Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Uzoq vaqt vitamin "D" yetishmasligi quyidagi kasalliklar rivojlanish xavfini oshiradi:

• qandli diabet
• gipertoniya
• semizlik
• surunkali yallig'lanish
• suyak-mushak tizimi kasalliklari
• onkologik kasalliklar
• skleroz
• psoriaz
• og'ir yuqumli kasalliklar
• insult
• miokard infarkti

Quyoshli (yoz faslida) kunlarda vitamin "D" qabul qilishni tekin usuli quyosh ostida kamida 15 daqiqadan 1,5 soatgacha tanani katta qismini ochib yurish. Ertalab soat 10:00 gacha va 17:00 dan keyin toblanish tavsiya qilinadi.

Yeguliklardan: treska balig'i jigarini yog'i, qo'ziqorin, mol jigari, tuhum, sut mahsulotlari asosiy manbalari hisoblanadi.

@endocrinoo
👍31🥰1
#hazil_time

Nega aynan maktablarda jinsiy tarbiya darsi kerak deb oʻylaysiz?

Yaqinda yangi oila qurgan yoshlar qabulimga keldi. Qiz 18 yosh yigit 20 yosh edi. Ulardagi shikoyat ayoli homilador boʻlib qolganiga edi. Ular hozir farzandni reja qilishmagan va shu sabab farzand boʻlishidan saqlovchi ( kontraseptiv) ishlatishgan. Lekin negadir ayoli homilador ekan. Surishtirganimda dorini erkak ichgani ayon boʻldi. 😂😂😂

@endocrinoo
😁23
#asorat

Har 21 sekundda yangi qandli diabet bilan kasallanish sodir boʻladi
Va ular quyidagi asoratlar bilan og'riydi☝️☝️☝️☝️

Insult - xar 12 daqiqada

Koʻrlik - xar 90 daqiqada

Infarkt - xar 19 daqiqada

Gemodializ - xar 90 daqiqada

Amputatsiya ( azo kesilishi ) - xar 19 daqiqada

Befarq boʻlmang

@endocrinoo
👍3🔥2
3 soatlik aql tishni olish jarayoni muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Endi davomi mini operatsiya shaklida viloyat stomatologiya markazida kechishi kutilmoqda. Sizlardan duo so'rayman oʻzim uchun. Xech bir banda hastalikdan ixotalangan emas.

Rahmat ❤️

@endocrinoo
12🔥1
168-14-0-F_25.pdf
623.9 KB
Toshkent shahar hokimi 18 yoshgacha bo‘lgan qandli diabetli 770 nafar bola uchun flakonli insulin xaridiga 200 million so‘m ajratish haqida farmoyish imzolabdi.

© lazizhamidov

@endocrinoo
👍7🔥32
Yaxshi habar ham bor albatta.

Xayrulla Hamidovning Suyanchiq kitobi endi menda ham bor.

Sherlaringiz endi yonimda https://t.me/xayrulla_hamidov

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👏72🔥2🥰1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muskullar qanday ish bajarishi haqida qisqa fakt videoda✏️

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
4👍3🔥1
Endokrinolog xonasi qanday standartta boʻlishi kerak?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Afsuski oʻzbek manbalarda bu haqida kerakli va yetarli maʼlumot yoʻqligi sababli Rossiyaning Приказ № 899н (2012–yil 12 noyabr) va Приказ № 104н (2023–yil 13 mart)** hamda SanPiN 2.1.3678-20 talablari asosida. Quyida me’yorlarni umumiy qayd etib o‘taman:

1. Xona maydoni
Kirish 12m² , agar 100 tadan ortiq bemor kuniga qabul qilinsa unda alohida kutish zali ham kerak.

Qabul xonasi- 12 m² kattalar uchun
14 m² bolalar uchun

Diabetik oyoq xonasi 16 m²
Retinopatiya xonasi 17 m²
Diabet maktabi 10 m²

Agar kuniga 50+ bemor qabul qilinsa hodimlar va bemorlar uchun hojatxona ham boʻlishi kerak

Davomi bor...👇👇👇
2👍2🔥1
Endokrinolog xonasi standartlari haqida davomi...

2. Muhandislik va sanitariya

Suv va kanalizatsiya : markaziy tizimga ulangan issiq va sovuq suv. Suyuq sovun va sochiq.

Ventilyatsiya:
qabul xonasini har soatda shamollatish

Yorugʻlik:
asosiy maydon uchun 300 luks
Ish joyi va jarrohlik joyi 500-1000 luks
Hojatxona 150-250 luks

Iqlim sharoitlari:
Asosiy xona +20 +27 C⁰
Jarrohlik xonasi +22 +26
Nisbiy namlik 50-65 %

Materiallar
Pol uchun keramika yoki linoleum

3. Jihozlar
shifokor va hamshiraga alohida ish joyi, bemor stuli, konsultatsiya stoli, kompyuter (printer va skaner bilan), shkaf (hujjat va dorilar uchun) .

O‘lchov asboblari: bo‘yi o‘lchagich, santimetr lenta, tonometr, termometr .

Endokrinologik jihozlar: glukometr (test yaproqlari bilan), nevrologik o‘lchov asboblari (monofilament, kamerton)

4. Hodimlar shtat meʼyorlari

Rossiya talablari bo‘yicha:

Shifokor-endokrinolog — har 20 000 (shahar) yoki 15 000 (qishloq) aholi uchun bir shifokor.

Hamshira — har bir shifokorga bitta hamshira

Manba АНО ДПО

Меддентекс

📝Tayyorladi: Endokrinolog Fayzullayev Jahongir

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2🔥21
Soch toʻkilishi va oqarishi haqida yozilgan malumotlarni jamlab qoʻysam oson boʻladi oʻqishga deb oʻyladim.

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3🔥1
#homiladorlik da nima uchun yod preparatlari qabul qilinadi!!!!

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo )

📌📌 Agarda yod yetishmasa📌📌

1. Bolada aqliy rivojlanishda orta qolish. Nerv sistemasi shakllanishidagi kamchiliklar yuzaga kelishi mumkin.

2. Homilaning òzidan òzi tushishi yoki muddatdan avval tug'ruq yuzaga kelishi mumkin.

3. Bolada qalqonsimon bez yetishmovchiligi, jizzakilik, tushkunlik, uyquchanlik, xotira yomonlashishi.

4. Homilador ayolda bosh aylanishi, lanjlik, ba'zan yod yetishmasligi kuchli toksikozlarga olib kelishi ham mumkin.


Demak farzandimiz kelajakda yuksak aql egasi bòlishi uchun homilador ayollarimiz shifokor maslahati bilan yod qabul qilishi kerak.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
4👍1🔥1
Muskullar qanday ish bajarishi haqida qisqa fakt rasmda✏️

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir

@endocrinoo
👏51👍1🔥1
Juma muborak 🌙

@endocrinoo
👍31
Huddi shu bugun
2015-yil kechki soat 20:00 - 21:00 lar atrofida.

U paytlar imtihon javobini bilishni 2 usuli boʻlgan. Institutga borib koʻrib kelasiz (olomon ichida qogʻozlargacha boʻlgan masofani kesib oʻtish)

2-usul internet saytiga kirasiz va qayta qayta DTM raqamingizni terasiz. 20 30 talab urinishlar orasida ishlab ketadi sayt.

Toʻsatdan bir urinishim muvaffaqiyatli chiqdi va sayt menga natijamni koʻrsatdi.

Qaysi kunda yana qayta yashagan boʻlardingiz deyishsa xozircha shu kunni aytardim.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍18🏆42👏1🎉1
#hazil_time

Shokolad yomgʻiri yogʻsa nima qilardingiz?

@endocrinoo
😁85🥰1
Bolalar semizligi sababli qanday kasalliklar kelib chiqadi.
Barchasi rasmda ☝️☝️☝️

@endocrinoo
👏1
#afsona

Uy non zararli ekanini aytganizdan beri novvoy non yeyapman doktor.

@endocrinoo
😁10👏1
Chaqaloq tugʻilgan payti yuragining qorinchalari devorida oval teshik boʻladi. Bola tugʻilib baqirib yigʻlagan payt yopilib ketadi. Agar yopilmasa bu yurak nuqsoni (porok) deyiladi.

@endocrinoo
👍8🔥3👏1