Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
#hazil_time

Taniysiza 😁

@endocrinoo
😁92💯2
#asorat

Diabetik neyropatiyaning avtonom shakli diabetik kardiomiopatiya

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Diabeti asorati boʻlgan diabetik kardiomiopatiyada quyidagi belgilar boʻlishi mumkin:

•Tinch xolatda taxikardiya
•Aritmiya
•Ortostatik gipotenziya
•Ogʻriqsiz miokard infarkti yoki ishemiyasi
•Arterial gipertenziya
•Katexolaminlarga qon tomirlarning yuqori sezgirligi
•Jismoniy mehnatga tolerantlik pasayishi
•Kardiorespirator to'xtash
•Shish sindromi
•EKG da oʻzgarish
•Yurak ritmining fiksirlangan rigidligi ( yurak denervatsiya sindromi )
•Toʻsatdan oʻlim

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥2
#asorat

Diabetik to'piq sindromi kelib chiqish mexanizmi haqida.

Qanday sabablar oyoq amputatsiyasiga olib kelishi rasmda koʻrsatilgan

@endocrinoo
👍1
#hazil_time

Bunaqa payt har sekund ham qadrliku a

@endocrinoo
😁53👍1
Tuxumdonlar kistasi qanday kelib chiqadi?

🔷 Tuxumdonlar kistasi - tuxumdonlarda hosil bo'ladigan xavfsiz hosila hisoblanadi.
Kistanining ko'pgina turlari bor, jumladan follikulyar, sariq tana kistasi, tuxumdon usti kistalari.

Asosan hayz siklining buzilishi, siydik ajratish faoliyatining buzilishi, qovuq sohasidagi og'riqlar bilan namoyon bo'lishi kuzatiladi.

☑️ Sabablari:
▪️gormonal o'zgarishlar;
▪️tuxumdonlarda yallig'lanish;
▪️endokrin kasalliklar(gipotireoz);
▪️homilani jarrohlik yo'li bilan to'xtatish(abortlar);

🟣 Davolashda keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etish uchun endokrinolog, ginekolog, xirurg ko'rigi tavsiya etiladi.

 @endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
1
#hazil_time

Nihoyat normal vaznga qaytish yoʻli topildi 😁

@endocrinoo
😁14
Insulin sekretsiyasi turlari

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Pankreatik β-hujayralar doimiy ravishda insulin ishlab chiqaradi, lekin bu ishlab chiqarish ikki xil ritmga bõlinadi:

🟩Bazal sekretsiya (doimiy past darajada)

🟧Ovqatga bog‘liq sekretsiya (ovqatdan keyin keskin ko‘tariladi)

Bu ikki tizim birgalikda qon glyukoza darajasini 3.5–5.5 mmol/L oralig‘ida ushlab turadi.

1️⃣ BAZAL (DOIMIY) INSULIN SEKRETSIYASI

Organizm och holatda (ayniqsa tunda, nonushta oldidan, ovqatlar orasida) ham glukozani barqaror ushlab turish uchun insulin ajratadi.

🔹 Bazal insulin nimani boshqaradi?

Jigar glukozasining chiqarilishini cheklaydi

Kechasi glukozaning oshib ketmasligini oldini oladi

Yoğ to‘qimasida lipolizni pasaytiradi (erkin yoğ kislotalari kõtarilmasligi)

Muskul tõqimasida oqsillar parchalanishining oldini oladi

🔹 Bazal sekretsiya miqdori

Kunlik umumiy insulinning 30–50% bazal hisoblanadi.

Bazal insulinning plazmaga chiqish surati 0.5–1.0 U/soat.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gormonofobiya - har qanday gormon preparatlardan qoʻrqish. Bu u uchun nechogʻlik zarur ekanini tushunmaslik va tushunishga harakat ham qilmaslikdir.

Har qanday gormon preparatlardan qochadi hoh u levotiroksin boʻlsin hoh u klimaksdagi oʻrin bosuvchi gormonal terapiya boʻlsin

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥1
#hazil_time

Bir vrach ishsizlikdan nima qilishini bilmay, tavakkal bir kasalxona ochibdi. Kasalxona eshigi oldiga “Biz sizlarni benuqson davolaymiz. Agar davolay olmasak 50000 pulingizni 100000 qilib qaytaramiz”, - deb yozib qoʻyibdi.
Yoʻldan oʻtib ketayotgan bir yigit, - bularni bir boplab, 100000 pulini olib chiqib ketaman, - deb binoga kiribdi. Injener uni kutib olib, shikoyatini soʻrabdi.

— Men taʼmni bilmayapman. Nima yesam hammasi bir xil.
— Hamshira, shishadagi suyuqlikni ichiring.
— Ie, bu benzinku!
— Tabriklayman, taʼm bilishingiz tiklandi. Sizdan 50000.
Yigit jahl bilan pulni toʻlab chiqib ketibdi. Ikki kundan keyin yana kelibdi:
— Endi men hid sezmayapman.
— Hamshira shishadagi suyuq dorini bu kishiga ichiring.
— Bu yana benzinku...
— Ana, hid bilish qobiliyatingiz ham tiklandi. 50 000 toʻlab ketasiz. Yigit pulni toʻlab, yana jahl bilan chiqib ketibdi. Oradan 3 kun oʻtib, bu safar aniq boplayman degan maqsadda kelib debdi:
— Endi men hech narsani koʻrmayapman.
— Kechirasiz, biz buni davolay olmaymiz. Mana sizga 100000 soʻm pul.
— Ie, bu yerda 50000 ku!
— Tabriklayman, koʻrish qobiliyatingiz tiklandi. Sizdan 50000.😆

@endocrinoo
😁23
800 kkal 🔥 uchun

Farqni qarang

@endocrinoo
🔥4👍2
#hazil_time

Nega ozimayman hayronman

@endocrinoo
😁9
Har kuni xurmo iste’mol qilsangiz, tanangizda nimalar o‘zgaradi?

Xurmo – inson salomatligi uchun foydali xususiyatlarga ega mahsulot. Uning tarkibida energiya beruvchi tabiiy shakar, tolalar, mineral va vitaminlar mavjud. Mazkur meva ichaklarni tozalaydi, qon shakarini barqarorlashtirishga yordam beradi. Shuningdek, u charchoqni kamaytiradi va immunitetni mustahkamlaydi.

@endocrinoo
👍4
Qon quyuqlashishining 7 oqibati haqida.

1⃣Doimiy charchoq va bosh og‘rig‘i

Qon quyuqlashganda to‘qima va organlar yetarlicha kislorod ololmay qoladi, oqibatda odam o‘zida doimiy charchoqni his qiladi, hatto yetarlicha uxlashiga qaramay energiya tanqisligi kuzatiladi. Bundan tashqari, qon quyuqlashishi tomirlardagi oqimni ham pasaytiradi. Natijada bosh miyaga yo‘nalayotgan qon sustroq harakat qiladi va bu bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaradi. Og‘riq ko‘pincha kun davomida bosqichma-bosqich kuchayadi, ayniqsa ish bilan band bo‘lgan, kompyuter yoki telefon ekraniga uzoq qaragan paytlaringizda bu yaqqol seziladi.

2⃣Qo‘l-oyoqlar uvishishi va muzlashi

Viskozlik oshganda qonning tanadagi harakati sekinlashadi, chekka qismlar, qo‘l va oyoqlarga yetib borishi qiyinlashadi. Shu bois, panja va barmoqlarda uvishish yoki tez-tez muzlab qolish kabi holatlar paydo bo‘ladi. Bu simptomlar ko‘pincha qon quyuqlashishining dastlabki bosqichlarida yuz beradi. Bu belgilar uzoq vaqt davom etsa, shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

3⃣Teri qurishi va oqarishi

Qon quyuqlashganda undagi suyuqlik miqdori kamayadi va zichligi oshadi. Natijada teri yetarli oziq moddalarni ololmaydi va bu uning qurishi, oqarishi, silliq tusini yo‘qotishiga olib keladi. Ba’zi hollarda terida mayda qizarishlar, toshmalar yoki yallig‘lanish paydo bo‘lishi mumkin. Bu alomatlar ayniqsa, sovuq fasllarda, kam suv ichilganda yoki quruq iqlim sharoitida kuchayadi.

4⃣Yurak urishi tezlashishi yoki notekislashishi

Yurak quyuqlashgan qonni pompalash uchun ko‘proq kuch sarflaydi. Shuning uchun uning urishi tezlashishi, “gupillab ketishi”, ba’zan notekis ishlash holatlari paydo bo‘ladi. Bunday simptomlarni ko‘p odam oddiy stress yoki charchoq bilan adashtiradi, lekin asl sabab qonning yopishqoqligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

5⃣Tana haroratining tez-tez ko‘tarilishi

Qon quyuqlashganda organizm ichki balansni ushlab turish uchun ko‘proq energiya sarflaydi. Ba’zan bu jarayon tana harorati biroz ko‘tarilishi bilan kuzatiladi. Harorat 37–37.3°C atrofida, ya’ni past darajada bo‘lishi mumkin, bu uzoq davom etsa, tomirlar bosimi oshayotganidan darak beradi.

6⃣Nafas qisishi va ko‘krak sohasida bosim

Tomirlar orqali kislorod aylanishi sustlashganda nafas olish ham og‘irlashadi. Oddiy zinadan ko‘tarilganda yoki yengil yurishda ham nafas qisishi kuzatiladi. Ko‘krakda bosim, siqilish sezilishi yurakning ortiqcha yuklama bilan ishlayotganidan darak.

7⃣Varikoz va oddiy tomirlar bo‘ylab og‘riq

Qon qalinlashganda oyoqlardagi venoz tizim eng birinchi zararlanadigan hududlardan biri hisoblanadi. Oyoqlarda og‘irlik, sanchish, kechga borib shishish venoz qon aylanishining qiyinlashayotganini bildiradi. Varikoz tomirlari bo‘lgan odamlarda esa quyuq qon kasallikni tezlashtirib yuborishi ham mumkin.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
5
Nega qon quyuqlashadi?

Tadqiqotlarga ko‘ra, qon quyuqlashishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:

•suv iste’moli kamligi;
•uzoq vaqt o‘tirib ishlash va •kamharakatlik;
•stress gormonlarining ko‘payishi;
•shakar va yog‘li ovqatlarni me’yordan ortiq iste’mol qilish;
•chekish;
•ayrim dorilar;
•jigar yoki endokrin tizimdagi muvozanatsizliklar.


Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

Agar yuqoridagi belgilar bir necha hafta davomida kuzatilsa, gematolog yoki terapevtga ko‘rinish lozim. Oddiy qon tahlillari, ya’ni gematokrit, gemoglobin, trombotsitlar soni qonning qanchalik quyuqlashgani yoki suyulganini aniqlab beradi. Vaqtida tashxis qo‘yilsa, davolash osonroq, xavfsiz va samaraliroq bo‘ladi.

Oldini olish uchun nima qilish zarur?

•Kun davomida kamida 1,5-2 litr suv ichish;
•Har 1 soatda 5 daqiqa yurib, oyoqlarni harakatlantirish;
•Stressni kamaytirish: meditatsiya, sayr, uyqu gigiyenasiga amal qilish;
•Shakar va yog‘li ovqatlarni cheklash;
•Qon aylanishini yaxshilovchi mahsulotlar: lavlagi, limon, zanjabil, baliq yog‘i, ko‘k choyni ko‘proq iste’mol qilish.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥21🥰1
Quyida MODY diabeti (Maturity Onset Diabetes of the Young) diabetning alohida turi bo‘lib, 25 yoshgacha paydo bo‘ladi, tana vazni normal yoki biroz yuqori bo‘ladi, ko‘pincha insulinga to‘liq muhtoj bo‘lmaydi asosiy sababi — bitta genning mutatsiyasi tufayli insulin sekretsiyasining buzilishi bilan kechadi.

MODY — 1-tur yoki 2-tur diabet emas, balki alohida kategoriya.

Autosoma-dominant irsiylanadi: agar ota-onadan birida bo‘lsa, farzandga 50% o‘tadi.

Odatda kuchsiz giperglikemiya bilan boshlanadi.

Modyning turiga qarab insulin sekretsiyasi, gly
ukoza sezuvchanligi yoki beta-hujayralar faoliyati buziladi.

Ko‘pincha noto‘g‘ri 1-tur diabet deb tashxis qo‘yiladi.

Qachon MODYdan shubha qilish kerak?

Agar bemorda:

1. Yosh <25–30 bo‘lsa

2. Kuchsiz yoki o‘rta giperglikemiya bo‘lsa

3. Ortiqcha vazn yoki normal vazn bo‘lsa

4. Autoantitanlar (GAD, ICA, IA-2, ZnT8) manfiy bo‘lsa

5. Diabet oilaviy bo‘lsa

6. Insulin ehtiyoji sezilmasa yoki juda past bo‘lsa → unda MODY ehtimoli yuqori.

Tashxislash:
Yuqoridagi shubhali belgilar
Glukoza
HbA1c
C-peptid (odatda normal yoki biroz past)
Autoantitanlar: GAD, ICA, IA-2, ZnT8 manfiy
Genetik test — “gold standard”

Aniq MODY turini belgilash uchun yagona usul.
Testlar: HNF1A, HNF4A, GCK, HNF1B va boshqalar.
3👍1
Bugun 17-noyabr xalqaro talabalar kuni.

Bugungi bayram bilan barcha talabalarga oʻqish va ishlarida ulkan zafarlar tilayman.

@endocrinoo
10🔥2
#hazil_time

Talabalar biladi a😂

@endocrinoo
😁121
#hazil_time

Professor talabadan imtihonda soʻramoqda

Tugʻruqning qanday turlarini bilasiz?

Talaba: erta, kechki va notoʻgʻri tugʻruq.

Batafsilroq aytingchi?

Talaba: erta bu toʻydan avvalgi tugʻruq, kechki bu eri vafotidan 3 yil oʻtib kuzatiladi, notoʻgʻri tugʻruq bu ayoli emas qoʻshnisi tugʻishi 😂😂😂

@endocrinoo
😁1
#hazil_time

Tibbiyot talabalari kimga yuborishni oʻzingiz hal qiling😁

@endocrinoo
😁3
Fargʻona va Andijon havo ifloslanishi darajasi juda yuqori bugungi kunda.
Niqob taqing

@endocrinoo
❤‍🔥11