Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.79K subscribers
3.83K photos
622 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
GIPOKLIKEMIYA GIPERGLIKEMIYA

Uyquchanlik Og‘iz qurishi
Ko‘p terlash Doimiy Chanqoqlik
Rangparlik Ko‘rish pasayishi
Koordinatsiya Siydik ajratish
buzilishi ko‘payishi
Jahldorlik Bosh og‘rig‘i
Ochlik Kuchsizlik

@endocrinoo
👍41👏1🎉1
Tuxumdonlar kistasi qanday kelib chiqadi?

🔷 Tuxumdonlar kistasi - tuxumdonlarda hosil bo'ladigan xavfsiz hosila hisoblanadi.
Kistanining ko'pgina turlari bor, jumladan follikulyar, sariq tana kistasi, tuxumdon usti kistalari.

Asosan hayz siklining buzilishi, siydik ajratish faoliyatining buzilishi, qovuq sohasidagi og'riqlar bilan namoyon bo'lishi kuzatiladi.

☑️ Sabablari:
▪️gormonal o'zgarishlar;
▪️tuxumdonlarda yallig'lanish;
▪️endokrin kasalliklar(gipotireoz);
▪️homilani jarrohlik yo'li bilan to'xtatish(abortlar);

🟣 Davolashda keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etish uchun endokrinolog, ginekolog, xirurg ko'rigi tavsiya etiladi.

 @endocrinoo
1👍1🔥1
Jigarni yog' bosishi — yog'li gepatoz

Organizmda jigar filtr vazifasini bajaradi, ovqatni energiyaga aylantiradi va qonni tozalaydi. Biz isteʻmol qilayotgan hamma narsa jigar orqali o'tadi. 

Jigarni yog' bosish kasalligi xavf guruhiga quyidagilar kiradi:
— Ortiqcha vazn (TVI 25 dan yuqori) Qorinni semirib ketishi xavfli (beliga yog' to'planganda). Bel aylanasi 88 sm dan oshishi mumkin emas!
— Qonda xolesterin yoki trigliseridlar miqdorini oshishi.
— Qandli diabet 2–tip. Qonda glyukoza miqdorining 6,1 mmol/l dan yuqori bo'lishi.
— Tez vazn yo'qotish, haddan tashqari qattiq dietalar ham potensial xavfli hisoblanadi. 

Profilaktikasi
Jigar — o'z-o'zini tiklaydigan organ. Kasallikni dastlabki bosqichida to'g'ri taomlanish va turmush tarzini o'zgartirish kifoya. Yog'li jigar kasalligida Keto-dieta mos keladi.

@endocrinoo
1👍1🔥1🎉1
Endorfin — baxt gormoni

Endorfinlar 4 ta eng asosiy baxt gormonlaridan biridir. 

Organizmda endorfinlarni miqdorini ko'paytiruvchi mahsulotlar:
— shokolad
— muzqaymoq
— banan
— qulupnay
— uzum
— qalampir
— qovun va tarvuz

Endorfinlar miqdori kamaysa:
• depressiya kuchayadi
• tashvish orta boshlaydi
• tez-tez kayfiyat o'zgaradi
• og'riq va noqulayliklar kuchayadi
• uyquda muammolar paydo bo'ladi

@endocrinoo
👍21👏1🎉1
🐼Semizlik va 💪testosteron

Testosteron — asosiy erkaklik gormoni hisoblanadi. Ushbu gormon etishmasligi oqibatida erkaklarda sababsiz semirish paydo bo'ladi. 
Agar ovqatlanish rejimiga amal qilmay, ortiqcha taomlanilsa semizlik rivojlanadi, qorin va bel sohasida (visseral) yog'lar yig'ila boshlaydi va bu yog'lar testosteronni emiradi, aktivligini va miqdorini kamaytiradi.

Eʻtibor bergan bo'lsangiz, birinchi holatda testosteron etishmasligi sabab semirish kuzatilgan bo'lsa, ikkinchi holatda semirish sabab testoteron miqdori pasaymoqda.

Agar sababsiz semirish, libido pasayishi, jinsiy zaiflik kuzatilsa testosteronni ko'paytiruvchi mahsulotlar isteʻmolini va jismoniy yuklamani ko'paytirish kerak. 

Testosteronni ko'paytiruvchi eng yaxshi mahsulotlar:
• Zanjabil (imbir)
• Ustrisa
• Anor, anjir, banan
• Vitamin D ga boy mahsulotlar 
• Sinkka boy mahsulotlar 
• Achchiq qalampir
• Sarimsoq (chesnok)
• qo'y yog'i va baliq yog'i
• Sholg'om
• Zaytun moyi (olivkovoe)
• Yong'oqlar
• Qora shokolad
• Sut va sut mahsulotlari
• Go'sht va go'sht mahsulotlari

Bundan tashqari:
- Sog'lom uyqu (7-8 soat)
- Stressni kamaytirish

Testosteronni kamaytiruvchi mahsulotlar:
• Qayta ishlangan mahsulotlar
• Konserva mahsulotlari
• Alkogol
• Gazlangan rangli ichimliklar
• Transyog'lar 
• Shakar, tuz
• Fastfudlar

Bundan tashqari:
- Semizlik
- Gipodinamiya
- Stress, tushkunlik
- Nosog'lom ovqatlanish

@endocrinoo
👍21👏1🎉1
Bir boyning uyida mehmon bo'lgan yigit hayol surib o'tirar ekan, yonidagi do'stiga shunday dedi: "Shu mol-davlatlar bandalar orasida taqsim qilinayotganida biz qayerda edik-a?!"
Buni eshitgan do'sti uni kasalxonaga yetaklab bordi va shunday dedi: "Mana bu kasalliklar taqsimlanayotganda-chi?!"

@endocrinoo
👍4👏3
Kеchasi sovqotadigan bo'lsangiz, yomon tushlar ko'rasiz. Xona qanchalik sovuq bo'lsa, yomon tush ko'rishim ehtimoli shunchalik ko'proq bo'ladi.

@endocrinoo
👍2🔥1
Bilsangiz, dur ham suv ostida ekan,
Qalqib chiqar ekan yetilgani dam.
Gap yo'q - zohiringiz mastura ekan,
Endi o'rab qo'ying qalbingizni ham!

@endocrinoo
1👍1🔥1👏1
Keto-dietada shu tartibda ratsion tuziladi, yaʻni:

Uglevodlar — 5%
Oqsillar — 20-25%
Yog'lar — 65-70%

Bu yerda esa Keto dieta haqida toʻliq bilib olasiz☝️☝️

@endocrinoo
1👍1🔥1🤔1
🔷Qondagi qand miqdorini tekshirishdan oldin , nimalarni bilish kerak

▶️Tashxisdan 24 soat oldin spirtli ichimliklarni ichmang.

▶️Tahlildan oldin 8 soat davomida ovqat qabul qilmagan bo'lishingiz zarur.

▶️Qon berishdan oldin tishlaringizni yuvmang, chunki tish pastasida og'izning shilliq qavati orqali so'rilishi mumkin bo'lgan shakar bo'lishi mumkin. Xuddi shu sababga ko'ra, saqichni chaynash kerak emas.

▶️Analiz topshirishdan oldin iloji boricha 1 - 2 kun shirinlik iste'mol qilmang.

▶️Iloji boricha analizni ertalab topshiring .

@endocrinoo
1👍1🔥1👏1
Qizil piyoz oqidan ko'ra foydaliroq

Qizil piyoz oq piyozga qaraganda ko'proq antioksidantlar saqlaydi, shuning uchun ular qarishni sekinlashtirishda samaraliroq hisoblanadi va saraton kasalligini oldini olish uchun ham foydalidir.

Piyoz tarkibida saraton rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi sulfid guruhi moddalari mavjud. Ushbu moddalar saraton hujayralariga taʻsir qiladi va ularni nobud qiladi.

@endocrinoo
1👍1🔥1👏1
Gemoglobinni qanday qilib tez ko'tarish mumkin?

Bu postda qisqa vaqt ichida gemoglobinni ko'taruvchi mahsulotlarni keltirib o'taman.

✓ NAʻMATAK (shipovnik) damlamasiga asal qo'shib ichish. Naʻmatak 100 g miqdorini 1 litr idishga damlanadi va kun davomida ichiladi.
✓ Quruq mevalar temir moddasiga juda boy. Rekordsmeni — PISTA. Hech bo'lmasa har kuni 4–6 ta turshak yoki boshqa quruq mevalardan isteʻmol qilib turish kerak.
✓ GRЕChKA — temir moddasiga juda boy!
✓ Meva va rezavorlarni to'q yashil va qizil ranglilari temirga boy bo'ladi. Rekordsmenlari — XURMO, ANOR
✓ Bulardan tashqari qora ikra, dukkaklilar, yormalar, plombir, qizil go'sht temir moddasiga boy mahsulotlar hisoblanadi.

🖼️ Rasmda tarkibida ko'p miqdorda temir moddasi saqlovchi mahsulotlar (100 g da qancha temir borligi) ko'rsatilgan.

Hozirda statistika boʻyicha 90% ziyod insonda KAMQONLIK mavjud
Ushbu postni imkon qadar koʻproq insonlarga yuboring

@endocrinoo
👍21🔥1👏1
Volfram kabi bo'l. Uzilib ketay desang ham, erib ketay desang ham yorug'lik chiqar. Yorit, kuy va uzilguncha shuni missiya qil. Qadringga yetganlar yetadi. Yetmaganlar zulmatga cho'mganlarida tushunishadi. Borliging bilinmasa-da, yo'qliging albatta bilinsin.

@endocrinoo
1👍1🔥1👏1🤔1
Rasmga eʻtibor bersangiz, ikki idishdagi yegulik miqdori bir xil.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, agar siz kichik likopchadan foydalansangiz katta likopchadagidan ko'ra 20%ga kamroq yeysiz. 

Demak, kamroq yeyish uchun idishni kichigini tanlash kerak!

@endocrinoo
👍2👏2🔥1🥰1
- Qandli diabetga chalinishni xohlaysizmi?
- Preddiabetgachi?
- Balki insulinrezistentlik sizni qoniqtirar?

Tez-tez Koka-kola ichib tursangiz maqsadingiz tezroq hosil bo'ladi.

Bir bokal Kola o'zida yarim bokal shakar saqlaydi!

@endocrinoo
1🔥1👏1😁1
Uxlash oldidan va kechasi ichmaslik kerak bo'lgan 3 ta vitamin

Amerikalik shifokorlar ushbu 3 ta vitaminlarni yotishdan avval ichmaslik kerakligini taʻkidlaydi.

Doktor Uitni Styuartning taʻkidlashicha, kechasi S vitamini qabul qilish organizm uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. "S" vitaminini och qoringa emas, ovqat bilan qabul qilish kerak. Ushbu preparatni kechasi qabul qilish kislotali reflyuks muammolarini kuchaytirishi va oshqozon buzilishiga olib kelishi mumkin.

"D" vitamini va uyqu gormoni — melatonin o'rtasida teskari bog'liqlik mavjud. Kechasi "D" vitamini qabul qilish melatoninning tabiiy ishlab chiqarilishini to'xtatishi yoki sekinlashtirishi mumkin. Natijada, odam uyqusizlikdan aziyat chekadi.

Ichki kasalliklar bo'yicha mutaxassis Devid Kalpepper kechalari "B" guruhi vitaminlarini isteʻmol qilmaslikka chaqirdi. Sababi, uxlashdan oldin ularni qabul qilish asab tizimining ishini faollashtiradi.

@endocrinoo
👍2🔥21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Apoptoz - bu rejalashtirilgan hujayra o'limi, ta'bir joiz bo'lsa, tanamizning har bir hujayrasi ichidagi "o'z-o'zini yo'q qilish dasturi".

Apoptozning asosiy funktsiyalaridan biri nuqsonli (zararlangan, mutant, infektsiyalangan), shuningdek, barcha eski hujayralarni yo'q qilishdir.‌‌

@endocrinoo
👍1🔥1🤔1
Semizlik yuqumlimi?

Agar do'stlaringiz semirib ketsa, sizda ham vazn ortishi ehtimoli ortadi. Yaqinda nashr etilgan tadqiqotlar natijalari huddi shu fikrni tasdiqladi.

Agar shunchaki do'stlarda semizlik bo'lsa, semirish ehtimoli deyarli 60% ga oshgan. Agar juda yaqin do'stlar bo'lsa, unda ehtimollik 170% ga oshadi!

Inson ijtimoiy muhitdan alohida bo'la olmaydi. Buning ajablanarli joyi yo'q, biz boshqalarning ovqatlanish xatti-harakatlarini nusxalashga moyilmiz. Do'stlaringizga sog'lom ovqatlanish tamoyillarini muloyimlik bilan o'rgatishga harakat qiling. O'zingizni misol qilishingiz esa yanada samaraliroq taʻsir qiladi.

Demak, semizlar bilan do'st bo'lmang yoki do'stlaringizni ozdiring 😃

@endocrinoo
1👍1🔥1
Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki 1 yil davomida vitamin D istemol qilish TESTOSTERON darajasini 20% ga oshirsa ( 2010-yilda Avstriyada o'tkazilgan tajriba), 3 oy davomida sink ( rux ) preparati istemoli 90% ga TESTOSTERONNI oshiradi(1996-yil Amerikada o'tkazilgan tajriba)

@endocrinoo
1👍1👏1
🟡 400 kg og'irlikdagi erkakning rentgenogrammasi

🔘Ko'rib turganingizdek, uning "suyagi yo‘g‘on" emas.😉


@endocrinoo
👍3😁21🔥1
Savodingga ot sakrab tepgurlar ruknidan😂😂

@endocrinoo
👍1🥰1😁1