Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
619 videos
23 files
1.28K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
Homiladorlikda necha marta UTTdan oʻtish mumkin?

Normal kechayotgan homiladorlik davrida 5-6 martagacha ultratovush tekshiruvidan oʻtish mumkin!

Odamlar orasida ultratoʻlqinlar homilaga zarar yetkazadi, degan gapni koʻp eshitamiz. Ammo bu gaplarda hech bir asos yoʻq. Oʻz vaqtida va toʻgʻri tartibda oʻtkazilgan tekshiruv onaga ham, bolaga ham nojoʻya taʼsir oʻtkazmaydi. Qolaversa, homiladorlikda UTT yordamida homila rivojlanishi, ichki aʼzolarining joylashuvi, turli tugʻma nuqsonlar, qogʻanoq suvining tiniqlik darajasi kabilarni ham aniqlash mumkin.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
1👏1
Ksantelazma - qovoq terisidagi sariq rangli hosilalar. Tanada lipid almashinuvi buzilishi, xolesterin miqdorining ortib ketishi oqibatida kelib chiqadi. Ko'pincha ayollarda uchraydi.

@endocrinoo
👍2👏1
#hazil_time

Otaga oʻqishda ulkan zafarlar tilaymiz

@endocrinoo
😁5
Har bir ishchi oʻz ish joyini eng zoʻri deb biladi. Huddi akvariumdagi baliq dunyo faqat shu 4 burchak oynadan iborat deb bilgani kabi.

Allohning rejalari biznikidan 1000 chandon afzal.

@endocrinoo
SEMIRISH UCHUN NIMA QILAY ?

Eng avvalo, gastroenterolog shifokor koʻrigidan oʻtib, oshqozon va ichaklarni tekshirtiring.
✔️ Har kuni ichingiz ravon kelib turishini nazorat qiling. Insonning ichi kelmasa ovqat yegisi kelmaydi.
✔️ Uygʻongan zahotingiz bir stakan qaynagan suv iching.
✔️ Har kuni nonushtada sariyogʻli non, sutli shirin choy, tuxum yoki mannali boʻtqalar taomnomangizdan oʻrin olishi kerak.
✔️ Semirish uchun kun davomida kamida 300 gramm non, smetana yoki qaymoq, somsa, osh, yogʻli taomlar, qovun-tarvuz, hoʻl mevalar, turshak yeyishingiz darkor.
✔️ Qizil lavlagili salatlarga yongʻoq, mayiz qoʻshib iste’mol qiling. Imkon qadar koʻproq ovqat yeng.
✔️ Nazarimda, sizni nevroz, ya’ni asabiylashish xastaligi qiynaydi. Asabiylashmang, ana shunda ham semirasiz, ham hayotingiz yanada zavqli boʻladi.

@endocrinoo
❤‍🔥64👏1
© Erkin Vohidov

@endocrinoo
👍52❤‍🔥1
Semizlik va #bepushtlik

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )


Ayollar yog' to'qimasida estrogenlar va androgenlarning aromatizasiyasi kuchayib ketishi bilan birga semizlik bachadon va sut bezi o'smasi,tuxumdonlar polikistozi, bepushtlikka sabab bo'ladi. Bu holat
erkaklarda Lyuteinlashtiruvchi gormon ishlab chiqarilishiga to'sqinlik qilish bilan birga gipogonadizm rivojlanishiga olib keladi.

Yog' to'qimasining ortiqchaligi spermatogenezning buzilishiga,yani moyaklar uchun noqulay sharoit(termostat effekti)yuzaga kelishi bilan asoslanadi.

Demak bundan ayon boʻladiki semizlik ham erkak ham ayollarda bepushtlikka sabab boʻladi

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👏1
ESKI ODAMLAR

O‘zni hammadan past bilguvchi,
So‘zlashganda, ko‘zlar kulguvchi,
Sadaqani pinhon qilguvchi
Eski odamlar endi yo‘q.

Ko‘zlardagi mung to‘la xitob,
Kunlik umr katta bir kitob...
Duo qilsa, darhol mustajob
Eski odamlar endi yo‘q.

To‘nin mehmonga to‘shaguvchi,
Inson kabi hur yashaguvchi,
Odam Atoga o‘xshaguvchi
Eski odamlar endi yo‘q.

Hatto bo‘riga qo‘ymay tuzoq,
Sog‘lar ichra qololganda sog‘,
Tushda hamki gunohdan uzoq
Eski odamlar endi yo‘q.

Do‘sti uchun bermoq uchun jon
Yashagan va topolgan imkon.
Birovni sotmagan hech qachon
Eski odamlar endi yo‘q.

... Holimiz shu ketar kungacha,
Ish kattardi nochor shungacha:
Endi siz ham yashang yangicha,
Eski odamlar endi yo‘q!!!

©Xayrulla Hamidov

@endocrinoo
1👍1👏1
#hazil_time

Biroz sabr qiling koʻrinadi 😁

@endocrinoo
😁2
#bepushtlik

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Endokrinolog bepushtlik tasnifi:
1. Gipotalamo-gipofiz yetishmovchilik
---gipotalamik nazariyadagi gipogonadotrop gipogonadizm
---gipofiz nazariyadagi gipogonadotrop gipogonadizm
---gipogonadotrop gipogonadizm, giperprolaktinemiya sababli

2. Gipotalamo-gipofizar disfunksiya
---normogonadotrop amenoreya,oligomenoreya,sariq tana funktsiyasi yetishmasligi
--- tuxumdon polikistozi sindromi markaziy sababdagi

3. Tuhumdon yetishmasligi
---istosheniya tuhumdon
---tuhumdon rezistentligi sindromi
---gonadalar diskineziyasi
---postovariya ektomiya sindromi
---tuhumdon polikistoz sindromi tuhumdon genezli
---buyrak usti bezi disfunksiyasi

4. Gipotireoz
--- sindrom Van Vik Ros Xenes
--- gipotireoz hayz sikli buzilishi bilan, oligomenoreya , sariq tana funktsiyasi yetishmasligi

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
#afsona

Men semiz emasman, suyagim yoʻgʻon

@endocrinoo
😁11
Tuhumdon polikistozi nima?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Tuhumdon polikistozi- ayollarda gormonal disbalans sababli kelib chiquvchi kasallik.
Tugʻish yoshidagi 15% ayollarda uchraydi. Aslida barcha yoshda uchrasada bu yoshda homilador boʻlmaslik holatlarida diagnostikada aniqlab olinadi.

📌Belgilari:
📎Anormal hayz sikli. Hayzning betartib kelishi,uzoq davom etishi,tez qaytalanishi
📎Girsutizm. Erkaklarga xos tuklanish ortishi. Kasallikda uchrashi deyarli 70%
📎Akne. Gormonal buzilish sababli paydo boʻlgan toshmalar.
📎Semizlik. Kasallikda semizlik uchrashi 40-80%. Kasallik sababli semizlik paydo boʻlishi mumkin va semizlik tufayli kasallik ham paydo boʻlishi mumkin.
📎Teri qorayishi. Akantozis nigricans. Asosan burma soxalarda: boʻyin, qoʻltiq,chanoq,oyoqlar orasida.
📎Kistalar. Tuhumdonda yorilmagan folikulalar yigʻiladi va kistaga aylanadi.
📎Sochlar toʻkilishi va yoki ingichkalashishi.
📎Bepushtlik. Bu kasallikda bepushtlik eng koʻp sabablardan biri hisoblanadi.

🔎Nimalar kuzatiladi?

🔺Ayollarda erkaklik gormoni ortadi. Shu sababli girsutizm,akne,anormal hayz, bepushtlik paydo boʻladi.
🔺Insulinrezistentlik. Semizlik sababli qonda insulin ortadi u esa yuqori glukozaga,erkaklik gormoni ortishiga,hayz bostirilishiga sabab boʻladi.
🔺Yalligʻlanish ortishi. Kasallikda C reaktiv oqsil, leykotsitlar ortishi kuzatiladi. Surunkali yalligʻlanishlarga moyil boʻladi.

Diagnostika va davolash ENDOKRINOLOG shifokori bilan birga boʻladi.
Manba

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
1
Tuhumdon polikistozida kuzatiluvchi belgilar

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
🥰1
Homiladorlikda taqiqlanuvchi dori vositalari

@endocrinoo
@endokrinolog_maslaxatii
1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Trusso simptomi

🎞Bu videodagi Trusso belgisi deb ataladi. U asosan gipokalsemiyada uchraydi. Buni aniqlash uchun, sfigmonometr manjetdagi bosim AQB dan 20 mmHg balandroq qilib 2-3 minut ushlab turiladi. Natijada bu qo'lda qon ta'minlanishi to'silishiga olib keladi va gipokalsemik odamlarda barmoqlar va bilaklar bukiladi  karpopedal spazmga olib keladi.

📎Bu gipoparatiroidizm, D vitamini yetishmovchiligi va buyrak yetishmovchiligi kabi turli xil sharoitlar sabab bo'lishi mumkin bo'lgan gipokalsemiya uchun foydali diagnostika ko'rsatkichidir.


@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1
#bepushtlik

Nima uchun xalq tilida " buqoq" deb ataluvchi kasallik bepushtlikka olib keladi?

📝Endokrinolog : Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo )

Barcha bo'qoqlar ham bepushtlikka olib kelmaydi.
Asosan gipotireoz, ya'ni qalqonsimon bez funktsiyasini pasayib ketishi bepushtlikka olib kelishi mumkin.

Bunda tiroksin gormonining pastlab ketishi natijasida, gipofiz bezida tireotropin miqdorini oshirish maqsadida gipotalamusdan ajraluvchi tireoliberin gipofizda prolaktin miqdorini ham ortishiga olib keladi. Prolaktin esa, gonadoliberin pasayishiga, bu esa, o'z navbatida follikkulastimullovchi va lyuteinlovchi gormonlarning pastlashiga olib keladi. Bu gormonlarning kamayib ketishi ayollarda tuhum hujayralarni, erkaklarda urug' hujayralarni yetilmasligiga olib keladi.

Shuning uchun, bepushtlikda prolaktinning yuqori miqdori aniqlansa, qalqonsimon bez faoliyatini ham endokrinolog ko'rigidan o'tkazib qo'yish tavsiya etiladi.

Post ma'qul kelgan bo'lsa, foydasi tegishi uchun boshqalarga ham yuboring.

Manba:

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

Guruh manzili👉 @endokrinolog_maslaxatii
👍2🔥1
#hazil_time

⚠️18+ hazillar ruknidan

@endocrinoo
🤔4😁1