Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.78K subscribers
3.84K photos
623 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Gormonlar buzilishini kim qanday tushunadi…
Men gormonlar haqida ko’p o’qidim , ilmiy ishlar, olimlar fikrlari, kitoblar, maqolalar. Asosiysi tajribamda kasallarni ko’ra boshladim. Bitta gormonni buzilishini to’g’rilash oson, lekin yomon tarafi o’sha buzilgan gormon sizda qachondan beri buzilgan holatda ekan, shuni si muammo, masalan, deylik sizda TTG(yani qalqonsimon bez gormoni) ko’tarilgan TTG gormoni baland degani sizda qalqonsimon bezizdan ishlab chiquvchi Gormonlar miqdori juda pasayib ketgan bo’ladi, bu esa follikula yorilishi va yetilishida muammoga sabab bo’ladi. . Siz TTG ko’tarilgan holatda 6 oydan oshiq dorilarsiz yashadiz. Endi TTG gormoni Prolaktinni ko’payishiga sabab bo’ladi(chunki bu ikkalasi bir joydan ishlab chiqariladi). Prolaktin gormoni esa follikula yetilishi va yorilishini yana ham qiyinlashtiradi. Aslida prolaktin emiziklilar va homiladorlarda baland boladi, shuning uchun emiziklilarda(agar regulyar emizilsa) follikula yorilmay, homilador bo’lmaydi. Davom etamiz, Siz yana ginekolog va tabiiy narsalar ahtarib yuraverdiz, prolaktin baland holatda yana 6 oy yurdiz, natijada prolaktin tuxumdonlarizga ta’sir qilaverib tuxumdonlar po’stlog’ini QALINLASHTIRIB qo’yadi. Bu holatda hamma gormonlarizni norma qilsayiz ham follikula yorilmay, homilador bo’lmaysiz. Endi po’stlog’ini yumshatishga ham davolanish kerak. Shuning uchun meni to’g’ri tushuninglar ba’zi savollarga javob berishim qiyin, chunki bir ikkita gap bilan to’liq ma’lumot bera olmayman. Odamlar shifo istab Chet ellarga ham borishadi. Men sizlarga farzandli bo’lishilarga Sababchi bo’lishga harakat qilayotgan bo’lsam.

@endocrinoo
Mikroelementlarni qayerdan topamiz?

@endocrinoo
👍21
Қўлларимиздаги қичишишнинг биргина сабаби бу!

Қичишиш гипотиреоз яъни қалқонсимон бездаги ўзгаришлар билан боғлиқ бўлиши мумкин, шунингдек, қондани қон қанд миқдори баланд бўлса ҳам шундай ҳолат кузатилади.

Мутахассислар тавсияси:

Шифокор билан маслаҳат қилган ҳолда, қалқонсимон безни УЗИ текшируви ҳамда қондаги қанд миқдорини билиш зарур!

Улашинг @endocrinoo
Dilim ilmlardan mahrum boʻlmabdi.
Bir sir qolmabdiki mavhum boʻlmabdi.
Tunu kun oʻyladim yetmish ikki yil.
Ongladim — hech narsa maʼlum boʻlmabdi.

© Umar Xayyom (1048-1131)

@endocrinoo
Barcha uchun birdek oson jadval

@endocrinoo
🤔1
Progesteron (Yani Dyufaston) haqida ajoyib ma'lumot. Progesteron asosan ayollar tuxumdonlar idan sintezlanadi. Agar bu gormon kam sintezlansa, turli belgilar berishi mumkin. Masalan,
1. Sovuqqotish
2. Soch to'kilishi
3. Semirish
4. Endometrioz
5. Hayz siklining buzilishi
6. Bachadon miomasi
7. Ko'p miqdorda hayz kelishi
8. Fibroz-kistoz mastopatiya (ko'krak bezida o'zgarishlar)
9. Bepushtlik.
Shuni ko'ring ki, bu belgilar boshqa juda ko'plab kasalliklarda bo'lishi ham mumkin. Organizm bir butun tizim, bitta o'zgarish butun tana ga tasir qilmay iloji yo'q, Alloh o'zi o'ta mukammal va nuqsonsiz zod, o'z qo'llari bilan yaratgan inson tana sini ham mukammal yaratgan.
Bizdachi....
Yuqoridagi shikoyatlar bilan har qanday mutaxassisga borish mumkin, masalan hayz sikli buzilsa siz hech qachon to'g'ri Endokrinolog ga borib gormonlarizni aniqlatmaysiz ku, siz ginekologga borasiz(qo'rqmang bu bizi sharoitiga normal holat😊😊) , u sizni gormonlarizni ham aniqlamaydi, hatto bazilari STOLga chiqarib ham ko'rmaydi. Dori yozib beradi, yaxshi bo'lib ketsa yiz, Alloh shifo berdi, yaxshi bomasayiz, Endokrinolog ga boring sizda gormonal buzilish bolsa kerak, deydi😁😁😁.
O'zi hozir shunday ishlamoqdaman, bironta mutahasisga boradi, hech tuzalmasa Endokrinolog ga boring deydi. aa bizda Endokrinologiya 👎👎👎👎👎👎. Keyin men avval noto'g'ri yoki foydasiz davolanganini, keyin esa asosiy kasalligini davolashimga to'g'ri kelmoqda. Alloh doimiy sabr, mustahkam sog'lik bersin(bu o'zimni duo qilganim😊).

@endocrinoo
Қадр кечасида ухлаб, янги йил кечасида то тонга қадар бедор бўлган бу уммат, жудолигу-хорлиги сабабини сўрамай қўяверсин!

©️ Азхари Шариф шайхи Ахмад Тоййиб
👍3
#Bilasizmi?
Nima uchun xalq tilida " bo'qoq" deb ataluvchi kasallik bepushtlikka olib keladi?
Barcha bo'qoqlar ham bepushtlikka olib kelmaydi. Asosan gipotireoz, ya'ni qalqonsimon bez funktsiyasini pasayib ketishi bepushtlikka olib kelishi mumkin. Bunda tiroksin gormonining pastlab ketishi natijasida, gipofiz bezida tireotropin miqdorini oshirish maqsadida gipotalamusdan ajraluvchi tireoliberin gipofizda prolaktin miqdorini ham ortishiga olib keladi. Prolaktin esa, gonadoliberin pasayishiga, bu esa, o'z navbatida follikkulastimullovchi va lyuteinlovchi gormonlarning pastlashiga olib keladi. Bu gormonlarning kamayib ketishi ayollarda tuhum hujayralarni, erkaklarda urug' hujayralarni yetilmasligiga olib keladi. Shuning uchun, bepushtlikda prolaktinning yuqori miqdori aniqlansa, qalqonsimon bez faoliyatini ham endokrinolog ko'rigidan o'tkazib qo'yish tavsiya etiladi.
Post ma'qul kelgan bo'lsa, foydasi tegishi uchun boshqalarga ham yiboring.


@endocrinoo
👍6
Эй нафсим, қаршингда тиз чўкдим мангу,
Ҳеч-да тўхтатмадинг ҳавас ўйларни:
Рамазон ойида тузалмадингку,
Қандоқ кучи етсин бошқа ойларни?!

@endocrinoo
👍2
Рамазондан рамазонгача

Дил саросар, термулар маҳзун
У азондан бу азонгача.
Умр - йўғон ичакдек узун,
Рамазондан рамазонгача.

Умуммиз ва сафда ялпимиз
Айлангунча барг хазонгача.
Шайтонларга ўлжа қалбимиз
Рамазондан рамазонгача.

Оҳ, чап елка фариштамизга
Иш топилар тун - азонгача.
Ишонч ҳам йўқ сариштамизга
Рамазондан рамазонгача.

Лаин, даф бўл, йўлингдан қолма,
Қувма Шошдан Хуросонгача.
Аллоҳ, Аллоҳ, жонимиз олма
Рамазондан рамазонгача!

Бўм-бўш турар шайтоний қафас,
Ел кўпирар сел, тўзонгача.
Бир амаллаб яшаб ўтсак, бас,
Рамазондан рамазонгача,
🍱🥗🧇🍎🍊🥒🍮☕️🫖

@endocrinoo
👍4
#Мулохаза_учун 📌

Умрага бориб келгач, ҳаётингиз ижобий томонга ўзгармаса, ҳаётингизда бўлмаган суннат кириб келмаса, қалбингиз нопок хислатлардан узоқлашиб гўзаллашмаса, сиз Умрага расмга тушгани борибсиз.

Муҳаммад Одил Ҳамид.

@endocrinoo
👍6
Semizlik boʻyicha tavsiyalar

@endocrinoo
👍3
Hozirda koʻpchilik boʻyi pastligidan noliydi va oʻsishni hohlaydi
Ushbu suratda oʻsish zonasi rentgenografiyasi keltirilgan. Agar zona ochiq boʻlsa sizda urinib koʻrish uchun yetarlicha asos bor

@endocrinoo
👍6🤔21
Yod tanqisligini belgilari
Yod qabul qilish dozalari

@endocrinoo
👍3
Bosh ogʻrish soxasiga asosan taxminiy diagnoz

@endocrinoo
👍2
Insulin yuborish soxalari

@endocrinoo
👍3
Qandli diabet 2-turida davolash algoritmi

@endocrinoo
👍1
Qandli diabet 1-tur va 2-tur differensial diagnostikasi (farqlari)

@endocrinoo
👍3
SAVOL

🦋Koʻkrak saratoni belgilari nimalar?

Koʻkrak saratoni belgilariga asosan quyidagilar kiradi:
- koʻkrak usti apelsin terisiga oʻxshash boʻlishi,
- koʻkrak uchida ajralmalar kelishi,
- koʻkrak gʻadur-budur yoki terisi bir tekis boʻlmasligi,
- tashqi tomondan qaralganda chuqurchalar yoki shishlar borligi,
- umumiy quvvatsizlik,
qoʻltik ostidagi limfa tugunlarning qattiqlashishi va ogʻriqliligi,
- doimiy tana harorati 37 harorat boʻlishi,
- koʻkrak uchi ichkariga kirgan osilgan burishib qolgan koʻrinishda boʻlishi,
- ayrim xholatlarda kasallikning kechki davrida terida yaralar hosil boʻlishi.

@endocrinoo
👍2
Galaktoreya nima va u qanday kelib chiqadi?


🍼 Galaktoreya - bu emizikli va homilador boʻlmagan ayollarda, ba’zan erkaklarda ham uchrashi mumkin.

🔴 Galaktoreya koʻkrak bezidan sut yoki sutga oʻxshash suyuqlik ajralishiga olib keladi va bu oʻz navbatida qonda prolaktin gormonining normadan ortishi sababli yuzaga keladi.

‼️Sabalari:
💊 Ba’zi psixotrop preparatlar
🛏 Travma oqibatida gipotalamus shikastlanishi
🔬 Gipofiz oʻsmalari
🌡 Qalqonsimon bez kasalliklari
🧪 Buyrak yetishmovchiligi
☘️ Davolashda endokrinolog, neyroendokrinolog va boshqa mutaxassislar koʻrigi va davosi kerak boʻladi.

 @endocrinoo
👍2
Bahor — avitaminoz fasli

Bahor kelib, organizmdagi vitaminlar zaxirasi kamayadi. Ayniqsa suvda eruvchi: C, P, PP, B guruh hamda D vitaminlari tanqisligi sezilib qoladi. Suvda eruvchi vitaminlar tanqisligiga sabab — yetarlicha meva, koʻkat, sabzavotlar yemaslik boʻlsa, D vitamini yetishmasligiga — kunlar qisqarishi, qalin kiyimda boʻlish oqibatida yetarlicha quyosh nurlarini organizmga singimasligi sabab boʻladi.

Oʻzbeklar qadimdan bahor kelishi bilan koʻk somsalar, koʻk chuchvara, koʻk osh, sumalak qilib kelgan va hozirda ham biroz susaygan boʻlsada ushbu an’ana davom ettirilmoqda. Bu ilmiy nuqtayi nazardan muhim an’ana! Aynan mana shunday taomlar organizmni vitaminlarga boʻlgan ehtiyojini qondiradi.

Bahor kelib koʻklardan turli taomlar, sumalak pishirib oʻzingiz va oila a’zolaringiz bilan iste’mol qilishingiz bahorgi avitaminozni yengishda yordam beradi.

Agar yuqoridagi kabi taomlar tayyorlashga imkoniyat boʻlmasa turli xil vitamin komplekslaridan foydalanish mumkin.

@endocrinoo
👍3