Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.79K subscribers
3.83K photos
622 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
#hazil_time

Professor talabadan imtihonda soʻramoqda

Tugʻruqning qanday turlarini bilasiz?

Talaba: erta, kechki va notoʻgʻri tugʻruq.

Batafsilroq aytingchi?

Talaba: erta bu toʻydan avvalgi tugʻruq, kechki bu eri vafotidan 3 yil oʻtib kuzatiladi, notoʻgʻri tugʻruq bu ayoli emas qoʻshnisi tugʻishi 😂😂😂

@endocrinoo
😁1
#hazil_time

Tibbiyot talabalari kimga yuborishni oʻzingiz hal qiling😁

@endocrinoo
😁3
Fargʻona va Andijon havo ifloslanishi darajasi juda yuqori bugungi kunda.
Niqob taqing

@endocrinoo
❤‍🔥11
Selen (Se) yetishmasligi


Selen elementi — qalqonsimon bez va immun tizimini normal ishlashi uchun muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, u Ye vitamini bilan birgalikda organizmni antioksidant himoya qilish jarayonlarida ishtirok etib, hujayralarni shikastlanishdan himoya qiladi. Uning yetishmasligi ateroskleroz, miokard infarkti, saraton kasalligi xavfini oshiradi, temir va yod yetishmasligi kuzatiladi (selen ularning kofaktori hisoblanadi) odatda autoimmun tireoidit bilan birga kechadi.

✓ Selen tanani ogʻir metallar va mishyakdan himoya qiladi (ularni antagonisti hisoblanadi).

✓ Selen ayniqsa, homiladorlik asoratlarini oldini olish uchun farzand rejalashtirishda erkaklarga kerakli element.

📌 Organizmda yaxshi soʻriladigan formalari: selenometionin va se-metil-L-selenosistein (dorixonalardan soʻrang).

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Tirnoqlarning zaifligi va soch
toʻkilishi tanada selen yetishmasligi-
ning birinchi belgilari ekanligini bilasizmi?

Selen nima uchun kerak?
1⃣ Selen immunitetni yaxshilaydi. (hozir, bu, ayniqsa, koronavirus, gripp, SARS davrida juda muhim);
2⃣ Qalqonsimon bezning normal ishlashini qoʻllab-quvvatlaydi (yod almashinuvini normallashtiradi);
3⃣ Fermentlar va gormonlar ishlab chiqarishga yordam beradi;
4⃣ Insult, yurak xuruji, artritdan himoya qiladi;
5⃣ Yomon xolesterin darajasini pasaytiradi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
2
Osteoporozda kimlar havf guruhiga kiradi?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

•Ayollar
•Yoshi 65 dan kattalar
•Yevropoid irqidagilar
•Gipogonadizm
•Erta menopauza
•Oilaviy anamnezda osteoporoz mavjudligi yoki sinishlar mavjudligi

•TVI <20 yoki vazni 57kgdan kamligi
•Chekish
•Kalsiy yetishmasligi
•Vitamin D yetishmasligi
•Kam harakatlik
•Alkogol

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
❤‍🔥11
#hazil_time

Bormi sizda ham shunday mehribonlar 😂

@endocrinoo
Homiladorlikda nima uchun yod preparatlari qabul qilinadi!!!!

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo )

📌📌 Agarda yod yetishmasa📌📌

1. Bolada aqliy rivojlanishda orta qolish. Nerv sistemasi shakllanishidagi kamchiliklar yuzaga kelishi mumkin.

2. Homilaning òzidan òzi tushishi yoki muddatdan avval tug'ruq yuzaga kelishi mumkin.

3. Bolada qalqonsimon bez yetishmovchiligi, jizzakilik, tushkunlik, uyquchanlik, xotira yomonlashishi.

4. Homilador ayolda bosh aylanishi, lanjlik, ba'zan yod yetishmasligi kuchli toksikozlarga olib kelishi ham mumkin.


Demak farzandimiz kelajakda yuksak aql egasi bòlishi uchun homilador ayollarimiz shifokor maslahati bilan yod qabul qilishi kerak.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
3
Gestatsion diabet juda ham keskin ortgan ( Rossiya )

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Gestatsion (homiladorlik) diabet soʻngi 15 yilda 41 barobarga ortgan.

⚠️2008-yil 3 300 nafar ayolda kuzatilgan boʻlsa
⚠️2023-yilda 138 000 ayolda kuzatilgan

Mana nega homiladorlar qoʻl qoʻyib bersangiz boʻldi deb xamshira bilan ish bitirib qochmasligi kerak.
Qanday oqibatlarga olib kelishi haqida avval ham yozganman.

⚠️Havf guruhlari:
❗️Ortiqcha vaznlilar
❗️4 kgdan ortiq farzand koʻrganlar
❗️Kam harakat hayot tarzi
❗️Shirinliklarni (uglevodlar) koʻp isteʼmoli
❗️Naslida diabeti borlar

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
3
#afsona

Homiladorlikda 12 haftagacha yodomarin mumkinmas deyishgan, shunga ichmadim

@endocrinoo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DORI ADASHTIRISH — TAQDIRNI O‘ZGARTIRIB YUBORISHI MUMKIN!

Tibbiyotda ayrim xatolar hayot davomida tuzalmas oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Bemor qiz bolaga “Testolakton” o‘rniga dorixonada adashib “Testosteron 250 mg” berilgan.
Hamshira esa dorini tekshirmasdan aynan shuni yuborgan.
Natijada bola 5 kun davomida erkak gormoni olgan va klitoral kattalashuv kuzatilgan.

Bu-dori savdosidagi savodsizlik va masuliyatsizlikning eng yaqqol misoli.
Rivojlangan davlatlarda bunday dorilar faqat retsept bilan, qat’iy nazorat ostida beriladi. Bizda esa ba’zan sotuvchi dori nomini ham to‘liq o‘qimaydi. Doktorlar esa tushunarliroq qilib yozishmaydi goyoki qancha xunuk yozsang kuchli doktorsan. Doktorlar ayniqsa bolalar bilan ishlaydigan retseptlarni tushunarliroq yozinglar onalar sizlarni yozganizga qarab dorilarni berishadi.

Har bir dori — ayniqsa gormon preparatlari — inson sog‘lig‘i va kelajagiga bevosita ta’sir qiladi.

Bir dona ampula — bir bolaning kelajagini butkul o‘zgartirib yuborishi mumkin.


@endocrinoo
👍53💯1
Sportning bioenergetikasi yoki nima uchun universal ovqatlanish mavjud emas?

🏓Har qanday jismoniy yuklama organizmdan samarali energiya ishlab chiqarishni talab qiladi. Bu mashqlar intensivligi va davomiyligiga qarab faollashadigan uchta energetik tizim tomonidan ta'minlanadi.

1️⃣Fosfagen tizimi — portlash kuchlari uchun:

🔴6-10 soniya davomida ishlaganda faollashadi
🔴Mushaklardagi kreatinfosfat zaxiralaridan foydalanadi
🔴Og'ir atletlar, sprinterlar, sakrashchilar uchun muhim
🔴Tez tugaydi, uzoq tiklanishni talab qiladi

2️⃣Glikolitik tizim — o'rtacha davomiylik uchun:

🔴30 soniyadan 3 daqiqagacha yuklamalarda ishlaydi
🔴Oksigensiz mushak glikogenidan foydalanadi
🔴Boks, 200-400 m suzish natijalarini belgilaydi
🔴Laktat to'planishi ish davomiyligini cheklaydi

3️⃣Oksidlovchi tizim — uzoq davom etuvchi yuklamalar uchun:

🔴5-10 daqiqadan ko'proq ishlaganda energiya ta'minlaydi
🔴Yog'lar va uglevodlarni kislorod ishtirokida ishlatadi
🔴Marafonchilar, velosipedchilar, chang'ichilar uchun asosiy
🔴Amalda cheksiz energiya zaxirasiga ega

💪Sportchilarning mushak tolalari tarkibi farq qiladi: kuch-quvvat sportchilarida glikogen yo'naltirilgan tez tolalar ko'p, marafonchilarda esa yog'larni samarali ishlatadigan sekin tolalar.

➡️Bu yuqori natijali sportda universal ovqatlanish tavsiyalari ishlamasligini tushuntiradi.

@endocrinoo
1👍1🔥1
#dorilar

Inkretinlar — bu ovqat qabul qilgandan so‘ng ichakda ishlab chiqariladigan gormonlardir. Ular qon shakar darajasini tartibga solishda yordam beradi, glukoza darajasi oshganda insulin sekretsiyasini ko‘paytiradi.

GGP-1 — asosiy inkretinlardan biri bo‘lib, shakarni nazorat qilishda muhim rol o‘ynaydi.

Birinchi GGP-1 ingibitori ekzenatid 2005 yilda tasdiqlangan. Ushbu preparat iloncha so‘lg‘ichidan olingan bo‘lib, keyinchalik liraglutid va semaglutid kabi boshqa shunga o‘xshash vositalar ishlab chiqilishiga asos bo‘lgan. Bu preparatlar 2-toifa diabet kasallari glukoza darajasini yaxshilashga yordam beradi.

Amaliyotda biz faol ravishda liraglutid (Enligria) va semaglutid (Kvinsenta) dan foydalanamiz.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
1🔥1
#hazil_time

Boshqa talabalar va mediklar

@endocrinoo
🔥1
Nega qalqonsimon bez UTT qilinadi?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

1. Qalqonsimon bez tugunlarini aniqlash uchun.
Tugun õlchami, tuzilishi, zichligi, chegarasi uchun.

2. Giper va gipofunksiyani aniqlash uchun
Diffuz oʻzgarish (Hashimoto)
Qon aylanishi ortishi (Bazedov)

3. Saraton ehtimolini baholash uchun
Chetlari notekis tugun, mikrokalsinat, qattiq tugun, limfada oʻzgarishlar

4. Avval mavjud boʻlgan kista yoki tugun oʻlchamini kuzatib turish uchun
6-12 oyda tekshiriladi

5. Biopsiya oldidan
TIAB

6. Yutinishda qiyinchilik yoki tovushda oʻzgarish boʻlsa. Buqoq kattalashib traxeya yoki qiziloʻngachni bosganda

7. Profilaktika uchun

UTT zararlari bormi?
•Nurlanish bermaydi
•Ogʻriqsiz
•Homiladorlik va emizishda mumkin

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
2🔥1
Lancet jurnalida katta muammo haqida maqola chiqa boshladi

Mavzu: Bolalar va o'smirlar orasida 2-tur qandli diabetning tarqalishi ortib bormoqda .

Qo'shma Shtatlarda, so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, 2002-03 dan 2017-18 yilgacha bolalar va o'smirlar o'rtasida 2-toifa kasallanish deyarli ikki baravar ko'paydi - yiliga 100 000 kishiga 9,0 dan 17,9 gacha. Boshqa mamlakatlarda ham xuddi shunday holat.

🍔 Asosiy sabab - bolalar va o'smirlar orasida semirishning ko'payishi.
Siz ham bolalar orasida semirish nima uchun o'sib borayotganini juda yaxshi tushunasiz.

QM: ishlaydigan hududimda 1999-yil va 2007-yil bemorlarim bor 2-tur diabet bilan kasallangan. Bazan 35 ga ham kirmasdan diabet bilan murojaat qilayotganlarni koʻrsam bu kasallik naqadar yosharib ketayotganini yana xis qilaman.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥2
Boʻy oʻstirishda ovqatlanish uchun tavsiya

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Bo‘y o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydigan ovqatlanish rejasi yosh, jins, jismoniy faollik va mavjud sog‘liq holatiga qarab farqlanadi. Quyida umumiy, sog‘lom va o‘sishni rag‘batlantiruvchi bir haftalik ovqatlanish rejasini keltiraman. Bu reja asosan 13–25 yosh oralig‘idagi yoshlar uchun mo‘ljallangan.

🟩1-KUN (Dushanba)

Nonushta:

✓ 2 dona tuxum (qaynatilgan yoki qovurilgan)
✓1 bo‘lak qora non
✓1 stakan sut
✓1 dona banan

Peshin:
✓150 g tovuq go‘shti
✓1 piyola guruch yoki grechka
✓1 piyola sabzavotli salat (bodring, pomidor, karam)
✓1 stakan kefir yoki yogurt

Kechki ovqat:
✓100 g baliq yoki tuxumli sabzavotli omlet
✓1 dona qaynatilgan kartoshka
✓1 piyola karam sho‘rva

Uyqudan oldin:
✓1 stakan iliq sut yoki kefir
✓2 dona bodom yoki yong‘oq

🟩2-KUN (Seshanba)

Nonushta:
✓1 stakan jo‘xori yormasi bo‘tqasi (suv yoki sutda)
✓1 dona olma
✓1 dona qaynatilgan tuxum

Peshin:
✓150 g mol go‘shti
✓1 piyola grechka
✓Sabzavotli salat
✓1 stakan yogurt

Kechki ovqat:
✓1 kosa sho‘rva
✓2 dona qaynatilgan tuxum
✓1 bo‘lak qora non

Uyqudan oldin:
✓1 dona banan yoki 1 stakan sut

🟩3–7-KUNLAR:

Boshqa kunlar uchun yuqoridagi menyu tarkiblarini bir oz o‘zgartirib aralashtirib foydalanish mumkin. Quyidagilarni kiritib turing:

Qo‘shimchalar (kun davomida):
✓Yong‘oqlar (bodom, yeryong‘oq) – 1-2 kaft
✓Mevalar – olma, banan, apelsin
✓Sutli mahsulotlar – kefir, tvorog, yogurt
✓Qaynatilgan tuxum – har kuni 1–2 dona
✓Ko‘katlar – kashnich, ko‘kat piyoz, rayhon

Muhim maslahatlar:

1. Har kuni 2–3 litr suv iching.

2. Ovqatni muntazam, 3 asosiy va 2 oraliq ovqat bilan tashkil qiling.

3. Uyqudan kamida 2 soat oldin ovqatlanishni tugating.

4. Har kuni eng kamida 30 daqiqa jismoniy mashq bajaring.

5. D vitaminini quyoshdan olishga harakat qiling (ertalabki quyosh nurlari foydali).

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2🔥1
Tadqiqot:🥭 Mango insulinrezistentlikni kamaytirishga yordam beradi

🔍 Amerikalik olimlar mango iste'mol qilish ortiqcha vaznli va semiz odamlarda insulin darajasiga ijobiy ta'sir ko'rsatishini aniqladilar. Natijalar Nutrients nashrida chop etildi.

Tajriba davomida👍 kuniga ikki marta mango (taxminan 330 gramm) iste'mol qilgan ishtirokchilar,📊 qondagi insulinning o'rtacha kontsentratsiyasining pasayishi va insulin qarshiligi ko'rsatkichlarining nazorat guruhiga nisbatan yaxshilanganligini ko'rsatdi.
Mangoning ijobiy ta'siri uglevod almashinuvini normallashtirishga yordam beradigan o'simlik tolalari va mangiferin tarkibiga bog'liq deb taxmin qilinadi.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
1🔥1