Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Ey do'st! Ko'rmasmisanki, chaqaloq dunyoga kelgan vaqtda hirsi sababli qo'llari bir narsani ushlaganday yopiq bo'ladi. Dunyodan ketayotganda esa, kaftlari bo'shligidan ochiqdir. Chunki hirs bilan orzu qilingan narsa qo'ldan chiqqan. O'lim yetarli nasihatchidir, o'lim yetarli voizdir.

© Tohir Malik ("Ayovsiz ilon" kitobidan)

@endocrinoo
👍91
Grechka va Diabet

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Deyarli diabetiklar grechka juda foydali deb hisoblaydi. Xoʻsh aslida ham shundaymi? Buni bilish uchun yana uning tarkibiga qiziqamiz.

100 gr mahsulotda
- Oqsil 12.6 gr
- Yogʻ 3,3 gr
- Uglevod 57.1 gr
Kaloriyalikligi 330 kkal🔥

Glikemik indeksi 50 atrofida ( qanday shaklda tayyorlashga koʻra oʻzgaradi )

Tarkibidagi minerallar rasmga koʻrsatilgan

Tavsiya: qizarib yetilgan dondan koʻra yashil don sizning diabetingiz uchun nisbatan zararsiz. Grechkani suvga (qatiqqa) 2-3 soatga uyutib qoʻyib isteʼmol qilsangiz boʻladi. Kunlik isteʼmol 100 grdan ortmasa va uni ham oqsil mahsulotlari bilan birga qabul qilsangiz katta havf yoʻq.

#afsona : grechka saxrni tushiradi!
Yoʻq aksincha barcha mahsulotlar kabi koʻtaradi, faqat yuqori darajada emas

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5
Shifokor bilan suhbatlashish yetarli emas, uning koʻrigidan oʻtish, va unga boʻlgan ihlosingizgina sizni davo marrasiga elitadi!

©Konstantin Melixan

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
❤‍🔥2👍2
Nega qandli diabetda surunkali buyrak kasalligi (SBK) boʻlganda qonda qand yuqori boʻlmaydi va aksincha past boʻladi?
#asorat

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Diabet nefropatiya (DN) 3,4,5-bosqichda gipoglikemiya xavfi quyidagi sabablarga ko'ra ortadi:

1) insulin va ba'zi peroral preparatlarining klirensini kamaytirish;
2) buyrak glyukoneogenezining buzilishi;
3) jismoniy mashqlar tolerantligining yomonlashishi;
4) kamqonlikning rivojlanishi;
5) insulinning parchalanishini sekinlashtirish.

SBK >3 bosqichida gipoglikemiya soni 5 barobar ortadi.

Shu 5 sabablar tufayli bunday insonlarda qonda qand past yuradi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4🔥1
#asorat

Qandli diabetda polineyropatiya va angiopatiya sababli kelib chiqishi mumkin boʻlgan asoratga qarshi chora tadbirlar

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

•Vanna qilishda 40C° dan issiq suv ishlatmang
•Qattiq oyoq kiyim kiymang
•Paypoqlar rezinkasi qismasligi zarur
•Chekish va zararli odatlardan voz keching
•Yalangoyoq yurmang

•Oyoqlarni koʻzgu yordamida ost qismiga ham etibor bering
•Oyoq mashqlari qoʻllang
•Tozaligiga etibor bering

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍52🔥1👏1
Qandli diabetda suzish

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Jismoniy faollik qandli diabetda foydali mashgʻulotdir. Suzish yoqimli va samarali usuldir.

❗️Suzishning foydalari:
🟩Qonda qand miqdorini nazorat qiladi. Faol harakat sababli glukoza energiyaga aylanadi. Qonda glukoza tushadi.

🟩Metabolizmni yaxshilaydi. Metabolizm tezlashishi sababli oʻzingizni tetik xis qilasiz

🟩Yurak qon tomir tizimi yaxshilanadi. Azolarda qon aylanishi yaxshilanadi, qon bosimi meʼyorga keladi

🟩Stressni kamaytiradi. Suv tinchlantiruvchi taʼsirga ega

❗️Havfsizlik uchun tavsiyalar:

⚠️Sherik bilan suzish
⚠️Qonda glukoza past yoki juda yuqori boʻlsa suzishni keyinga qoldiring
⚠️Suzishdan oldin qonda glukozani tekshiring
⚠️Vaqtni toʻgʻri tanlang. Ovqatdan 1-2 soatdan soʻng suzish koʻproq foydali.
⚠️Qonda glukoza tushishiga qarshi mahsulotlar oling. Shokolad,shirinlik, sharbat

Demak suzish kerakli sport boʻlib unda kerakli tavsiyalarga amal qilsangiz barchasi yaxshi boʻladi

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
5💯2👍1
Gipotireozda yurakda qanday oʻzgarishlar boʻladi?

📝Endokrinolog : Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo )

Qalqonsimon bez gormonlari yurak faoliyati, qon tomirlar va xolesterin darajasiga bevosita ta'sir qiladi.

Gipotireoz simptomlari:
•yurak urishining sekinlashishi,
•qon tomirlarining siqilishi
•qon bosimining oshishi,
suyuqlik va shish paydo boʻlishi
teri quruqlashishi
•xolesterin darajasining oshishini o'z ichiga olishi mumkin

1995-2011 yillarda Daniyada 216 984 nafar qalqonsimon bez va yurak bilan muammosi boʻlmagan insonlarda tajriba oʻtkazildi. Ulardan 7 yil davomida tahlillar olib turildi.

Qalqonsimon bezi kasalliklari mavjudlari levotiroksin bilan davolanganmi yoki yoʻqmi, tajribadan avval va keyin TTG darajasi kuzatib turildi.

Shu bemorlardan 2680 nafarida gipotireoz aniqlandi, ulardan 622 nafari yengil darajada (TTG 5.5) va ular davolanmagan.
2058 nafarida oʻrtacha darajada (TTG 9.2) va ular davolangan.

Davolanmagan yengil gipotireoz bemorlarda normal qalqonsimon bezga ega insonlarga nisbatan YURAK MUAMMOLARI 83% ga yuqori boʻldi.

Manba

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍21👏1
Qandli diabetda qanday non tanlash kerak?

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Qandli diabetda non tanlash eng qiyin jarayon. Non palovga non qoʻshib yeydigan halqimizga nonni cheklash qiyin mushkul.

Tavsiya etiladi:

🟢Suli,grechka,javdar unidan qilingan
🟢Tarkibida koʻproq tola(Klechatka) saqlagan. Sekin soʻriladi qonda glukozani yuqori koʻtarmaydi
🟢Past glikemik indeksga ega boʻlgan

Cheklanadi:

🔴Oq non, shakarli non, bulochkalar
🔴Yumshoq oq non (glikemik indeksi 70-85)
🔴Tez hazm boʻluvchi. Qonda glukozani tez koʻtaradi va koʻp insulin talab qiladi.

#afsona
Oq non glukozani koʻtaradi, qora non esa yoʻq!
Bunday emas ikkisi ham koʻtaradi faqat oq non tez hazm boʻlib 10-15 daqiqadayoq glukozani oshirsa, qora non nisbatan kechroq koʻtaradi va yuqori darajalarga olib chiqmasligi mumkin.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍41👏1
#hazil_time

Ipoteka kredit olib uni yakunlagan Abdurayim tushindiki. 3ta buyrak bilan tugʻilish kasallik emas baht qushi ekan. 😁

@endocrinoo
😁3
Uglevod tarkibidagi tola (fiber) yani klechatka haqida

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

🔬 Tola (klechatka, fiber) nima?

O‘simlik hujayra devori tarkibidagi qaytarilmaydigan polisaxaridlar.

Ovqat hazm yo‘lida hazm bo‘lmaydi, ammo ko‘plab foydali ta’sir ko‘rsatadi.

📌Tola turlari:

⚠️1. Eruvchi tola
Suyuq muhitda eriydi va gel hosil qiladi.
Qonda glukoza keskin koʻtarmaydi. Holesterinni tushiradi
Manbalar: suli,no'xot,loviya,olma,sabzi

⚠️2. Erinmaydigan tola
Erimaydi, najas hajmini oshiradi. Ichak faoliyatini yaxshilab ich qotishini oldini oladi
Manbalar: bugʻdoy otrubi,javdar, toʻliq donli non, sabzavot poʻstlogʻi.

🟢Diabetda tolaning foydasi:

1. Glukozani sekin sõrilishiga yordam beradi → qon shakarini barqarorlashtiradi.

2. Tõqlik hissini oshiradi → ortiqcha ovqatlanishni kamaytiradi.

3. Ichak mikroflorasini yaxshilaydi → metabolizmni meʼyorlashtiradi

4. Xolesterinni tushiradi (eruvchi tola).

Kuniga tavsiya etilgan tola miqdori 25-30 gr ( ADA )

Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo
👍31👏1
⚠️Qandli diabetda foydasi uyoqda tursin ancha zararli mahsulot ⚠️

@endocrinoo
👍3👏1
⚡️O‘zbekistonda 250 mingta odamni issiq uribdi🥵

2—5 iyul kuni kuzatilgan anomal issiqlik payti 250 mingga yaqin o‘zbekistonlik tez yordamga murojaat etgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, aholini ertaroq bu kabi issiqlikdan vaqtida ogohlatirilgani sabab oldindagi issiq paytdagi ko‘satkichdan joriy ko‘rsatkich 1.2 % kam bo‘lgan.

@endocrinoo
🔥41👏1
#hazil_time

Telefonda T9 funksiyasi mavjud boʻlib siz soʻz yozishni boshlasangiz manabu emasmi deb namuna koʻrsatadi.

Masalan mana bunday

Bollaringiz bahtiga.....
Bolgariya bahtiga

@endocrinoo
😁12👍2❤‍🔥1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Umar odil deyilishi sababi ham yuksak adolat choʻqqisida boʻlganidir.

Bu filmni har yili Ramazon oyida kanalga yuklaganman.

#film xeshtegi ustiga bosib topa olasiz

@endocrinoo
👍5👏1
Moyaklar nega tanadan tashqari holatda joylashgan

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )
#bepushtlik

Tafakkur qilganingiz sari va ilmni chuqurroq oʻrganish davomida har ishda katta hikmat mavjud ekanini anglaymiz.

Shunday bir hikmatli ish "moyaklarning tanadan tashqi holatda" joylashganidir. Tana harorati 36.6 deb olsak moyaklada harorat bundan 2-4 gradusga pastroq.

Qorin boʻshligʻida esa harorat tana haroratidan koʻra yuqoriroq 37.6 atrofida.

Spermatogenez jarayoni uchun optimal harorat tana haroratidan pastroq boʻlishi kerak. Aynan shu sababli ham moyaklar tashqi holatda joylashgan.

Kriptorxizm sababli esa qorin boʻshligʻida yoki chov kanalida qolib ketgan moyaklarda spermatogenez uchun sharoit yoʻq.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4👏2
Isitma spermaga qanday taʼsir qiladi?
#bepushtlik

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Normada moyaklar tana haroratidan ~2-4°C pastroq boʻlishi kerak (taxminan 34-35°C).

Isitma (masalan, 38.5–40°C) vaqtida tana harorati oshib, moyaklar ham qiziydi.

Bu spermatogenezni (urugʻ ishlab chiqilishi) sekinlashtiradi yoki vaqtincha toʻxtatadi.

Spermatozoidlarning soni, harakatchanligi va shakli yomonlashadi.

Taʼsir odatda isitma boshlangan kundan 2-3 hafta oʻtgach koʻrinadi va 1-2 oydan keyin tiklanadi, chunki spermatogenez sikli ~74 kun davom etadi.


🔹 Qanday hollarda xavf yuqori?

Uzoq davom etgan yuqori isitma (bir necha kun 39°C dan yuqori)

Tez-tez takrorlanuvchi isitmalar

Moyaklarning oʻzi alohida qizigan hollarda (masalan, varikotsel, issiq vannalar, saunalar)

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍41👏1
Rak bilan kasallanganlarga vitaminlar zararlimi?

Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
📝( @endocrinoo )

Bu haqida avval ham yozgan edim. Lekin maʼlumotlar insonlarga yetib bormas ekan eski fikrlar aylanaveradi.

Vitamin A va oʻpka saratoni.

A vitamin(retinol) odamlarda saratonni davolash haqida maʼlumotlar kamroq. Faqat 1ta holatdan tashqari - promiyelotoksik leykemiya. Bu kasallik kimyoterapiya va vitamin A bilan davolanadi.
Biroq 2015 yilda oʻtkazilgan tajribada A vitamin oʻpka saratonini oldini olishda D vitaminga yordam berishi aniqlangan.
Yana shunday tadqiqotlar mavjudki (hayvonlarda oʻtkazilgan) retinol teri, koʻkrak, ogʻiz, oʻpka,jigar,prostata,siydik yoʻllari rakida foydali ekani isbotlangan.
Faqatgina yuqori dozasigina xavflidir.

Vitamin C va kolorektal saraton

Vitamin C bilan davolash samaradorligi haqida maʼlumotlar ham kam. Lekin koʻkrak va tuxumdon saratonida kimyoterapiya bilan birga qoʻllash bemor holatini yaxshilashi aniqlangan.
Ammo mieloid leykemiya, metastazli yoʻgʻon ichak raki, metastazli melanomada vitamin C nojoʻya tasir bilan kasallik kechishini yomonlashtirdi.
2017 yil Ayova universitetida oʻtkazilgan tajribada vitamin C tomir orqali qabul qilinsa yuqori dozada vodorod peroksid hosil qilishda ishtirok etishi va rak toʻqimasi va DNK ga tasir qiladi. Rak hujayrasi vodorod peroksid tasirida zararlanadi.
Shuningdek katta dozasi buyrakda tosh paydo qiladi.

Vitamin E

Rakka qarshi foydasi haqida dalil yoʻq. Katta dozada qoʻllash kolorektal rak xavfini kamaytirsa, siydik pufagi,meda va prostata raki ehtimolini oshiradi.
Kimyoterapiya vitamin E va beta karotin birga qoʻllash bosh va boʻyin raki havfini oshiradi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5🔥1