Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Qalqonsimon bez bilan bogʻliq muammolarni asosiy belgilari

Qalqonsimon bez tanamizdagi koʻplab jarayonlarni tartibga soladi, shuning uchun uni salomatligiga ahamiyat berish muhimdir.

🔘 Haddan tashqari koʻp terlash — metabolizmni tezlashtiradigan va energiyani oshiradigan qalqonsimon bez gormonlari miqdorining oshishi bilan bogʻliq boʻlib, organizm terlash bilan javob beradi.

🔘 Sochlarning toʻkilishi, zaiflashishi — koʻpincha gipotireoz belgisi hisoblanadi. Bunda endokrinologga murojaat qilishingiz kerak.

🔘 Ichaklardagi muammolar — qalqonsimon bez gormonlari oshqozon-ichak tizimi faoliyatini ham nazorat qiladi. Agar gormonlar miqdori kam yoki aksincha juda koʻp boʻlsa, uning ishi ham buziladi.

🔘 Tana vaznini oʻzgarishi — agar turmush tarzi va ratsioningizni oʻzgartirmagan holda semirishni boshlasangiz, unda qalqonsimon bez holatini tekshirtirish kerak. Gap shundaki, bez faolligi pasaysa — metabolizm sekinlashadi va natijada organizm kamroq energiya sarflaydi. Agar bez faolligi oshib ketsa — ozib ketish kuzatiladi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍6❤‍🔥1
Qandli diabetda 7⃣ oltin qoida❗️

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

1⃣.Qonda qand miqdorini doimiy nazorat qiling.Imkon boʻlsa glukometr olib qoʻying.

2⃣.Dorilarni vaqtida qabul qiling. Yozilgan vaqt va jadvalga asosan.

3⃣.Buyraklaringizga g'amho'rlik qiling.Diabetda buyrak zararlanishi koʻp uchragani sababli uni asrash juda muhim.

4⃣.Qonda holesterinni nazorat qiling. Chunki "yomon holesterin" sababli infarkt va insult havfi ortishi mumkin.

5⃣.Toʻgʻri ovqatlaning.Parxezga rioya qiling.

6⃣.Ortiqcha vazndan halos boʻling.Semizlik holesterin ortishiga sabab boʻladi.

7⃣.Doimiy jismoniy mehnatda boʻling.Harakat sababli insulin ajraladi,qon aylanishini yaxshilanadi,ovqat energiya uchun parchalanadi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3🔥3
#hazil_time

Bemor boʻyingiz qancha?
---152sm holos.

Oy kichkintoy ekansizu. Vazningiz qancha?
---xech qancha farq qilmaydi,atigi 112kg

😳😳😳

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😁14
​​💊Magniy 300 dan ortiq fermentlarning shakllanishida muhim rol o'ynaydi. Energiya, elektrolitlar almashinuvida, hujayra o'sishi regulyasiyasida ishtirok etadi. Mushak tolalarining bo'shashishiga yordam beradi.

👨‍👩‍👦‍👦Aholining 25-30 foizi esa oziq-ovqatdan yetarlicha magniy olmaydi!

‼️Keling, magniy etishmovchiligi belgilarini ajratib ko'rsatishdan boshlaylik:

1️⃣ depressiya
2️⃣ holsizlik, zaiflik, charcoq holati
3️⃣ hayzdan oldingi sindrom, asabiylashish
4️⃣ ich qotishi
5️⃣ paresteziya (qo'l-oyoqlarda sanchiqli ogriqlar), tremor (qo'l-oyoqlarning titrashi)
6️⃣ sovuq oyoq va qollar, oyoq yoki tizza qartirashlari
7️⃣ yurak-qon tomir kasalliklari va boshqa kasalliklar (tromboz, giperlipidemiya, yurak ishemik kasalligi, semizlik va boshqalar).

👩🏻‍⚕️Katta yoshdagi odamning tanasida taxminan 24 gramm magniy mavjud bo'lib, uning 67% skeletda, 31% hujayra ichida (skelet mushaklarida) va faqat 1-2% hujayradan tashqarida (qon plazmasida) mavjud.

🧬Natijada qon tahlilida topilgan darajalar faqat hujayradan tashqari bo'shliqdagi magniyni aks ettiradi va tanadagi haqiqiy magniy zahiralarini ifodalamaydi!

‼️Shuning uchun magniy tanqisligi diagnostikasida nafaqat laboratoriya standartlarini, balki klinik ko'rinishlarini ham hisobga olish kerak!

❤️ Sog'ligingizni ehtiyot qiling 💚

 @endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍51
#bilasizmi

🥩 Temir tanqisligi bilan bog'liq anemiyada eng samarali mahsulotlar go‘sht, til, jigar hisoblanadi.

🍖 Bu mahsulotlar iste'moli orqali organizmga temir so‘rilishi tez amalga oshadi.

Shuningdek, bu mahsulotlar tarkibidagi temirning so‘rilishi uchun organizmga C vitamini ham kerak.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5
🍞🍩
Oq non yoki qora non
Bir-biridan farqi va qay biri foydaliroq?

Oq non — oliy yoki birinchi nav undan tayyorlanadi. Oliy nav unda vitamin va kletchatka miqdori quyi navdagilarga nisbatan kam boʻladi. Glikemik indeks ham yuqori.

Qora non — qora bugʻdoy unidan, javdar unidan yoki quyi navdagi unlardan tayyorlanadi. Bu nav unlarda kepak (otrub), kletchatka, B guruh vitaminlari koʻp boʻladi. Glikemik indeks — nisbatan past. Qora nonni hazm boʻlishi sekinroq kechadi va shu bilan birga oʻzlashtirilish indeksi 2 barobar yuqori!

Hulosa oʻzingizdan!

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍62
Ko‘p yeb qo‘ymaslik uchun nima qilish kerak?

1. Stolda, o‘tirib ovqatlaning, yurib emas!
Dasturxon ustida ovqat iste’mol qilsangiz, ovqatlanish odatingizni buzmaysiz, ko‘p ovqat yemaysiz, faqat ovqatlanishga e’tibor qaratasiz.

2. Ovqatlanayotganda gadjetlarga chalg‘imang!
Diqqatimizni faqat taomlanishga qaratganimizda to‘yish hissini televizor ko‘rgandagi yoki telefon o‘ynagandagidan ko‘ra tezroq va ongli ravishda sezamiz.

3. Taomlanish vaqti kamida 20 daqiqa bo‘lishi kerak!
Insonda to‘qlik hissi darhol paydo bo‘lmaydi. Bu ovqatlanishdan keyin taxminan 15–20 daqiqa davom etadi.

4. Ko‘proq sabzavot iste’mol qiling! 
Hammasi sabzavot tarkibidagi tola (uzoq hazm qilinadigan ovqat tolasi) bilan bog‘liq bo‘lib, bu bizni to‘yinganimizga sezilarli ta’sir qiladi.

5. Ko‘proq suv iching!
Agar siz ochlikni his qilsangiz, shunchaki suv iching, chunki chanqoqlik bizning tanamiz tomonidan ovqat yeyish istagi sifatida qabul qilinishi mumkin. Bir stakan toza ichimlik suvidan keyin ochlik hissi kamayadi.

@endocrinoo
👍41
Ich qotishi kelib chiqish sababiga ko'ra quyidagilardan biri  tanlab olinadi


💊💊💊💊
1. Senadeksin 1tab 2mahal (zarurat bòlsa 3 mahal) 15 kun


3. Dyufalak 1tab 3 mahal 15 kun

4. Bisokodil svecha 1tadan 1mahal 10 kun

5. Magneziy sulfat parashok 1 litrga tayyorlab, kun davomida ichib yurish

6. Ringer laktat 500,0  v/i

7. Ich 2 yoki 3 kundan beri kelmagan bòlsa, klizma qilinadi. Vaziyatga qarab 2 yoki 3 kun. (Klin enemada qulayroq)

📌📌📌📌Tavsiya

1. Parhez.Hazm qilish qiyin ovqatlarga cheklov. (Yog'li, hamirli....)Oz ozdan tez-tez ovqatlanish.

2. Suyuqlik kòp ichish. Avvalgidan 2-3 litr kòproq

3. Ovqat ratsionida sabzavotlarni kòpaytirish

4. Sut va qattiq istemol qilish

5. Shipovnik damlama kun davomida ichish

Eslatma!!!

Bemor holatidan kelib chiqib buyuriladi. Hammasi birdaniga qòllanmaydi. Bittasi yordam bermasa keyin ikkinchisi.


@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
3👍3❤‍🔥1
Dunyo uyqudagi holatdir ,
Oxirat esa uyg'oqlik holidir.
Ikkisining orasida o'lim bor.
Biz yolg'onchi tushlar ichidamiz...

(Abu Homid G'azzoliy)

@endocrinoo
💯9👍32
Esimda, ilk bora umidvor boʻlib,
Hammadan chiroyli qaragan eding.
Qaymoqrang koʻylakda tabassum qilib:
«Chiroylimanmi?» deb soʻragan eding.

Umrimga afsuslar toʻlgani bilan
Umrimni umidbaxsh nurga oʻrading.
Oʻn besh yil oʻtdi-yu, (yolgʻoni bilan)
«Chiroylimanmi?» deb ming bor soʻrading.

Goh qulday jimgina koʻnib har shartga,
Gohida koʻnglimga qaramagansan.
Lek oʻyga tolaman: nega bir marta
«Aqllimanmi?» deb soʻramagansan...

Joʻrabek Ramazon

@endocrinoo
10😁7❤‍🔥2
😁21💯32🔥1
Rasmga eʻtibor bersangiz, ikki idishdagi yegulik miqdori bir xil.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, agar siz kichik likopchadan foydalansangiz katta likopchadagidan ko'ra 20%ga kamroq yeysiz. 

Demak, kamroq yeyish uchun idishni kichigini tanlash kerak!

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
3👍3🔥1
Lobektomiya va gemitiroidektomiya qalqonsimon bezdagi jarrohlikning ikki turidir.

Lobektomiya qalqonsimon bezning bir bo'lagini uning boʻyinchasi bilan birga olib tashlashdir

Gemitiroidektomiya esa bitta bo'lakni olib tashlashdir.

Lobektomiya odatda qalqonsimon bez tugunlari yoki guatr kabi yaxshi (saraton bo'lmagan) holat uchun amalga oshiriladi.

Gemitiroidektomiya odatda qalqonsimon bez saratoni kabi saraton kasalligi uchun amalga oshiriladi.


Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
Homiladormisiz?
Unda ushbu 2 holat haqida bilishingiz kerak!

📝Endokrinolog : Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo )

Bizga homiladorlar nazoratga (uchotga) turish uchun keladi va navbatni koʻradida menga hamshira qoʻl qoʻyib bersa boʻldi degan fikrda kiradi.
Shikoyatlarini aytmaydi yoki oʻzini sogʻlom deb hisoblaydi.

Homiladorlikda nima mumkin, nima mumkin emas , nima ichish kerak va uni nega ichish kerak ekani haqida savollar berish ularni miyasiga ortiqcha yuk beradimi degan fikr kelib qoladi bazan.

Sogʻlom avlod sogʻlom fikr va sogʻlom kelajak garovi!

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
3👍2
#hazil_time

Tez yordamchilar uchun bunisi ham😂

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
😁8👍1
Ey do'st! Ko'rmasmisanki, chaqaloq dunyoga kelgan vaqtda hirsi sababli qo'llari bir narsani ushlaganday yopiq bo'ladi. Dunyodan ketayotganda esa, kaftlari bo'shligidan ochiqdir. Chunki hirs bilan orzu qilingan narsa qo'ldan chiqqan. O'lim yetarli nasihatchidir, o'lim yetarli voizdir.

© Tohir Malik ("Ayovsiz ilon" kitobidan)

@endocrinoo
👍91
Grechka va Diabet

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Deyarli diabetiklar grechka juda foydali deb hisoblaydi. Xoʻsh aslida ham shundaymi? Buni bilish uchun yana uning tarkibiga qiziqamiz.

100 gr mahsulotda
- Oqsil 12.6 gr
- Yogʻ 3,3 gr
- Uglevod 57.1 gr
Kaloriyalikligi 330 kkal🔥

Glikemik indeksi 50 atrofida ( qanday shaklda tayyorlashga koʻra oʻzgaradi )

Tarkibidagi minerallar rasmga koʻrsatilgan

Tavsiya: qizarib yetilgan dondan koʻra yashil don sizning diabetingiz uchun nisbatan zararsiz. Grechkani suvga (qatiqqa) 2-3 soatga uyutib qoʻyib isteʼmol qilsangiz boʻladi. Kunlik isteʼmol 100 grdan ortmasa va uni ham oqsil mahsulotlari bilan birga qabul qilsangiz katta havf yoʻq.

#afsona : grechka saxrni tushiradi!
Yoʻq aksincha barcha mahsulotlar kabi koʻtaradi, faqat yuqori darajada emas

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍5
Shifokor bilan suhbatlashish yetarli emas, uning koʻrigidan oʻtish, va unga boʻlgan ihlosingizgina sizni davo marrasiga elitadi!

©Konstantin Melixan

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
❤‍🔥2👍2
Nega qandli diabetda surunkali buyrak kasalligi (SBK) boʻlganda qonda qand yuqori boʻlmaydi va aksincha past boʻladi?
#asorat

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Diabet nefropatiya (DN) 3,4,5-bosqichda gipoglikemiya xavfi quyidagi sabablarga ko'ra ortadi:

1) insulin va ba'zi peroral preparatlarining klirensini kamaytirish;
2) buyrak glyukoneogenezining buzilishi;
3) jismoniy mashqlar tolerantligining yomonlashishi;
4) kamqonlikning rivojlanishi;
5) insulinning parchalanishini sekinlashtirish.

SBK >3 bosqichida gipoglikemiya soni 5 barobar ortadi.

Shu 5 sabablar tufayli bunday insonlarda qonda qand past yuradi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍4🔥1