Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.79K subscribers
3.83K photos
622 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
To'g'ri ovqatlanishni yoʻlga qo'ymasdan turib diabetni yengish yoki kompensatsiyaga erishish mumkin emas!!!
Xoxlagan tabibga, chet el shifoxonalariga va doktorlariga murojaat qilib ko'rishingiz mumkin.
Lekin buni isbotini topganingizda kech boʻlib qolmasin!

@endocrinoo
1👍1👏1
SЕMIZLIKNING «EKZOTIK» GORMONLARI: LЕPTIN VA GRЕLIN

LЕPTIN - teri ostida yogʻ xujayralari tomonidan ishlab chiqariladigan gormon. U me’yorda ishlab chiqarilganda «to'qlik gormoni» xisoblanib ochlik markazini bloklaydi. Semirishda yogʻ xujayralari ko'payishi xisobiga leptin miqdori xam ko'payadi va u ko'p miqdorda bo'lganda ochlik markazini bloklay olmaydi, insulin kamayadi, energiya sarflash kamayadi. Bu esa qandli diabetga olib kelishi mumkin. LЕPTIN mikdorini kamaytirishning yagona yo'li bu - ozishdir!

GRЕLIN - «ishtaxa gormoni» yoki « ochlik gormoni» deb ataladi va u oshqozonda ishlab chiqariladi. «Ishtaxa gormoni» deb atalishiga sabab - Chiroyli va shirin ovqatni ko'rganimizda yoki xidini sezganimizda ko'p miqdorda ishlab chiqariladi. Afsuski GRЕLIN miqdorining koʻpligi ko'p ovqat yeb qo'yishimizga sababchi boʻladi.
«Ochlik gormoni» deb atalishiga sabab - oshqozon bo'sh qolganda ishlab chiqariladi. Shuning uchun GRЕLIN mikdori oshib ketmasligi va juda kup ovqat yeb qo'ymaslik uchun uzoq vaqtga och qolmaslik lozim.
Bariatrik xirurgiya usullaridan biri - oshqozonga ballon o'rnatish yoki oshqozon rezeksiyasi grelinni kam mikdorda ishlab chiqarilishi maqsadida qilinadi.

Shunday qilib semizlik sababini aniqlash va uni davolashda LЕPTIN va GRЕLIN miqdorini aniqlash zarur xisoblanadi.

@endocrinoo
1👍1👏1
Qonda glukoza ko'rsatkichiga qarab natijani baholash


@endocrinoo
👍2🤔21🔥1
Xo'o'o'o'sh siz ham shundaymisiz? 😁😉

@endocrinoo
👍2😁2
Maxsulotlarning GLIKЕMIK INDЕKSI xaqida gaplashamiz:
GLIKЕMIK INDЕKS - oziq-ovqat maxsulotlari tarkibidagi uglevodlarning qondagi glukoza miqdorini o'zgartiruvchi ko'rsatkich xisoblanadi.
GLIKЕMIK INDЕKSI past boʻlgan maxsulotlar sekin xazm buladi, sekin so'riladi va oqibatda qondagi qand miqdori nisbatan kamroq va sekinroq ko'tariladi. GI 3 turda boʻladi:
1. GI past - < 55;
2. GI o'rtacha - 56-69;
3. GI yuqori - 70+;

GLIKЕMIK INDЕKSI 100 va undan yuqori boʻlgan maxsulotlar:
- oq non - 100;
- maltoza - 105;
- oq guruch - 112;
- kartoshka - 118;
- kukuruz yormasidan iborat quruq nonushta - 132;
- shirinliklar - 105-135;

GLIKЕMIK INDЕKSI past boʻlgan maxsulotlarni iste’mol qilish :
1. Diabetda qand miqdorini me’yorlashtiradi;
2. Tana vaznini ushlab turadi;
3. Xomiladorlik sogʻlom kechadi;
4. yurak sogʻlom boʻladi;
5. Aql faollashadi;
6. Ko'krak raki xavfi kamayadi;
7. Kuzlar salomatligi uchun;

XULOSA qilib aytganda qancha GLIKЕMIK INDЕKSI past boʻlgan maxsulotlarni iste’mol qilsangiz shuncha sogʻlom bo'lasiz 👍☺️

@endocrinoo
👍2
Bachadon miomasi - gormonal oʻzgarish natijasida xosil bo'lgan yaxshi sifatli o'sma bo'lib, u mushak qavatida tugunlarning rivojlanishi bilan tavsiflanadi.‌‌


@endocrinoo
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tug'ilmagan bolaning jinsi 👶🏻

Tug'ilmagan bolaning jinsi tuxum urug'lantirilgan sperma turiga bog'liq.

👧 Tuxumning o'zi doimo X xromosomasini olib yuradi. Agar tuxum X (ayol) jinsiy xromosomali sperma tomonidan urug'lantirilgan bo'lsa, ayol embrion (XX) paydo bo'ladi.

👦 Tuxum Y (erkak) jinsiy xromosomali spermatozoid bilan urug'lantirilganda, erkak embrion (XY) rivojlanadi. Y xromosomasini o'z ichiga olgan spermatozoidlar X xromosomasini o'z ichiga olgan spermatozoidlarga qaraganda kamroq bardoshli va tezroq nobud bo'lishadi.

@endocrinoo
👍3
🫀Spirtli miokard distrofiyasi.


🍷Spirtli ichimliklar va uning parchalanish mahsulotlaridan biri, asetaldegid yurak mushaklarining yog'li degeneratsiyasiga olib kelishi sababli yuzaga keladi.

☝️🏻 Bu shuni anglatadiki, yurak qisqarishini ta'minlaydigan mushak hujayralari o'rnini qisqara olmaydigan yog' hujayralari egallaydi.

🫀Yurak faoliyati zaiflasha boshlaydi, og'riqlar, ozgina jismoniy zo'riqish bilan nafas qisilishi, yurak urishi, uzilishlar, shish paydo bo'ladi. Bir so'z bilan aytganda, yurak etishmovchiligi rivojlanadi.

@endocrinoo
👍21👏1
GORMONLAR

Qaysi gormonlarni bilasiz ???

👉Testosteron -- erkaklik
xususiyati va mushak , soqol o'sishini tezlashtiradi.

👉Somatotrop -- bo'y o'sishini va oqsil almashinuvini boshqaradi.

👉Melatonin — bu sizning uyqungiz.

👉Adenozin —yoqimli charchoqning neyromediatri.

👉Endorfin — tananing tabiiy anestetikidir.

👉Serotonin — bu sizning yaxshi kayfiyatingiz.

👉Dofamin — bu sizning ichki istaklaringiz va shunchaki istaklaringiz.

👉Anandamid — bu xotirjamlik hissi.

👉Feniletilamin —sizning sevgilingizdir.

👉Noradrenalin —sizning quvnoqligingiz, g'azabingiz va faolligingizdir.

👉Adrenalin — bu sizning qo'rquvingiz.

👉Asetilkolin — diqqatni jamlash.

👉Estrogen gormoni --- ayollarga xos bo'lib , bir qator o'zgarishlarni boshqaradi.

@endocrinoo
👍32
🍒Gilos kortizol darajasini pasaytiradi.

🔸Kortizol - bu tanamizni ekstremal rejimda ishlashga majbur qiladigan stress gormoni. Gilos kortizol darajasini nazorat qilishga yordam beradi.

🔸Uning tarkibida antotsianinlar, buyrak usti bezlarini tinchlantiradigan pigmentlar mavjud. Shu tufayli gilos iste’mol qilganimizda buyrak usti bezlari kortizol ishlab chiqarishni kamaytiradi, ochlik hissi pasayadi, nervlar tinchlanadi.

🔸To'q qizil gilos eng ko'p antotsianinlarni o'z ichiga oladi, rangi qanchalik to‘q bo'lsa, mevada shunchalik ko‘p foydali moddalar mavjud.
Lekin gilos qandli diabeti bor insonlar qanday taʼsir koʻrsatishi video orqali tushuntirilgan

@endocrinoo
👍2👏1
Uyqusizlik qandli diabetda juda xavflidir!

Qandli diabet yoki glyukozaga tolerantligi bo'lgan bemorlarda uyqu etishmasligi kasallikning kuchayish xavfini oshirishi mumkin. Mutlaqo sog'lom odamlarda ham uyqusizlik kun davomida qonda qand miqdorini oshishiga olib kelishi mumkin.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, agar odam kuniga atigi 5 yoki undan kam soat uxlasa, diabetga chalinish xavfi 2,5 baravarga oshadi (agar odam 6 soat yoki undan kam uxlasa, xavf 1,7 barobar ortadi).

Normal uyqu 7–8 soatni tashkil qilishi kerak.

@endocrinoo
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ovulyatsiya - bu yetilgan follikulaning yorilishi natijasida tuxumdondan tuxumning bachadon naychasiga chiqishini ifodalovchi hodisa.

Follikuladan tuxum tuxum yo'liga kiradi, bu yerda urug'lanish sodir bo'ladi.‌‌

@endocrinoo
👍31
🟢 Pasternaskiy simptomi — buyrak kasalliklarida orqadan buyrak sohasiga urib ko'rib, og'riq bor-yo'qligini aniqlash.

Buyrak-tosh kasalliklarida, glomerulonefritda, pielonefritda musbat bo'ladi.

@endocrinoo
👍31
Normal xayz davri:
🍃🍃🌸🍃🍃🌸🍃🍃🌸🍃🍃
28-35 kunni tashkil etuvchi, 3-7 kun qon ketish bilan xarakterlanadigan sikl. 3 ta turga bolinadi:
- Amenoreya, gipomenstrual sindrom (6 oygacha xayz davri bolmasligi)
- Kuchli qon ketish bilan xarakterlanadigan menstrual sikl buzilishlari
- Ogriqli xayz davri (oligodismenoreya)

SABABLARI:

- Kichik tos azolari infeksiyasi
- Gormonal ozgarishlar
- Kuchli emotsional zo’riqish
- Tabiiy va fizik faktorlarning tasiri (klimat ozgarishi, kop quyoshdan nurlanish)
- Bolalikda kop kechirgan shamollashlar (12 yoshgacha)
- Boshdan kechirgan qizilcha va suvchechak.

BELGILARI:

- Menstrual sikl qisqarishi
- Qon xajmining kamayishi
- Sikl regulyarligi buzilishi
- Menstruatsiya vaqtida ogʻriq

DIAGNOSTIKA:

- Ichki azolar UTTsi (buqoq bezi, buyrak usti bezi)
- Qon va siydikka analiz topshirish
- Jinsiy yoʻl bilan yuqadigan infeksiyalarni oldini olish
- Bachadon ichki qavatini tekshirish (endometriy)

DAVOLASH:

- Ginekolog-endokrinolog korigi
- Organizmda serotonin va endorfin miqdorini qoplash
- Oʻsimlik ekstratlari qabul qilish
- Antibakterial davolash
- Vitaminalar
- Fizioterapiya

ASORATLARI:

- Bachadon ortiqlari yalliglanishi
- Sistitlar
- Tuxumdon va bachadonning xavfli va xafvsiz osmalari
- Bepushtlik

PROFILAKTIKA:

- Emotsional zo’riqishlardan saqlanish
- Jismoniy mashqlarni nazorat qilish
- Tana vaznini optimal saqlash
- Vitaminlar
- Yiliga 2 marta fizioterapevtik profilaktika

@endocrinoo
👍21🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yosh qizil qon hujayralari( Eritrotsitlar) va uning "pensioner" hamkasbi

Yosh eritrotsitlar juda elastik va tomirning "teshiklari" dan o'tishga qodir. Ammo allaqachon 120 kun yashagan "keksa" eritrotsitlar (Eritrotsitlar umri) endi bunga qodir emas.

U tomir yuzasida qoladi, makrofag uni topadi va o'ziga singdiradi☝🏻

Biz bilan tibbiy bilimingiz yuksaklarga yetadi In sha Alloh

@endocrinoo
👍21🔥1🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizda ushbu holatlar mavjud boʻlsa vitaminoterapiyani boshlang

@endocrinoo
2👍1🔥1👏1
💊Orlistat (Orlip) ozishga yordam beradimi?

Orlip ozishga yordam beradi. Ozish uchun kuniga 3 mahal ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin 1 soat o‘tmasdan ichish zarur.

Orlip lipaza fermenti ingibitori. U oshqozon va pankreatik lipazani ingibirlaydi, oqibatda yog‘lar parchalanmaydi. Organizm yog‘larni glitserin va yog‘ kislotalari ko‘rishinishida o‘zlashtira oladi. Parchalanmagan yog‘lar so‘rilmaydi. Organizmga yog‘ tushmagandan keyin u zaxiradagi yog‘larni safarbar qilishni boshlaydi. Qarabsizki ozishni boshlaysiz!

Zararsiz deb nom olgan ushbu preparatni ham nojo‘ya ta’sirlari bor:
-qabziyat
-qorinda diskomfort
-qorin dam bo‘lishi
-ichning suyuq kelishi
-steatoreya
-ichning yumshoq kelishi
-ichaklarda og‘riq
-tishlar va milkning zararlanishi

👨‍⚕

Ozmoqchimisiz? Ozishni avvalo dorilardan emas, balki sport bilan shug‘ullanish va diyetadan boshlang! Bir kunda eng kamida 3 km yuguring yoki yog‘li va uglevodli ovqatlardan diyeta qiling! Agar yuqoridagilar yordam bermasa, shifokor maslahati bilan Orlipni qabul qilsangiz bo‘ladi.

@endocrinoo
👍31🔥1👏1
Ko'pchilik hayron bo'ladi, nima uchun yugurganda ularning talog'i og'riydi ?

Haqiqat shundaki, agar siz jismoniy faoliyatni to'satdan boshlasangiz, "zaxiralardan" juda tez qon oqimini qo'zg'atishi mumkin.
Mushaklar faolroq ishlashi uchun ko'proq energiya sarflashi kerak.

Bu "zaxiralar" qayerda joylashgan?
Albatta chap tomonda joylashgan taloqda☝🏻
Undan qon butun tanaga teng taqsimlanishi uchun vaqt topa olmaydi va taloq kattashib oʻzining kapsulasini siqadi va ogʻriq beradi

Biz bilan tibbiy bilimingizni yuksaltirishda davom eting

@endocrinoo
👍5
Kichkina maslaxat

➥ Ozolmayotganlar ham semira olmayotganlar ham eng avvalo uyquni to'g'irlanglar.

Sababi organizmdagi eng yaxshi moddalar almashinuvi uyquda sodir bo'ladi.

Yoshingizga qarab 7-8 soat to'liq uxlang. Imkon qadar 10 da uxlab 6 da turing. Shuni to'g'irlashingizni o'zi 30% maqsadingizga etishtiradi.

@endocrinoo
👍3👏1😁1
Qandli diabeti bor bemorlar oyoqlar parvarishida nimalarga eʻtibor berishi kerak?

✔️ Har kuni oyoqlar terisi va tirnoqlarni ko'zdan kechiring;
✔️ Doimo iliq suvda yuvib, barmoqlar orasini ham sochiq yordamida quriting;
✔️ yumshatuvchi kremlardan foydalaning, barmoqlar orasi bundan mustasno;
✔️ Tirnoqlarni jarohat etadigan darajada tagidan olmang;
✔️ Qadoqlarni mustaqil davolamang;
✔️ Paxtali matodan, alohida diabetlar uchun paypoqlardan foydalaning va har kuni almashtiring;
✔️Poyabzalingizni kiyishdan avval uning ichida yot narsalar yo'qligini tekshiring;
✔️ Yalangoyoq yurmang,
✔️ Chekmang.

Shifokoringizga uchrashib, qondagi glyukoza miqdorini nazorat qiling

@endocrinoo
👍3👏21