Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.78K subscribers
3.83K photos
622 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
"хлебцы" — oq non oʻrniga yeyiladigan mahsulot.

Tarkibiga e’tibor bersangiz vitaminlarga, ayniqsa kletchatkaga boy boʻlib, qabziyat, qandli diabet, ortiqcha tana vaznida non oʻrniga yeyish uchun tavsiya qilinadi.

Kattaroq doʻkonlardan bemalol topish mumkin.

@endocrinoo
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dializ nima?

Buyrakning surunkali yoki oʻtkir yetishmovchiligi oqibatida qonda zaharli mahsulotlar mochevina, kreatinin kabilar va tanada ortiqcha miqdordagi suyuqlik toʻplanadi, chunki buyraklar bu moddalarni organizmdan chiqarib yubora olmaydi.

Shunday holatlarda vaqtinchalik yordam berish va organizmni zaharli moddalardan tozalab turish uchun "dializ" apparatidan foydalaniladi. Bu uskuna sun’iy tarzda buyraklar ishini qisman bajaradi va qonni tozalab beradi.

Shuni bilish kerakki, dializ buyrakni davolamaydi, balki unga yordam berib turadi. gar buyraklar faoliyati toʻliq tiklanmaydigan boʻlsa, buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyoti oʻtkazilishi kerak boʻladi.

@endocrinoo
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oftalmolog ko'zingizga qaraganida nimalarni ko'radi?

Mana endi ular nimani ko‘rishini birga kuzatamiz

@endocrinoo
👍4
Homiladorlikda temir va yod yetishmasligi ASORATLARI

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3
👶🏻Bolalarda raxit kasalligini oldini olishning eng samarali va oddiy usuli bu 👇
☀️Quyosh nuri. Bolani koʻroq ayniqsa 10-11gacha boʻlgan vaqt oraligʻida wuyosh niurida boʻlishini taʼminlash
💧Vitamin D tomchi dorisini bolaga muntazam har kuni berish. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarga hayotining 15 chi kunidan boshlash tavsiya etiladi. Bola 4-5 yosh boʻlguncha yaʼni kuchga toʼlib organizmi mustahkamlanguncha bersa boʻladi.

☝️ESLATMA❗️
Vitamin D pereparatini qaysi turini va qanchadan berish kerak ekanligini farzandingiz soʼgʻlogʻi va yoshiga qarab bolalar shifokori tavsiyasiga koʻra ichiriladi.

@endocrinoo
👍2
To'xtovsiz qichishish bezovta qilyaptimi? Va xech qaysi allergolog yoki dermatolog joningizga oro kirmadimi? Balki bunga sabab organizmingizdagi metabolizmning buzilishi, ichki ortiqcha kaloriya yoki buqoq faoliyatining pastligi sababdir!?

@endocrinoo
1👍1
Prolaktin – «stress garmon» deb ham ataladi. Uning ayollarda ko‘payishi jismoniy va ruhiy zo‘riqishlarga olib keladi. Gormonning vazifasi to‘la o‘rganilmagan, lekin ko‘p jihatlari aniqlangan.
Gormon qizlarda balog‘at davrida sut bezlarining o‘sishini ta’minlasa, homiladorlikda, emizikli davrda laktatsiya jarayonini boshqaradi. Gormon Bu gormon erkaklar uchun ham muhim hisoblanadi va spermatogenezni va prostata  sekretining ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.

Bu gormon darajasi hayz sikli kuniga qarab o‘zgaradi.
Norma quyidagicha:

follikulyar bosqichida (в фолликулярной фазе) – 4,5-33 ng / ml dan;
ovulatuar bosqichida (в овуляторной фазе ) – 6,3-49 ng / ml dan;
luteal bosqichida ( в лютеиновой фазе ) –  4,9-40 ng / ml dan

Aslida gormon chegarasini aniqlash biroz mushkul va bu individual ko‘rsatkich hisoblanadi. Biroq umumiy jiatdan olganda prolaktin gormoni homiladorlik davri kuzatilmaganda 4.1-4.5 ng / ml dan  24-34 ng / ml gacha bo’lishi kerak.

Prolaktin ortishiga quyidagi patalogik   holatlar sabab bo‘lishi mumkin:
• Prolactinoma. Qondagi gormonning konsentratsiyasi darajasi 200 ng / ml gacha yetadi.
• Anoreksiya.
Gipotireoz.
Prolaktin ortishiga fiziologik  holatlar ham sabab bo‘lishi mumkin.Bular
•  homiladorlik;
• ko’krak suti bilan boqishda;
• kuchli jismoniy faoliyat natijasida;
• ratsionida yuqori oqsil bo‘lganda;
• ruhiy charchoqda.
Labaratoriya tekshiruviga borishdan oldin  jinsiy aloqaga kirishmaslik, asabiylashmaslik, kamida 30 daqiqa tinch joyda dam olish, chekmaslik, spirtli ichimliklar qabul qilmaslik zarur. Va shuni ham alohida ta’kidlashimiz kerakki, gormon analizini 2-3 ta labaratoriyada topshirish zarur.

@endocrinoo
Sariq yoki yashil banan??

Endi tanlovda adashmaysiz😉

@endocrinoo
👍1
Semirish oqibatlari:
1. Yurakning ishemik kasalligi va miokard infarkti;
2. Hayz siklining buzilishi va bepushtlik;
3. Uyqu paytida nafas olishni qiyinlashishi;
4. Bo'g'imlarning kasalliklari;
5. O't tosh kasalligi;
6. Qon bosimining oshishi;
7. 2-toifa qandli diabet;
8. Yomon yog'larning ko'payishi;
9. Oyoqlarda tomirlarning yetishmasligi;
Va agar siz ularga o'z vaqtida murojaat qilsangiz, bu oqibatlarning oldini olish mumkin!‌‌

@endocrinoo
1👍1
O'SISH GORMONI

O'sish gormoni (STG) bosh miyada mavjud boʻlgan kichkina bezcha - gipofizda ishlab chiqariladi va jigar ork5ali tasir qiladi. U asosan bola uxlayotgan paytda ishlab chiqarilishi kuchayadi. Shuning uchun bolaning o'z vaqtida uxlashi va tiniqib uyg'onishi katta axamiyatga ega!
O'SISH G.ni quyidagi xollarda ko'p ishlab chiqariladi:
- jismoniy xarakatda;
- stressda;
- oksil ko'p yeganda;

KAMAYISHI👇👇👇
- qonda qand miqdori yuqori boʻlganda;
- xolesterin miqdori yuqori boʻlganda;
- glyukokortikoidlar miqdori yuqori boʻlganda;
- jigar kasalliklarida;
O'SISH G.ni balogʻat yoshigacha ko'p ishlab chiqarilsa GIGANTIZM rivojlanadi; Balogʻat yoshidan o'tgandan keyin o'sish gormoni ko'p ishlab chiqarilsa AKROMEGALIYA rivojlanadi.Chunki balogʻat yoshigacha bolada suyaklarda o'sish zonasi ochiq bo'ladi va u buyiga o'sadi. Balogʻat yoshidan keyin o'sish zonasi berkilgandan keyin esa eniga o'sadi.
O'sish gormoni yetarlicha ishlab chiqarilmaganda bo'ypastlik rivojlanadi

@endocrinoo
👍31
#bepushtlik

AYOLLAR BEPUSHTLIGI
Bepushtlik deb 1 yil davomida muntazam jinsiy xayotda yashayotganligiga qaramasdan xomilador bo'lmaslikka aytiladi.

👼Bepushtlik turlari:

-nisbiy
-absolyut

-Birlamchi
-ikkilamchi

- ayollar bepushtligi
- erkaklar bepushtligi;

👼 SABABLARI:

- ovulyatsiya muammolari
-gormonal buzilishlar
-tuxumdonlar disfunksiyasi
-bachadon naylari muammolari
-tuxumdonlar polikistozi
-gormonal disbalans
-tuxumdonlar obolochkasi chandig'i
-bachadon bo'yni eroziyasi
-erta klimaks
-servikal kanal muammolari
-bachadon rivojlanishida nuqsonlar
- psixologik sabablar
-endometrioz
-yorilmagan follikulalar sindromi
-immunologik bepushtlik;

Shuningdek, NOANIQ BEPUSHTLIK degan diagnoz xam bor - bunda er va xotinda xech kanday muammo yo'q, lekin xomiladorlik kuzatilmaydi!!!

👼TEKSHIRUVLAR:

-UZI
-gisteroskopiya
-gisterosalpingografiya
-gormonlar analizi
-laparoskopiya
-bazal xarorat
-follikulometriya

@endocrinoo
1👍1🔥1
QANDSIZ DIABET

     Qandsiz diabet - vazopressin gormoni yetishmovchiligi xisobiga kuchli chankash va kup mikdorda siydik ajratish bilan kechadigan kasallik. Vazopressin - bosh miyada gipofiz bezining orka kismida yigiladi va konga chikadi.
      Buyraklar organizmda asosiy konni tozalovchi organ bulib, kon buyraklardan utganda birlamchi siydik xosil buladi va u uzida organizm uchun kerak bulgan ozuka moddalarini saklaydi. Xosil bulgan birlamchi siydik vazopressin gormoni taъsirida kayta konga suriladi va barcha kerakli bulgan ozukalar, gyukoza, elektrolitlar konga kaytariladi. Shundan keyin ikkilamchi siydik xosil bulib u organizmga kerak bulmaganligi uchun tashkariga chikariladi. Mana shu ikkilamchi siydik xosil bulishida ishtirok etadigan vazopressin gormoni yetishmovchiligida barcha kerakli minerallar , suv va elektrolitlar biroamchi siydik kurinishida organizmdan chikib ketadi.
QANDSIZ DIABET turlari:
🥵-markaziy shakli
      - buyrak shakli
🥵- yengil (sutkada 6-8 litrgacha peshob ajaraladi);
      - o'rta (8-14 litr);
👍21
- og'ir (14 litrdan ko'p);
SABABLARI:
- nasldan utadi (tugma kandsiz dmabet rivojlanadi);
- miya rivojlanishidagi nuksonlar (tugma KD);
- bosh miya travmasi (orttirilgan QD);
- bosh miya usmalari va metastazlar;
- insult
- tuberkulyoz, sarkoidoz
- infeksiyalar - entsefalit, meningit;
- idiopatik (sababi nomvъlum);
- buyrak kasalliklari;
- surunkali buyrak yetishmovchiligi;
BELGILARI: qandsiz diabetning asosiy belgilari - kup mikdorda siydik ajratish (4-16litr sutkada), kup suv ichish (3-18 litr sutkada), chankash, uykusizlik, teri kurishi, ishtaxasizlik.
Tekshiruvlar:
- umumiy siydik analizi;
- Zimnitskiy sinamasi;
- ko'rish maydoni;
- qondagi Antidiuretik gormon mikdorini aniqlash;
DAVOLASH: qandsiz diabetni endokrinolog aniqlaydi va davolaydi. Asosiy davo - vazopressinning sintetik analogi - desmopressin buyuriladi. U tabletka, tomchi va sprey ko'rinishida buladi.

XA AYTGANCHA, qandsiz diabetda qondagi qand miqdori meyorida bo'ladi 😊👍👌


@endocrinoo
👍21
ONA VA BOLA UCHUN ENG YAXSHI VITAMINLAR

Vitaminlar — organizm oʻz vazifasini toʻgʻri amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan moddalar guruhi. Inson vitaminlarning katta qismini ovqat orqali qabul qiladi. Ammo istisno ham mavjud: Д vitamini ultrabinafsha nuri ta’sirida ishlab chiqariladi, А vitamini tanada avvalgi avloddan sintezlanadi, К va B3 vitaminlari esa ichak mikrobiotlaridan ajralib chiqadi.

Eng yaxshi vitaminlar:

Vitrum bebi
Vitam
Vitrum kids
Elevit 1.2.3
Vitrum yunior
Duovit
Supradin kids
Velmen
Multi-Tabs
Multimaks
Perfektil
Sentrum
Vitakap
Sertovit
Kopmlivit
Multvitamol

❗️Berilgan vitaminlarning 3-4 xil koʻrinishlari mavjud. Misol tariqasida yuqorida vitrumni keltirdik. Vitrum( bebi, yunior, kids, prenatal). Misol: vitrum bebi chaqaloqlarga, vitrum prenatal kattalarga beriladi

@endocrinoo
👍21
Qalqonsimon bez faoliyatiga ta’sir koʻrsatadigan mahsulotlarni bilasizmi?


🌱Dengiz oʻtlari juda koʻp miqdorda yodni oʻz ichiga oladi. Endokrinologlar qalqonsimon bez kasalliklarida iste’mol qilmaslik kerak boʻlgan roʻyxatga dengiz oʻtlari va yodga boy boshqa mahsulotlarni kiritadi.

🥦Oq karam, brokkoli, gulkaram foydali va mazali sabzavotdir. Afsuski, undagi mavjud yod tabiiy muvozanatini buzishi va qalqonsimon bezning ushbu muhim moddani oʻzlashtirish qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun karam iste’mol qilishda ham me’yorni unutmaslik lozim.

🐠Baliqning ayrim turlari
Tunets, skumbriya, nayza baliqlari — bu baliq turlarining barchasi qalqonsimon bez uchun zararli.
Gap shundaki, bu baliq tarkibida simobning yuqori miqdori mavjud boʻlib, u kimyoviy tarkib boʻyicha yodga oʻxshaydi va shuning uchun qalqonsimon bez tomonidan faol soʻriladi.

 Bolangizga dorini ravo ko'rmasangiz marhamat ushbu mahsulotlarni uyda mujassam qiling

@endocrinoo
👍21
GIPERPROLAKTINEMIYA SABABLARI


1. Gipotalamus o'smalari;
2. Miyaning yuqumli kasalliklari
3. Sil kasalligi, granulomatoz va infiltrativ o'zgarishlar bilan kechadigan boshqa patologiyalar;
4. Bosh soxasi jarohatlari, qon ketishi;
5. Bo'sh turk egari sindromi;
6. Homiladorlik va tug'ruqdan keyingi davrning birinchi haftasi (ayollarda giperprolaktinemiyaning asosiy sababi);
7. Hissiy stress;
8. Koʻkrak so'rg'ichini stimulyatsiya qilish, shu jumladan emizish davrida
9. Ko'krak qafasidagi shikastlanishlar, masalan, kuyishlar, herpes zoster;
10. Kushing sindromi;
11. Qalqonsimon bez kasalliklari;
12. Jigar va buyraklar faoliyatining buzilishi;
13. Ba'zi dori-darmonlarni qabul qilish va boshqalar.‌‌

(Hozirda bepushtlik bilan qiynalgan ayollar ushbu gormon(prolaktin)ga qon analiz topshirib ,taxlilni endokrinolog bilan maslahat qilgan xolda davolanishi koʻplab bepushtliklarni davosi xisoblangan boʻlardi )

@endocrinoo
👍21
Ўзбекистонда энди тиббиёт талабаларидан имтиҳонни робот-симуляторлар олади

Ўзбекистондаги тиббиёт олий таълим муассасаларида таълим олувчи талабаларнинг билим ва кўникмалари инсон омилисиз, робот-симуляторлар ёрдамида баҳоланади. Бу ҳақда Соғлиқни сақлаш вазирлиги матбуот хизмати хабар берди.Соғлиқни сақлаш вазирлиги Илм-фан ва таълим бошқармаси бошлиғи Ўктам Исмоиловнинг айтишича, 2023/2024-ўқув йилидан бошлаб бакалавриат, магистратура ва клиник ординатура босқичлари талабаларининг назарий ҳамда амалий билим-кўникмалари инсон омилисиз, махсус робот-симуляторлар орқали баҳоланади.

Президент қарори билан тасдиқланган «Йўл харитаси»га биноан, тиббиёт ходимларининг малакасини ошириш ва қайта тайёрлаш муассасалари учун уларнинг бюджетдан ташқари маблағлари ҳисобидан симулятор ускуналарини харид қилиниши белгиланган.

@endocrinoo
👍21
Маълум қилинишича, айни пайтда муассасаларда робот-симулятор ускуналарини ўрнатиш ишлари олиб бориляпти.

Эндиликда талабалар клиник имтиҳонлардан ўта олса, шифокор бўлиб ишлашига рухсат берилади.

Шунингдек, 2024/2025 ўқув йилидан барча давлат ва нодавлат тиббиёт олий таълим муассасаларида икки босқичли давлат имтиҳонларини ўтказиш тизими жорий этилади. Бунда 1-босқичда талабалар фундаментал фанлар бўйича якуний давлат имтиҳонларини топширса, 2-босқичда клиник фанларни ўзлаштирганлик даражаси баҳоланади
Дастлабки имтиҳонни муваффақиятли топширганларга курсдан курсга ўтишга, клиник билимларга оид синовларда яхши натижа кўрсатганларнинг эса амалиётда шифокор бўлиб ишлашига рухсат этилади.

Бундан ташқари, Ординатурага ва интернатурага кириш имтиҳонлари ҳам инсон омилисиз ўтказилиши белгиланган.

Шу пайтгача суҳбат асосида ўтказиб келинган қабул жараёнларига эса чек қўйилади. Эндиликда тиббиёт олий таълим муассасалари ва уларнинг филиаллари, тиббиёт ходимларининг касбий малакасини ривожлантириш маркази, республика ихтисослаштирилган илмий-амалий тиббиёт марказлари, илмий тадқиқот институтларида клиник ординатура ва интернатура мутахассисликлари бўйича кириш имтиҳонлари бир босқичли тест синовлари асосида Билим ва малакаларни баҳолаш агентлиги томонидан ўтказилади.

Бунда ҳар бир талабгор учун БҲМнинг ярим баравари миқдоридаги тўлов тегишли тиббий таълим муассасаси томонидан тўлаб берилиши белгиланган. Қабул жараёнлари йилига икки мартадан ўтказилади.

Юқорида келтирилган «Йўл харитаси»га асосан етакчи хусусий клиникаларда клиник ординатура дастурлари асосида тор доирадаги мутахассисларни тайёрлаш ва малакасини оширишни ташкил этиш кўзда тутилган.

Шунингдек, давлат тиббий олий таълим муассасаларининг хирургия, кардиология, стоматология ва терапия каби қатор кафедраларига ривожланган хусусий кўп тармоқли тиббиёт муассасаларида ўқув-клиник амалиёт базасини ташкил этишга рухсат берилади.

Хусусий тиббиёт муассасаларининг клиник ординатурага қабул жараёнлари ҳам давлат муассасаларида бўлганидек, Билим ва малакаларни баҳолаш агентлиги томонидан бир босқичли тест шаклида йилига 2 марта амалга оширилади.

@endocrinoo
1👍1