Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Bu rasmni chatgptda yasadim.

Manosi: hozir semirar ekansiz kelajakda sizni divandagi kelajak kutadi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👏10💯1
Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki 1 yil davomida vitamin D istemol qilish TESTOSTERON darajasini 20% ga oshirsa ( 2010-yilda Avstriyada o'tkazilgan tajriba), 3 oy davomida sink ( rux ) preparati istemoli 90% ga TESTOSTERONNI oshiradi(1996-yil Amerikada o'tkazilgan tajriba)

@endocrinoo
👍4
Sizni kelajakda qandli diabet kutmoqda. Agar...

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Sizni kelajakda diabet kutmoqda agar sizda insulinrezistentlik belgilari mavjud boʻlsa. Bular nimalar?

1)Qorin aylanasi ortishi
------Erkaklarda 94 smdan
------Ayollarda 80 smdan
2)Boʻyin, qoʻltiq va boshqa sohalarda papillomalar paydo boʻlishi
3)Boʻyin va boshqa bukiluvchi sohalarda qorayish( acantosis nigricans) boʻlishi
4)Qon bosimi ortishi (giperxolesterinemiya)
5)Vazn ortib borishi (semizlik)

Bu belgilar sizda yaqin kelajakda ( uzogʻi bilan 10-20 yilda) qandli diabet yuzaga kelishi haqida JIDDIY SIGNALDIR.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🔥21
Misr Prezidenti Husni Muborak kasal bo‘lib qoldi va Olmoniyaga davolashga olib borildi. Davolovchi shifokor hamkasbiga dedi:

«Bu Misr hukmdori, 30 yildan beri ulkan davlatni boshqaradi». Hamkasbi javob berdi: «Qallob Prezident ekan».

Shifokor hayron bo‘lib, so‘radi: «Axir, sen uni bilmasang, tanimasang, nega bunday deysan?»

Bu gapga javoban hamkasbi dedi:

«30 yil davlat tepasida turib, davolansa bo‘ladigan bir tibbiyot, bir kasalxona qurmabdi…».

@endocrinoo
👍8😁71
💉 Insulin turlari: Loyqa va Tiniq insulinlar

Loyqa insulinlar:
● Loyqa insulinlar, odatda, o‘rta muddatli yoki aralash insulinlar guruhiga kiradi.
● Ko‘rinishi: Oqish yoki sutdek loyqa ko‘rinishga ega.
● Tarkibi: Odatda o‘rta muddatli va qisqa ta'sirli insulinlarni aralashtirish orqali hosil qilinadi.
● Misol: NPH (Neutral Protamine Hagedorn) insulin.
● Qo‘llashdan oldin: Har foydalanishdan oldin shishani yaxshilab chayqash kerak, chunki tarkibi quyi qismga cho‘kadi.

Tiniq insulinlar:
● Tiniq insulinlar, odatda, tez ta'sirli yoki uzoq muddatli insulinlar guruhiga kiradi.
● Ko‘rinishi: Toza va tiniq, suvdek ko‘rinishda bo‘ladi.
● Turlari:
  - Tez ta'sirli: Lispro, Aspart kabi insulinlar. Ular ovqatdan oldin qonda glyukoza darajasini tezda tushirish uchun ishlatiladi.
  - Uzoq muddatli: Glargin yoki Detemir kabi insulinlar. Bu insulinlar bir martalik inyeksiyada uzoq vaqt davomida ishlaydi.
● Qo‘llashdan oldin: Qo‘shimcha tayyorlash yoki chayqash talab qilinmaydi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4🔥1
Semizlik anemiyani (kamqonlik) birinchi sababi

Amerikada oʻtkazilgan tadqiqotlarda ortiqcha tana vazniga ega boʻlgan bolalar va oʻsmirlarda normal tana vazniga ega boʻlganlarga nisbatan plazmadagi temir miqdori normadan 2 barobar past boʻlgan.

Sabablari:
1. Alimentar yetishmovchilik. Semizlikda ichaklarda temirni yaxshi soʻrilmasligi.
2. Tana massasini ortishi, qon miqdorini oshishiga olib keladi, bu esa plazmadagi temir konsentratsiyasini kamayishiga olib keladi.
3. Semizlikda yogʻ toʻqimalarida koʻplab kichik yalligʻlanish oʻchoqlari paydo boʻladi. Yalligʻlanishga javoban makrofaglarni koʻplab safarbar etilishi ham temir taqchilligiga olib keladi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Qonda qand miqdori tushib ketishi sabablari

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
Bolalar semizligi

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Statistikaga koʻra 2016-yilda dunyoda 5 yoshgacha boʻlgan 41 mln bolada va 5 yoshdan 19 yoshgacha boʻlgan 340 million bolada ortiqcha vazn va semizlik mavjud edi.

Toshkentda bolalar orasida 7.6% ortiqcha vazn va 4.1% semizlik kuzatilgan.

Semiz bolalar UTT hulosasiga koʻra 25-45% qismida jigarni yogʻ bosishi aniqlangan.

Semizlik sabablari esa rasmda☝️

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hind filmlarida qandaydir sexr bor.
Beixtiyor oʻziga tortadi, majbur qiladi.

Qarimas Shohruhxon va betakror Kajol.

@endocrinoo
7👍7🔥2😁2👏1
#hazil_time

Oyiga 3000 $ topishni xoxlaysizmi? Unda kuniga 100$ toping degandek gapda😂

Men shunda (rasmda) qorinboy boshliq bilan yonma yon mashq qilmayman. Xansirashi , uzoqdan chiyillib chiqadigan nafasi menga yoqmaydi😁

@endocrinoo
😁15👍2
#analiz #bepushtlik

Erkin va bogʻlangan testosteron haqida. Farqi va amaliy ahamiyati.

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

🧪 Testosteronning ikki asosiy shakli: Bogʻlangan va erkin

⚠️Bog‘langan testosteron (bound testosterone):

Qonda aylanayotgan testosteronning katta qismi (98–99%) oqsillarga bog‘langan holatda bo‘ladi:
Asosan SHBG (Sex Hormone-Binding Globulin) degan oqsilga.

Qisman albumin degan oqsilga.

Bu bog‘langan testosteron biologik jihatdan faol emas, ya’ni hujayralar ta’siriga kira olmaydi.

⚠️Erkin testosteron (free testosterone):

Testosteronning faqat 1–2% qismi erkin holatda bo‘ladi.

Biologik faol shakl: aynan shu qismi tanadagi barcha gormonli faollikni (libido, mushak massasi, energiya, kayfiyat, ereksiya, sperma ishlab chiqarish) boshqaradi.

Bu — eng muhim indikator.

📊 Qon tahlilida bu qanday ko‘rsatiladi?

Total testosteron (umumiy) – bog‘langan + erkin testosteronning yig‘indisi.

Free testosterone – faqat erkin, faol qismi (odatda pg/mL yoki ng/dL ko‘rinishida).

SHBG – testosteronni bog‘lab turuvchi oqsil. SHBG ko‘paysa, erkin testosteron kamayadi.

Davomi bor...👇👇👇

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👏21
Davomi...☝️

👨‍⚕️ Tashxis va davolashda qanday ahamiyatga ega?

Agar sizda testosteron yetishmovchiligi alomatlari (charchoq, libido yo‘qolishi, erektsiya muammolari, kayfiyat tushkunligi) bo‘lsa, faqat umumiy testosteron emas, balki erkin testosteron va SHBG darajasini ham tekshirish kerak.

Ba’zi odamlar umumiy testosteron normada bo‘lsa ham, erkin testosteron yetishmaydi — bu holatda shifokor noto‘g‘ri xulosa chiqarsa, davolash o'tkazib yuborilishi mumkin.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2👏1
Nega bolalar oʻsish zonasi erta yopilmoqda

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Hozirda 2011 , 2012 yil bolalarda o'sish zonasi yopiq holatlar aaanchagina. Nega bunday boʻlmoqda?

1.Erta balogʻat. Ayollarda 8 va erkaklarda 9 yoshdanoq balogʻatga yetish holatlari boshlanmoqda. Epifizial plastinkalar 2–4 yil ichida erta yopiladi va oʻsish to'xtaydi.

2.O'sish plastinkasi eskirishi. Erta balogʻat sababli plastinka suyaklanib qolmoqda.

3.Yuqori vazn, semizlik va leptinning yuqori koʻrsatkichlari. Bular ham erta balogʻatga olib keladi.

4.Yetarli ovqatlanmaslik. Natijada mikronutrientlar defitsiti paydo boʻladi.

5.Toksinlar va iflos atrof muhit. Muhitdagi bakteriya, zamburugʻ, ogʻir metallar va sanoat chiqindilari.

6.Ayrim genetik kasalliklar va dorilar.
Masalan Turner sindromi, Axondroplaziya. Yuqori dozadagi A vitamini ham nojoʻya taʼsir qiladi

Kanalga aʼzo
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
2👍2👏1
#analiz #bepushtlik

Spermogramma analiz qanday holatda topshiriladi

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Spermogramma analizi topshirish — juda muhim va mas’uliyatli jarayon. To‘g‘ri natija olish uchun oldindan tayyorgarlik va to‘g‘ri holatda topshirish juda muhim.

🧑‍⚕️ Spermogramma topshirishdan oldingi tayyorgarlik:

🖇Jinsiy aloqadan voz kechish:

🖇Kamida 2 kun, ko‘pi bilan 7 kun jinsiy aloqa qilmaslik lozim.
Ideal davr: 3–5 kun.

🍺Spirtli ichimliklar ichmaslik – 3-5 kun oldin to‘xtatish tavsiya etiladi.

💊Dorilar:

Ba’zi dorilar spermaga ta’sir qiladi. Agar doimiy dori ichsangiz, shifokorga xabar bering.

🔥Issiqlikdan saqlanish:

Sauna, hammom, issiq vannadan voz keching (kamida 1 hafta oldin).

🦠🩻Kasalliklar:

O‘tkir infeksiyalar, isitma, gripp yoki shamollash spermaga ta’sir qilishi mumkin.Shu paytda spermogramma topshirmaslik tavsiya etiladi.

🧪 Analiz topshirish holati (sharoiti):
1. Maxsus laboratoriyada yoki klinikada:

🏥Odatda klinikada maxsus xona ajratiladi.

🧼Erkak masturbatsiya orqali spermani maxsus steril idishga yig‘adi.
Bu eng xavfsiz va aniq usul.

🏠2. Uyda topshirish mumkinmi?

Ba’zi laboratoriyalar uyda yig‘ib olib kelishga ruxsat beradi, ammo:

Steril idishga to‘plash kerak;

🕒30–60 daqiqa ichida laboratoriyaga yetkazish lozim;

🔥❄️Spermani issiqda yoki sovuqda saqlamaslik zarur (tanaga yaqin haroratda olib borish).

3. Namuna olish paytida:

Eyakulyatsiya to‘liq bo‘lishi kerak;

Idishga hamma suyuqlik to‘kilganiga ishonch hosil qiling (ayniqsa birinchi tomchilari juda muhim);

Mavjud muammolar (erektsiya, yig‘ishdagi qiyinchilik) bo‘lsa, laboratoriya xodimiga ayting.

❗️Muhim:

Analizni kamida 2 martadan qilish tavsiya etiladi (har 2-3 haftada), chunki sperma sifati vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin.

Har safar xuddi shu tayyorgarlik shartlariga amal qilish kerak.

Qon taxlillari uchun esa eslatma mavjud, oʻqib chiqasiz.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍32👏1
#hazil_time

Sezasizmi siz ham 😄

@endocrinoo
😁10🔥1
#analiz #bepushtlik

Kryuger usuli nima?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Kryuger usuli (Kruger strict morphology criteria) — bu spermatozoidlarning morfologiyasini (tuzilishi va shaklini) baholaydigan qat’iy mezonlarga asoslangan tahlil usuli.Bu usul 1980-yillarda Janubiy Afrikalik olim Thinus Kruger tomonidan ishlab chiqilgan.

🔬 Kryuger usuli asosida spermogramma baholashda nimalar o‘rganiladi?

Spermatozoidlarning morfologiyasi:

Bosh qismi (normal shakl, o‘lcham va simmetriya),

Bo‘yin (yoki bo‘g‘in) qismi,

Dum (qorinchasi).

Normal morfologiyali spermatozoidlar foizi:

Kryuger usuli juda qat’iy: normal shakldagi spermatozoidlar foizi 4% yoki undan yuqori bo‘lishi kerak.

Agar bu ko‘rsatkich <4% bo‘lsa, bu teratozoospermiya (shakliy nuqsonli spermatozoidlar) deb hisoblanadi

Analizga qanday holatda borish haqida ham yozganman

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍42🔥1
Juma muborak 🌙

@endocrinoo
6👍2🔥1🎉1
10 yil avval huddi shu kuni davlat imtihonlarida edik.
Hamma bir kunda imtihonga kiradigan paytlar. Olomon ichida hamma ichkariga intilgan paytlar.

Huddi shu vaqtlar qoq abet. Imtihondan chiqdim va juda katta ishonch bilan grant boʻldi deb. Alhamdulillah natija kutilganidek boʻlgandi.

Umr esa oqar daryodek oqmoqda.

@endocrinoo
🔥7👍4👏32🎉1