Endokrinolog maslahati 📄✍️
3.76K subscribers
3.84K photos
617 videos
23 files
1.27K links
🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing
Download Telegram
#hazil_time

Koʻrinishim yaxshiku😂

@endocrinoo
😁9🔥1👏1
Havo bulut bo'lsa, ikki kishi gunohkor bo'larkan. Chunki bittasi: "Yomg'ir yog'adi", desa, ikkinchisi: "Yo'q, yomg'ir yog'maydi", deydi. Gumroh bandalar-da, "Xudo biladi", desa bo'ladi-ku.

© Ne'mat Aminov ("Temirchidan qolgan tillolar" kitobidan)

@endocrinoo
👍5🔥41👏1
Selen va sink qalqonsimon bezning yaxshi ishlashida muhim rol o'ynaydi

▫️ Selen : Tiroksinni (T4) faolroq shaklga - triyodotironinga (T3) aylantirish uchun zarur. Selen qalqonsimon bez hujayralarini oksidlovchi stressdan himoya qilishga yordam beradigan antioksidant xususiyatlarga ega. Selen yetishmovchiligi qalqonsimon bezning yomon ishlashiga olib keladi va kasallik xavfini oshiradi.

▫️ Sink : Bu mineral qalqonsimon bez gormonlari sintezida ishtirok etadi va immun tizimini qo‘llab-quvvatlaydi. Sink yetishmasligi qalqonsimon gormonlar ishlab chiqarishning pasayishiga va umumiy holatning yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍3🔥2👏1
Buni onalar tushinadi

Uxlayotgan bolani kiyimini almashtirish xuddi bombani zararsizlantirishga oʻxshaydi, bitta qaltis harakat va tamom!
Toʻrt soat uyqu yoʻq! 😅

@endocrinoo
😁72👍2🔥2👏2💯2❤‍🔥1
Steroid diabet - endokrin patologiya bo'lib, qon plazmasida buyrak usti gormonlarining yuqori darajasi va uglevod almashinuvining buzilishi natijasida rivojlanadi.

Steroidlar keltirib chiqaradigan qandli diabet kortikosteroidlar sekretsiyasining uzoq vaqt davomida ko'payishi yoki ularni dori-darmonlar shaklida qo'llash natijasida yuzaga kelishi mumkin.

📌Kelib chiqish sababiga koʻra:
Ekzogen va endogen

📎Endogen shaklda oshqozon osti bezi disfunktsiyasi birlamchi yoki ikkilamchi giperkortizolizm tufayli yuzaga keladi.
Sabablari:

--Ikkilamchi giperkortitsizm- sindrom Kushing: yuqori darajadagi AKTG oshqozon osti beziga zararlovchi tasirdlidan kelib chiqadi

--Buyrak usti bezi oʻsmasi - kortikosteroma , aldosteroma , kortikoesteroma , androsteroma

📎Ekzogen turida - autoimmun kasalliklar , surunkali buyrak kasalliklari , arterial gipertoniya va boshqalar.
Bunda qoʻllaniladigan dorilar Insulinni betta hujayralarda chiqishiga qarshilik qiladi. Masalan: tiazid diuretik, glukokortikoid, gormonal kontrasepsiyalar

Yani oddiy qilib aytganda har doim ham diabet kelib chiqishi uchun semizlik, nasliylik, qoʻrquv boʻlishi shart emas. Kovid pandemiyasi davrida katta dozalarda gormonlar qilingan shuni natijasidan hozirda ancha diabetlar soni ortgani bor gap!

Oʻzingizni professionallarga topshiring
Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
1👍1🔥1👏1
#hazil_time

30 yoshga shoshilmang😁

@endocrinoo
👍3🔥1👏1
Semirishni xoxlovchilar uchun eng muhimi yuqori kaloriyali mahsulotlar isteʼmolidir.

Shunday mahsulotlardan biri ushbu kukuruz
Miqdori 70 gr
Lekin oʻzida 408 kkal 🔥saqlaydi
Semirish uchun nima qilay ? Deydiganlarga yuboramiz

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
3👍1🔥1👏1
#afsona

👩‍🦰Menda ichki buqoq bor.
👨‍⚕Uzi qilinganmi? Gormon analizlar bormi?
👩‍🦰 Yoʻq

@endocrinoo
😁8❤‍🔥1🔥1👏1
Insulinni qanday saqlash haqida

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👍1🔥1👏1
Sayyid ul ayyom muborak 🌙

@endocrinoo
2🥰1👏1
40 hadisi qudsiy

Tosh suvda yumshamaganidek, vaz ham qattiq qalbga taʼsirini oʻtkaza olmaydi.

@endocrinoo
5🔥2👏1
Tuhumdonda uchrovchi kista turlari

@endocrinoo
🔥1👏1
#asorat

Diabetik nefropatiya - bu diabetning eng jiddiy asoratlaridan biri bo'lgan buyrak kasalligi. Diabetik nefropatiya buyrakning shikastlanishi bilan tavsiflanadi, bu esa buyrak funktsiyasining pasayishiga olib keladi.

Diabetik nefropatiyaning asosiy sababi glukozaning doimiy yuqori boʻlishidir.Yuqori glukoza buyraklarni qon bilan ta'minlaydigan qon tomirlariga zarar yetkazishi mumkin. Shikastlangan qon tomirlari buyraklarni qon va kislorod bilan to'g'ri ta'minlay olmaydi, bu esa buyrak shikastlanishiga olib keladi.

Diabetik nefropatiyaning dastlabki bosqichlarida hech qanday alomatlar bo'lmasligi mumkin. Kasallikning rivojlanishi bilan quyidagi alomatlar paydo bo'lishi mumkin:
-Yuqori qon bosimi
- nafas qisilishi
- oyoq, qo'l, yuzning shishishi
- xira ko'rish
- charchoqning kuchayishi

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo
👍3👏21🔥1
#analiz

Kreatin- jigarda hosil bo'ladi, shundan so'ng u qon bilan birga mushaklarga yuboriladi. U yerda maxsus ferment ta'sirida modda metabolitlarga bo'linadi, ulardan biri kreatinindir.

Organizmdan siydik bilan birga buyraklar orqali chiqariladi. Agar tahlilda qonda kreatininning ko'pligi aniqlansa, bu buyraklar faoliyatidagi nomutanosiblikni ko'rsatadi.
❗️Salbiy oqibatlarga olib kelmaslik uchun o'z vaqtida davolanishni o'tkazish muhimdir

Normada qonda
ayollarda - 44-97 mkmol/l,
erkaklarda - 44-115 mkmol/l.

Kreatinin darajasi jinsga qarab farqlanishining sabablaridan biri esa, ayollarda metabolik jarayonlar sekinroq, ular ko'proq ovqatlanadilar va gormonal o'zgarishlar va ayniqsa homiladorlik davri ta'sir qiladi.

14 yoshgacha turli jinsdagi bolalarning qonida kreatinin darajasi bir xil bo'ladi(yani bolalarda jins tanlamaydi)

Agar me'yordan ortishi sababi noto'g'ri ovqatlanish bo'lsa, unda quyidagi ovqatlardan voz kechish kerak:

yog'li baliq va go'sht;
dudlangan va achchiq ovqatlar;
sut va fermentlangan sut mahsulotlari;
pishloqlar;
kuchli qahva va choy;
tuz va shakar.


Qanday kasalliklarda kreatinin ortadi:

-Qandli diabet
-Arterial gipertoniya
-Pielonefrit
-Surunkali buyrak yetishmasligi
-Uzoq vaqt ezilish sindromi(Krash)
-Gipertireoz
-Kuchli kuyish
-Og'ir jismoniy mehnat
-Go'sht va uning mahsulotlarini koʻp yeyish

Qachon kreatinin pasayishi kuzatiladi:
-Onkologik kasalliklarda
-Oqsil kam isteʼmol qilishda
-Homiladorlik soʻngi trimestrida
-Muskul atrofiyasida

Mana endi bilib oldingiz nega kreatininni tekshirish kerak ekanligini😉

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing
Kanalga aʼzo boʻling

@endocrinoo
👍2🥰1👏1
Ozish uchun foydali odatlar

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii
👏2🔥1
Gipertoniya odatda belgilarsiz kechadi, organizmda kechayotgan patologik holatni inson avvaliga sezmaydi. Oʻz vaqtida chora koʻrmaslik keyinchalik jiddiy oqibatlarga olib keladi, masalan gipertonik kriz va boshqa jiddiy asoratlar.

Gipertonik kriz – qon bosimining birdan koʻtarilishi va qon bosimi koʻrsatkichlarining kritik shkalalardan oʻtib ketishi.

Simptomlari:
🔹 Nafas olishning qiyinlashuvi.
🔹 Koʻkrak sohasidagi ogʻriq, taxikardiya.
🔹 Kuchli bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi.
🔹 Koʻrish bilan bogʻliq muammolar,
🔹Koʻz ichi qizarishi, koʻz ichki bosimining ortishi.
🔹 Koʻngil aynishi va qayt qilish.
🔹 Teri qoplamalarining qizarishi va haroratning biroz oshishi.
🔹 Tananing ayrim sohalari yoki qoʻl va oyoqlarning oqarishi
.

‼️ Yuqorida keltirib oʻtilgan belgilar boshqa kasalliklarda ham yuzaga chiqishi mumkin, shu sababli simptomlar paydo boʻlishi bilanoq qon bosimini oʻlchash kerak, agar koʻrsatkichlar kritik darajada boʻlsa, zudlik bilan tez tibbiy yordamga murojaat etish zarur.

@endocrinoo
1👍1👏1😁1
#afsona

Naslimizda saxr yoʻq. Dadamda bor lekin u yaqinda boʻlib qoldi

@endocrinoo
🤔7👏1💯1
📍Ochlik - moʼjiza yaratadi

🌀1 kunlik ochlikka asoslangan ilmiy ishi uchun yapon olimi Yoshinori Ohsumi Nobel mukofotini olgan. U ochlik vaqtida hujayralar oʻzida toʻplaydigan qoldiq moddalarni parchalashini isbotlagan.

✔️ Qisqa vaqt davom etadigan ochlik organizm zaxirasini faollashtiradi va qarish jarayonida terida yigʻiladigan pigmentlar, eskirgan hujayralar parchalanishni boshlaydi. Parchalangan qismlarning oqsil zarrachalaridan yangi hujayralar paydo boʻladi.

🔷 Ochlik davrida organizmda yalligʻlanishni faollashtiradigan mediatorlar kamayadi. Yuzdagi husnbuzar, psoriaz, allergiya kabi kasalliklar keskin qisqaradi.

🚨Onkologik hujayralar odam organizmida doim mavjud. Ular kun davomida paydo boʻladi va yoʻqoladi. Bunday hujayralarning parchalanishi ochlik davomida jadallashadi.

🟣 Ochlik davrida nerv toʻqimalarining oʻsish faktori ajraladi. Nerv hujayralari tarmoqlanishni boshlaydi. Yaʼni nerv toʻqimalari oʻsadi. Nerv hujayrasining boshqa hujayralar bilan aloqalari koʻpayadi.

@endocrinoo
👍42❤‍🔥1👏1
#hazil_time

Oʻtgan yili 600 soʻm boʻlgan tuhum bu yil 1300 soʻm boʻldi. Goʻyo xoʻroz tovuq bilan ajrashib ketganu alimentni biz toʻlayapmiz

@endocrinoo
😁34🔥2❤‍🔥11👏1