Yangi Yil
Yilning so‘ngi kuni...Beuyqu,
Shodliklar-la o‘tadi hamma.
Yoshligimdan meros shu tuyg‘u-
Yangi yilni kutadi hamma!
Daraxt bo‘lar bu yilgi nihol,
Mevaga qo‘l tutadi hamma.
Eski yilni unutib darhol,
Yangi yilni kutadi hamma!
Eski yilda tugamadi g‘am,
Bundoq paytda netadi hamma?
Umid bilan shuning uchun ham
Yangi yilni kutadi hamma!
G‘am-anduhlar eskiradi deb,
Sobiq yilni otadi hamma.
Ko‘p narsalar o‘zgaradi deb,
Yangi yilni kutadi hamma.
Turib bo‘lmas mangu qadar tek,
Bu dunyodan ketadi hamma.
Umr tugab boryaptiyu, lek
Yangi yilni kutadi hamma!
©Xayrulla Hamidov
@endocrinoo
Yilning so‘ngi kuni...Beuyqu,
Shodliklar-la o‘tadi hamma.
Yoshligimdan meros shu tuyg‘u-
Yangi yilni kutadi hamma!
Daraxt bo‘lar bu yilgi nihol,
Mevaga qo‘l tutadi hamma.
Eski yilni unutib darhol,
Yangi yilni kutadi hamma!
Eski yilda tugamadi g‘am,
Bundoq paytda netadi hamma?
Umid bilan shuning uchun ham
Yangi yilni kutadi hamma!
G‘am-anduhlar eskiradi deb,
Sobiq yilni otadi hamma.
Ko‘p narsalar o‘zgaradi deb,
Yangi yilni kutadi hamma.
Turib bo‘lmas mangu qadar tek,
Bu dunyodan ketadi hamma.
Umr tugab boryaptiyu, lek
Yangi yilni kutadi hamma!
©Xayrulla Hamidov
@endocrinoo
🥰3❤🔥1
#hazil_time
Qoʻshnim 1.5 millionga salyut olib otdi.
Men esa umuman olmadim. Lekin u koʻrgan narsani men ham koʻrdim 😂

😁27👍2💯1
Kanalimizning 2025-yil statistikasi
Kelasi yil faol boʻlasiz deb umid qilaman azizlar.
Sogʻ boʻlinglar
@endocrinoo
Kelasi yil faol boʻlasiz deb umid qilaman azizlar.
Sogʻ boʻlinglar
@endocrinoo
👍8
Mana aziz yurtdoshlar yana bir yilni yakunladik. Yana bir yangi yilga yetib keldik. Yillar juda tez oʻtyapti buni barcha oʻz tanasida his qiladi albatta.
Sizlarga esa har kuni yangi postlar va yangiliklar bilan pinhona yuzlashish ushbu yilda ham nasib qilsin.
Barcha insonlarga sogʻlik salomatlik tilayman. Xech tana dard koʻrmasin.
Tibbiyot rivojlanishda davom etmoqda Insha Alloh balki ushbu yilda davosiz deb bilgan hastaliklarimiz ham davo topar. Eng muhimi qalb kasalliklarimiz davosini topsin.
Sizlarga manfaatim tekkan boʻlsa duolaringizda bir eslab qoʻying.
Sogʻ salomat boʻling ❤️
Yangi yilingiz muborak boʻlsin
Endokrinolog Fayzullayev Jahongir

❤🔥6👍5❤1👏1
Nega tungi ovqatlanish xavfli ?
Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )
Muntazam tungi ovqatlanish diabet xavfini oshiradi: tungi ovqatdan keyin qonda glukoza va insulin miqdori oshadi. Tez-tez qonda glukoza miqdori oshuvchilarda 2-tur qandli diabet rivojlanish xavfi 70% ga ortadi.
Tungi ovqatlanishning yana bir xavfi gipertenziya va yurak qon tomir xavfi oshishi hisoblanadi.
Ayollar uchun tungi turmush tarzi organizmning sirkad ritmini tartibga soluvchi melatonin gormonini buzadi. Yarim tundan keyin atigi 3 soatlik ish koʻkrak saratoni xavfini 12% ga oshiradi.
Agar tungi mehnat 10 soat boʻlsa bu xavf 80% ga yetadi.
Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing
@endocrinoo
@endokrinolog_maslaxatii

❤3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nega qalqonsimon bez UTT qilinadi?
📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo)
Endi bilib oldingiz nega UZI ga yuborishimizni
@endocrinoo
📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo)
@endocrinoo
❤3👍3
Tugʻma gipotireoz!!!
Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda uchrovchi eng ogʻir endokrin kasallik.
Sababi: onaning homiladorlik davrida davolanmagan gipotireozi.(☝️☝️☝️)
Belgilari•
•Katta vaznli chaqaloq(4kg)
•Ovqat va suyuqlik isteʼmoliga befarqlik
•Emish refleksi sustligi
•Quvvatsiz, horgʻin,uyquchan
•Mushaklar zaifligi
•Uzoq davom etgan sariqlik
•Skelet shakllanishi sustligi
•Puls kamligi(bradikardiya)
•Ich qotishi, ishtaxasizlik,yutish qiyinligi
•Tirnoq qalin,teri quruqlashishi
•Teri sovuq va rangpar
•Til kattalashishi(ogʻiz bazan ochiq)
•Yuz va qovoq shishi
•Kindik churrasi(bazan)
Kasallikning eng yomon asorati bu aqliy zaiflik rivojlanishidir. Agar kech aniqlansa ortga qaytmas aqliy zaiflik kuzatiladi.
Qancha erta tashxis qoʻyilsa bolani aqliy rivojlanishini tiklash shuncha oson boʻladi.
Tashxis qoʻyish chaqaloq tugʻruqxonadaligidayoq tovondan qon olib tekshiriladi.
Davolash faqat endokrinolog bilan bajariladi.
Oʻzingizni va farzandingizni asrang
Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir.
Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

Oyoq va qo‘llar muzlaydimi? Qalqonsimon bezda muammo bo‘lishi mumkin.
Gipotiroidizm juda keng tarqalgan kasallik bo‘lib, dastlabki bosqichlarda deyarli belgi bermaydi.
Tez charchoq, shishlarga moyillik, vazn ortishi, ich qotishi, quruq teri, qo‘l va oyoqlarni muzlashi metabolizm uchun muhim bo‘lgan gormonlar yetishmasligining dastlabki belgilaridan biridir.
Ko‘pincha gipotiroidizm qalqonsimon bezning autoimmun zararlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

❤🔥4
TUXUMDON KISTALARI
Kista - bu tuxumdonning yaxshi sifatli hosilasi boʻlib, ichida tiniq suyuqlik saqlovchi pufakdan iborat.
Tuxumdon kistasimon hosilalarining bir necha turi mavjud boʻlib, oʻz navbatida ularning kelib chiqishi, belgilari va davolanishi ham har xil.
SABABLARI
📌 Kistalarning turlari ham ularni keltirib chiqargan omilga koʻra ajratiladi:
Follikulyar kistalar - tuxumdondagi follikulaning choʻzilgan qobigʻidan hosil boʻladi, sababi esa tuxumdondagi yalligʻlanish kasalliklari yoki gormonal buzilishlar;
Funsional kistalar - tuxumdon "chiqib ketmagan" tuxum hujayradan yoki ovulyasiya bilan bogʻliq boshqa muammolar tufayli paydo boʻladi. Ular vaqtinchalik kistalarga juda oʻxshaydi (bu hosilalar koʻpincha oʻzi yoʻqolib ketadi);
Anomal kistalar - yoʻqolib ketmaydigan funsional kistalar, ular oʻsishga moyil boʻladi.
❗️Bundan tashqari kistalar paydo boʻlishiga sabab nasliy moyillik ham boʻlishi mumkin!
BELGILARI
- Qorinning pastki qismida tortuvchi yoki simillovchi ogʻriqlar, ba’zan ogʻriq qinga uzatiladi;
- Ovulyatsiya buzilishi;
- Bepushtlik;
- Katta hajmli kistalarda - qorin oʻlchami kattalashadi;
- Oʻtkir ogʻriq va isitma - kista buralib qolgan va yiringlagan holda.
DIAGNOSTIKA
Jarroh yoki ginekolog bu kasallikni boshqa kasalliklar bilan taqqoslab diagnoz qoʻyadi.
Eng informativ (aniq koʻrsatadigan) tekshirish usullari:
• UTT (UZI);
• Biopsiya.
DAVOLASH
Davosi kistaning joylashishi va oʻlchamiga koʻra har xil boʻladi:
Kichik hajmli kistalar gormonal preparatlar va yalligʻlanishga qarshi vositalar yordamida davolansa, kattalari xirurgik yoʻl bilan olib tashlanadi. Oʻng va chap tuxumdondagi kistalar bir xil davolanadi.
❗️Kistani qanday davolashni faqat vrach hal qiladi!!!
XAVF
° Katta kistalar yorilishi mumkin, natijada oʻtkir yalligʻlanish yuzaga keladi.
° Kista oyoqchasining buralib qolishi oʻtkir peritonit (qorinpardaning oʻtkir yalligʻlanishi) ga olib keladi.
° Ikkala tuxumdonda bir vaqtda kista boʻlishi ayniqsa xavfli.
XAVF GURUHI
❗️Kista hamma ayolda ham boʻlishi mumkin, ammo oldindan gormonal oʻzgarishi bor ayollarga e’tiborliroq boʻlish lozim.
PROFILAKTIKASI
✅ Muntazam ravishda profilaktika maqsadida ginekolog qabulida boʻlish.

❤4👍1
#hazil_time
Bosh shifokor qabulida
Bemor ayol: juda ajoyib qoʻli yengil ginekolog shifokoriz bor ekan. Erkak kishi boʻlsa ham ancha tuzatib qoʻydi.
Shifokor: hmmm
Ayol: rahmat. Sogʻ boʻling
Bemor ketgach shifokor miyasida majlis boshlandi... Ahir bizda ginekolog yoʻqku umuman 🫤🫤🫤

😁13
Son-chanoq boʻyni yemirilishi
📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )
🌍Dunyoda nogironlikka sabab boʻluvchi eng koʻp holatlardan biri bu son-chanoq boʻyni yemirilishi(osteoporozi)dir. Ayollar erkaklarga nisbatan 5 barobar koʻp ogʻriydi. AQShda 5% aholida kuzatiladi.
Kelib chiqish sabablari koʻp:
•Semizlik
•Gormonal oʻzgarishlar
•Kalsiy defitsiti
•Vitamin D defitsiti
•Klimaks
•Zararli odatlar
•Ovqatlanish ratsionida minerallar kamligi
•Yosh oʻtib borishi
Kasallik sababli son suyagi boshcha qismidan sinish kuzatiladi. Natijada bemorda harakat butkul cheklanadi.
Davolash Endokrinolog va Travmatolog bilan boʻladi
Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing
@endocrinoo
@endokrinolog_maslaxatii
📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )
🌍Dunyoda nogironlikka sabab boʻluvchi eng koʻp holatlardan biri bu son-chanoq boʻyni yemirilishi(osteoporozi)dir. Ayollar erkaklarga nisbatan 5 barobar koʻp ogʻriydi. AQShda 5% aholida kuzatiladi.
Kelib chiqish sabablari koʻp:
•Semizlik
•Gormonal oʻzgarishlar
•Kalsiy defitsiti
•Vitamin D defitsiti
•Klimaks
•Zararli odatlar
•Ovqatlanish ratsionida minerallar kamligi
•Yosh oʻtib borishi
Kasallik sababli son suyagi boshcha qismidan sinish kuzatiladi. Natijada bemorda harakat butkul cheklanadi.
Davolash Endokrinolog va Travmatolog bilan boʻladi
Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing
@endocrinoo
@endokrinolog_maslaxatii
❤2👍2
Sochingiz to’kilyaptimi? Unda chekishni tashlang )
🔹Sigaret tutunida 5000 dan ortiq zaharli va kanserogen kimyoviy moddalar va og'ir metallar mavjud. Qatronlar, xrom, mishyak, qo'rg'oshin, kadmiy, formaldegid, dioksin, benzol, nitrozaminlar va hokazo.
🔹Ular soch follikulasidagi DNKga zarar yetkazadi, follikulaning yallig'lanishini keltirib chiqaradi va estrogenning o'sishni rag'batlantiruvchi ta'sirini bloklaydi.
🔹Bundan tashqari, soch ildizining qon bilan ta'minlanishi yomonlashadi va natijada soch to'kilishi sodir bo'ladi. Tabiiyki, agar siz chekishni tashlasangiz, sochingizning holati sezilarli darajada yaxshilanishi mumkin.

Pul yetishmovchiligi natijasida yuzaga kelgan stress organizmga yaqinlarning oʻlimi yoki ajralishlardan koʻra yomonroq taʼsir qiladi - ScienceDirect izlanishlari xulosasi
Kam miqdordagi oylik, kreditlar va qarzlar insonning immun hamda nerv tizimlarini ishdan chiqaradi. Bu holatlar hattoki infarkt, migren, uyqusizlik va oʻsma kasalliklarini ham chaqirishi mumkin.
PS: Endi bemorlarni davolashda oyligi yaxshi boʻlgan ish topishniyam buyuramiz shekilli...

👍5👏3❤2😁2