Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.8K subscribers
3.83K photos
621 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
💊Orlistat (Orlip) ozishga yordam beradimi?

Orlip ozishga yordam beradi. Ozish uchun kuniga 3 mahal ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin 1 soat o‘tmasdan ichish zarur.

Orlip lipaza fermenti ingibitori. U oshqozon va pankreatik lipazani ingibirlaydi, oqibatda yog‘lar parchalanmaydi. Organizm yog‘larni glitserin va yog‘ kislotalari ko‘rishinishida o‘zlashtira oladi. Parchalanmagan yog‘lar so‘rilmaydi. Organizmga yog‘ tushmagandan keyin u zaxiradagi yog‘larni safarbar qilishni boshlaydi. Qarabsizki ozishni boshlaysiz!

Zararsiz deb nom olgan ushbu preparatni ham nojo‘ya ta’sirlari bor:
-qabziyat
-qorinda diskomfort
-qorin dam bo‘lishi
-ichning suyuq kelishi
-steatoreya
-ichning yumshoq kelishi
-ichaklarda og‘riq
-tishlar va milkning zararlanishi

👨‍⚕

Ozmoqchimisiz? Ozishni avvalo dorilardan emas, balki sport bilan shug‘ullanish va diyetadan boshlang! Bir kunda eng kamida 3 km yuguring yoki yog‘li va uglevodli ovqatlardan diyeta qiling! Agar yuqoridagilar yordam bermasa, shifokor maslahati bilan Orlipni qabul qilsangiz bo‘ladi.

@endocrinoo
👍31🔥1👏1
Ko'pchilik hayron bo'ladi, nima uchun yugurganda ularning talog'i og'riydi ?

Haqiqat shundaki, agar siz jismoniy faoliyatni to'satdan boshlasangiz, "zaxiralardan" juda tez qon oqimini qo'zg'atishi mumkin.
Mushaklar faolroq ishlashi uchun ko'proq energiya sarflashi kerak.

Bu "zaxiralar" qayerda joylashgan?
Albatta chap tomonda joylashgan taloqda☝🏻
Undan qon butun tanaga teng taqsimlanishi uchun vaqt topa olmaydi va taloq kattashib oʻzining kapsulasini siqadi va ogʻriq beradi

Biz bilan tibbiy bilimingizni yuksaltirishda davom eting

@endocrinoo
👍5
Kichkina maslaxat

➥ Ozolmayotganlar ham semira olmayotganlar ham eng avvalo uyquni to'g'irlanglar.

Sababi organizmdagi eng yaxshi moddalar almashinuvi uyquda sodir bo'ladi.

Yoshingizga qarab 7-8 soat to'liq uxlang. Imkon qadar 10 da uxlab 6 da turing. Shuni to'g'irlashingizni o'zi 30% maqsadingizga etishtiradi.

@endocrinoo
👍3👏1😁1
Qandli diabeti bor bemorlar oyoqlar parvarishida nimalarga eʻtibor berishi kerak?

✔️ Har kuni oyoqlar terisi va tirnoqlarni ko'zdan kechiring;
✔️ Doimo iliq suvda yuvib, barmoqlar orasini ham sochiq yordamida quriting;
✔️ yumshatuvchi kremlardan foydalaning, barmoqlar orasi bundan mustasno;
✔️ Tirnoqlarni jarohat etadigan darajada tagidan olmang;
✔️ Qadoqlarni mustaqil davolamang;
✔️ Paxtali matodan, alohida diabetlar uchun paypoqlardan foydalaning va har kuni almashtiring;
✔️Poyabzalingizni kiyishdan avval uning ichida yot narsalar yo'qligini tekshiring;
✔️ Yalangoyoq yurmang,
✔️ Chekmang.

Shifokoringizga uchrashib, qondagi glyukoza miqdorini nazorat qiling

@endocrinoo
👍3👏21
​​ Ozish uchun "yarim porsiya" qoidasi

Ro'zg'orda bor narsalardan foydalanib ovqatlanasiz va eng asosiysi hamma narsa eyish mumkin (non ham)! Bu usul taomlanishdagi cheklovlarni yoqtirmaydiganlar uchun.

Qoidalari:
1. Har doimgi o'zingiz uchun mo'ljallangan porsiyani ko'pi bilan teng yarmini eysiz, masalan bir kosa emas yarim kosa, bir likobcha (tarelka) emas yarim likobcha, kafeda bir porsiya emas yarim porsiya buyurtma berasiz va hokazo.
2. Ovqatdan oldin to'yib suv (suyuqlik) ichib oling, bu yarim porsiya taomga to'yish hissini berishda yordam beradi.
3. Odatda, oila davrasida bir laganga (tovoq) suzilgan osh, dimlama, qozon kabob, manti va hokazolarni qancha eganimizni (meʻyorni) bilmay, eb qo'yamiz. Bunday vaqtda o'zingizni likobchangizga solib eng, sababi ko'pchilik bilan katta idishda qancha eganingizni bilmay qolasiz.
4. Ovqatni nonsiz eyishga harakat qiling yoki doimgi eya oladiganizni yarmidan ko'pini isteʻmol qilmang. Qora yoki past sortdagi unlardan qilingan non bo'lsin.
5. Yarim porsiya taomga avvalida to'ymaysiz, bu normal holat. Bunday vaqtda qo'shimcha meva, biror sabzavotni xom holicha, salat, quruq meva eb olsangiz bo'ladi.
6. Sabrli bo'ling va bu qoidalarga har qanday vaziyatda amal qilishga harakat qiling. Bir hafta, o'n kunda ushbu tartibga ko'nikasiz va buni albatta uddalaysiz!

@endocrinoo
👍7
Ozishda jismoniy mashqlarni o'rni

Vazn yo'qotishdagi muvaffaqiyatning 70 foizi to'g'ri ovqatlanishga bog'liq bo'lsa, 30 foizi jismoniy faoliyatga bog'liq.

Dinamik yurish.
Buyuk Britaniyaning universiteti o'tkazgan tadqiqotda maʻlum bo'lishicha: atigi bir soatlik piyoda yurish ishtahani tartibga soluvchi ikkita gormonning miqdorini o'zgartiradi:
• Grelin — ishtahani qo'zg'atuvchi gormon.
• "PYY” — to'yish gormoni.

Bir soatlik aerobik mashg'ulotdan so'ng qondagi "grelin" darajasi keskin pasayadi va "PYY" darajasi oshadi va birgalikda ishtahaning pasayishiga olib keladi.

Jismoniy mashqlar paytida faqat burun orqali nafas olish va og'iz orqali nafas chiqarish muhimdir, bu yurak tezligini barqarorlashtiradi, qonni kislorod bilan to'yintiradi.

Shunday qilib, hujayra oksidlanish rejimi — yog' oksidlanishiga o'tadi. Mashg'ulotning samaradorlik siri ularning muntazamligida!

yugurish mashqi.
yugurish, yurish kabi, maxsus simulyatorlar va sport zali talab qilmaydi. Biroq, bu bilan birga, bo'g'imlarga va umurtqa pog'onasiga yukni oshiradi. Bundan tashqari, yurishdan farqli o'laroq, u maxsus forma, poyabzal va yaxshi yo'lakni talab qiladi.

Arqonda sakrash mashqi.
Eng yaxshi aerobik mashqlardan biri.
10 daqiqalik sakrash ikki kilometrlik yugurish, 10 daqiqalik velosiped poygasi kabi effekt beradi. Arqon mashqlari sizga bel, elkalar, qo'l va qorin mushaklarini samarali ishlashga imkon beradi.

Quyida bir soatlik mashg'ulotlarda qancha kaloriya (kkal) sarflanishi keltirilgan:
▪️yurish — 250
▪️poygada yurish — 416
▪️yugurish (8 km/soat) — 500
▪️kross yugurish — 600
▪️yugurish (16 km/soat) — 1170
▪️muntazam kuch mashqlari — 210
▪️intensiv kuch mashqlari — 420
▪️aerobik fitnes mashg'ulotlari — 500
▪️interval kardio mashg'ulotlari — 600
▪️aylanma trening — 500
▪️arqon bilan sakrash (intensiv) — 750
▪️suzish (0,4 km/soat) — 210
▪️suzish (2,4 km/soat) — 460
▪️futbol — 450
▪️velosipedda (9 km/soat) — 185
▪️velosipedda (15 km/soat) — 320

@endocrinoo
👍3🔥2
Kolbasa mahsulotlarini sevuvchilar diqqatiga!

To'liq/yarim tayyorlangan go'sht mahsulotlarini muntazam isteʻmol qilish yurak-qon tomir kasalliklari va diabetning rivojlanishiga olib keladi.

Kuniga atigi 50-100 gramm bunday mahsulotlar yurak xastaliklari xavfini 42 foizga va diabet kasalligini 19 foizga oshiradi.

@endocrinoo
👍4
"D" vitamini vazn yo'qotishni tezlashtiradi

Semirib ketish "D" vitaminining etishmasligidan ham bo'lishi mumkin. 2009 yilda "British Journal of Nutrition" jurnalida chop etilgan sonida quyidagi tadqiqot natijalari eʻlon qilindi. Unga ko'ra, kalsiy miqdori past bo'lgan (birinchi guruh) ortiqcha vaznli ayollar kunlik kalsiy va "D" vitaminini meʻyoriy dozasini qabul qilib, ikkinchi plasebo guruhidagilarga qaraganda tezroq vazn yo'qotishgan.

Olimlar bu muvaffaqiyatni ushbu moddalar kombinatsiyasining ishtahani pasaytirish qobiliyati bilan bog'lashadi.

@endocrinoo
👍41
Jigaringizni asrang!!!

Gazlangan alkogolsiz ichimliklar yog'li gepatoz kasalligi rivojlanishiga olib keladi.

Aspartam — gazli ichimliklarda ishlatiladigan asosiy shirinlashtirgich bo'lib, bunday kimyoviy moddalarning ko'pligi jigarda mitoxondrial disfunksiyaga va ATFni kamayishiga olib kelishi mumkin, bu esa jigarning o'zida vazn ortishiga olib keladi.

Shirin rangli gazlangan ichimliklar ichmang!

@endocrinoo
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
LEPTIN NIMA ?

🔹Leptin yog' to'qimasidan ajralib chiqadigan gormon bo'lib, ishtahani bostiradi va vazn yo'qotishga yordam beradi. Boshqacha qilib aytganda, u miyaga xabar yuboradi: "ovqat yetarli boʻldi, yog' zaxiralarini sarf qilish vaqti keldi".

🔹Ushbu gormonning normal ishlab chiqarilishi kaloriya va energiya sarfini hisobga olmaganda, barqaror vaznni saqlashga yordam beradi. Leptin etishmasligi ishtahani oshiradi va kilogramm ortishiga yordam beradi.

🔹Va ortiqcha kilogramm organizmning gormonga sezgirligini pasaytiradi, yallig'lanish va metabolik kasalliklarga olib kelishi mumkin.

@endocrinoo
👍4
🔸Tana massasi indeksi — insonning bo’yi va vazni mosligi darajasini baholashga imkon beruvchi kattalik bo’lib, u vazn yetishmasligi, me’yordaligi yoki ortqichaligini aniqlashda ishlatiladi.

Yuqoridagi postda buni hisoblashni tushuntirdik (kg/m²). Ko‘rsatkichlar bilan tanishing:

16 - 18.5 — Tana vaznining yetishmasligi

18.5 ‐ 24.9 — Me'yor, ideal vazn

25 - 29.9 – Tana vaznining ortiqchaligi

30 - 34.9 – Birinchi darajali semizlik

35 - 39.9 — Ikkinchi darajali semizlik

40 dan yuqori holat - uchinchi darajali semizlik

Sizda natija qanday chiqdi?


@endocrinoo
3👍1
1 yoshgacha bo’lgan bolalarning eng past, normal va o’ta yuqori vazn ko’rsatkichlari
Yosh onalarimiz uchun

@endocrinoo
👍32
Fiziologik mastopatiya

Chaqaloq ko‘kragining qattiqlashishi yoki dag‘allashishi bo‘lib, onadan o‘tgan ko‘p miqdordagi prolaktinlar hisobiga yuzaga chiqadi. Odatda chaqaloq hayotining 3–4-, uzog‘i bilan 7–8 kunlarida boshlanadi Keyin dag‘allashish muntazam kamayib boradi. Neonatal davrning oxiriga borib, sut bezlarining hajmi odatdagidek tus oladi. Sut bezlarining kattalashishi doimo simmetrik bo‘ladi. Bez ustidagi teri o‘zgarmaydi. Bolaning umumiy ahvoli va kayfiyati o‘zgarmaydi. Dag‘allashish sut bezidan og‘iz sutiga o‘xshash oq rangli ajralma chiqishi bilan birgalikda kechadi

Muolaja talab qilinmaydi. Sut bezlarining yallig‘lanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun undan ajralmani siqib chiqarish qat’iyan man etiladi. Bezlar ustidagi teri tozalanadi, muolaja o‘tkaziladigan joy quruq va iliq bo‘lishi kerak

Dag‘allashish yorqin namoyon bo‘lganda sterillangan kamfora yog‘i bilan kompress qilish mumkin

@endocrinoo
👍42
⛳️Diabetning ikkinchi turida tungi ochlik o'ta foydali.

Aynan shu turdagi diabetda o'zi tunda daxshatli ishtaxa kuchayadi. Ammo soat 19 dan tonggi 6 gacha ovqat emaslik bu xastalikdan butunlay qutilishga sababchi bo'lishi mumkin

Irodangizni to'plang va bir qop dorilar, qiynoqlardan qutiling.


@endocrinoo
2👍2
🍺🍻🍺🍻🍺🍻🍺🍻🍺🍻🍺🍻🍺
Pivo erkakda ayollik gormonini oshiradi

Ko'p miqdorda ichilganda har qanday narsa zarariga ishlashni boshlaydi. Pivo qorni paydo bo'lishi testosteron garmoni pasayib ketganidan dalolat beradi.

Gap shundaki, pivoga fitoestrogenlar ishlatiladi. Bu moddalar erkaklik garmoni bo'lmish testosteron sintezini bloklaydi. Bu esa borib borib, darxaqiqat jiddiy taʻsirini ko'rsata boshlaydi.

⚡️ Institutda professorlar bir xaftada 200 gramm pivoga ruxsat etilgani xaqida aytishgandi. Afsuski ichgan odam meyorni unutadi. Eng afzali buni anorli sokka almashtirish.

@endocrinoo
4👍2
Kista nima va uni qanday davolash mumkin?

☘️ Kista - bu turli organ va to'qimalardagi qalin devor va ichida suyuq tarkibga ega bo'lgan patologik bo'shliq.

♻️ Kista yog', so'lak va sut bezlari, tuxumdon, oshqozon osti bezi, prostata bezi, bachadon, buyrak, jigar, o'pka, bosh miya va turli aʻzo kistalari shaklida namoyon bo'ladi.

Tuxumdon kistasi eng ko'p uchraydigan shakli hisoblanadi.
Tuxumdon kistasini konservativ davolashda gormonal kontraseptiv vositalardan foydalaniladi(faqatgina ginekolog yo'llanmasi asosida).

☑️ Aksariyat hollarda kistalar jarrohlik yo'li bilan olib tashlanadi.

 
@endocrinoo
👏3👍1
Uyquda tishlarimni g'ijirlataman. Buning sababi nima?


Tishlarni g'ijirlatish tibbiyotda bruksizm deb ataladi. Tibbiyotda ushbu holatga nafaqat kasalliklar bilan, balki psixologik holatlar bilan ham bog'liq deb qaraladi. Baʻzi insonlarning organizmlari stress holatlarini harakatlar orqali, yaʻni bruksizm tarzida namoyon qilishi mumkin.

☑️ Kuchli charchash, surunkali kam uxlash ham bruksizmni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari tishlarning noto'g'ri joylashuvi, antidepressantlar qabul qilish, zararli odatlar, gijjalar ham bruksizmni keltirib chiqaradi. Spirtli ichimliklar ham ushbu holatni kuchaytiradi.

🔹Uyquda tishlarni g'ijirlatish kuzatilganda birinchi navbatda tish shifokoriga murojaat qilish va og'iz bo'shlig'i kasalliklarini davolash lozim. Bundan tashqari uyqu rejimini tartibga solish, zararli odatlardan voz kechish va organizmda gijjalar borligini aniqlash lozim.


 @endocrinoo
👍4🔥2😁1
⚡️Topinambur qandli diabetda foydali

Topinambur mevasi Inulinga juda boy. Inulin esa Qandli diabetning eng yaxshi davosi. Bundan tashqari yuzlab kuchli taʻsirlari bor.

O'zbekistonda yetishtirilayotgan topinamburning 80% i Dubayga eksport qilinar ekan. Oldingdan oqqan suvni qadri yo'q.

@endocrinoo
👍2🔥1
Jigar tuzaladimi?

Jigar to'liq tiklanish uchun aql bovar qilmaydigan qobiliyatga ega. Hatto asl hajmning atigi 25 foizi qolgan bo'lsa ham, u yana o'sishi mumkin. Biror kishi jigarining yarmidan ko'pini transplantatsiya qilish uchun kimgadir topshirsa, ikki hafta ichida jigar asl hajmiga qaytadi.


@endocrinoo
👍21🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Videoda faqat bir martalik ishlatiladigan organ - bu faqat bolaning intrauterin rivojlanishi uchun hosil bo'lgan platsenta.

Odatda, platsentaning kengligi 23 santimetr, qalinligi taxminan 3 santimetr va og'irligi 500-600 gramm.

Ona va bolaning qoni yo'ldosh orqali o'tadi, lekin hech qachon aralashmaydi. To'liq muddatda, taxminan 500 ml. onaning qoni har daqiqada platsentadan o'tadi.

@endocrinoo
🤔3👍1