Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.79K subscribers
3.83K photos
622 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Stress erta qarishiga sabab bo'ladimi?


🔷 Insonda g'azablanish, qayg'u yoki quvonch uchun javobgar bo'lgan gormonlar mavjud. Bu gormonlar stress gormonlari deyiladi. Uzoq muddatli stress, qon bosimi ortishiga, hazm qilish tizimida muammolar paydo bo'lishi va organizmni boshqarishda ishtirok etadigan boshqa gormonlar holatini o'zgarishiga olib keladi.
Masalan, stress gormoni hisoblangan kortizol yordamida jigar, mushaklar, markaziy nerv tizimi va immunitet tizimi tartibga solinadi. Kortizol miyaning qo'zg'aluvchanligini oshiradi. Ushbu gormon ajralishi sezilarli darajada oshganda, organizm ogohlantirishlarni xavfli deb qabul qila boshlaydi. Boshqa stress gormonlari esa qon bosimini va qondagi qand miqdorini oshiradi.

Stress gormonlari organizmning ko'plab o'zini himoya qilish xususiyatlarini zaiflashtirib, qarish jarayonini tezlatadi.


@endocrinoo
👍4
Yuragingiz sogʻlom boʻlsin desangiz
1) toʻgʻri ovqatlanishga rioya qilish
2) jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish
3) oʻz vaqtida tibbiy koʻriklardan oʻtish
4) vaznni normal holatda ushlash zarur

Biz bilan tibbiy bilimingizni yuksaltirishda davom eting

@endocrinoo
👍4
🔴 Qandli diabet sababli - gangrena.

🔰Qandli diabet hozirda dunyoning eng kotta muoammolaridan bo'lib turibdi.

📌Bu kasalning qanchalar ko'p insonda uchrashini bilish uchun quydagi ststistikani bilish kifoya.

🔹AQSHda har 17 soniyada bitta bemor aniqlanadi.
🔹Xitoyda 116milion kishi ushbu kasalga chalingan.
🔹Hindistonda 77milion kishi bu kasallikdan jabrlanmoqda


O‘zbekistonda qandli diabet bilan kasallanganlar soni 245 mingdan ko‘proq, ulardan 2300 dan ortig‘i – bolalar.

Bu statistika eski yoki hato boʻlish ehtimoli bor
Tajribamda kichkinagina hududda hatto kuniga 3tagacha yangi kasallik aniqlaganman

Hastalikni davolashdan koʻra oldini olgan afzal


@endocrinoo
👍21👏1
Har 21 sekundda yangi qandli diabet bilan kasallanish sodir boʻladi
Va ular quyidagi asoratlar bilan og'riydi☝️☝️☝️☝️

Insult - xar 12 daqiqada
Koʻrlik - xar 90 daqiqada
Infarkt - xar 19 daqiqada
Gemodializ - xar 90 daqiqada
Amputatsiya ( azo kesilishi ) - xar 19 daqiqada

Befarq boʻlmang

@endocrinoo
👍21🔥1👏1
Yassioyoqlar sport bilan shug'ullanishi mumkini?

● Agar kasallikning dastlabki bosqichi haqida gapiradigan bo‘lsak, bunda sport kasallik rivojlanishini to‘xtatish uchun foydali bo‘lishi mumkin.

● Ammo kasallikning og‘ir va oxirgi bosqichi bo‘lsa, jismoniy harakatlar shifokor tomonidan qat'iy nazoratga olinishi lozim!

Unutmang! Yassioyoqlikni dastlabki bosqichlarida operatsiyasiz, oson davolash mumkin

@endocrinoo
1👍1
Kardiolog uchun ajoyib sovg'a.
Shunday tortni yegan bo'larmidingiz yoki yeya olarmidingiz🥴

@endocrinoo
👍1🥰1😁1
Bu ajoyib!

Qo'l v
a oyoqni uzaytirish jarayonidan oldin va keyin axondroplaziya (mitti) bilan og'rigan bemor. Bu jarayondan oldin uning yetuk bo'yi 1m 17 sm edi - shundan keyin uning bo'yi 1m 50 sm bo'ldi va bemorning qo'l uzunligi 10 sm ga oshdi!‌‌

@endocrinoo
👍21
Akromegaliya- oldingi gipofiz bezining disfunktsiyasi (adenogipofiz) bilan bog'liq kasallik; qo'llar, oyoqlar, bosh suyagi, ayniqsa uning yuz qismi va boshqalarning kattalashishi (kengayishi va qalinlashishi) bilan birga keladi.‌‌

@endocrinoo
👍1🔥1
TOKSIK BUQOQ ( Bazedov kasalligi, Greyvs kasalligi, zaxarli buqoq, diffuz toksik buqoq, gipertireoz)

Diffuz toksik buqoq- TTG reseptorlariga antitelalar ishlab chiqarilishi bilan kechadigan autoimmun kasallik. Bunda buqoq bezi kattalashib, gormonlar koʻp ishlab chiqarila boshlaydi va zaxarlanish belgilari paydo buladi ( ko'zlar chaqchayishi, titrash, qaltirash, ich ketishi, asabiylik, ko'p terlash, yurak urib ketishi, ozib ketish, ishtaxa kuchayishi, qizib ketish, uyqusizlik).

Tekshiruv usullari:
1. Buqoq bezi UZI si
2. Qondagi TTG, sv T3, sv T4, AT k rTTG;
3. Buqoq bezini skanerlash;

Davolash usullari:
1. Ogʻiz orqali qabul qilinadigan tabletkalar;
2. Radioaktiv yod bilan;
3. Operatsiya yo'li bilan;



@endocrinoo
👍2👏1
AUTOIMMUN TIRЕOIDIT

AUTOIMMUN TIRЕOIDIT - surunkali kasallik boʻlib, odam immun sistemasi qalqonsimon bez to'qimalariga qarshi antitanachalar ishlab chiqaradi va yemira boshlaydi.

SABABI noma’lum.

AUTOIMMUN TIRЕOIDIT ko'pincha gipotireozga olib keladi.

AIT turlari:
- surunkali
- tugʻruqdan keyingi;
- ogʻriqsiz;

Autoimmun tireoidit asosan belgilarsiz kechadi va tasodifan aniqlanadi, lekin yaxshilab surishtirilsa quyilagi belgilar kuzatiladi:
🦋 xolsizlik
🦋 vazn o'zgarishi
🦋 soch to'kilishi
🦋 teri qurishi
🦋tomoq qirilishi
🦋 ovoz o'zgarishi
🦋 xotira susayishi
🦋 buqoq kattalashishi
🦋 yurak faoliyatidagi muammolar
🦋 ta’sirchanlik
🦋 kayfiyat o'zgarishi

SABABLARI:
1. Qalqonsimon bez yalligʻlanishi
2. Organizm surunkali kasalliklari;
3. Katta mikdorda yod qabul qilish
4. Vrach tavsiyasisiz xar xil dori-darmonlarni qabul qilish;
5. Stress
6. Nurlanish
7. Gripp
8. Xomiladorlik, tugʻruq
9. Irsiyat

Endokrinolog shifokor davo muolajalasini buyuradi

@endocrinoo
👍2🔥1
KO'P TUGUNLI BUQOQ NIMA?

Ko'p tugunli buqoq deb, buqoq bezi to'qimasida ikki va undan ortiq tugunli xosilalar aniqlanganda aytiladi. Tugunlarning kelib chiqishiga ko'ra to'rtta morfologik turlari farqlanadi:
•    Kolloid tugunlar;
•    Follikulyar adenoma;
•    Yomon sifatli o'smalar (rak).
•    Yolg'on tugunlar: ular yallig'lanish natijasida xosil bo'ladigan infiltratlar xisoblanadi (masalan, autoimmun va yarim o'tkir tireoiditda).

Kasallik belgilari
Ko'p tugunli buqoqning klinik ko'rinishi buqoq bezining endokrin faoliyatini xolatiga bog'liq. Shunga ko'ra uning uchta turi farqlanadi:
•    Eutireoz – tireoid gormonlar ajralishi normada bo'ladi;
•    Gipertireoz – tireoid gormonlar ko'p ajraladi;
•    Gipotireoz – tireoid gormonlar kam ajraladi.

Buqoq bezi gormonlarini sintezi buzilgunga qadar kasallik yashirin kechadi. Keyinchalik quyidagi klinik belgilar kuzatiladi:
•    yutinishni buzilishi;
•    Ovozni xirillashi;
•    Buqoq bezini turtib chiqishi natijasida bo'yin soxasidagi kosmetik defekt.

Tireoid gormonlarni ortib ketishi quyidagi belgilar bilan namoyon bo'ladi:
•    yurak urishini tezlashishi
•    Ko'p terlash
•    Ko'z soqqasni turtib chiqishi
•    Tana vaznini kamayishi
•    Tez taʻsirlanuvchanlik va boshqalar.

Tireoid gormonlarini kamayib ketishida esa quyidagi belgilar kuzatiladi:
•    Tana vaznini ortishi
•    Teridagi shishlar
•    Sochlar to'kilishi
•    Xarakat va nutqni sekinlashuvi
•    Pulsni kamayishi.

Kasallik sabablari
Eng ko'p uchraydigan tugunli buqoq turi – kolloid buqoq xisoblanib, uni quyidagilar keltirib chiqaradi:
•    Regionda yod etishmasligi;
•    Yod mikroelementini individual kam isteʻmol qilish;

•    Irsiyat.
Bular natijasida tireositlarning mitotik bo'linishi kuchayib, ular tez bo'linadi va bir vaqtning o'zida ko'p miqdorda kolloid ishlab chiqariladi.

Yomon sifatli o'smalar antionkogen xujayralar faolligining pasayishi va o'sma xujayralarini tez bo'linishi natijasida rivojlanadi. Bu jarayon quyidagi omillar taʻsirida rivojlanishi mumkin:
•    Radiasiya
•    Xronik yallig'lanish
•    Chekish
•    Organizmga turli kanserogen moddalarni tushishi.

Diagnostika
Ko'p tugunli buqoqni tashxislash quyidagilarga asoslanadi:
•    Paypaslash va tugunlarni aniqlash
•    Ultratovushli tekshirish
•    Ingichka ignali biopsiya va xujayra tarkibini gistologik tekshirish
•    Ssintigrafiya orqali tugunlar faolligini aniqlash.

Asoratlari
O'z vaqtida davolamaslik bir qator asoratlarga sabab bo'ladi.
•    Qo'shni aʻzolar qizilo'ngach, traxeya va xalqumni ishini buzilishi
•    Jarayonni yomon sifatliga o'tib ketishi
•    Yomon sifatli o'smalarda rakli intoksikasiya belgilari
•    Buqoq bezini endokrin faoliyatini buzilishi va uning natijasidagi asoratlar.

Davolash
Yaxshi sifatli o'smalarda quyidagi xolatlarda operasiya tavsiya etiladi:
•    Tugun taʻsirida bo'yin soxasidagi qo'pol kosmetik defektda
•    Qo'shni aʻzolarni tugun bosib qo'yganda (kompressiyada)

Yomon sifatli o'smalarda kompleks terapiya xajmi o'sma xujayrasining differensiasiya darajasiga bog'liq bo'lib quyidagilarni o'z ichiga oladi:
•    Operativ davolash
•    Nur terapiyasi
•    Ximioterapiya.

Parallel ravishda xar bir xolatda buqoq bezining endokrin funksiyasini korreksiyalash talab etiladi.


@endocrinoo
👍31
#kulgiterapiya 😂

Qo'shnimiz uyimizga yugurib
chiqibdi:

Senga savol bor edi, — deydi
Bering, — dedim.
Jismoniy tarbiya institutini
bitirganlar jismoniy shaxs,
yuridik institutini bitirganlar
yuridik shaxs bo'ladimi? — deydi-

Savolni, savodni qarang...

Boshim qotib qoldi: tarixni
bitirganlar shunda tarixiy shaxs
bo'larkan-da..


@endocrinoo
😁7
Ayol kishiga "burunga o'xshaysan", "lampochkaga o'xshaysan" desangiz, hafa bo'ladi, lekin "sensiz nafas ola olmayman", "sensiz tunlarim qorong'u", desangiz, xursand bo'ladi)

Demak, gap ma'noni qanday ifodalab berishda! 😉😂

@endocrinoo
😁4
Rasmga eʻtibor bersangiz, ikki idishdagi yegulik miqdori bir xil.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, agar siz kichik likopchadan foydalansangiz katta likopchadagidan ko'ra 20%ga kamroq yeysiz. 

Demak, kamroq yeyish uchun idishni kichigini tanlash kerak!

@endocrinoo
👍3
Soch to'kilishining asosiy 5 sababi!

Soch to'kilishi qarish bilan bog'liq bo'lgan tabiiy jarayon. Albatta, ayni davrda siz ham o'z sochlaringizning siyraklashib qolganidan xavotirdadirsiz. Sizga soch to'kilishining juda oddiy, lekin asosiy va muhim sabablarini aytib o'tamiz

STRЕSS
Biron holatdan xavotirlanish yoki siqilish.
Aksariyat hollarda, o'rta yoshdagi insonlarda soch to'kilishiga davomiy uyqusizlik, depressiya yoki asabiylashish sabab bo'lishi mumkin. Bularning hammasi soch tolalarining o'sishini sekinlashishiga yoki umuman to'xtashiga olib keladi. Bunda soch follikullari butunlay o'lgandan keyin, yaʻni siqilishdan bir necha hafta o'tgandan keyin to'kilishni boshlaydi. Shu sababli, psixik va emosional holatga alohida eʻtibor qaratish, asabiylashishga sabab bo'ladigan har xil holatlardan va kayfiyatga salbiy taʻsir ko'rsatadigan omillardan qochish soch to'kilishining oldini olish uchun juda ham zarur hisoblanadi.

NOTO'G'RI OVQATLANISH
Tanamizda oziq moddalarning etishmasligi soch to'kilishining yana bir asosiy omillaridandir.
Ko'pgina yoshlar parhez qilish maqsadida yoki oshqozon muammolari sababidan go'sht mahsulotlaridan o'zlarini tiyadilar. Oqsillar sochlar hayotiyligining asosiy manbai hisoblangani bois go'sht va go'shtga muqobil ozuqalar bilan, avvalo, doimiy o'zimizni va sochlarimizni oziqlantirib turishimiz zarur. Umumiy holda, kishi organizmi etarlicha vitaminlarni qabul qilmasa, albatta, buning asorati tezdagina soch, tirnoq, tish kabilarda o'zini namoyon etadi. 

Jigar muammolari
Inson jigarining sog'lomligi kishi husnini belgilovchi omildir. Inson jigari faoliyati va inson terisidagi «sebum», yaʻni terini yog'lab turuvchi modda darajasi o'rtasida bog'liqlik mavjud. Inson yoshi o'tgani sari, jigar faolligi sustlashib boradi. Bu sustlashish to'g'ri ovqatlanmaslik, alkogol isteʻmoli, dori vositalari isteʻmoli, chekish va ifloslangan havodan nafas olish taʻsirida yanada kuchayib boradi. Shuning uchun, inson jigari muammolarining daf etilishi, o'z o'rnida teri va soch sog'lomligini kafolati bo'lib xizmat qiladi.

Toksinlar
Toksinlar nima? Bular past darajadagi konsentrasiyalarda tanaga zarar etkazadigan biologik yoki kimyoviy moddalardir.
Metall toksinlar hozir juda keng tarqalgan. Toksik taʻsirlarning eng keng tarqalgan manbalaridan biri bu ommaviy ifloslanishdir. Havo ifloslanishidan, ayniqsa, soch follikullari aziyat chekadi: sochlar noziklashadi va sinuvchan bo'lib qoladi. Tadqiqot natijalari, so'nggi ming yillikda ayollar sochlarining to'kilishi shaharlararo tarqalgan toksinlar bilan bevosita bog'liqligini ko'rsatmoqda. Tutun, qo'rg'oshin, nikel va oltingugurt dioksidi kabi toksinlarning aksariyat turlari taʻsiri shahar aholisiga qimmatga tushmoqda.
Sigaret tutunidagi toksinlar teriga, tirnoqlarga, tishlarga va hatto soch o'sishiga katta taʻsir ko'rsatadi. Aniqroq aytganda, sog'lom sochlarga erishish uchun ushbu odatni imkon qadar tezroq yo'q qilinishi tavsiya etiladi.

Bosh terisidagi qon aylanishining sustligi
Soch o'sishi uchun ozuqa moddalari zarur va ushbu ozuqa moddalari bosh terisiga kapillyar mayda qon tomirlari orqali etkaziladi. Agar kichik kapillyar qon tomirlari orqali sochga o'tadigan qon miqdori kamaysa, sochni yaralishida zarur bo'lgan moddalar ham kamayadi. O'z-o'zidan qon oqimining kamayishi sochlarning tezkor qarishiga sabab bo'ladi. Bu holatni inson qarigan sari uning terisi kapillyarlarida qon kamayishi natijasida sochlari to'kilishi bilan ham tushuntirish mumkin. Chekish, atrof-muhit taʻsirlari, noto'g'ri ovqatlanish va boshqa omillar bosh terisidagi qon hajmini kamaytiradi. Asosiy qarshi chora sifatida sport bilan shug'ullanish, bosh terisini massaj qilish kabilarni qo'llash mumkin.

Bundan tashqari soch to'kilishiga irsiyat, kamqonlik, baʻzi turdagi dori vositalarining muntazam isteʻmoli, atrof-muhitning agressiv omillari taʻsiri, qalqonsimon bezning turli kasalliklari ham sabab bo'lishi mumkin.

@endocrinoo
2👍2
Sogʻlom odam bu - yaxshi tekshirilmagan odam. Yaxshiroq tekshirilsa nimadir albatta topiladi.

👨🏼‍🦳 Bernard Shou

@endocrinoo
😁4👍21🔥1
Nega tomir tortishadi?

Tomir tortishishi (mushaklar tirishishi) - bu bir yoki bir nechta mushaklarning toʻsatdan va koʻpincha beixtiyoriy qisqarishi. Odatda tomir tortishishi oyoqlarda kuzatiladi:

Mushaklarning ortiqcha zoʻriqishi. Koʻpincha tirishishlar sport zalida haddan tashqari kuchli mashqlarni bajarish natijasida kuzatiladi.

Qon aylanishining buzilishi. Bu kompyuter qarshisida koʻp vaqt sarflaydiganlarda kuzatiladi.

Noqulay poyabzal. Gʻayrioddiy baland poshnali, orqa qismi yoʻq oyoq kiyimlar bunga misol boʻla oladi.

Noqulay uyqu holati. Uvushib qolgan qoʻl, oyoq, boʻyin bularning hammasi qon aylanishining buzilishi belgisidir va tunda tomir tortishishiga sabab boʻlishi mumkin.

Mineral yetishmasligi.
Kaliy, kalsiy yoki magniy yetishmasligi mushaklarning boʻshashishiga toʻsqinlik qilishi mumkin.

Asabiy zoʻriqish yoki nevrologik kasalliklar. Bunday sharoitda koʻpincha mushaklar boʻshashishi qiyinlashadi.


@endocrinoo
👍3👏1
Oramizda tabiiy yoʻl bilan isteʼmol qilyapman yodni deydiganlar juda koʻp topiladi.

Endi ushbu jadval orqali ozgina xisob qilgan holda bilib olishingiz mumkinki homilador ayol kunlik yodni tabiiy yoʻl bilan toʻldirishi uchun kuniga 7200 gr (7.2 kg) xurmo yeyishi yoki 11200 gr (11.2 kg) qoʻy goʻshti va yoki 12600 gr (12.6 kg) olma isteʼmol qilishi kerak


Xoʻsh siz shuncha mahsulot isteʼmol qilayapsizmi 1 kunda

Demak 1 dona tabletka orqali yodni keragini qabul qilish osonroq va arzonroq menimcha

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
👍3
#kulgiterapiya 😂

Ustoz faylasuf bo'lish osonmi?

Oson faqat chidasang bo'lgani. Ko'pchilik chidayolmasdan ajrashib ketadi...

Nuriddin Ziyo

@endocrinoo
😁3👍1
🖥Televizor koʻrish qanchalar zararli?

Olimlar muntazam ravishda televizor koʻrish bilan semizlik oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqlash maqsadida 25 yil davomida kuzatishlar olib bordilar. Ulardan biri oʻrtacha yoshdagi 50 ming nafar ayol bilan olib borilgan besh yillik mashhur tadqiqotdir.
📈Unga koʻra, ayol kishi televizor qarshisida oʻtkazadigan har ikki soat natijasida semizlikka duchor boʻlish xavfi 23%, qandli diabetga chalinish xavfi esa 14% ga ortishi aniqlandi.

Ayollar oʻzingizni asrang, televizor pultini eringizga bering!😌

@endocrinoo
😁21🔥1