa foydali albatta)

5⃣ Yuqoridagi taxlillarni ENDOKRINOLOG koʻradi va shunga koʻra davolash rejasini va kerakli tavsiyalarni beradi

6⃣ Sport , sogʻlom ovqatlanish, toʻgʻri hayot tarzi katta yechim !

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
1
Semizlikdan qutilish, ozish uchun yozilgan postlarni jamlab bersam

Nega_semirmaslik_kerak

Semizlik_turlari Diagnostikasi

5 maslahat. Bolalar semizligi

Tv va semizlik. Keto dieta

Retsept. Tavsiya

Parxez. Grechka

Ozishga_tavsiya. Ozish_formulasi

Yarim_porsiya. Orlistat(orlip)

Keto_dieta_2. Interval_och_qolish

Parxez_tavsiya. Oltin_tavsiya

Iqtisod koʻp_yeb_qoymaslik

Uyqu_rejimi kaloriyasi_kam

Oqsilli_salat Bularni_taqiqlang

Uyquning_orni Tavsiya_Taqiq

Buqoq_semizlik Bolalarda

Tungi_marsh🚶‍➡️ 100_kkal

1000_kkal 1300_kkal

400_kkal 1_kunlik_menyu

kofe_snikers 1400_kkal_menyu

Qovurib_yoki_qaynatib

Arg'amchi_sakrang Suzish_muhim

Dieta_qilolmayapman Jinsiy_buzilish

Vit_D_jinsiy_tasir Qizlarda_semizlik

Ozgʻin_Semiz Tungi_ochlik

Top_5_dori

Videolar_jamlanmasi👇👇

Subektiv🎥 Yalqovlik

Kam_yeyman_rostan Kaloriya

Dieta Ustozdan

Kaloriya_2 Nonushtaga

Qasamyod Sport_dieta

Irodangiz_yetadimi Tez_ozish?

Ozishdagi_dushman Ideal_vazn

Statistika Shakari_bormi?

Semizlik_kovid19 6_retsept

Asabiylik_semizlik

#ozishda heshtegi orqali joylangan maʼlumotlar 👇👇👇👇

Muvozanat ovqatlanish_ritmi

Energiya_taqiq shakar_istemoli

Koʻk_choy zardob_oqsili

Fast-food limon+asal

Mevami_yoki_sharbat tarelka👍

Suv_iching Badantarbiya

Tungi_yurish Yoga

Kardio_mashq ishga_ōqishga

Piyoda_yurish Tana_mashqi

Suzish Joyda_yugurish

☝️☝️Ushbu yozuvlar ustiga bosib semizlikdan halos boʻlish uchun yozilgan maʼlumotlarni oʻqib kerakli tavsiyalarni olishingiz mumkin

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
1
Nega semirish eng havfli kasallik?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Hozir sizlarga semizlik sababli kelib chiquvchi eng havfli kasalliklar bilan tanishtiraman.

1) Qandli diabet 2-tur. Semirganingiz sari insulinrezistentlik rivojlanib boradi. Tanani yogʻ egallaydi. Giperglikemiya havf soladi. Yakuni esa barcha qoʻrqadigan qandli diabet.

2) Arterial gipertoniya. Qon bosimi diabetdan koʻra globalroq muammo. Juda koʻp inson qon bosimim yoʻq deydi vaholanki oʻlchanganda aniqlanadi. Semizlik sababli qon tomirlarni holesterin egallaydi. Qon tomirlari qisiladi, qon aylanishi qiyinlashadi, yurak katta bosim bilan ishlaydi. Semirgan sari yangi qon tomirlar hosil boʻladi, ularni qon bilan taʼminlash uchun yana oʻsha yurakka katta yuklama tushadi.

3) Insult. Bosh miyada qon aylanishining oʻtkir buzilishi kelib chiqish sababi ham yuqori qon bosimi va tromblar. Tromb bu qon lahtasi yoki holesterin desak ham boʻladi.

4) Miokard infarkti. Yurakni toj tomirlarida hosil boʻlgan tromb yoki torayma sababli yurakni oʻziga qon kelmay qoʻyadi. Yurak toʻqimalari ozuqasiz qoladi. "Motor" ishlamasa mashinaning goʻzalligi befoyda.

5) Disk grijasi. Vaznimizni koʻtarib turuvchi tayanch bu umurtqamiz hisoblanadi. Yuqori vazn esa umurtqalar orasida qon aylanishi buzilishi, metabolik oʻzgarishlar, umurtqa orasidagi diskning ezilishiga sabab boʻladi. Umurtqa orqasidan chiquvchi nervlar esa ezilish xisobiga ogʻriq beradi.

6) Hazm aʼzolari ishi sustlashishi. Yaqqol misol xolesistit. Semizlik sababli barcha ichki aʼzolarni yogʻ bosadi. Yogʻ sababli ularning harakati sustlashadi. Bu ich qotishi, hazm qiyinligi demakdir.

7) Terlash, xansirash. Vazn sababli organizmning kislorodga boʻlgan talabi ortadi. Bu qoplash uchun esa organizm koʻproq nafas olishga urinadi bu xansirash degani.

8) Oyoqdagi ogʻriqlar. Belda boʻlgani kabi oyoqda ham katta vaznni koʻtarish bilan muammolar paydo boʻladi.

9) Suyak yemirilishi. Osteoporoz semizlik insonlarda bir necha marotaba koʻp uchraydi. Bu gormonlar muvozanat buzilishi bilan bogʻliq.

10) Bepushtlik. Semizlik sababli erkak ham ayol ham #bepushtlik ka mubtalo boʻlishi juda juda koʻp kuzatilmoqda. Erkaklarda testosteron tushishi, ayollarda esa aksincha holat yuzaga keladi.

Mana sizlarga semizlikning eng yomon 10 oqibati. Ertadan boshlayman deyish oʻzini oʻzi aldashdir. Hozir oyoqlaringiz yaxshimi yuring, jismoniy mehnat qiling, qisqa qilganda ozing. Ertaga oyoqlardagi ogʻriq bunga yoʻl qoʻymasligi mumkin.

Post yozish uzoq yillik bilimlar jamlanmasi ekanini unutmang. Yaqinlarga ham ulashing.

Ozishda muammolar boʻlsa aloqaga chiqing. ( @md_Jahongir )

Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
💯21
Gipotireoz da qanday simptomlar kuzatilishi haqida poster

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
❤‍🔥21👍1
Har bir boshliq ishga o'z vaqtida kelgan hodimni hurmat qiladi, ammo negadir ishdan o'z vaqtida ketgan hodimni xushlamaydi.

© Mavlon Marasulov

@endocrinoo
💯72😁1
Ochlikni qanday nazorat qilish mumkin?

1. Sog‘lom uyqu: uning yetishmasligi ovqatga bo‘lgan ishtiyoqni oshiradi.

2. Kofe iching: Qora kofe ishtahani pasaytiruvchi tabiiy vositadir.

3. Yalpizli ichimliklar: bir dasta yalpizni bir stakan qaynoq suvda damlang. Damlama 2-2,5 soat davomida ochlikni yengillashtiradi.

4. Gazlangan suv iching: pufakchalar oshqozonni to‘ldiradi. Agar siz gazlangan suvni yaxshi ko‘rmasangiz, oddiy suvni tez-tez iching.

5. Ziravor qo‘shilgan taomlar iste’mol qiling: kuchli ta’mlar ovqatni yanada mazali qiladi, bu sizga taomdan lazzatlanishni va ovqatga to‘yinish imkonini beradi‌.

6. Meva va sabzavotlar doim yoningizda bo‘lsin: ular past kaloriyali va oshqozoningizni tez to‘ldiradi. Agar siz sabzavot va past kaloriyali mevalarni iste’mol qilsangiz, uzoq vaqt to‘q yurasiz.

7. Yetarlicha kletchatka iste’mol qiling: Meva va sabzavotlardan tashqari, ratsioningizda donlar, yong‘oq va urug‘lar bo‘lishi kerak.

8. Sog‘lom yog‘larni iste’mol qiling: ular sekin metabollanadi, shuning uchun siz uzoqroq to‘q qolasiz. Ratsioningizga to‘yinmagan yog‘larni qo‘shing — qizil ikra, avakado, yong‘oqlar, zaytun.

9. Har taomlanganda oqsil iste’mol qiling: u ochlikni kamaytiradi va organizmda ko‘proq kaloriyalar yoqilishiga olib keladi‌.

Oziq-ovqatga bo‘lgan ishtiyoqni nazorat qilish — bu ochlik emas, balki tanani doim sog‘lom oziq-ovqat bilan ta’minlashdir.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
2🔥1
🐼Semizlik va 💪testosteron

Testosteron — asosiy erkaklik gormoni hisoblanadi. Ushbu gormon etishmasligi oqibatida erkaklarda sababsiz semirish paydo bo'ladi. 
Agar ovqatlanish rejimiga amal qilmay, ortiqcha taomlanilsa semizlik rivojlanadi, qorin va bel sohasida (visseral) yog'lar yig'ila boshlaydi va bu yog'lar testosteronni emiradi, aktivligini va miqdorini kamaytiradi.

Eʻtibor bergan bo'lsangiz, birinchi holatda testosteron etishmasligi sabab semirish kuzatilgan bo'lsa, ikkinchi holatda semirish sabab testoteron miqdori pasaymoqda.

Agar sababsiz semirish, libido pasayishi, jinsiy zaiflik kuzatilsa testosteronni ko'paytiruvchi mahsulotlar isteʻmolini va jismoniy yuklamani ko'paytirish kerak. 

Testosteronni ko'paytiruvchi eng yaxshi mahsulotlar:
• Zanjabil (imbir)
• Ustrisa
• Anor, anjir, banan
• Vitamin D ga boy mahsulotlar 
• Sinkka boy mahsulotlar 
• Achchiq qalampir
• Sarimsoq (chesnok)
• qo'y yog'i va baliq yog'i
• Sholg'om
• Zaytun moyi (olivkovoe)
• Yong'oqlar
• Qora shokolad
• Sut va sut mahsulotlari
• Go'sht va go'sht mahsulotlari

Bundan tashqari:
- Sog'lom uyqu (7-8 soat)
- Stressni kamaytirish

Testosteronni kamaytiruvchi mahsulotlar:
• Qayta ishlangan mahsulotlar
• Konserva mahsulotlari
• Alkogol
• Gazlangan rangli ichimliklar
• Transyog'lar 
• Shakar, tuz
• Fastfudlar

Bundan tashqari:
- Semizlik
- Gipodinamiya
- Stress, tushkunlik
- Nosog'lom ovqatlanish

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
2👍1