Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
⚠️Qandli diabetda foydasi uyoqda tursin ancha zararli mahsulot ⚠️

@endocrinoo
👍3👏1
⚡️O‘zbekistonda 250 mingta odamni issiq uribdi🥵

2—5 iyul kuni kuzatilgan anomal issiqlik payti 250 mingga yaqin o‘zbekistonlik tez yordamga murojaat etgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, aholini ertaroq bu kabi issiqlikdan vaqtida ogohlatirilgani sabab oldindagi issiq paytdagi ko‘satkichdan joriy ko‘rsatkich 1.2 % kam bo‘lgan.

@endocrinoo
🔥41👏1
#hazil_time

Telefonda T9 funksiyasi mavjud boʻlib siz soʻz yozishni boshlasangiz manabu emasmi deb namuna koʻrsatadi.

Masalan mana bunday

Bollaringiz bahtiga.....
Bolgariya bahtiga

@endocrinoo
😁12👍2❤‍🔥1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Umar odil deyilishi sababi ham yuksak adolat choʻqqisida boʻlganidir.

Bu filmni har yili Ramazon oyida kanalga yuklaganman.

#film xeshtegi ustiga bosib topa olasiz

@endocrinoo
👍5👏1
Moyaklar nega tanadan tashqari holatda joylashgan

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )
#bepushtlik

Tafakkur qilganingiz sari va ilmni chuqurroq oʻrganish davomida har ishda katta hikmat mavjud ekanini anglaymiz.

Shunday bir hikmatli ish "moyaklarning tanadan tashqi holatda" joylashganidir. Tana harorati 36.6 deb olsak moyaklada harorat bundan 2-4 gradusga pastroq.

Qorin boʻshligʻida esa harorat tana haroratidan koʻra yuqoriroq 37.6 atrofida.

Spermatogenez jarayoni uchun optimal harorat tana haroratidan pastroq boʻlishi kerak. Aynan shu sababli ham moyaklar tashqi holatda joylashgan.

Kriptorxizm sababli esa qorin boʻshligʻida yoki chov kanalida qolib ketgan moyaklarda spermatogenez uchun sharoit yoʻq.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4👏2
Isitma spermaga qanday taʼsir qiladi?
#bepushtlik

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Normada moyaklar tana haroratidan ~2-4°C pastroq boʻlishi kerak (taxminan 34-35°C).

Isitma (masalan, 38.5–40°C) vaqtida tana harorati oshib, moyaklar ham qiziydi.

Bu spermatogenezni (urugʻ ishlab chiqilishi) sekinlashtiradi yoki vaqtincha toʻxtatadi.

Spermatozoidlarning soni, harakatchanligi va shakli yomonlashadi.

Taʼsir odatda isitma boshlangan kundan 2-3 hafta oʻtgach koʻrinadi va 1-2 oydan keyin tiklanadi, chunki spermatogenez sikli ~74 kun davom etadi.


🔹 Qanday hollarda xavf yuqori?

Uzoq davom etgan yuqori isitma (bir necha kun 39°C dan yuqori)

Tez-tez takrorlanuvchi isitmalar

Moyaklarning oʻzi alohida qizigan hollarda (masalan, varikotsel, issiq vannalar, saunalar)

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍41👏1
Rak bilan kasallanganlarga vitaminlar zararlimi?

Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
📝( @endocrinoo )

Bu haqida avval ham yozgan edim. Lekin maʼlumotlar insonlarga yetib bormas ekan eski fikrlar aylanaveradi.

Vitamin A va oʻpka saratoni.

A vitamin(retinol) odamlarda saratonni davolash haqida maʼlumotlar kamroq. Faqat 1ta holatdan tashqari - promiyelotoksik leykemiya. Bu kasallik kimyoterapiya va vitamin A bilan davolanadi.
Biroq 2015 yilda oʻtkazilgan tajribada A vitamin oʻpka saratonini oldini olishda D vitaminga yordam berishi aniqlangan.
Yana shunday tadqiqotlar mavjudki (hayvonlarda oʻtkazilgan) retinol teri, koʻkrak, ogʻiz, oʻpka,jigar,prostata,siydik yoʻllari rakida foydali ekani isbotlangan.
Faqatgina yuqori dozasigina xavflidir.

Vitamin C va kolorektal saraton

Vitamin C bilan davolash samaradorligi haqida maʼlumotlar ham kam. Lekin koʻkrak va tuxumdon saratonida kimyoterapiya bilan birga qoʻllash bemor holatini yaxshilashi aniqlangan.
Ammo mieloid leykemiya, metastazli yoʻgʻon ichak raki, metastazli melanomada vitamin C nojoʻya tasir bilan kasallik kechishini yomonlashtirdi.
2017 yil Ayova universitetida oʻtkazilgan tajribada vitamin C tomir orqali qabul qilinsa yuqori dozada vodorod peroksid hosil qilishda ishtirok etishi va rak toʻqimasi va DNK ga tasir qiladi. Rak hujayrasi vodorod peroksid tasirida zararlanadi.
Shuningdek katta dozasi buyrakda tosh paydo qiladi.

Vitamin E

Rakka qarshi foydasi haqida dalil yoʻq. Katta dozada qoʻllash kolorektal rak xavfini kamaytirsa, siydik pufagi,meda va prostata raki ehtimolini oshiradi.
Kimyoterapiya vitamin E va beta karotin birga qoʻllash bosh va boʻyin raki havfini oshiradi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5🔥1
Bo'y o'sishini xoxlaysizmi avvalo ruhiy kuchli bo'ling. O'saman hali deng albatta sekin asta natija bo'ladi.

💥Velosiped o'rindigini baland qilib , oyog'iz arang pedalga tegadigan qilib velosiped haydang . Juda zor samara beradi.

💥Kechalari to'yib uxlang. Uyqusizlik bo'y o'sishiga to'sqinlik qiladi.

💥Suzishga boring . Yaxshi samara beradi.

💥Bo'y o'sishi 25 yoshgacha deyiladi. Yo'q bu nisbiy hisob kitob. Agar yuqoridagi aytilganlarga amal qilsayiz 25 yoshdan keyin ham odam o'sa oladi. Lekin yana bir gap agar naslida past bo'yli insonlar bolsa bu harakatlar hammasi foyda bermasligi ham aniq hisoblanadi.

💥Qo'lingizni ko'p ishlating . Ayniqsa kaft , barmoq va bilakuzuk sohasini.

💥Bo'y o'stiradigan dorilarni endokrinolog shifokordan maslahatsiz soramasdan qabul qilmang.
💥A , E , C , D vitaminlar va ko'katlar istemol qilish kerak. Proteinli taomlar qabul qilish kerak. Shakar va shirinliklarni kamaytiring.

💥Sink ( ruh ) moddasini organizmga yetarli kirishini taminlang. Mevalardan sariq do'lana , sabzi kabilar ham bo'y o'sishiga ta'sir qiladi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
👍5❤‍🔥1🔥1
Soch toʻkilishiga testosteronning taʼsiri

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Testosteron erkak va ayol organizmida ham mavjud boʻlib turlicha miqdorda ekani bilan farq qiladi.

Organizmda uning maʼlum qismi DIGIDROTESTOSTERON (DGT) shakliga aylanadi. Aynan ushbu modda soch folikulasiga tasir qilib soch toʻkilishiga sabab boʻladi.

Odatda testosteron soch xosil qilar edi. Lekin bu shakli toʻkilishiga sababchidir.
Manba:

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1🔥1
#tibbiy_fakt

Inson tomiridagi qon kuniga 95 000 km bosib oʻtadi

@endocrinoo
🔥4👍1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hazil_time

- Menda astma bor
Shifokor aytgan hamma dorilarni qildim, lekin tasir qilmadi. Hamma ayb shifokorda

- ingalyatsiyani qanday sepasiz?

@endocrinoo
😁7👏1
Ayollardagi muhim gormonlar
#analiz

Ayollarda gormonlar organizmning ko‘plab jarayonlarini boshqaradi, ayniqsa reproduktiv tizim, hayz sikli va homiladorlikni nazorat qiladi. Eng asosiy gormonlar quyidagilar:

Estrogen
● Asosiy vazifasi: Ayol jinsiy xususiyatlarini rivojlantirish va reproduktiv tizimni boshqarish.
● Ajraladigan joyi: Asosan tuxumdonlar.
● Ta’siri: Hayz siklini boshqaradi, bachadonning ichki qavatini homiladorlik uchun tayyorlaydi va suyak zichligini saqlab turadi.

Progesteron
● Asosiy vazifasi: Homiladorlikni saqlash va hayz siklini boshqarish.
● Ajraladigan joyi: Tuxumdonlar va homiladorlikda yo‘ldosh (plasenta).
● Ta’siri: Bachadon ichki qavatining homilaga moslashishi va emizishda sut bezlarini faollashtiradi.

Luteinizatsiya qiluvchi gormon (LH)
9 Asosiy vazifasi: Ovulyatsiyani rag‘batlantiradi.
● Ajraladigan joyi: Gipofiz bezining old qismi.
● Ta’siri: Tuxum hujayraning yetilishini va tuxumdonlardan chiqishini ta'minlaydi.

Follikulni stimulyatsiya qiluvchi gormon (FSH)
● Asosiy vazifasi: Tuxum hujayralarining yetilishiga yordam beradi.
● Ajraladigan joyi: Gipofiz bezining old qismi.
● Ta’siri: Tuxumdonlarda follikulalar yetilishiga turtki beradi.

Prolaktin
● Asosiy vazifasi: Emizishda sut ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi.
● Ajraladigan joyi: Gipofiz bezining old qismi.
● Ta’siri: Sut bezlarini sut ishlab chiqarishga tayyorlaydi va chaqaloq tug‘ilganidan keyin laktatsiyani qo‘llab-quvvatlaydi.

Oksitotsin
● Asosiy vazifasi: Tug‘ruq paytida bachadon qisqarishlarini va emizish paytida sut bezlaridan sut ajralishini ta’minlaydi.
● Ajraladigan joyi: Gipotalamus orqali gipofiz bezidan ajraladi.
● Ta’siri: Tug‘ruq jarayonida va emizishda muhim ahamiyatga ega.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
6👍2🔥1👏1
Qandli diabetda oyoq parvarishi qanday boʻlishi kerak?

@endocrinoo
@endokrinolog_maslaxatii
👍3🔥1👏1
Olimning oldiga kelib, u bilan o‘tirsa, uning ilmini egallashga qodir bo‘lmasa ham, kishiga yettita yaxshilik bor, ular:

1. Ta’lim oluvchilarning fazilatiga erishadi.
2. Olim bilan o‘tirishda davom etsa, gunoh va xatolardan xoli bo‘ladi.
3. Uyidan chiqsa, unga Allohning rahmati yog‘iladi.
4. Olimning oldida o‘tirganlarga ham rahmat nozil bo‘ladi, u ham rahmatdan nasibador bo‘ladi.
5. Modomiki eshitib turar ekan, unga ham yaxshilik yoziladi.
6. Farishtalar olimlardan rozi bo‘lib, ularga qanotlarini yozib turadi. U majlisda o‘tirgan kishi ham bundan nasibador bo‘ladi.
7. Har bir bosgan qadami gunohlari uchun kafforat bo‘ladi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2🔥1
#hazil_time

Jismoniy mashgʻulot sogʻlom uyqu garovi 😄

@endocrinoo
😁6🔥1
Olma sirkasi qandli diabetda foydalimi?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Olma sirkasi tarixi 5000 yil avvalga borib taqaladi.
Olma sirkasi tayyorlanishida olma + shakar + achitqi ishlatiladi. Bunda bir necha hafta mobaynida achitqi shakarni spirt uchun ishlatadi. Spirt esa bakteriyalar tasirida parchalanib sirkaga aylanadi ,sirkada tam va oʻtkir xid hosil boʻladi.

Qandli diabetda qoʻllanilganda ovqatdan soʻnggi insulin ajralishini yaxshilashi , qonda qand miqdorini pasaytirishi haqida tajribalar mavjud.
Isteʼmol qilishda albatta shifokor bilan maslahatlashish kerak !

Yana bir foydasi vazn kamayishidagi xissasidir.
Tadqiqotda ishtirokchilar olma sirkani ovqat bilan isteʼmol qilganda 200-275 kkal kamroq isteʼmol qilishi isbotlangan. Bu vazn yoʻqotish va tana yogʻini kamaytirishda foydalidir.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
3👍1🔥1
#hazil_time

📣 Semirganing sari xar xil xazillar avj oladi.

Shunaqa tarozi boʻlsa - siz qaysi xayvon boʻlardingiz? 😁

@endocrinoo
😁7
Tireotoksikozda boʻy oʻsishi ortadi

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Tireotoksikoz (masalan, Graves kasalligi) da qalqonsimon bez gormonlari (T3 va T4) ortiqcha ishlab chiqariladi. Bu holat bo‘y o‘sishiga qanday ta’sir qiladi:

1. Metabolizm tezlashadi
– T3 va T4 hujayralarning umumiy metabolik faolligini oshiradi.
– Bu oqsil sintezi, o‘sish omillari (IGF-1) ishlab chiqarilishi va suyak o‘sishini tezlashtiradi.

2. O‘sish gormoniga sezuvchanlik oshadi
– Tireoid gormonlari o‘sish gormonining (somatotrop) ta’sirini kuchaytiradi.
– Somatotrop suyaklarda uzunasiga o‘sishni oshiradi.
– Ayniqsa, bolalarda bu sezilarli bo‘ladi.

3. Epifiz plastinkalari faoliyati oshadi
– Suyak uchlaridagi epifiz plastinkalarida hujayra bo‘linishi tezlashadi.
– Natijada bo‘y o‘sishi tezlashadi, lekin agar uzoq davom etsa epifizlar erta yopilishi mumkin (bo‘y o‘sishi to‘xtaydi yoki kamroq davom etadi).

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍2🔥1
Oshqozonda yara paydo bo‘lishiga 11 sabab

1. Noto‘g‘ri ovqatlanish
2. Sifatsiz ovqat, tez ovqatlanish
3. Uzoq vaqt och qolish, qattiq dietalar qo‘llash
4. Yomon odatlar (alkogol, chekish)
5. Operatsiya, travma
6. Stress
7. Oshqozon-ichak kasalliklarini asoratlari
8. Giperparatiroidizm (qalqonsimon bez funksiyasini buzilishi)
9. Qandli diabet
10. Gastro-toksik dorilar (masalan, kortikosteroidlarni doimiy qo‘llash)

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
2👍2🔥1