Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.79K subscribers
3.83K photos
622 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Galaktoreya nima va u qanday kelib chiqadi?

🍼 Galaktoreya - bu emizikli va homilador bo'lmagan ayollarda, baʻzan erkaklarda ham uchrashi mumkin.

🔴 Galaktoreya ko'krak bezidan sut yoki sutga o'xshash suyuqlik ajralishiga olib keladi va bu o'z navbatida qonda prolaktin gormonining normadan ortishi sababli yuzaga keladi.

‼️Sabalari:
💊 Baʻzi psixotrop preparatlar
🛏 Travma oqibatida gipotalamus shikastlanishi
🔬 Gipofiz o'smalari
🌡 Qalqonsimon bez kasalliklari
🧪 Buyrak etishmovchiligi
☘️ Davolashda endokrinolog, neyroendokrinolog va boshqa mutaxassislar ko'rigi va davosi kerak bo'ladi.


@endocrinoo
👍31
Ortopedik taglik tekis oyoq bilan qanday ishlaydi.

Yassi oyoqlar - oyoq shaklining o'zgarishi, uning bo'ylama va ko'ndalang yoylarining yo'qligi bilan tavsiflanadi.‌‌

@endocrinoo
👍21🔥1
Endokrin kasalliklar, qandli diabet, jinsiy gormonlar darajasining ortishi vaznning nazoratsiz ortishi bilan chambarchas bogʻliq. Patologiyani aniqlash va istisno qilish uchun maxsus laboratoriya tadqiqotidan oʻtish kerak. Quyida xavfli kasalliklarni ilk bosqichlarda aniqlash va toʻxtatish imkonini beradigan tahlillar roʻyxati koʻrsatilgan.
Vazn tashlay olmaganingizda oʻtkazilishi kerak boʻlgan tahlillar
1 Qalqonsimon bez gormonlari: tiroksin (Т4) i triyodtironin (Т3)
2 Tireotropli gormon (TTG)
3 Qondagi glyukoza koʻrsatkichi
4 Glikirovan gemoglobin
5 Insulin va S-peptid
6 Glyukozotolerantli test
7 Estradiol koʻrsatkichi
8 Kortizol koʻrsatkichi
9 Testosteron koʻrsatkichi
10 Follikulani qoʻzgʻatadigan va lyuteinizatsiya qiladigan gormonlar
Ayollarning murakkab organizmi har doim gormonlar hukmi ostida boʻladi. 70 foiz holatlarda gormonal muvozanatning buzilishi ortiqcha vaznning sababiga aylanadi. Ovqatlanishni cheklash, mashqlar zaliga borishdan oldin koʻrikdan oʻtishga dangasalik qilmang. Ayrim hollarda bir necha kilogramm ortiqcha vazn putur yetkazilgan salomatlikka qaraganda yaxshiroq.

@endocrinoo
4👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Insult - miyaning qon bilan ta'minlanishining keskin buzilishi, natijada nekroz zonasi (o'lik hujayralar) paydo bo'lishi.


@endocrinoo
1👍1🔥1👏1
Assalomu alaykum qadrli obunachilar

Yurtimizda oltin kuz fasli

Goʻzal tabiat manzarasidan baxra oling
🍁🍂🍁🍂🍁🍂🍁🍂🍁🍂🍁🍂🍁

@endocrinoo
👍32
AYOLLAR BЕPUSHTLIGI

Bepushtlik deb 1 yil davomida muntazam jinsiy xayotda yashayotganligiga qaramasdan xomilador bo'lmaslikka aytiladi.

👼Bepushtlik turlari:

-nisbiy
-absolyut

-Birlamchi
-ikkilamchi

- ayollar bepushtligi
- erkaklar bepushtligi;

👼 SABABLARI:

- ovulyasiya muammolari
-gormonal buzilishlar
-tuxumdonlar disfunksiyasi
-bachadon naylari muammolari
-tuxumdonlar polikistozi
-gormonal disbalans
-tuxumdonlar obolochkasi chandigi
-bachadon buyni eroziyasi
-erta klimaks
-servikal kanal muammolari
-bachadon rivojlanishida nuksonlar
- psixologik sabablar
-endometrioz
-yorilmagan follikulalar sindromi
-immunologik bepushtlik;

Shuningdek, NOANIQ BЕPUShTLIK degan diagnoz xam bor - bunda er va xotinda xech qanday muammo yo'q lekin xomiladorlik kuzatilmaydi!!!

👼TЕKShIRUVLAR:

-UZI
-gisteroskopiya
-gisterosalpingografiya
-gormonlar analizi
-laparoskopiya
-bazal xarorat
-follikulometriya

@endocrinoo
👍4
☝️☝️☝️DAVOMI

BЕPUSHTLIKNI kim davolaydi?

🤰 Embriolog - urug'lantirish usulini belgilaydi
🤰 endokrinolog - gormonal buzilishlarni aniqlaydi
🤰 gematolog - qon ko'rsatkichlarini o'rganadi
🤰 immunolog - immunologik omillarni o'rganadi
🤰 UTT vrach - tuxumdonlar, tuxum xujayra yorilishini kuzatadi
🤰 genetik - xromosom buzilishlarni aniqlaydi

@endocrinoo
👍4
Oshqozon osti bezining koʻndalang kesimi
Mikroskop ostida x720 marotaba kattalashtirilgan xolatda

@endocrinoo
1👍1🔥1🥰1
#homiladorlik

Homiladorlik va dori vositalari 💊

Bilamizki, homiladorlik davri 3 ta 3 oylik, ya'ni trimestrga bo'linadi. Bularning ichida birinchi 3 oylik eng nozik davr hisoblanadi. Bu davrda nazoratsiz isteʼmol qilingan dorilar homilaning rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatib, oqibatda nuqsonli tug'ilishi yoki rivojlanmay qolib ona qornida nobud bo'lishiga olib kelishi mumkin.

Birinchi 3 oylikning bunday "bomba" 💣 davr ekaniga sabab homila va ona o'rtasida yo'ldosh (platsenta) shakllanmaganidir. U birinchi 3 oylikning oxirida shakllanadi hamda ikkinchi va uchinchi 3 oyliklarda homilaga turli dorilar va viruslarni o'tkazmaydi.

❗️❗️❗️Hurmatli yangi kelinlar! Homiladormisiz yoki yo'qligini aniq bilmasangiz qaynonangiz aytgan dorilarni vrach maslahatisiz ichmang!!! Bu holat o'zingiz va bo'lajak farzandingiz hayotiga xavf soladi...❗️

Ikkinchi va uchinchi 3 oyliklarda ham dorilarni albatta vrach maslahati bilan iching!

@endocrinoo
👍21🔥1😁1
Nima sababdan homilador ayolning immuniteti pasayadi?

💢 Immunitet homilani organizmda saqlab qolish uchun pasayadi. Homila ayol tanasi uchun genetik jihatdan begona "jism"dir. Ammo immun tizimi qoidaga qarshi bir muddat bu yot jism bilan kurashmay, aksincha uni himoya antitanalari bilan o‘rab oladi.

Shu bilan birga himoya hujayralari sonining keskin kamayishi natijasida ular o‘z vazifasini bajara olmay qolishi mumkin. Homiladorlik vaqtidagi bu jarayon fiziologik immunitet tanqisligi deb ataladi.

@endocrinoo
1👍1🔥1👏1
HOMILADORLIKDA GEMATOMA

Homiladorlikda gematoma bachadon shilliq qavati kichik qon tomirlarining zo‘riqishidan yuzaga keladi.

Sabablari:
og‘ir jismoniy harakatlar,
sakrash,
erta davrlarda yiqilish,
oldingi tug‘ruq asoratlari,
abortlar,
mioma,
endometrioz kasalliklari,
stress holatlari.

📌 Gematomalar UTT tekshiruvi orqali aniqlanadi.

Gematomalar homiladorlikning qiyin kechishiga, tug‘ruqning qiyin o‘tishi va bola rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Homiladorlikning erta bosqichlarida homila tushishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.

🥦Gematoma aniqlanganda ginekolog nazorati ostida bo‘lish, davo muolajalarini to‘liq olish, og‘ir ko‘tarmaslik, jinsiy hayotni cheklash, stressdan uzoq bo‘lish va ovqat rasioniga rioya qilish lozim. Taomnomaga ahamiyat berish, meva, sabzavot va ko‘katlarni ko‘p iste’mol qilish, achchiq choy, qahva, xamirli ovqatlar va pishiriqlar iste’molini cheklash lozim.

@endocrinoo
👍21🔥1
MAGNIY TANQISLIGI

Magniy kun davomida yuz beradigan 300 dan ortiq biokimyoviy reaksiyalar uchun zarurdir. Magniy yurak urish tezligini saqlashda, yurakni oziqlantirish uchun muhim hisoblanadi.
🔸Yurak urishini yaxshilash bilan birga, magniy asab va mushaklarning funksiyalarini, immun-tizimining ishlashini qo‘llab-quvvatlaydi.
🔸Qonda glyukoza miqdorini tartibga solishda yordam beradi.
🔸Suyak mustahkamligini saqlashda kalsiy bilan hamkorlikda ishlaydi.

🔷 Magniy yetishmasligi ishtaha yo‘qolishi, stress, xotira pasayishi va diqqatni jamlashga salbiy ta’sir qiladi.

💊 Magniyning kunlik miqdori katta yoshdagi ayol va erkaklarda har bir kg tana vazniga o‘rtacha 4,5 mg ni tashkil qiladi. Homilador va emizikli ayollarda bu miqdor biroz yuqori, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning suyaklari yaxshi rivojlanishi uchun har bir kg vazniga 6 mg miqdorida magniy qabul qilish lozim.

@endocrinoo
👍21🔥1
XOM TUXUMLAR yeyish xomiladorlikda mumkin emas

Shuningdek, tarkibida tuxum mavjud bo‘lgan mahsulotlar: gogol-mogol, uyda tayyorlangan mayonez, xom xamir, pashot-tuxumlari, tiramisu.

Xavf nimadan iborat?

Birgina so‘zning o‘zi kifoya: salmonellyoz. Bu o‘tkir ichak infeksiyasi, o‘limga sabab bo‘lmaydi, biroq kuchli diareya va qayt qilish bilan kechadi. Ular esa suvsizlikni keltirib chiqaradi. Bu holat esa yomon: homilada normal qon aylanishi va bachadondagi amniotik namlik darajasiga bog‘liq. Suv yetishmasligi bo‘lajak bola rivojlanishidagi buzilishlar, shuningdek, bola tushish xavfiga aylanishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Agar tuxumdan voz kechishga kuchingiz yetmasa, ular yaxshilab yuvilgan va termik qayta ishlangan bo‘lishiga e’tibor bering. Yaxshilab qaynatilgan tuxum, omlet, pishiriqlar xavfsiz.

@endocrinoo
1👍1🔥1
Homiladorlikda qon bosimi ko‘tarilganda nima qilish kerak?

🔻 Har bir homilador ayol tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va albatta, qon bosimini nazorat qilib turishi lozim. Agarda qon bosimi oshgan bo‘lsa, uni davolash kerak bo‘ladi.

🤰Homiladorlarda qon bosimining oshishiga quyidagilar sabab bo‘ladi:
📍 buyraklarda surunkali kasalliklar mavjudligi;
📍 homilador bo‘lishdan oldin qon bosimi baland bo‘lganligi.

⚠️ Agar qon bosimi tushirilmasa, quyidagi asoratlarga olib kelishi mumkin:
🔹 yo‘ldosh ko‘chishi;
🔹 qon ketishi;
🔹 to‘r parda ko‘chishi va ko‘r bo‘lib qolish;
🔹 bosh miya qon aylanishining buzilishi;
🔹 tutqanoqlar;
🔹 homilaga kislorod yetishmasligi va nobud bo‘lishi;
🔹 bola rivojlanishining ortda qolishi.

Qon bosimi ko‘tariluvchi homilador ayollar shifokor nazoratida turishi lozim.

@endocrinoo
👍21🔥1
Organizmda insulin gormonini yuqoriligi quyidagi kasalliklarga sabab boʻladi

— Insult
— Katarakta
— Yurak ishemik kasalligi
— Oʻtkir pankreatit
— Oʻt pufagi kasalliklari
— Flebit va venada dimiqish
— Podagra
— Osteoartrit
— Ginekologik kasalliklar
— Jigarning yogʻli gepatozi
— Oʻpka-yurak yetishmovchiligi
— Idiopatik bosh miya ichi bosimini ortishi

Bundan tashqari, asosan
— Diabet
— Dislipidemiya
— Gipertoniya
— Koʻkrak, bachadon, tuxumdonlar, qiziloʻngach, ichaklar saratoni rivojlanadi.

Shunday ekan insulin dozani albatta shifokor belgilashi shart

@endocrinoo
1👍1🔥1
Qandli diabetning 2-turida qondagi qand mikdorini me’yorida olib yurish uchun 5 ta qoida:
1. Kam uglevodli dieta 🥗🍖🥩🥦🥬🥒
2. Kuniga 10 km piyoda yurish 🚶‍♀️🚶🏃‍♀️🏃🏃‍♂️
3. Asablarni tinchlantirish 💆‍♀️💆💆‍♂️
4. Endokrinolog maslaxati va dori vositalarini o'z vaqtida qabul qilish 🩺💊💉🧪🌡
5. Diabet xaqida ko'prok ma’lumotlarga ega bo'lish ☝️.
Bunda sizga endokrinolog shifokor va ilmiy maqolalar yordam berishi mumkin.

@endocrinoo
👍31
To'g'ri ovqatlanishni yoʻlga qo'ymasdan turib diabetni yengish yoki kompensatsiyaga erishish mumkin emas!!!
Xoxlagan tabibga, chet el shifoxonalariga va doktorlariga murojaat qilib ko'rishingiz mumkin.
Lekin buni isbotini topganingizda kech boʻlib qolmasin!

@endocrinoo
1👍1👏1
SЕMIZLIKNING «EKZOTIK» GORMONLARI: LЕPTIN VA GRЕLIN

LЕPTIN - teri ostida yogʻ xujayralari tomonidan ishlab chiqariladigan gormon. U me’yorda ishlab chiqarilganda «to'qlik gormoni» xisoblanib ochlik markazini bloklaydi. Semirishda yogʻ xujayralari ko'payishi xisobiga leptin miqdori xam ko'payadi va u ko'p miqdorda bo'lganda ochlik markazini bloklay olmaydi, insulin kamayadi, energiya sarflash kamayadi. Bu esa qandli diabetga olib kelishi mumkin. LЕPTIN mikdorini kamaytirishning yagona yo'li bu - ozishdir!

GRЕLIN - «ishtaxa gormoni» yoki « ochlik gormoni» deb ataladi va u oshqozonda ishlab chiqariladi. «Ishtaxa gormoni» deb atalishiga sabab - Chiroyli va shirin ovqatni ko'rganimizda yoki xidini sezganimizda ko'p miqdorda ishlab chiqariladi. Afsuski GRЕLIN miqdorining koʻpligi ko'p ovqat yeb qo'yishimizga sababchi boʻladi.
«Ochlik gormoni» deb atalishiga sabab - oshqozon bo'sh qolganda ishlab chiqariladi. Shuning uchun GRЕLIN mikdori oshib ketmasligi va juda kup ovqat yeb qo'ymaslik uchun uzoq vaqtga och qolmaslik lozim.
Bariatrik xirurgiya usullaridan biri - oshqozonga ballon o'rnatish yoki oshqozon rezeksiyasi grelinni kam mikdorda ishlab chiqarilishi maqsadida qilinadi.

Shunday qilib semizlik sababini aniqlash va uni davolashda LЕPTIN va GRЕLIN miqdorini aniqlash zarur xisoblanadi.

@endocrinoo
1👍1👏1
Qonda glukoza ko'rsatkichiga qarab natijani baholash


@endocrinoo
👍2🤔21🔥1