Bo'y o'sishini xoxlaysizmi avvalo ruhiy kuchli bo'ling. O'saman hali deng albatta sekin asta natija bo'ladi.
💥Velosiped o'rindigini baland qilib , oyog'iz arang pedalga tegadigan qilib velosiped haydang . Juda zor samara beradi.
💥Kechalari to'yib uxlang. Uyqusizlik bo'y o'sishiga to'sqinlik qiladi.
💥Suzishga boring . Yaxshi samara beradi.
💥Bo'y o'sishi 25 yoshgacha deyiladi. Yo'q bu nisbiy hisob kitob. Agar yuqoridagi aytilganlarga amal qilsayiz 25 yoshdan keyin ham odam o'sa oladi. Lekin yana bir gap agar naslida past bo'yli insonlar bolsa bu harakatlar hammasi foyda bermasligi ham aniq hisoblanadi.
💥Qo'lingizni ko'p ishlating . Ayniqsa kaft , barmoq va bilakuzuk sohasini.
💥Bo'y o'stiradigan dorilarni endokrinolog shifokordan maslahatsiz soramasdan qabul qilmang.
💥A , E , C , D vitaminlar va ko'katlar istemol qilish kerak. Proteinli taomlar qabul qilish kerak. Shakar va shirinliklarni kamaytiring.
💥Sink ( ruh ) moddasini organizmga yetarli kirishini taminlang. Mevalardan sariq do'lana , sabzi kabilar ham bo'y o'sishiga ta'sir qiladi.
Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
@endocrinoo

👍5❤🔥1🔥1
Soch toʻkilishiga testosteronning taʼsiri
📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )
Testosteron erkak va ayol organizmida ham mavjud boʻlib turlicha miqdorda ekani bilan farq qiladi.
Organizmda uning maʼlum qismi DIGIDROTESTOSTERON (DGT) shakliga aylanadi. Aynan ushbu modda soch folikulasiga tasir qilib soch toʻkilishiga sabab boʻladi.
Odatda testosteron soch xosil qilar edi. Lekin bu shakli toʻkilishiga sababchidir.
Manba:
Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
@endocrinoo
@endokrinolog_maslaxatii

👍1🔥1
🔥4👍1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hazil_time
- Menda astma bor
Shifokor aytgan hamma dorilarni qildim, lekin tasir qilmadi. Hamma ayb shifokorda
- ingalyatsiyani qanday sepasiz?

😁7👏1
Ayollardagi muhim gormonlar
#analiz
Ayollarda gormonlar organizmning ko‘plab jarayonlarini boshqaradi, ayniqsa reproduktiv tizim, hayz sikli va homiladorlikni nazorat qiladi. Eng asosiy gormonlar quyidagilar:
Estrogen
● Asosiy vazifasi: Ayol jinsiy xususiyatlarini rivojlantirish va reproduktiv tizimni boshqarish.
● Ajraladigan joyi: Asosan tuxumdonlar.
● Ta’siri: Hayz siklini boshqaradi, bachadonning ichki qavatini homiladorlik uchun tayyorlaydi va suyak zichligini saqlab turadi.
Progesteron
● Asosiy vazifasi: Homiladorlikni saqlash va hayz siklini boshqarish.
● Ajraladigan joyi: Tuxumdonlar va homiladorlikda yo‘ldosh (plasenta).
● Ta’siri: Bachadon ichki qavatining homilaga moslashishi va emizishda sut bezlarini faollashtiradi.
Luteinizatsiya qiluvchi gormon (LH)
9 Asosiy vazifasi: Ovulyatsiyani rag‘batlantiradi.
● Ajraladigan joyi: Gipofiz bezining old qismi.
● Ta’siri: Tuxum hujayraning yetilishini va tuxumdonlardan chiqishini ta'minlaydi.
Follikulni stimulyatsiya qiluvchi gormon (FSH)
● Asosiy vazifasi: Tuxum hujayralarining yetilishiga yordam beradi.

● Ta’siri: Tuxumdonlarda follikulalar yetilishiga turtki beradi.
Prolaktin
● Asosiy vazifasi: Emizishda sut ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi.

● Ta’siri: Sut bezlarini sut ishlab chiqarishga tayyorlaydi va chaqaloq tug‘ilganidan keyin laktatsiyani qo‘llab-quvvatlaydi.
Oksitotsin
● Asosiy vazifasi: Tug‘ruq paytida bachadon qisqarishlarini va emizish paytida sut bezlaridan sut ajralishini ta’minlaydi.
● Ajraladigan joyi: Gipotalamus orqali gipofiz bezidan ajraladi.
● Ta’siri: Tug‘ruq jarayonida va emizishda muhim ahamiyatga ega.

❤6👍2🔥1👏1
Olimning oldiga kelib, u bilan o‘tirsa, uning ilmini egallashga qodir bo‘lmasa ham, kishiga yettita yaxshilik bor, ular:
1. Ta’lim oluvchilarning fazilatiga erishadi.
2. Olim bilan o‘tirishda davom etsa, gunoh va xatolardan xoli bo‘ladi.
3. Uyidan chiqsa, unga Allohning rahmati yog‘iladi.
4. Olimning oldida o‘tirganlarga ham rahmat nozil bo‘ladi, u ham rahmatdan nasibador bo‘ladi.
5. Modomiki eshitib turar ekan, unga ham yaxshilik yoziladi.
6. Farishtalar olimlardan rozi bo‘lib, ularga qanotlarini yozib turadi. U majlisda o‘tirgan kishi ham bundan nasibador bo‘ladi.
7. Har bir bosgan qadami gunohlari uchun kafforat bo‘ladi.

👍2🔥1
Olma sirkasi qandli diabetda foydalimi?
📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )
Olma sirkasi tarixi 5000 yil avvalga borib taqaladi.
Olma sirkasi tayyorlanishida olma + shakar + achitqi ishlatiladi. Bunda bir necha hafta mobaynida achitqi shakarni spirt uchun ishlatadi. Spirt esa bakteriyalar tasirida parchalanib sirkaga aylanadi ,sirkada tam va oʻtkir xid hosil boʻladi.
Qandli diabetda qoʻllanilganda ovqatdan soʻnggi insulin ajralishini yaxshilashi , qonda qand miqdorini pasaytirishi haqida tajribalar mavjud.
Isteʼmol qilishda albatta shifokor bilan maslahatlashish kerak !
Yana bir foydasi vazn kamayishidagi xissasidir.
Tadqiqotda ishtirokchilar olma sirkani ovqat bilan isteʼmol qilganda 200-275 kkal kamroq isteʼmol qilishi isbotlangan. Bu vazn yoʻqotish va tana yogʻini kamaytirishda foydalidir.

❤3👍1🔥1
#hazil_time
📣 Semirganing sari xar xil xazillar avj oladi.
Shunaqa tarozi boʻlsa - siz qaysi xayvon boʻlardingiz? 😁

😁7
Tireotoksikozda boʻy oʻsishi ortadi
📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )
Tireotoksikoz (masalan, Graves kasalligi) da qalqonsimon bez gormonlari (T3 va T4) ortiqcha ishlab chiqariladi. Bu holat bo‘y o‘sishiga qanday ta’sir qiladi:
✅ 1. Metabolizm tezlashadi
– T3 va T4 hujayralarning umumiy metabolik faolligini oshiradi.
– Bu oqsil sintezi, o‘sish omillari (IGF-1) ishlab chiqarilishi va suyak o‘sishini tezlashtiradi.
✅ 2. O‘sish gormoniga sezuvchanlik oshadi
– Tireoid gormonlari o‘sish gormonining (somatotrop) ta’sirini kuchaytiradi.
– Somatotrop suyaklarda uzunasiga o‘sishni oshiradi.
– Ayniqsa, bolalarda bu sezilarli bo‘ladi.
✅ 3. Epifiz plastinkalari faoliyati oshadi
– Suyak uchlaridagi epifiz plastinkalarida hujayra bo‘linishi tezlashadi.
– Natijada bo‘y o‘sishi tezlashadi, lekin agar uzoq davom etsa epifizlar erta yopilishi mumkin (bo‘y o‘sishi to‘xtaydi yoki kamroq davom etadi).
Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

Oshqozonda yara paydo bo‘lishiga 11 sabab
1. Noto‘g‘ri ovqatlanish
2. Sifatsiz ovqat, tez ovqatlanish
3. Uzoq vaqt och qolish, qattiq dietalar qo‘llash
4. Yomon odatlar (alkogol, chekish)
5. Operatsiya, travma
6. Stress
7. Oshqozon-ichak kasalliklarini asoratlari
8. Giperparatiroidizm (qalqonsimon bez funksiyasini buzilishi)
9. Qandli diabet
10. Gastro-toksik dorilar (masalan, kortikosteroidlarni doimiy qo‘llash)

❤2👍2🔥1
🏥
Alkogol organizm uchun genetik darajada zararli
Spirtli ichimliklar karsinogen moddalar toifasiga kiradi. Bu degani, ular saraton kasalligiga yetaklashi mumkin. Yangi izlanishlarga ko’ra esa alkogol organizm uchun genetik darajada ham zararli ekan. Olimlar spirtli ichimliklarni kamroq iste’mol qilish yoki ulardan voz kechishni tavsiya etmoqda.
Ba’zilar Yangi yilda qadah ko’taradi. Ba’zilar esa kechki ovqatni bir bokal vinosiz tasavvur qila olmaydi. Yangi tadqiqotga ko’ra, spirtli ichimliklar rakning yetti turiga chalinish ehtimolini kuchaytiradi.
“Alkogol aynan qanday qilib organizmga ziyon yetkazishi jumboq bo’lib turibdi. Xulosamiz shuki, spirt hazm bo’layotganda, energiyaga aylanish jarayonida toksinlar paydo bo’lib, genlar majmuasiga hujum qiladi. Buzilgan DNK qayta tiklanmaydi”, - deydi Ketan Patel, izlanish muallifi.
Toksinning nomi - asetaldegid. Bu kimyoviy modda hujayralarga qanday ta’sir ko’rsatishi laboratoriyada sichqonlarda sinab ko’rilgan.
“Organizmda hujayraning muhim bir turi bor - u ham bo’lsa ildiz hujayra. Asetaldegid moddasidan tanamizda yangilanib turuvchi ana shu ildiz hujayra ziyon ko’radi”, - deydi olim.
Sog’lom hujayralar o’zini tiklay olmasligi rak kasalligi paydo bo’lishiga olib keladi.
“Izlanish davomida qon hujayralaridagi xromosomalar, ya’ni DNK, fundamental jihatdan o’zgarganini ko’rdik. Hujayralar yangilanib turishi yoki saratonga yetaklashini ana shu o’zgarish belgilab beradi”, - deydi Ketan Patel.
Organizmda asetaldegid moddasi katta miqdorda yig’ilib qolmasligi zarur. Aksariyat odamlar organizmida buni ta’minlovchi fermentlar bor.
“Sichqonlarda bu fermentlarni olib tashlaganimizda shuni kuzatdikki, oz miqdorda ichish ham qon hosil qiluvchi hujayralarga jiddiy zarar yetkazar ekan”.
Organizmda genlar majmuasini ta’mirlovchi tabiiy mexanizmlar bor, deydi olim, lekin ichkilikbozlik bu himoya tizimlarini ishdan chiqaradi.

👍1🔥1👏1
Stress gormoni — KORTIZOL
Kortizol — stressli vaziyatlarda ishlab chiqariladigan biologik faol gormondir. Agar tanada u juda koʻp boʻlsa, unda odam uyqusizlik, mushak massasining yoʻqolishi yoki aksincha, semirib ketishi mumkin.
Kortizol organizmda bir vaqtning oʻzida bir nechta muhim funksiyalarni bajaradi:
- qondagi glyukoza darajasini tartibga soladi;
- asab tizimini qoʻllab-quvvatlaydi;
- miya faoliyatini faollashtiradi;
- qon bosimini nazorat qiladi;
- infeksiyalardan himoya qiladi.
Kortizolni qondagi miqdori ortishi koʻplab noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin:
- mushak toʻqimasini yemiradi;
- suyaklarning moʻrtligini oshiradi;
- metabolik kasalliklar rivojlanadi;
- qonda shakar darajasini ortib ketishi;
- qorin boʻshligʻida, shu jumladan ichki organlarda yogʻ toʻqimalarining toʻplanishi;
- testosteron ishlab chiqarishning pasayishi;
- immun tizimining zaiflashishi;
- ovqat hazm qilishni buzilishi (diareya, ich qotishi);
- yurak oʻynashi;
- uyqusizlik, tez uxlab qolmaslik;
- tez charchash;
- asabiylashish, tajovuzkorlik;
- qalqonsimon bezning notoʻgʻri ishlashi.
Qonda kortizol miqdorini pasayganligi belgilari:
- gipotenziya;
- teri pigmentatsiyasining kuchayishi;
- bosh aylanishi, hushdan ketish;
- yurak urish tezligining oshishi;
- gipoglikemik holat;
- vazn yoʻqotish yoki semirish;
- qorin boʻshligʻida ogʻriq;
- hayz koʻrishdagi muammolar;
- soch toʻkilishi va tirnoqlarning moʻrtlashishi;
- zaiflik, jismoniy faoliyatni bajara olmaslik;
- jinsiy disfunksiya;
- turli organlarda neoplazmalarning rivojlanishi.
Gormon darajasini normal chegarada ushlab turish uchun sogʻlom turmush tarziga rioya qilish, sogʻlom ovqatlanish, stressdan oʻzingizni himoya qilishingiz kerak!

👍3👏2🔥1
▫️Shakarni ko‘p iste’mol qilish immunitetni tushiradimi?
🔸Endokrinologlarning hisob-kitoblariga ko'ra, shakarni iste'mol qilgandan keyin tananing immunitet reaksiyasi kamayadi. Buning sababi shundaki, shakar kimyoviy tarkibi bo'yicha C vitaminiga o'xshaydi.
🔸Ushbu moddalarning kimyoviy tarkibining o'xshashligi tufayli organizmdagi fagotsitlar - immun tizimining hujayralari C vitaminini emas, shakarni o‘zlashtirishi (oziqlanishi) mumkin. Bu esa immun tizimini zararlaydi.

👍2🔥1👏1
😁5🔥1
🤔7👏1
Soch nega toʻkiladi?
Kuchli va qalin sochlar yoshlik va goʻzallik timsoli. Uning ortiqcha toʻkilishi esa insonda psixologik noqulaylikni keltirib chiqaradi.
Ma’lumotlarga koʻra, bugun dunyoda 50 foiz erkak aynan soch toʻkilishidan aziyat chekmoqda. Bu, albatta, bir necha omillar bilan bogʻliq.
SSV Matbuot xizmati ushbu mavzuga doir savollar bilan Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori oʻrinbosari Ilhom RAHIMOVga murojaat qildi.
— Soch toʻkilishi har kuni va har kim bilan roʻy beradigan jarayon boʻlib, inson kuniga oʻrtacha 60-100 tola soch yoʻqotadi, — deydi I.Rahimov. — Boshda oʻrta hisobda 50 mingdan 150 mingtagacha soch tolasi boʻlishi me’yor hisoblanadi. U follikuladan oʻsib chiqadi. Follikula ostida esa soch qopchasi joylashgan boʻlib, u yerda soch ildizi rivojlanadi.
Soch qopchasida yangi tola paydo boʻla boshlaganda, eskisi toʻkilib ketadi. Bu esa tabiiy jarayon hisoblanadi. Oʻrtacha 2-yildan 4-yilgacha yashaydigan soch tolasi asosan kunduzi va koʻproq bahor hamda yoz oylarida nisbatan tezroq oʻsadi.
Soch – inson tanasidagi eng nozik va eng “jonkuyar” a’zolardan biri. Chunki uning toʻkilishiga organizmning boshqa a’zolari kasallanishi yoki asab tolalarining taranglashishi sabab boʻladi.
Uning me’yoridan ortiq toʻkilishi, avvalo, nerv tizimining zoʻriqishi tufayli boshlanadi. Qolaversa, ichki sekretsiya bezlari, jigar, me’da-ichak yoʻli a’zolari faoliyatining buzilishi, vitamin yetishmasligi yoki soch folikulalaridagi tugʻma nuqsonlar ham bunga turtki boʻlishi mumkin.
Shuningdek, seboreya (yogʻ ajralishining buzilishi) natijasida sochning erta toʻkilishi ehtimoli mavjud. Tana haroratining ba’zi infeksion kasalliklar oqibatida uzoq vaqt yuqori boʻlishi, zaxm va ogʻir operatsiyalardan soʻng ham soch tez toʻkilishi mumkin. Shu bilan birga, bosh terisiga zamburugʻ yuqqanida, sochlarimizdan ayrilishimiz hech gap emas.
Asabiylik, jismoniy charchoq va boshqalar oqibatida koʻpincha soch uya-uya yoki dumaloq-dumaloq boʻlib toʻkiladi. Bundan tashqari, toliqish va uyqusizlik oqibatida ham soch kamayishi kuzatiladi.
©SSV

👏5❤1