Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Sinkning yana bir mexanizmni bu insulinni "eshitish"

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Bilamizki insulin glukozani hujayraga kiritish vazifasini bajaradi.
Bu jarayonda hujayralarda insulin sezuvchi retseptorlarga duch keladi.

Insulin oʻzi bilan "olib kelgan" glukozani ichkariga kiritish uchun "eshikni taqillatadi"
Aynan shu taqillatiladigan 1ta eshikni sink ochadi. Deylik sizda sink yetarli boʻlmasa "qoʻngʻiroq javobsiz" qoladi.
Bechora insulin va glukoza qonda qolaveradi

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍42
#asorat

Diabetik retinopatiyaning statistikasi

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

2020 yilda dunyo bo‘ylab 1,07 million odam diabetik retinopatiya tufayli ko‘r bo‘lgan, shuningdek, 3,28 million odamda o‘rtacha yoki og‘ir darajadagi ko‘rish buzilishi (MSVI) qayd etilgan .

Boshqa manba bo‘yicha, 2010 yilda diabetik retinopatiya sababli 833,690 kishi ko‘r bo‘lgan va 3,7 million kishi ko‘rishda muammo yuzaga kelgan .

2010-2015 yillarda bu ko‘rsatkichlar ko‘tarilgan: ko‘rlik tahdidi 7.7%, ko‘rish buzilishi 28.6% ga oshgan .

2010 yilda taxminan 93 million odamda diabetik retinopatiya (DR), ulardan 28 millionda ko‘rishga jiddiy ta’sir etadigan darajalar aniqlangan .

Natija: Diabetik retinopatiya dunyo bo‘ylab ko‘rish muammolarining muhim sababidir — millionlab odamlar ko‘rlikka, yana ko‘plari esa og‘ir ko‘rish buzilishiga duchor bo‘ladi.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dietolog bilan dietologik blits.

"Online king" meni eng sevimli podkastlarimdan

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍21🔥1😁1
#hazil_time

Oʻta ogʻir bemorimiz😂

@endocrinoo
😁131
Yod ichishni qachon boshlaysiz?

O‘zbekiston hududi tuprog‘ida, yer osti va ichimlik suvida yod miqdori kamligi sababli aholi o‘rtasida yod tanqisligi boshqa hududlarga nisbatan yetakchilik qiladi. Qisqasi, bizning hudud endemik buqoq zonasi ҳисобланади. Тупроқ va suvdagi yod miqdorini kamligi o‘simliklar tarkibida ham o‘z aksini topadi.

Yod — qalqonsimon bez gormonlarini asosi hisoblanadi. Uning yetishmasligi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Organizmda yod tanqisligi belgilari:
• doimiy charchoq hissi
• immunitetni pastligi
• tanada shishlar paydo bo‘lishi
• menstrual siklni buzilishi
• anemiya
• sababsiz semirish
• gipotoniya (qon bosim pastligi)
• intellekt va qabul qilishni susayib ketishi, diqqatni jamlay olmaslik
• bepushtlik, impotensiya

Yod tanqisligini bartaraf qilishni 3 ta yo‘li bor:
1. Yod preparatlarini ichish. Bu eng maqbul yo‘li hisoblanadi.
2. Yod elementiga boy mahsulotlar: dengiz mahsulotlari, dengiz balig‘i, dengiz karami va o‘tlarini ko‘p-ko‘p iste’mol qilish. Bu qimmatroq va yod preparatlarichalik effekt bermaydi.
3. Faqat yodlangan tuzlardan foydalanish.

📌 yod tanqisligi bilan og‘rigan bemorlarga yodni folat kislota va selen bilan qabul qilish yuqori samara beradi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍31
#asorat

Dunyo bo‘ylab diabetga bog‘liq oyoq amputatsiyasi statistikasi

Har 20 soniyada butun dunyo bo‘yicha bir pastki oyoq amputatsiyasi diabet tufayli amalga oshiriladi.
Boshqa manbaga ko‘ra esa, bu ko‘rsatkich 15 soniyada bir amputatsiya deyiladi .

85 % diabetga bog‘liq amputatsiyalarning tibbiy ko‘rsatma yoki qaror oldingi oyoqlarda yaralar (foot ulcers) mavjudligi bilan bog‘liq-diabet oyoq yiringlanishi (DFU) holati aniqlanadi .

Foot ulcerga ega bemorlarning 15–20 %i nihoyat amputatsiyaga tushadi.

Boshqa manbalarda bu ko‘rsatkich 5–10 % o‘rtasida, ayrim hollarda esa 25 %gacha yetishi mumkinligi qayd etilgan .

Yillik global ko‘rsatkich sifatida: har yili taxminan 600 000ta amputatsiya dunyo bo‘yicha ro‘y bermoqda .

AQShda: yiliga har 100 000 diabetik bemor orasida 12–40ta amputatsiya bajariladi.

Shuningdek, diabet bemorlari bo‘lmaganlara nisbatan pastki oyoq amputatsiyasi ehtimoli 15–40 barobar ko‘proq

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Giperandrogeniya

Ayollarda erkaklik gormonlari miqdori ortishi. Normada ayollarda ham erkaklik gormoni mavjud va turli holatda oʻzgarib turadi.

Kelib chiqish sabablari:

Buyrak usti bezi oʻsmasi - androgen sintezlovchi : kortikosteroma,mikroadenoma.

Buyrak usti bezining tugʻma disfunksiyasi (oʻsma boʻlmagan)

Tuhumdon oʻsmalari - erkaklashtiruvchi oʻsma ham deyiladi. Bularga tekoma,androblastoma,granulyoz oʻsma,Sertoli-Leydig hujayra oʻsmasi,lipid hujayrali oʻsma.

Oʻsma boʻlmagan tuhumdon sabablari- sindrom tuhumdon polikistozi,stromal giperketoz(stromal tekomatoz)

Shuningdek Itsenko-Kushing,nerv anoreksiyasi,semizlik sababli ham ortadi.

Klinik belgilari:
Girsutizm (tuklanish ortishi)
Alopetsiya (soch toʻkilishi)
Akne yuzlarda
Ovoz tembri oʻzgarishi (erkaklarga xos)
Hayz sikli buzilishi
Bepushtlik
Abdominal semizlik,qon bosimi ortishi,dislipidemiya.

Diagnostika:
Tashqi koʻruv - akne, girsutizm, alopetsiya, hayz sikli buzilishi.

Fizikal tekshiruv- tana vazn indeksi,bel,qorin aylana. Ginekolog koʻrik.

UTT- kichik chanoq aʼzolari,tuhumdon.
MRT-buyrak usti bezi, gipofiz.

Laborator tekshiruvlar - LG , FSG , TTG , Prolaktin, Testosteron, erkin Androgenlar miqdori.

Davolash endokrinolog bilan boʻladi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
1
Ferriman Galvey shkalasi orqali girsutizm (ayollarda erkaklarga xos tuklanish,soqol,mo'ylov chiqishi) ni aniqlash usuli

Ushbu 9ta soxadagi tuklanishga asosan baholanadi

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2🥰1
EKG va EXOKG farqi nima va qachon qilinishi kerak ?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

EKG qachon qilinishi kerak?

▪️ Ko'krak qafasida ogʻriq, sanchish hissi paydo bo'lsa va u nafas olishni qiyinlashtirsa
▪️ Yurak aqldan ozgandek urganda yoki "to'xtaganda".
▪️ Bosh aylanishi, hushidan ketish.

▪️ Qancha muddatda EKG qilib turish kerak? 40 yoshdan keyin yilda bir marta yoki shifokor tomonidan belgilab qo'yilgan vaqtda.

Exokardiyografiyani qachon qilish kerak?
▪️ Yurak shovqini (shifokor stetoskop bilan eshitganda).
▪️ Nafas qisilishi, oyoqlarning shishishi (yurak etishmovchiligi bo'lishi mumkin).
▪️ Yurak xurujidan keyin yoki gipertoniya bilan.

▪️ Qancha muddatda qilish kerak ? Faqat ko'rsatma bo'yicha! Masalan, surunkali kasalliklar uchun yiliga bir marta.

💡 Esda tuting:
- EKG "ritm va elektr impulslari" haqida maʼlumot beradi
- ExoKG - "qonning tomir tuzilishi va oqimi" haqida maʼlumot beradi.

Ikkala usul ham bir-birini to'ldiradi, lekin bir-birini almashtirmaydi!

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2
Uzoq vaqt vitamin "D" yetishmasligi quyidagi kasalliklar rivojlanish xavfini oshiradi:

• qandli diabet
• gipertoniya
• semizlik
• surunkali yallig'lanish
• suyak-mushak tizimi kasalliklari
• onkologik kasalliklar
• skleroz
• psoriaz
• og'ir yuqumli kasalliklar
• insult
• miokard infarkti

Quyoshli (yoz faslida) kunlarda vitamin "D" qabul qilishni tekin usuli quyosh ostida kamida 15 daqiqadan 1,5 soatgacha tanani katta qismini ochib yurish. Ertalab soat 10:00 gacha va 17:00 dan keyin toblanish tavsiya qilinadi.

Yeguliklardan: treska balig'i jigarini yog'i, qo'ziqorin, mol jigari, tuhum, sut mahsulotlari asosiy manbalari hisoblanadi.

@endocrinoo
👍31🥰1
#hazil_time

Nega aynan maktablarda jinsiy tarbiya darsi kerak deb oʻylaysiz?

Yaqinda yangi oila qurgan yoshlar qabulimga keldi. Qiz 18 yosh yigit 20 yosh edi. Ulardagi shikoyat ayoli homilador boʻlib qolganiga edi. Ular hozir farzandni reja qilishmagan va shu sabab farzand boʻlishidan saqlovchi ( kontraseptiv) ishlatishgan. Lekin negadir ayoli homilador ekan. Surishtirganimda dorini erkak ichgani ayon boʻldi. 😂😂😂

@endocrinoo
😁23
#asorat

Har 21 sekundda yangi qandli diabet bilan kasallanish sodir boʻladi
Va ular quyidagi asoratlar bilan og'riydi☝️☝️☝️☝️

Insult - xar 12 daqiqada

Koʻrlik - xar 90 daqiqada

Infarkt - xar 19 daqiqada

Gemodializ - xar 90 daqiqada

Amputatsiya ( azo kesilishi ) - xar 19 daqiqada

Befarq boʻlmang

@endocrinoo
👍3🔥2
3 soatlik aql tishni olish jarayoni muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Endi davomi mini operatsiya shaklida viloyat stomatologiya markazida kechishi kutilmoqda. Sizlardan duo so'rayman oʻzim uchun. Xech bir banda hastalikdan ixotalangan emas.

Rahmat ❤️

@endocrinoo
12🔥1
168-14-0-F_25.pdf
623.9 KB
Toshkent shahar hokimi 18 yoshgacha bo‘lgan qandli diabetli 770 nafar bola uchun flakonli insulin xaridiga 200 million so‘m ajratish haqida farmoyish imzolabdi.

© lazizhamidov

@endocrinoo
👍7🔥32
Yaxshi habar ham bor albatta.

Xayrulla Hamidovning Suyanchiq kitobi endi menda ham bor.

Sherlaringiz endi yonimda https://t.me/xayrulla_hamidov

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👏72🔥2🥰1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muskullar qanday ish bajarishi haqida qisqa fakt videoda✏️

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
4👍3🔥1
Endokrinolog xonasi qanday standartta boʻlishi kerak?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Afsuski oʻzbek manbalarda bu haqida kerakli va yetarli maʼlumot yoʻqligi sababli Rossiyaning Приказ № 899н (2012–yil 12 noyabr) va Приказ № 104н (2023–yil 13 mart)** hamda SanPiN 2.1.3678-20 talablari asosida. Quyida me’yorlarni umumiy qayd etib o‘taman:

1. Xona maydoni
Kirish 12m² , agar 100 tadan ortiq bemor kuniga qabul qilinsa unda alohida kutish zali ham kerak.

Qabul xonasi- 12 m² kattalar uchun
14 m² bolalar uchun

Diabetik oyoq xonasi 16 m²
Retinopatiya xonasi 17 m²
Diabet maktabi 10 m²

Agar kuniga 50+ bemor qabul qilinsa hodimlar va bemorlar uchun hojatxona ham boʻlishi kerak

Davomi bor...👇👇👇
2👍2🔥1
Endokrinolog xonasi standartlari haqida davomi...

2. Muhandislik va sanitariya

Suv va kanalizatsiya : markaziy tizimga ulangan issiq va sovuq suv. Suyuq sovun va sochiq.

Ventilyatsiya:
qabul xonasini har soatda shamollatish

Yorugʻlik:
asosiy maydon uchun 300 luks
Ish joyi va jarrohlik joyi 500-1000 luks
Hojatxona 150-250 luks

Iqlim sharoitlari:
Asosiy xona +20 +27 C⁰
Jarrohlik xonasi +22 +26
Nisbiy namlik 50-65 %

Materiallar
Pol uchun keramika yoki linoleum

3. Jihozlar
shifokor va hamshiraga alohida ish joyi, bemor stuli, konsultatsiya stoli, kompyuter (printer va skaner bilan), shkaf (hujjat va dorilar uchun) .

O‘lchov asboblari: bo‘yi o‘lchagich, santimetr lenta, tonometr, termometr .

Endokrinologik jihozlar: glukometr (test yaproqlari bilan), nevrologik o‘lchov asboblari (monofilament, kamerton)

4. Hodimlar shtat meʼyorlari

Rossiya talablari bo‘yicha:

Shifokor-endokrinolog — har 20 000 (shahar) yoki 15 000 (qishloq) aholi uchun bir shifokor.

Hamshira — har bir shifokorga bitta hamshira

Manba АНО ДПО

Меддентекс

📝Tayyorladi: Endokrinolog Fayzullayev Jahongir

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2🔥21
Soch toʻkilishi va oqarishi haqida yozilgan malumotlarni jamlab qoʻysam oson boʻladi oʻqishga deb oʻyladim.

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3🔥1