Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
2026-yilning ilk jumasi muborak boʻlsin 🌙

@endocrinoo
❤‍🔥5😁31👍1🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nega qalqonsimon bez UTT qilinadi?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo)

Endi bilib oldingiz nega UZI ga yuborishimizni

@endocrinoo
3👍3
Tugʻma gipotireoz!!!
Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda uchrovchi eng ogʻir endokrin kasallik.

Sababi: onaning homiladorlik davrida davolanmagan gipotireozi.(☝️☝️☝️)

Belgilari•
Katta vaznli chaqaloq(4kg)
•Ovqat va suyuqlik isteʼmoliga befarqlik
•Emish refleksi sustligi
•Quvvatsiz, horgʻin,uyquchan
•Mushaklar zaifligi
•Uzoq davom etgan sariqlik
•Skelet shakllanishi sustligi
Puls kamligi(bradikardiya)
Ich qotishi, ishtaxasizlik,yutish qiyinligi
•Tirnoq qalin,teri quruqlashishi
•Teri sovuq va rangpar
•Til kattalashishi(ogʻiz bazan ochiq)
•Yuz va qovoq shishi
•Kindik churrasi(bazan)


Kasallikning eng yomon asorati bu aqliy zaiflik rivojlanishidir. Agar kech aniqlansa ortga qaytmas aqliy zaiflik kuzatiladi.
Qancha erta tashxis qoʻyilsa bolani aqliy rivojlanishini tiklash shuncha oson boʻladi.

Tashxis qoʻyish chaqaloq tugʻruqxonadaligidayoq tovondan qon olib tekshiriladi.

Davolash faqat endokrinolog bilan bajariladi.

Oʻzingizni va farzandingizni asrang
Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
Oyoq va qo‘llar muzlaydimi? Qalqonsimon bezda muammo bo‘lishi mumkin.

Gipotiroidizm juda keng tarqalgan kasallik bo‘lib, dastlabki bosqichlarda deyarli belgi bermaydi.

Tez charchoq, shishlarga moyillik, vazn ortishi, ich qotishi, quruq teri, qo‘l va oyoqlarni muzlashi metabolizm uchun muhim bo‘lgan gormonlar yetishmasligining dastlabki belgilaridan biridir.

Ko‘pincha gipotiroidizm qalqonsimon bezning autoimmun zararlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
❤‍🔥4
TUXUMDON KISTALARI

Kista - bu tuxumdonning yaxshi sifatli hosilasi boʻlib, ichida tiniq suyuqlik saqlovchi pufakdan iborat.

Tuxumdon kistasimon hosilalarining bir necha turi mavjud boʻlib, oʻz navbatida ularning kelib chiqishi, belgilari va davolanishi ham har xil.

SABABLARI

📌 Kistalarning turlari ham ularni keltirib chiqargan omilga koʻra ajratiladi:

Follikulyar kistalar - tuxumdondagi follikulaning choʻzilgan qobigʻidan hosil boʻladi, sababi esa tuxumdondagi yalligʻlanish kasalliklari yoki gormonal buzilishlar;

Funsional kistalar - tuxumdon "chiqib ketmagan" tuxum hujayradan yoki ovulyasiya bilan bogʻliq boshqa muammolar tufayli paydo boʻladi. Ular vaqtinchalik kistalarga juda oʻxshaydi (bu hosilalar koʻpincha oʻzi yoʻqolib ketadi);

Anomal kistalar - yoʻqolib ketmaydigan funsional kistalar, ular oʻsishga moyil boʻladi.

❗️Bundan tashqari kistalar paydo boʻlishiga sabab nasliy moyillik ham boʻlishi mumkin!

BELGILARI

- Qorinning pastki qismida tortuvchi yoki simillovchi ogʻriqlar, ba’zan ogʻriq qinga uzatiladi;
- Ovulyatsiya buzilishi;
- Bepushtlik;
- Katta hajmli kistalarda - qorin oʻlchami kattalashadi;
- Oʻtkir ogʻriq va isitma - kista buralib qolgan va yiringlagan holda.

DIAGNOSTIKA

Jarroh yoki ginekolog bu kasallikni boshqa kasalliklar bilan taqqoslab diagnoz qoʻyadi.

Eng informativ (aniq koʻrsatadigan) tekshirish usullari:
• UTT (UZI);
• Biopsiya.

DAVOLASH

Davosi kistaning joylashishi va oʻlchamiga koʻra har xil boʻladi:

Kichik hajmli kistalar gormonal preparatlar va yalligʻlanishga qarshi vositalar yordamida davolansa, kattalari xirurgik yoʻl bilan olib tashlanadi. Oʻng va chap tuxumdondagi kistalar bir xil davolanadi.

❗️Kistani qanday davolashni faqat vrach hal qiladi!!!

XAVF

° Katta kistalar yorilishi mumkin, natijada oʻtkir yalligʻlanish yuzaga keladi.

° Kista oyoqchasining buralib qolishi oʻtkir peritonit (qorinpardaning oʻtkir yalligʻlanishi) ga olib keladi.

° Ikkala tuxumdonda bir vaqtda kista boʻlishi ayniqsa xavfli.

XAVF GURUHI

❗️Kista hamma ayolda ham boʻlishi mumkin, ammo oldindan gormonal oʻzgarishi bor ayollarga e’tiborliroq boʻlish lozim.

PROFILAKTIKASI

Muntazam ravishda profilaktika maqsadida ginekolog qabulida boʻlish.


@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
4👍1
#hazil_time

Bosh shifokor qabulida

Bemor ayol: juda ajoyib qoʻli yengil ginekolog shifokoriz bor ekan. Erkak kishi boʻlsa ham ancha tuzatib qoʻydi.

Shifokor: hmmm

Ayol: rahmat. Sogʻ boʻling

Bemor ketgach shifokor miyasida majlis boshlandi... Ahir bizda ginekolog yoʻqku umuman 🫤🫤🫤

@endocrinoo
😁13
Son-chanoq boʻyni yemirilishi

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

🌍Dunyoda nogironlikka sabab boʻluvchi eng koʻp holatlardan biri bu son-chanoq boʻyni yemirilishi(osteoporozi)dir. Ayollar erkaklarga nisbatan 5 barobar koʻp ogʻriydi. AQShda 5% aholida kuzatiladi.

Kelib chiqish sabablari koʻp:

•Semizlik
•Gormonal oʻzgarishlar
•Kalsiy defitsiti
•Vitamin D defitsiti
•Klimaks
•Zararli odatlar
•Ovqatlanish ratsionida minerallar kamligi
•Yosh oʻtib borishi

Kasallik sababli son suyagi boshcha qismidan sinish kuzatiladi. Natijada bemorda harakat butkul cheklanadi.

Davolash Endokrinolog va Travmatolog bilan boʻladi

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
2👍2
Sochingiz to’kilyaptimi? Unda chekishni tashlang )

🔹Sigaret tutunida 5000 dan ortiq zaharli va kanserogen kimyoviy moddalar va og'ir metallar mavjud. Qatronlar, xrom, mishyak, qo'rg'oshin, kadmiy, formaldegid, dioksin, benzol, nitrozaminlar va hokazo.

🔹Ular soch follikulasidagi DNKga zarar yetkazadi, follikulaning yallig'lanishini keltirib chiqaradi va estrogenning o'sishni rag'batlantiruvchi ta'sirini bloklaydi.

🔹Bundan tashqari, soch ildizining qon bilan ta'minlanishi yomonlashadi va natijada soch to'kilishi sodir bo'ladi. Tabiiyki, agar siz chekishni tashlasangiz, sochingizning holati sezilarli darajada yaxshilanishi mumkin.


@endocrinoo
Pul yetishmovchiligi natijasida yuzaga kelgan stress organizmga yaqinlarning oʻlimi yoki ajralishlardan koʻra yomonroq taʼsir qiladi - ScienceDirect izlanishlari xulosasi

Kam miqdordagi oylik, kreditlar va qarzlar insonning immun hamda nerv tizimlarini ishdan chiqaradi. Bu holatlar hattoki infarkt, migren, uyqusizlik va oʻsma kasalliklarini ham chaqirishi mumkin.

PS: Endi bemorlarni davolashda oyligi yaxshi boʻlgan ish topishniyam buyuramiz shekilli...

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5👏32😁2
#analiz

IFR-1 nima?
(Somatomedin-C)

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

IFR-1 (insulinopodobny faktor rosta) insulinsimon oʻsish omili. 70 ta aminokislotadan iborat 7.6 kDa boʻlgan jigarda oʻsish gormoni taʼsirida sintezlanuvchi modda.
Tasiri: suyakning uzunasiga oʻsishini taʼminlash, shuningdek ichki organlarni ham.
Uning qondagi mavjudligi somatotrop gormonga nisbatan uzoq davom etadi va kun davomida ovqatdan soʻng oʻzgarmaydi. Miqdori yosh ortgan sari ortib boradi. 40 yoshda maksimalga yetadi.

IFR-1 miqdori kamayishi:
Somatostatin miqdori kamayadi
Somatotropin miqdori ortadi

IFR-1 miqdori ortishi:
Somatostatin miqdori ortadi
Somatotropin miqdori kamayadi

Insulin, androgen va estrogenlar IFR-1 miqdorini oshiradi.

Glukokortikoidlar esa IFR-1 miqdorini kamaytiradi.

Tajribalar shuni koʻrsatadiki IFR-1 miqdorini ortishi saraton xavfini oshiradi.
IFR-1 + ERITROPOETIN birgalikda esa insult xavfini kamaytiradi.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
⚡️Magniy B6 (Magne B6) organizm uchun muhim bo‘lgan magniy va vitamin B6 (piridoksin) ni o‘z ichiga oladi. Uning foydalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1. Nerv tizimini qo‘llab-quvvatlash: Magniy va vit B6 nerv impulslarini uzatishda ishtirok etadi, stress va asabiylikni kamaytiradi.

2. Mushaklarning normal ishlashi: Mg mushaklarning to‘g‘ri qisqarishi va bo‘shashishi uchun zarur. Bu mushak spazmlari va kramplarni kamaytiradi.

3. Energiya ishlab chiqarish: Mg va vit B6 uglevodlar, yog‘lar va oqsillarni energiyaga aylantirishda ishtirok etadi, bu esa umumiy energiya darajasini oshiradi.

4. Yurak-qon tomir tizimini qo‘llab-quvvatlash: Mg yurakning normal ritmini saqlashga yordam beradi va qon bosimini nazorat qiladi.

5. Immun tizimini mustahkamlash: Vit B6 immun tizimini qo‘llab-quvvatlaydi va infeksiyalarga qarshi kurashishda yordam beradi.

6. So‘rilishni yaxshilash. Vit B6 magniyning ichaklardan so‘rilishini yaxshilaydi, bu esa magniyning samaraliroq ishlatilishiga yordam beradi.

@endocrinoo
👍6🔥1
KO'NGLIM KO'RKSIZ

Ko'nglim ko'rksiz, kelib ko'rgil, kutaverib...
Kuyib kuyib ketdi ko'ngil, kutaverib.

Kuydirding-ku kuydirmajon kiprikligim,
Ko'ngilginam ko'ngilchangga ko'prikligim.

Kutib-kutib kasaldirman, kelmading-ku,
Kulgichingni ko'rsatmading, kulmading-ku.

Ketdim kuyib ko'yingda ko'p kuyunchagim,
Ko'klamimsan ko'ylaklari kelinchagim.

Ko'zlaringni kulgulari ko'zlarimda,
Keraksizlik kurtaklari kuzlarimda...

Ko'nglim ko'rksiz, kelib ko'rgil, kutaverib...
Kuyib kuyib ketdi ko'ngil, kutaverib...

Sanjar Shams

@endocrinoo
5👏4❤‍🔥2😁2🥰1
#hazil_time

Mediklarga yuboramiz 😁

@endocrinoo
😁15
4