Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
#hazil_time

Oyiga 3000 $ topishni xoxlaysizmi? Unda kuniga 100$ toping degandek gapda😂

Men shunda (rasmda) qorinboy boshliq bilan yonma yon mashq qilmayman. Xansirashi , uzoqdan chiyillib chiqadigan nafasi menga yoqmaydi😁

@endocrinoo
😁15👍2
#analiz #bepushtlik

Erkin va bogʻlangan testosteron haqida. Farqi va amaliy ahamiyati.

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

🧪 Testosteronning ikki asosiy shakli: Bogʻlangan va erkin

⚠️Bog‘langan testosteron (bound testosterone):

Qonda aylanayotgan testosteronning katta qismi (98–99%) oqsillarga bog‘langan holatda bo‘ladi:
Asosan SHBG (Sex Hormone-Binding Globulin) degan oqsilga.

Qisman albumin degan oqsilga.

Bu bog‘langan testosteron biologik jihatdan faol emas, ya’ni hujayralar ta’siriga kira olmaydi.

⚠️Erkin testosteron (free testosterone):

Testosteronning faqat 1–2% qismi erkin holatda bo‘ladi.

Biologik faol shakl: aynan shu qismi tanadagi barcha gormonli faollikni (libido, mushak massasi, energiya, kayfiyat, ereksiya, sperma ishlab chiqarish) boshqaradi.

Bu — eng muhim indikator.

📊 Qon tahlilida bu qanday ko‘rsatiladi?

Total testosteron (umumiy) – bog‘langan + erkin testosteronning yig‘indisi.

Free testosterone – faqat erkin, faol qismi (odatda pg/mL yoki ng/dL ko‘rinishida).

SHBG – testosteronni bog‘lab turuvchi oqsil. SHBG ko‘paysa, erkin testosteron kamayadi.

Davomi bor...👇👇👇

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👏21
Davomi...☝️

👨‍⚕️ Tashxis va davolashda qanday ahamiyatga ega?

Agar sizda testosteron yetishmovchiligi alomatlari (charchoq, libido yo‘qolishi, erektsiya muammolari, kayfiyat tushkunligi) bo‘lsa, faqat umumiy testosteron emas, balki erkin testosteron va SHBG darajasini ham tekshirish kerak.

Ba’zi odamlar umumiy testosteron normada bo‘lsa ham, erkin testosteron yetishmaydi — bu holatda shifokor noto‘g‘ri xulosa chiqarsa, davolash o'tkazib yuborilishi mumkin.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2👏1
Nega bolalar oʻsish zonasi erta yopilmoqda

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Hozirda 2011 , 2012 yil bolalarda o'sish zonasi yopiq holatlar aaanchagina. Nega bunday boʻlmoqda?

1.Erta balogʻat. Ayollarda 8 va erkaklarda 9 yoshdanoq balogʻatga yetish holatlari boshlanmoqda. Epifizial plastinkalar 2–4 yil ichida erta yopiladi va oʻsish to'xtaydi.

2.O'sish plastinkasi eskirishi. Erta balogʻat sababli plastinka suyaklanib qolmoqda.

3.Yuqori vazn, semizlik va leptinning yuqori koʻrsatkichlari. Bular ham erta balogʻatga olib keladi.

4.Yetarli ovqatlanmaslik. Natijada mikronutrientlar defitsiti paydo boʻladi.

5.Toksinlar va iflos atrof muhit. Muhitdagi bakteriya, zamburugʻ, ogʻir metallar va sanoat chiqindilari.

6.Ayrim genetik kasalliklar va dorilar.
Masalan Turner sindromi, Axondroplaziya. Yuqori dozadagi A vitamini ham nojoʻya taʼsir qiladi

Kanalga aʼzo
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
2👍2👏1
#analiz #bepushtlik

Spermogramma analiz qanday holatda topshiriladi

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Spermogramma analizi topshirish — juda muhim va mas’uliyatli jarayon. To‘g‘ri natija olish uchun oldindan tayyorgarlik va to‘g‘ri holatda topshirish juda muhim.

🧑‍⚕️ Spermogramma topshirishdan oldingi tayyorgarlik:

🖇Jinsiy aloqadan voz kechish:

🖇Kamida 2 kun, ko‘pi bilan 7 kun jinsiy aloqa qilmaslik lozim.
Ideal davr: 3–5 kun.

🍺Spirtli ichimliklar ichmaslik – 3-5 kun oldin to‘xtatish tavsiya etiladi.

💊Dorilar:

Ba’zi dorilar spermaga ta’sir qiladi. Agar doimiy dori ichsangiz, shifokorga xabar bering.

🔥Issiqlikdan saqlanish:

Sauna, hammom, issiq vannadan voz keching (kamida 1 hafta oldin).

🦠🩻Kasalliklar:

O‘tkir infeksiyalar, isitma, gripp yoki shamollash spermaga ta’sir qilishi mumkin.Shu paytda spermogramma topshirmaslik tavsiya etiladi.

🧪 Analiz topshirish holati (sharoiti):
1. Maxsus laboratoriyada yoki klinikada:

🏥Odatda klinikada maxsus xona ajratiladi.

🧼Erkak masturbatsiya orqali spermani maxsus steril idishga yig‘adi.
Bu eng xavfsiz va aniq usul.

🏠2. Uyda topshirish mumkinmi?

Ba’zi laboratoriyalar uyda yig‘ib olib kelishga ruxsat beradi, ammo:

Steril idishga to‘plash kerak;

🕒30–60 daqiqa ichida laboratoriyaga yetkazish lozim;

🔥❄️Spermani issiqda yoki sovuqda saqlamaslik zarur (tanaga yaqin haroratda olib borish).

3. Namuna olish paytida:

Eyakulyatsiya to‘liq bo‘lishi kerak;

Idishga hamma suyuqlik to‘kilganiga ishonch hosil qiling (ayniqsa birinchi tomchilari juda muhim);

Mavjud muammolar (erektsiya, yig‘ishdagi qiyinchilik) bo‘lsa, laboratoriya xodimiga ayting.

❗️Muhim:

Analizni kamida 2 martadan qilish tavsiya etiladi (har 2-3 haftada), chunki sperma sifati vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin.

Har safar xuddi shu tayyorgarlik shartlariga amal qilish kerak.

Qon taxlillari uchun esa eslatma mavjud, oʻqib chiqasiz.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍32👏1
#hazil_time

Sezasizmi siz ham 😄

@endocrinoo
😁10🔥1
#analiz #bepushtlik

Kryuger usuli nima?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Kryuger usuli (Kruger strict morphology criteria) — bu spermatozoidlarning morfologiyasini (tuzilishi va shaklini) baholaydigan qat’iy mezonlarga asoslangan tahlil usuli.Bu usul 1980-yillarda Janubiy Afrikalik olim Thinus Kruger tomonidan ishlab chiqilgan.

🔬 Kryuger usuli asosida spermogramma baholashda nimalar o‘rganiladi?

Spermatozoidlarning morfologiyasi:

Bosh qismi (normal shakl, o‘lcham va simmetriya),

Bo‘yin (yoki bo‘g‘in) qismi,

Dum (qorinchasi).

Normal morfologiyali spermatozoidlar foizi:

Kryuger usuli juda qat’iy: normal shakldagi spermatozoidlar foizi 4% yoki undan yuqori bo‘lishi kerak.

Agar bu ko‘rsatkich <4% bo‘lsa, bu teratozoospermiya (shakliy nuqsonli spermatozoidlar) deb hisoblanadi

Analizga qanday holatda borish haqida ham yozganman

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍42🔥1
Juma muborak 🌙

@endocrinoo
6👍2🔥1🎉1
10 yil avval huddi shu kuni davlat imtihonlarida edik.
Hamma bir kunda imtihonga kiradigan paytlar. Olomon ichida hamma ichkariga intilgan paytlar.

Huddi shu vaqtlar qoq abet. Imtihondan chiqdim va juda katta ishonch bilan grant boʻldi deb. Alhamdulillah natija kutilganidek boʻlgandi.

Umr esa oqar daryodek oqmoqda.

@endocrinoo
🔥7👍4👏32🎉1
Pul uchunmi yoki sogʻlik uchun ?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Tanishing KRISTIAN BEYL.

Kinodagi rollari uchun vaznni jiddiy oʻzgartirish ustasi. 55 kg -----> 102 kg
102 kg ----> 62 kg

Ayni kunda uning BETMEN MUQADDIMA kinosini koʻryapman. Dunyo reytingida 10 likda turuvchi BETMEN QORA RITSAR ning 1-qismi.

Aktyor pul uchun, kino sanʼati uchun vaznni boshqargan bir paytda siz sogʻligʻingiz uchun ozishni eplay olmaysizmi ?

@endocrinoo
👍5👏2🔥1
Qandli diabetda parxez uchun tavsiyalar

Dori vositasi tasir qilishi uchun albatta parxez boʻlishi shart

@endocrinoo
👍3
#hazil_time

Qarilik qachondan boshlanadi.
Endi siz dugonangiz bilan yigitlar haqida emas davolovchi shifokoringiz haqida gaplashishni boshlagandan 😁

@endocrinoo
😁121🔥1
Saqlab_qoʻying 📌

Ozish uchun eng samarali ta'sir ko‘rsatuvchi mahsulotlar ro‘yxati

1. Sut mahsulotlari 11. Apelsin
2. Zanjabil 12. Bodom
3. Karam 13. Yerqalampir
4. Bodring 14. Loviya
5. Dolchin (koritsa) 15. Kokos suti
6. Greypfrut 16. Ananas
7. Ko‘k choy 17. Papayya
8. Suv 18. Olma
9. Malina 19. Nok
10. Xantal 20. Suli yormasi

@endocrinoo
👍4
📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Feoxromotsitoma-aktiv gormon (katexolaminlar) ajratuvchi buyrak usti bezi magʻiz qavati oʻsmasi.

Kechishi:
•Simptomsiz
•Yaqqol

Darajasi:
•Yengil
•Oʻrta ogʻir
•Ogʻir

Yengilda - kam simptomlar bilan namoyon boʻladi va bazan kriz beradi.
Oʻrta ogʻir - tez tez kriz beradi lekin asorat rivojlanmagan.
Ogʻir - yurak , buyrak , meda osti bezi asoratlari shakllanadi.

Simptomlar:
°Kuchli terlash
°Puls tezligi
°Arterial gipertenziya
°Qaltirash,psixik diskomfort

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kino

Betmen - Muqaddima

Reytingi: IMDB 8.2 KP 7.9

Yoqimli tomosha 🎥

@endocrinoo
#asorat

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Qandli diabet (QD) — terida bir qator o‘zgarishlar va kasalliklar rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Asosan glukoza yuqoriligi, qon aylanishining buzilishi, immunitetning sustlashuvi va asab tizimining shikastlanishi bilan bog‘liq.

🔍 Qandli diabetda teriga ta’sir qiluvchi asosiy holatlar:

1. Bakterial infeksiyalar (immunitetning pasayishi bilan bog‘liq)

Furunkul, karbunkul — soch follikulalarining yallig‘lanishi

Sellulit — teri osti to‘qimalarining infeksiyasi

Eritrazma — korinebakteriyal infeksiya

Paronixiya — tirnoq atrofidagi yallig‘lanish

Abseslar — yiringli yallig‘lanish

2. Zamburug‘li (fungal) infeksiyalar

Kandidoz: ayniqsa qin, og‘iz bo‘shlig‘i, teri burmalarida (qorinda, qo‘ltiqda)

Tinea pedis/manus (oyoq va qo‘llarning qo‘ziqorin kasalligi)

Onixomikoz — tirnoqlarning qo‘ziqorin bilan zararlanishi

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
2👍2